Flat Preloader Icon
Respublika boyligi: O‘zbekistonning Olimpiya o‘yinlaridagi zafari respublikada avtosanoatning o‘sishi bilan bir davrga mos kelgani haqidaRespublika boyligi: O‘zbekistonning Olimpiya o‘yinlaridagi zafari respublikada avtosanoatning o‘sishi bilan bir davrga mos kelgani haqida
29 Oktabr 2024

Respublika boyligi: O‘zbekistonning Olimpiya o‘yinlaridagi zafari respublikada avtosanoatning o‘sishi bilan bir davrga mos kelgani haqida

Parijdagi XXXIII yozgi Olimpiya o‘yinlari o‘zbekistonlik sportchilar uchun milliy ko‘lamdagi chinakam tarixiy zafarga aylandi. Respublika sportchilari eng saralar bilan kechgan shiddatli kurashda mamlakat uchun rekord hisoblangan oltin medallar sonini qo‘lga kiritib, hisobida 13 ta medal bilan birga ilk marta top-15 terma jamoa safidan 13-o‘rinni egalladi. Chiroyli tasodif, ammo yutuqlar faqat shular bilan cheklanib qolmadi.

Bugungi kunda o‘zbek avtosanoati ham chempionlik sur’atlarini namoyon etib, olimpiyachilarimizga matonatli mehnati uchun minnatdorlik bildirish imkoniyatini qo‘ldan boy bermadi.

TIKANLAR ORA YULDUZLAR SARI

Yosh va suveren O‘zbekiston uchun birinchi bo‘lgan Atlantadagi 1996-yilda o‘tkazilgan yozgi Olimpiada, jo‘n qilib aytganda, mamlakatimiz uchun kutilganidek yaxshi kechmagan. Terma jamoa ikkita sovrinni qo‘lga kiritib, medallar hisobida 58-o‘rinni egallagan. Biroq bizning xalqimiz tushkunlikka tushishga odatlanmagan. Respublika iqtisodiyotining o‘sishi bilan bir qatorda mahalliy sport maktabining tizimli rivojlanib borishi o‘z mevalarini berdi va 2000-yilda o‘zbek sportchilari medallar soni bo‘yicha avvalgi natijani ikki karra ko‘paytirishga erishdilar, 2016-yilda esa olimpiyachilarimiz to‘rttasi oltin bo‘lgan 13 ta medal bilan umumiy hisobda 21-o‘ringa yetib bordilar.

Respublika boyligi: O‘zbekistonning Olimpiya o‘yinlaridagi zafari respublikada avtosanoatning o‘sishi bilan bir davrga mos kelgani haqida

2021-yilning avgust oyida mamlakatimiz prezidenti Shavkat Mirziyoyevning so‘zlari chinakam bashoratga aylandi. U O‘zbekiston Olimpiadaning top-15 terma jamoasi qatoriga kirish uchun barcha imkoniyatlarga ega ekanligini qayd etgandi. Uch yildan so‘ng respublika rahbarining so‘zlari haqiqatga aylandi va endi sakkizta sportchi Olimpiya o‘yinlarining chempioniga aylandi: bokschilar Hasanboy Do‘smatov, Abdumalik Xaloqov, Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev, Lazizbek Mullojonov, Bahodir Jalolov, dzyudochi Diyora Keldiyorova, taekvondochi Ulug‘bek Rashitov va erkin usuldagi kurashchi Razambek Jamalov. Bu orada kumush sovrinlar og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev va taekvondochi Svetlana Osipovaga nasib qildi. Bronza medallarini mamlakatga kurashchilar Muzaffarbek To‘raboyev, G‘ulomjon Abdullayev va Alisher Yusupovlar olib keldilar. Ularning barchasi ushbu materialimiz qahramonlariga aylandi.

QUYOSH OSTIDAN JOY

Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston avtomobilsozlik sanoati ham vaqt oralig‘i va voqealar rivojlanishi bo‘yicha o‘xshash yo‘lni bosib o‘tdi. Hozirda ushbu mamlakat sanoatini harakatga keltiruvchi kuch o‘z ortidan ko‘plab tutash tarmoqlarni tortib, o‘n minglab odamlarga ish o‘rinlarini yaratmoqda. Biroq doim ham bunday bo‘lmagan.

Xususan, 1996-yilda o‘zbek sportchilari Olimpiada sovrinlari uchun kurashga otlangan vaqtda respublika sanoati quyosh ostidan joy egallash uchun jahon avtomobilsizlik titanlariga qarshi kurashga kirishgan. 1996-yil 19-iyul mamlakat tarixi uchun muhim sana hisoblanadi, chunki aynan shu kuni Asakada avtomobil ishlab chiqarish bo‘yicha birinchi zavod ochilgan. Darvoqe, Atlantadagi Olimpiada-1996 ham 19-iyulda boshlangan.

