Telekommunikatsiya va axborot tizimlari – bugungi kunda tezkor rivojlanish jarayonida bo‘lgan O‘zbekiston uchun eng muhim sohalardan biridir.
Bunda, jahon miqyosidagi yangi texnologiyalarni kuzatib borish bilan birga, ularni mahalliy biznesga to‘g‘ri joriy qilish ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Bu borada Security Masters Group direktori Sherzod Buriyev orttirilgan tajriba vaqt bilan hamnafas bo‘lishda qanday yordam berishiga yaxshi misol bo‘la oladi. U muxandisdan tortib shaxsiy kompaniyasi rahbarigacha bo‘lgan butun yo‘lni bosib o‘tgan holda, kompaniyalarni qanday muammolar tashvishga solishi va ularni hal qilish uchun nimalar kerakligini, shuningdek muntazam ravishda axborot texnologiyalari yetakchisi bo‘lib qoladigan to‘g‘ri jamoani qanday to‘plashni yaxshi biladi. Sherzod Buriyev The Mag Business tahririyatiga aynan shu masalalar haqida so‘zlab berdi.
- Telekommunikatsiya sohasidagi faoliyatingizni qanday boshlagansiz?
Mening telekommunikatsiya sohasidagi faoliyatim qariyb yigirma yil avval boshlangan. Men texnik ko‘mak bo‘yicha muxandis bo‘lib ishlaganman. Ma’lum vaqtdan so‘ng aloqa texnologiyalari sohasida chuqur bilim olib, innovatsion yechimlarni ishlab chiqish va joriy qilishda faol ishtirok eta boshladim.
- Qaysi holatlar Sizni zamonaviy telekommunikatsiyalar sohasidagi yetakchilardan biri sifatida shakllantirgan?
Faoliyatimning boshlang‘ich bosqichlarida loyiha boshqaruvi va jamoani muvofiqlashtirish borasida muammolarga to‘qnash kelganman. Turli mutaxassislar bilan samarali muloqot qilishni hamda yuzaga keladigan texnik va tashkiliy muammolarni bartaraf etishni o‘rganish muhim edi. Asta-sekin samarali boshqaruv ko‘nikmalari va muvaffaqiyatli jamoalarni shakllantirish qobiliyatini o‘zlashtirdim.
Texnik lavozimlardan rahbarlikka o‘tishim men uchun muhim holatlardan biri bo‘lgan. kompaniya muvaffaqiyatli rivojlanishi uchun nafaqat mukammal texnik bilim, balki strategik fikrlash va resurslarni samarali boshqarish qobiliyati ham zarur. Buni anglay olishim mening asoslangan va istiqbolli yechimlarni qabul qilishga qodir yetakchiga aylanishimga yordam berdi.
- Qay tariqa axboroot tizimlarini joriy qilish bilan shug‘ullanuvchi kompaniya boshqaruviga o‘tgansiz va eng avvalo qanday tamoyillarga asoslangansiz?
Kompaniya boshqaruviga o‘tish texnik lavozimlardagi ish tajribamning mantiqiy natijasi edi. Men texnologiyalarning muvaffaqiyatli joriy qilinishi faqat maxsus ma’lumotni emas, balki loyihalar boshqaruvi, mijozlar bilan ishlash va strategik yechimlarni shakllantirish sohasida chuqur bilimlarni talab etishini tushundim. Mening yondashuvim asosini texnik xususiyatlar va loyihalarni samarali boshqarish o‘rtasidagi muvozanat tashkil qiladi.
Kompaniya muvaffaqiyatli rivojlanishi uchun nafaqat mukammal texnik bilim, balki strategik fikrlash va resurslarni samarali boshqara olish qobiliyati ham zarur
- O‘z kompaniyangizni boshqarishda qanday qiyinchiliklarga to‘qnash kelgansiz va ularni qay tarzda hal qilgansiz?
Axborot tizimlarini joriy qilish sohasida doim texnik masalalar, mijozlarning yangi talablari va qisqa muddatlar bilan qiyinchiliklar mavjud. Bunda o‘zgarishlarga tezkor moslashish uchun moslashuvchan jarayonlar va boshqaruv tizimlarini yaratish muhim ahamiyat kasb etgan. Bundan tashqari, men buyurtmachilar va jamoamiz bilan samarali hamjihatlikda ishlash, shaffoflik va o‘zaro tushunchani ta’minlash uchun muloqot ko‘nikmalarimni ham faol rivojlantirganman.
