Flat Preloader Icon
Komyuniti-kontent: UGC-loyihalar bilan to'g'ri ishlashni o'rganamizKomyuniti-kontent: UGC-loyihalar bilan to'g'ri ishlashni o'rganamiz
09 Sentabr 2024

Komyuniti-kontent: UGC-loyihalar bilan to’g’ri ishlashni o’rganamiz

UGC – User Generated Content ma’nosini anglatuvchi  qisqartma. UGC loyihalari – bu kontentning bir qismi brend tomonidan emas, balki uning jamoadoshlari: o‘quvchilar, xaridorlar, homiylar, foydalanuvchilar va boshqalar tomonidan yaratilgan loyihalardir.

Masalan, brend hikoyalarni to‘plab, keyin ularni ommaviy axborot vositalarida e’lon qilsa, bu UGC loyihasi hisoblanadi. Yoki brend o‘z obunachilaridan archa tagidagi bolalar suratlarini yuborishni so‘rasa va keyin ularni o‘zining Instagram’ida karusel shaklida joylashtirsa – bu ham UGC bo‘ladi. Yoki NFL barcha muxlislarni sevimli jamoalarini qo‘llab-quvvatlash uchun ma’lum bir xeshteg bilan tvit yozishga taklif qilsa, keyin esa ularni konfettiga aylantirib, Superkubok tanaffusida maydonga tushirsa, bu ajoyib UGC.

Xullas, xulosa qilib aytganda, UGC bizga quyidagilarni beradi:

  • auditoriyaga brend uchun qiziqarli va muhim ekanligini ko‘rsatadi;
  • brendga auditoriyani bilish imkonini beradi;
  • brend va auditoriya o‘rtasida yaqinlik va bog‘liqlilik hissini yaratadi;
  • kam xarajatli marketing uchun katta imkoniyatga ega: sarflar uncha ko‘p emas, to‘plangan kontentdan to‘g‘ri foydalanilsa, natija juda samarali bo‘lishi mumkin;
  • ijtimoiy tarmoqlarda UGC to‘plashni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish orqali qamrov va jalb etilganlik darajasini sezilarli oshiradi.

UGC-SOROV YARATISH

Hissiyotlar. Mavzu biron-bir hissiyotga taalluqli bo‘lsa, UGC yaxshi ishlaydi. Shaxsiy masalalarga oid o‘rinli savollar ham samarali ishlaydi. Eng samarali UGC – bu kishiga u haqida gaplashishga qiziqishimiz (haqiqatan ham biz uchun qiziq) haqida aytishimizdir. Shuning uchun xotiralar, his-tuyg‘ular, fikrlar, g‘oyalar, shaxsiy hayot, oila va xotiralar haqida (albatta, ruxsat etilgan chegaralardan chiqmagan holda) so‘rash yeng maqbulidir.

Namuna. Odamlarga shunchaki «hikoya aytib bering» deyish, ularda tushunmovchilik tug‘dirishi mumkin. Hikoya— qanakasiga? Ikki og‘iz so‘zmi? Maktab inshosinimi? Iltimosingizni  boshqacha tarzda, tayyor  hikoyadan boshlash mumkin, u namuna vazifasini o‘taydi. Misollar esa har doim o‘z hikoyasini so‘zlab berish, rasmini ko‘rsatish istagini uyg‘otadi.

Sorov. UGC so‘rovi qanchalik aniq bo‘lsa, odamlar unga javob berishni shunchalik xohlashadi va kontent saralanmasi shunchalik ajoyib bo‘ladi. Tekshirish oddiy: natijaviy saralanmaning sarlavhasini tasavvur qiling. «Shaharingizdagi sevimli joylar haqida so‘zlab bering» – qiziqarli emas. «Ilk uchrashuv uchun shahringizdagi eng yaxshi joylar haqida gapirib bering» – yaxshiroq. «Sizning eng g‘alati uchrashuvingiz bo‘lgan joy haqida  gapirib bering-chi?» – juda, juda yaxshi!

