Daniya shimolidagi Blokxaus va Rodxus qishloqlari hududida joylashgan plyaj kuzatuvchisi Tomas Durloo “DR” daniyalik teleradiokompaniyasiga ushbu qiziqarli topilma haqida xabar berdi.
Tomasning aytishicha, eng katta miqdorda bo‘lgan oyoq kiyimdan tashqari, ushbu maydonda u, shuningdek, tibbiy mahsulotlar, sovitkichlar va bog‘ aravalaridan o‘rtacha plastik g‘ildiraklarni topib oldi.
Ustida qadoq bo‘lmagan bu mahsulotlarning Shimoliy dengizning sho‘r suvi ta’sirida deyarli barbod bo‘lganiga qaramay, mahalliy aholi tomonidan ularni o‘g‘irlashga harakatlar amalga oshirildi. Kuzatuvchi ushbu sodir bo‘layotganlarning barchasini bitta so‘z bilan – “haqiqiy jinnilik” deb ta’riflamoqda.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, juma kuni Mayview Maersk kompaniyasining eng yirik konteyner tashuvchilaridan biri Shimoliy dengizda og‘ir ob-havo sharoitiga duch kelib, buning natijasida kamida qirqta 40 futli konteynerlar suvga qulab tushgan. Kompaniya, konteyner tashuvchisining o‘zida bo‘lgan odamlar va kemaning o‘zi jabr ko‘rmaganini ma’lum qildi.