“Agar tumshug‘idan musht yeb qolmasa, hammaning o‘z rejasi bor” – Mayk Tayson, boks bo‘yicha o‘ta og‘ir vazn toifasida jahon chempioni
American Airlines kompaniyasi birinchi klassdagi yo‘lovchilarga tortiladigan salatlar tarkibidan faqat zaytunni olib tashlab, 40000 dollar tejab qolgan.
Butun dunyo bo‘ylab balandligi 150 metrdan yuqori bo‘lgan 4280 ta osmono‘par bino qurilgan. Bunday imoratlar soni bo‘yicha yetakchilar – Xitoy (1672 ta) va AQSh (740 ta) hisoblanadi.
Netflix’da ko‘rishlarning sutkalik miqdori 164 million soatni tashkil etadi; bu 18812 yilga cho‘ziladigan teleko‘rsatuv va filmlarga teng.
94% dunyo aholisi Coca Cola’ning oq-qora logotipini taniydi.
64% iste’molchilarda qandaydir mahsulotni ijtimoiy tarmoqdagi kontent asosida xarid qilish istagi tug‘iladi.
90% jami restoranlarning faoliyatining birinchi yilidayoq zarar ko ‘radi.
“Qatar Telekom” 2006-yilda o‘tkazgan xayriya auksionida anonim ishtirokchiga sotgan 666-66-66 raqamining narxi 2,75 million dollar edi.
Dunyoda ishlab chiqariladigan mahsulotlarning 1/3 qismi tashlab yuboriladi yoki yo‘qotiladi. Yevropa va Shimoliy Amerikada yashovchi kishi boshiga har yili 95 kg dan 115 kg.gacha, Janubiy va Janubi-sharqiy Osiyoda yashovchi har kishi boshiga esa – 6 dan 11 kg.gacha tashlab yuborilgan mahsulot to‘g‘ri keladi.
Odamlar hamma vaqt telefonlarini orqa cho‘ntakka solib yurishadi, shu sababli Samsung bosimga dosh berishiga ishonch hosil qilish maqsadida yangi telefonlarda “o‘tiradigan” beshinchi nuqta shaklidagi robotni ishlab chiqdi. Robot hatto jinsi shim ham kiyadi.