Redji Fis-Eme
Qoidalardan tashqarida. Bronksdan – Nintendo rahbarligigacha
Nintendo kompaniyasining Amerika filiali sobiq prezidenti va operatsion direktori kompaniyaning eng mashhur o‘yin tizimini ishlab chiqish va uni jahon bozoriga olib kirish tarixi haqida hikoya qiladi.
O‘z e’tiqodlaring va oddiy o‘jarliging orasidagi chegara nihoyatda nozikdir. Muhim va murakkab qarorlarni qabul qilishda shaxsiy motivatsiyangni tushunib yetish qiyin masala.
Rivz Videman
Orzuga tikilgan milliard, yoxud Adam Neymanning yangi jamiyat qurishdagi qo‘rslik va had bilmas shuhratparastligi WeWork imperiyasini qay tarzda halokatga yetaklaganligi to‘g‘risida
G‘alati uddaburonning startaplar uchun ish joyini ijaraga olish bo‘yicha milliard dollarni qanday jalb qilgani, so‘ngra uning loyihasi “sovun ko‘pigi” bo‘lib chiqqani haqidagi qiziq hikoya. Muallif – New York Magazine ning harflovchi muharriri.
Boshqa mijozlari qatorida Green Desk ofislarni modelyerga, xususiy investitsiya kompaniyasiga, xattotga va Gothamist veb-saytiga ijaraga bergan.
Min Szen
Alibaba sun’iy intellektdan biznesda qanday foydalanadi. Tarmoqli munosabat va ma’lumotlar tahlili
Jek Maning strategik maslahatchisi o‘zining “qora tuynuk effekti” borasidagi tadqiqotlarining tub mohiyati, ijodkorlikdagi inqiloblar, tarmoqli munosabat va 18 yil ichida sodir bo‘lgan boshqa ko‘plab masalalar to‘g‘risida o‘z fikrlarini bo‘lishadi.
Biz hozirda guvohi bo‘layotgan barcha trendlar nafaqat kelgusi o‘n yillikda saqlanib qoladi, katta ehtimollik bilan yaqin 20, 30 va hatto 50 yillikdagi kutilmagan o‘zgarishlar bilan bog‘liq.
Ingvar Kamprad
Bertil Torekul. G‘oya bor! IKEA tarixi
Ehtimol, o‘ta maqtovli bo‘lib ko‘rinar, biroq Business Week ning shvedcha analogi muharririning kitobi faktlarga boy. Ikea rahbari ish uchun o‘z xodimlaridan istalgani bilan gaplashishga imkon bergan va o‘zi ham ancha-buncha narsani hikoya qilgan.
Agar kompaniyada hamma doim savol beraversa, u holda biz hech qanday yechimga kelmaymiz. Yuqori texnologiyali dunyoda demokratiya ma’lum darajada ish bermayapti.
Sid Meyer
Kompyuter o‘yinlaridagi hayot
“Kompyuter o‘yinlarining cho‘qintirgan otasi” va Civilization strategiyasi asoschisi qirq yil mobaynida aviasimulyatorlarni ishlab chiqqan yosh havaskordan milliardlar sanoati egasi bo‘lishiga qadar bosib o‘tgan yo‘lini so‘zlab beradi.
Bundan buyog‘iga bu darajaga erisha olmasligi to‘g‘risidagi xavotir chulg‘ab olishidan avval ishlab chiquvchi yilning eng yaxshi o‘yini uchun nechta sovrinni qo‘lga kiritishi kerak? O‘zini o‘zi aqldan ozdirish hech gap emasligini tushunish qiyin emas.
Arsen Tomskiy
InDriver. Yakutskdan Kremniy vodiysigacha. Global texnologik kompaniyaning yaratilishi tarixi
Aslida, nomidan barchasi ma’lum: Tomskiy avvaliga o‘z shahrida ish yuritadigan taksini yo‘lga qo‘ydi, bir necha yil o‘tib esa Nyu-York va Lotin Amerikasi davlatlariga qanday chiqishni hal etishi lozim edi.
Agar o‘ylab ko‘rilsa, kompaniya rivojining dastlabki bosqichida sarmoya kiritish – bu muvaffaqiyatga qaraganda, ko‘proq muvaffaqiyatsizlikka o‘xshaydi. Bu xuddi kompaniyaning kichik hajmda ham o‘sishiga yetarlicha ichki quvvatga ega emasligini tan olish kabidir.
Satya Nadella
Sahifani yangilash. Microsoft transformatsiyasi va kelgusi texnologiyalar haqida birinchi shaxs nomidan
Bill Geyts va Stiv Balmerdan keyin Microsoft kompaniyasining uchinchi bosh ijrochi direktori Hindistondan AQSHga qanday kelgani, shuningdek, sanoat nahanglari orasida raqobatga qanday dosh bergani va mashinalar bilan yonma-yon yashayotgan odamni qanday kelajak kutayotgani haqida so‘z yuritadi.
Biz ishda ulkan ma’no bilan sarflashimiz mumkin bo‘lgan juda ko‘p vaqt o‘tkazib yuboramiz, deb aytdim. Agar biz o‘z shaxsiy sifatlarimizni kompaniya imkoniyatlari bilan bog‘lagan holda ish olib borsak, u holda har qanday ish qo‘limizdan keladi!
Mark Bergen
Eng ommabop videohosting butun dunyoni qanday zabt etdi?
Bloomberg Technology biznes-jurnalisti hosting uchun algoritmlar qanday dasturlar yozishi, Google nega YouTube’ni sotib olgani va videoblogerlar qancha pul topishi mumkinligi to‘g‘risida muhokama qilishga harakat qildi.
U o‘ziga xos tarzda supermarketlar uchun tabloid gazetalar va foydalanish yo‘riqnomalarini ixtiro qildi. Kremniy vosiysining ba’zi burchaklarida futuristlar YouTube universitet professorlari hamda vrachlarning o‘rnini egallaydi, deb faraz qilishgan.
Lourens Levi
Pixar. Qaytish. Biznesga qanday qilib yangi hayot baxsh etish mumkin
Pixar jamoasi qanday qilib inqirozni yengib o‘tgani, zararga boshlovchi yo ‘llardan voz kechgani, rahbarlarini almashtirgani va yangi o‘yin qoidalarini qabul qilgani, shuningdek BOT (birlamchi ommaviy taklif) ga chiqqani haqidagi kitob. Muallif – 12 yil rahbarlik Pixarga rahbarlik qilgan mazkur kompaniyaning birinchi moliyaviy direktori.
Bir muddat e’tiborimizni jalb qiluvchi narsa g‘aroyib grafika bo‘lishi mumkin, ammo bizni kursida uzoq ushlab turadigan narsa faqat g‘aroyib hikoyadir.