Flat Preloader Icon
Miracle Mop shvabrasi va GoPro kamerasi: sevimli ishini daromadga aylantirgan odamlar haqidaMiracle Mop shvabrasi va GoPro kamerasi: sevimli ishini daromadga aylantirgan odamlar haqida

Miracle Mop shvabrasi va GoPro kamerasi: sevimli ishini daromadga aylantirgan odamlar haqida

Ixtirochilar ko‘pincha o‘z patentlarini katta pul evaziga yirik kompaniyalarga sotadi. Biroq, buning o‘rniga ular shaxsiy biznesini boshlashga tavakkal qilib, hattoki, tajribasi bo‘lmagan vaziyatda ham muvvaqiyatga erishgan holatlar ham mavjud. Ana shunday tavakkallar natija bergan bir nechta misollar haqida quyida hikoya qilamiz.


JOY MANGANO VA MIRACLE MOP SHVABRASI

Joy Mangano yoshligidan nimalarnidir o‘ylab topishni va ixtiro qilishni yaxshi ko‘rgan. Uning dastlabki kreativ g‘oyasi uy hayvonlari uchun burgalarga qarshi bo‘yinbog‘ bo‘lgan – ammo, patent borasida qiz boshqalardan ortda qolgan. Uning asosiy ixtirosi – Miracle Mop shvabrasi 1990-yilda paydo bo‘lgan. o‘shanda Joy 34 yoshda bo‘lgan va yaqinda ajrashgan, ikkita ishda ishlovchi uch farzandning onasi sifatida uy mehnatini maqbullashtirishdan juda manfaatdor bo‘lgan.

Miracle Mop shvabrasi va GoPro kamerasi: sevimli ishini daromadga aylantirgan odamlar haqida

Yangi shvabraning o‘ziga xos jihati avtomat siqish imkoniyati bo‘lgan: shunchaki maxsus silindrni pastga tushirish yetarli edi. Endi qo‘llarni iflos qilmaslik mumkin edi. Bu uy bekalarining mehnatini sezilarli darajada osonlashtirar va tezlashtirardi.

Joy avvaliga shvabra prototipini, so‘ngra sotish uchun yana 1000 dona nusxasini o‘zi yasagan. Tez orada u divandagi do‘kon shaklida ishlaydigan QVC amerika kanali bilan shartnoma tuzgan. Manganoga o‘zi efirda chiqib, shvabrani reklama qilishga ruxsat berishganida, u atigi yarim soat ichida 18 000 dona shvabrani sotishga muvaffaq bo‘lgan. Bu voqea uning o‘zi ishini boshlashiga imkon bergan.

Hozirda tadbirkor ayol telemarketingda muvaffaqiyatga erishgan eng nufuzli shasxlardan biri hisoblanadi. Mangano ishlanmalarining telekanallar orqali sotuvlari unga qariyb $150 mln daromad keltirgan. Mo‘‘jizaviy shvabra uning asosiy xiti bo‘lib qolganiga qaramay, uy uchun mo‘ljallangan boshqa tovarlar ham ommalashgan. Masalan, Huggable Hangers – yumshoq mato bilan qoplangan kiyimlar uchun ilgichlar, yoki Performance Platforms – odam bo‘yini vizual kattalashtiradigan rezina platformali poyabzal.

Mangano o‘z faoliyati davomida yuzdan ortiq patentlarga ega bo‘lgan. 2015-yilda Mangano va uning faoliyati haqida suratga olingan «Joy» filmida bosh rolni Jennifer Lourens ijro etgan.

SARA BLEYKLI VA SPANX PAYPOQLARI

1993-yilda 22 yoshli amerikalik Sara Bleykli Florida shtatida savdo agenti bo‘lib ishlardi va xonadonma-xonadon faks xarid qilish taklifi bilan yurardi. Issiq havo ishbilarmon kiyim uslubiga salbiy ta’sir qilardi: xususan, Bleykliga ochiq poyabzalda paypoqlardagi choklar ko‘rinib turishi, paypoqlarning o‘zi esa kiyim ostidan bilinib turishi yoqmasdi.