- Axborot tizimlarining zamonaviy biznesdagi roli nimadan iborat hamda shu sohada kompaniyangiz samaradorligi va raqobatbardoshligini oshirish uchun qanday strategiyalardan foydalanasiz?
Axborot tizimlari zamonaviy biznesning ajralmas qismiga aylangan. Biz mijozlarimizga ilg‘or yechimlarni taklif qilish uchun sun’iy ong va ma’lumotlar tahlili kabi yangi texnologiyalarni faol o‘rganamiz. Kompaniyamiz strategiyasi jamoani muntazam o‘qitish va rivojlantirish, shuningdek xizmatlarimiz sifatini yaxshilaydigan va raqobatbardoshlikni oshira oladigan innovatsiyalarni izlashdan iborat.
- Muvaffaqiyatli jamoani qanday shakllantirasiz va rivojlantirasiz hamja xodimlar boshqaruviga doir yondashuvingiz qaysi tamoyillarga asoslangan?
Muvaffaqiyatli jamoani shakllantirish malakali mutaxassilarni to‘g‘ri tanlab olishdan boshlanadi. Biroq, jamoaning har bir a’zosi o‘z salohiyatini namoyon eta oladigan rag‘batlantiruvchi muhitni yaratish ham muhim. Men yuqori professional va intiluvchan jamoa shakllanishiga imkon yaratadigan ochiq muloqot, xodimlarning shaxsiy va kasbiy o‘sishini qo‘llab-quvvatlash tamoyillariga tayanaman.
O‘zgarishlarga tayyor turing va innovatsiyalar uchun imkoniyat izlang – bu nafaqat ajralib turishga, balki tarmoq rivojiga haqiqiy hissa qo‘shishga ham yordam beradi
- Siz zamonaviy bozor da’vatlari va talablaridan kelib chiqib, axborot tizimlarini joriy qiliy sohasi kompaniyalarining rahbarlariga nima maslahat bergan bo‘lardingiz?
Avvalo, men texnik bilim va ko‘nikmalarni muntazam yangilashni, texnologik sohadagi tezkor o‘zgarishlarga tayyor turishni va kompaniyada innovatsiyalar madaniyatini shakllantirishga e’tibor qaratishni maslahat bergan bo‘lardim. Muvaffaqiyatning asosiy omillari o‘zgaruvchanlik, bozorning yangi talablariga moslashish layoqati va axborot tizimlari taraqqiyotini strategik ko‘ra bilishdan iborat.
- Kelajakda telekommunikatsiya tarmog‘ining rivojlanishi va bu jarayonga o‘z hissangizni qanday tasavvur qilamiz?
Telekommunikatsiya tarmog‘i doimiy harakatda bo‘ladi va kelajak 5G, buyumlar interneti va sun’iy ong kabi yanada samarali texnologiyalarni olib kelishiga ishonchim komil. Mening ushbu jarayonga qo‘shadigan hissam kompaniyani ilg‘or pozitsiyalarda saqlab turish, yangi texnologiyalarni joriy qilish hamda mijozlarni zamonaviy va samarali yechimlar bilan ta’minlashdan iborat.
- Telekommunikatsiya sohasida yutuqqa erishishga intilayotgan yosh mutaxassislarga qanday maslahat bera olasiz?
Asosiysi – doimiy rivojlanish va o‘qish. Texnologiyalar muntazam ravishda o‘zgaradi va so‘nggi tendensiyalardan xabardor bo‘lish mumkin. Shuningdek, yetakchilik ko‘nikmalarini rivojlantirishni ham unutmang, chunki jamoani muvaffaqiyatli boshqara olish kompaniya maqsadlariga erishishda muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zgarishlarga tayyor turing va innovatsiyalar uchun imkoniyat izlang – bu nafaqat ajralib turishga, balki tarmoq rivojiga haqiqiy hissa qo‘shishga yordam ham beradi.
Biz mijozlarimizga ilg‘or yechimlarni taklif qilish uchun sun’iy ong va ma’lumotlar tahlili kabi yangi texnologiyalarni faol o‘rganamiz.