Keyingi 11 yil davomida O‘zbekiston Janubiy Koreyaning Daewoo kompaniyasi bilan hamkorlik qilgan, so‘ngra Amerikaning General Motors kompaniyasi bilan o‘zi uchun yana bir tarixiy bitimni imzolagan. 2007-yildan buyon GM Uzbekistan zavodida Chevrolet avtomobillarining yirik bo‘g‘imli yig‘ilishi yo‘lga qo‘yilib, assortiment Epica va Captiva yangi modellari bilan to‘ldirildi. 2008-yilning noyabr oyida esa keyinchalik MDH avtobozorida eng ko‘p sotilgan modelga aylangan Chevrolet Lacetti sedanining to‘laqonli seriyali ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilgan. Oy oxiriga kelib respublika avtosanoati birinchi jiddiy yubileyini — 1996-yildan boshlab konveyerdan chiqarilgan bir million mashina ko‘rsatkichini nishonlagan. Aytgandek, bu ko‘rsatkichga aynan Lacetti yetib borgan.

Xususan, modellar qatorini kengaytirish bo‘yicha statistika O‘zbekiston va General Motors o‘rtasidagi hamkorlikning samarasidan dalolat beradi. 2010-yil avgust oyida Chevrolet Spark, 2012-yil martida — Chevrolet Malibu, o‘sha yilning sentyabr oyida — Chevrolet Cobalt, 2014-yil martida — Chevrolet Orlando, 2015-yil iyulida — Chevrolet Labo, 2016-yil aprelida — yangilangan Chevrolet Captiva, 2022-yil iyulida — Chevrolet Tracker hamda 2023-yil fevralida — Chevrolet Onix modellarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Bunda faqat respublika hududida yig‘iladigan modellar hisobga olinmagan.

HAR QANDAY DIDGA MOS CHEVROLET

UzAuto Motors (sobiq GM Uzbekistan) yangi rekordlarni o‘rnatishda davom etmoqda. Xususan, 2024-yilning yetti oyi mobaynida kompaniya 84 758 dona Cobalt modelini chiqarishga erishdi — bu 2023-yilning muqobil davridagi ko‘rsatkichdan 51,4 foizga ko‘proq. Tracker krossoverlarini ishlab chiqarish 18,5 foizga, Onix — 34,8 foizga o‘sdi.

Bugun respublika aholisi uchun istalgan did va hamyonga mos Chevrolet avtomobillarining keng tanlovi mavjud. Shahar sharoitida moʻtadil qatnovlar uchun kam sig‘imli sedanlarning muxlislariga Onix sedani juda mos keladi. Avtomobilga “xalq” mashinasi sharafi bejiz berilmagan: hamyonbop narxiga qaramay, avtomobil o‘nlab zamonaviy moslamalar va elektron assistentlar, shuningdek, ilg‘or xavfsizlik tizimlari bilan jihozlangan.

Baland o‘rnashuvni yoqtirasiz-u, ammo katta o‘lchamlar va to‘liq privod uchun ortiqcha to‘lashni istamaysizmi? U holda sizning tanlovingiz — dadil dizayn va shinam salonga ega Chevrolet Tracker ixcham krossoveridir. Keng ko‘rish imkoniyati va kuzovning oson “o‘qiladigan” chegaralari tor joyda manyovr bajarishda noxushliklardan asraydi, oshirilgan klirens va bamperlarning qisqa ilgaklari yengil toshloqdan harakatlanganda xavotir hissini bartaraf etadi. Ko‘psonli avtonom xavfsizlik tizimlari yangi haydovchilarga manzur bo‘ladi, manzarali lyuk orqali osmonni tomosha qilish imkoni esa yo‘lovchilarga ma’qul keladi.

Respublika boyligi: O‘zbekistonning Olimpiya o‘yinlaridagi zafari respublikada avtosanoatning o‘sishi bilan bir davrga mos kelgani haqida

Sayohat ishqibozlari yoki katta maqsadlarga ega bo‘lganlar to‘liq privod va shiddatli 236 kuchli motorga ega Chevrolet Equinox o‘rta hajmli krossoveri foydasiga tanlov qilishlari mumkin. Qariyb 700 litrli bagaj bo‘lmasi uzoq safarga barcha zarur narsalarni olish imkonini beradi, orqadagi mustaqil ilgak va ushbu toifa uchun fantastik darajadagi 7,5 soniyada tezlashish imkoniyati boshqaruv chog‘ida sportga xos shiddat va yengillik hissini taqdim etadi. Equinox haydovchining xatolarini to‘g‘rilaydi va avtomat ravishda to‘siqlar oldida to‘xtaydi, hattoki tik qiyaliklardan ko‘tarilish yoki tushishda ham mashinaga ishonch bildirish mumkin.