Miracle Mop shvabrasi va GoPro kamerasi: sevimli ishini daromadga aylantirgan odamlar haqida

Sara turli sinovlar o‘tkaza boshlagan: avvaliga u paypoqlarning “barmoqlarini” kesib tashlagan, ammo buning oqibatida elastiklik yo‘qolib, xunuk buklanishlar paydo bo‘lishi aniqlangan. Bleyklining firmadagi faoliyati yaxshi davom etardi va 25 yoshida u rahbarlik lavozimiga erishgandi. Biroq, paypoq prototipi g‘oyasi uni qattiq qiziqtirardi va u ichki kiyimlar ishlab chiqaruvchi fabrikalarga o‘z xizmatlarini taklif qilish uchun safarga otlangan. Eng yirik brendlar qizga rad javobini bergan, ammo kutilmaganda uch nafar qizi g‘oyani ma’qullagan bir tadbirkorning ko‘magiga erishgan.

Bleykli sanoatga ayollar qarashi yetishmaydi, degan xulosaga kelgan: zero, paypoqlarni ishlab chiqarish bo‘yicha fabrikalarga erkaklar rahbarlik qiladi. Prototip ustida ishlash davomida Bleykli onasi va dugonalarini sinovlarga jalb qilgan. Natijada, 2000-yilda u o‘zining $5000 mablag‘ini kiritish orqali Spanx kompaniyasini yo‘lga qo‘ygan.

Dastlab Sara qo‘ng‘iroqlarga o‘zi javob berib, uyida buyurtmalarni qabul qilgan. Biroq, 2012-yilga kelib Bleykli biznesni noldan qurgan eng yosh milliarder ayol sifatida Forbes ro‘yxatidan o‘rin olgan. Hozirda Spanx nafaqat paypoqlar, balki turli ehtiyojlar uchun mos ko‘plab cho‘ziluvchan kiyim qatorlarini ishlab chiqaradi.

SHON PALFRI VA TANGLE TEEZER CHO‘TKASI

Shon Palfri – mashhur britaniyalik sartarosh bo‘lib, o‘z faoliyatini 1978-yilda boshlagan. U soch bo‘yash mutaxassisi sifatida turli mashhur brendlarga ishlagan. Shu vaqtda u bo‘yoqlar ta’siridan zaiflashgan sochlarni yanada samarali va xavfsiz tarash usuli ustida o‘ylay boshlagan.

Miracle Mop shvabrasi va GoPro kamerasi: sevimli ishini daromadga aylantirgan odamlar haqida

2003-yildan boshlab Palfri o‘zida taroq va cho‘tka sifatlarini birlashtiradigan prototipni yaratish ustida ishlagan. Birinchi variantning narxi 3000 funtga teng bo‘lib, omadsizlikka uchragan. Biroq, Palfrini bu holat to‘xtatmagan va u sinov o‘tkazishda davom etgan. Natijada, hosil bo‘lgan uzun yumshoq tishli tutqichsiz kichik cho‘tkasiga stilist Tangle Teezer nomini bergan.

2007-yilda Palfri o‘z g‘oyasi bilan Britaniyaning The Dragon’s Den ommaviy teleshousida ishtirok etishga qaror qilgan. Bu shouda endi ish boshlayotgan tadbirkorlar biznes-g‘oyalarini o‘rtoqlashadi, hakamlar esa ular moliyalashtirishga munosib yoki munosib emasligini hal qiladi. Afsuski, salohiyatli investorlardan tashkil topgan hakamlar Palfri va uning loyihasi ustidan kulgan. Hakamlardan biri, hattoki, unga moliyaviy ko‘mak ko‘rsatish o‘rniga “o‘zining sochlarini yulib olgani” ma’qulligini aytgan.