Maqsad. Maqsadsiz motivatsiya bo‘lmaydi. Odamlarga ularning kontenti bilan nima qilishimizni aytishimiz kerak: pleylist tuzamiz, to‘plamni nashr etamiz, fotosuratlarning virtual ko‘rgazmasini yaratamiz, do‘stona ommaviy axborot vositalariga beramiz, ularning hikoyalarini «Instagram»da namoyish etamiz va hokazo. Odamlar bizga nima sababdan yordam berayotganlarini tushunishlari kerak.

Minnatdorchilik. Kontent yaratish – bu ish, shaxsiy ma’lumotlarni ulashish – bu foydalanuvchilar tomonidan biz uchun sovg‘a va ular minnatdorchilikka loyiqdir. Uni to‘g‘ridan-to‘g‘ri birinchi postda yozish, foydalanuvchilarga hozir biz uchun qilgan ishlari uchun oldindan «rahmat» aytish kerak.

Taqdirlash. «Bizga ko‘proq manzur bo‘lgan  hikoyalar» mualliflari nima olishini darhol aytish mumkin (bunda siyqasi chiqqan «eng yaxshisi»dan foydalanmaslik kerak), ammo kutilmagan syurpriz ta’siri yanada kuchliroq: hech narsa va’da qilmaslik – keyin odamlarga yoqimli narsa qilish.

Rasmdagi savol. Savolni rasmga joylashtirish juda yordam beradi.»Bizga eng g‘alati uchrashuvingiz bo‘lgan joy haqida yozing!» o‘rniga aynan: «Iltimos, eng g‘alati uchrashuvingiz bo‘lgan joy haqida gapirib bering?». Aynan savol javob berishga undaydi.

UGC LOYIHALARI BILAN ISHLASHNING USTUVOR XUSUSIYATLARI

Kontentni tahrirlash. Insonning jonli ovozi yoki odamlarning mualliflik uslubi saqlanib qolinishi uchun u minimal bolishi kerak. Olingan kontent qanchalik xilma-xil bolsa, loyiha uchun shunchalik yaxshi boladi.

Takroriyligi. Har oyda o‘z foydalanuvchilaringiz bilan biror UGC loyihasini amalga oshirish yomon emas. Biz ham o‘rganvmiz, ular ham. Bu loyihalar bir xil turdagi (hikoyalar to‘plami) bo‘lishi va ularni nashr etadigan doimiy media hamkorimiz bo‘lishi haqida qaror qabul qilishimiz mumkin. Yoki aksincha, har oyda oldingilariga o‘xshamaydigan yangi loyiha o‘ylab topishimiz mumkin. Eng muhimi, buni muntazam ravishda amalga oshirishdir.

Ozbiroq yetarli. Birinchi UGC uchun beshta hikoya – zo‘r; ikkinchisida yigirmata bo‘ladi: auditoriya birinchi beshta hikoyaga nima bo‘lganini, biz ularga qanchalik hurmat bilan munosabatda bo‘lganimizni, ulardan qanday foydalanganimizni va mualliflardan qanchalik minnatdor ekanimizni ko‘rishi kerak.

Yig‘ish – bu faqat boshlanishi. UGC loyihasining muvaffaqiyati, aslida, jamoadan olingan kontentdan qanday foydalanishimizdagi ixtirochiligimizga bog‘liq. Bu borada cheklov yo‘q: foydalanuvchilar yuborgan archa tagidagi bolalar suratlari, masalan, biz ularning o‘zlariga pochta orqali jo‘natadigan bosma Yangi yil tabriknomalariga aylanishi mumkin. Eng muhimi, odamlar bizga qilgan ishlarining biz uchun qadrli ekanini his qilishlari zarur.

Jamoa — shovvozlar. UGC loyihasi, odatda, juda hayajonli ish bo‘lib, uni boshqargan jamoani albatta qo‘llab-quvvatlash va minnatdorchilik bildirish kerak. Ular bunday loyihalarga nafaqat vaqtlari va intellekti bilan, balki yuraklari va asablari bilan ham sarmoya kiritadilar. Buning qadri juda baland.

Hamkorlik yangiliklari