Oilali odamlarga esa Chevrolet modellari qatoridagi Traverse nomli krossoveri yoqishi aniq. Besh metrli yetti o‘rinli yo‘ltanlamas — o‘z toifasi doirasida eng shinami hisoblanadi, premium qulaylik esa haydovchi va yo‘lovchilarni hamma yerda, hattoki uchinchi qatorda ham qurshab turadi. Shovqinni bartaraf etuvchi yangilangan tizim tufayli shinalar va keskin shamol ovozi yaqinlar bilan iliq suhbatingizni bo‘lmaydi, to‘liq privodning intellektual tizimi yordamida Traverse egasi hattoki kuchli toshloq yo‘llardan ham qo‘rqmasdan o‘tishi mumkin. 318 kuchli motor ikki tonnali tulporni soatiga 200+ kilometrgacha ishonch bilan tezlashtiradi. Murakkab yo‘llarda 3,6 litrli dvigatel uchun keskin tezlashish va yuklamalar muammo emas.

Nihoyat, katta ramali yo‘ltanlamaslar hamda chinakamiga qirollarga xos dizayn muxlislari Chevrolet Tahoe flagman modelini munosib baholay oladilar. Ushbu ramali yo‘ltanlamas jahon avtosanoatining eng so‘nggi yutuqlarini o‘zida mujassam qilgan. Aylanma ko‘rish kameralari, yo‘lovchilar uchun ko‘ngilochar tizim, adaptiv pnevmoilgak hamda elektr magnitli amortizatorlar mazkur bahaybat “maxluq” ichida kechgan har bir soniyani haqiqiy maroqqa aylantiradi. Chegaralarsiz, murosalarsiz — faqat mutlaq kuch va vaziyat ustidan hukmronlik — bu faqat Tahoe.

Respublika boyligi: O‘zbekistonning Olimpiya o‘yinlaridagi zafari respublikada avtosanoatning o‘sishi bilan bir davrga mos kelgani haqida

CHEMPIONLAR UCHUN AVTO

Maqolamiz yakunida olimpiyachilarimiz zafari hamda O‘zbekiston avtosanoatining parvozidan iborat ushbu o‘xshash voqealar yana bir marta kesishadi.

Olimpiada sovrindorlarini o‘z vatanida munosib qarshi olish allaqachon an’anaga aylangan. Bu po‘lat iroda va egilmas xarakterga ega, o‘z hayotining katta qismini sportga bag‘ishlagan, so‘ngra O‘yinlarda o‘z yurti obroʻyini yuksaltirgan odamlar mehnati uchun tantanali kutib olinishga va minnatdorlik bildirilishga eng loyig‘idirlar. Barcha mamlakatlar bu masalaga turlicha yondashadi. Ko‘pincha Olimpiada medallari sohiblari pul mukofotlariga ega bo‘ladi, ayrim mamlakatlar esa bunga qo‘shimcha sifatida sportchilarni ko‘char va ko‘chmas mulk, gadjetlar va hattoki ovqat bilan taqdirlaydi.

Masalan, filippinlik gimnastikachi Karlos Yulo vataniga qaytganida unga iPhone oxirgi modeli, hayotining oxirigacha yetadigan lag‘mon, qovurilgan jo‘ja va gazlangan ichimlik zaxirasi taqdim etildi. Polshalik sovrindorlarga esa sarmoya toifasiga xos brilliant, mahalliy rassom qalamiga mansub surat hamda sayohat yo‘llanmasi beriladi. Norvegiya, Islandiya yoki Shvetsiya kabi ayrim davlatlar o‘z sovrindorlarini umuman mukofotlamaydi.

O‘zbekiston hukumati olimpiyachilarni O‘yinlardagi sovrinli o‘rinlar uchun doim saxiylik bilan taqdirlab kelgan. G‘oliblarimizga avtomobillar sovg‘a qilish an’anasi doim mavjud bo‘lgandek go‘yo. Parijdagi Olimpiada ham istisno bo‘lmadi. O‘zbekistonlik oltin sovrin sohiblari o‘z kuchi va maqsadlariga monand avtomobillarga ega bo‘ldilar: ular o‘z avtoturargohlarini endilikda O‘zbekiston bosib o‘tgan yo‘lning munosib ramziga aylangan lyuks toifadagi Chevrolet Tahoe avtomobili bilan to‘ldirdilar.

Matn: Ilya Pushkaryov

Hamkorlik yangiliklari