Shunga qaramay, teletomoshabinlar bunga katta qiziqish bildirib, cho‘tkaga oldindan buyurtma berishga urinib, Palfrining saytini ishdan chiqarganlar. Palfrining ta’kidlashicha: televideniyedagi tanqid uni hafa qilmagan, axir professional sifatida uning ixtirosi mijozlarning muhim ehtiyojini qondirishini yaxshi bilardi.

O‘shandan buyon Tangle Teezer soch parvarishi uchun mahsulotlarning mashhur brendiga aylandi, Palfri va uning jamoasi esa innovatsiyalar bo‘yicha nufuzli Qirollik mukofotiga ikki marta loyiq topilgan.

NIK VUDMAN VA GOPRO KAMERASI

Professional syorfingchi bo‘lishni orzu qilgan amerikalik Nik Vudman 2002-yilda mashq qilish uchun Avstraliyaga yo‘l olgan. Tabiiyki, sayohat davomida “harakatdagi” suratlarni olishni istagan, ammo suv ichida yuqori sifatli suratlarni olish imkonini berauvchi professional kameralar havaskor-syorfingchilar uchun judda qimmat edi.

Miracle Mop shvabrasi va GoPro kamerasi: sevimli ishini daromadga aylantirgan odamlar haqida

Avvaliga u mavjud kamerani bilakka mustahkam mahkamlash mumkin bo‘lgan kamarchani yaratishga qaror qilgan. So‘ngra faol hordiqni sevuvchilar uchun maxsus kamerani yaratgan yaxshiroq bo‘ladi, degan xulosaga kelgan.

GoPro nomi – going professional (stat professionalom) so‘z birikmasining qisqartmasi hisoblanadi, chunki faqat professional sportchilar zarur anjomlardan foydalana olgan. Vudman o‘z biznesini boshlash uchun ma’lum vaqt dur va chig‘anoqlardan yasalgan kamarlarni sotgan. Aslida, ota-onasidan olgan $230 000 qiymatidagi kredit ham foyda bergan.

Vudmanning fikricha, tobora ko‘proq odamlar smartfonlarida yaxshi kameralarga ega bo‘la boshlagani va kundalik suratlar uchun professional kameralarni sotib olishga intilmaganligi GoPro muvaffaqiyatini ko‘p jihatdan belgilab bergan. Demak, ularda faol hordiq uchun kameralarni sotib olishga pul qolgan.

2013-yilga kelib GoPro kompaniyasi bozorda sotuvlar bo‘yicha mutlaq yetakchiga aylangan: uning yillik daromadi $1,5 milliardni tashkil qilgan. O‘sha vaqtdan buyon GoPro bir nechta inqirozni boshidan kechirdi – kamerali Karma dronining muvaffaqiyatsizligi hamda pandemiya davrida sotuvlar qisqarishi. Vaziyatni to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotuvlarga o‘tish qutqarib qoldi.

MARIO MORETTI POLEGATO VA GEOX POYABZALI

Polegato oilasining asosiy biznesi doim vinochilik bo‘lgan – ular Italiyadagi asosiy prosekko ishlab chiqaruvchilaridan biri bo‘lib, ushbu ichimlik uchun uzum oilaviy villada yetishtiriladi. Biroq, 1990-yillar boshida Mario Polegato Nevadadagi ko‘rgazmaga yo‘l olgan. Shtatda havo qattiq isib ketgan edi va Mario tez orada qizigan oyoqlar hissi tufayli yura olmay qolgan. Nahotki, poyabzalni “salqinroq” qilishning usuli bo‘lmasa? Polegato cho‘ntak pichog‘i bilan  tagcharmda teshiklar ochishga majbur bo‘lgan va shundan keyingina qulaylikni his qilgan.

Miracle Mop shvabrasi va GoPro kamerasi: sevimli ishini daromadga aylantirgan odamlar haqida

Shu tariqa, Polegatoning hayoliga poyabzal uchun suv o‘tkazmaydigan, ammo baribir havo o‘tkazadigan “nafas oluvchi” membranani yaratish g‘oyasi kelgan. U uzoq vaqt davomida prototipi bilan yetakchi poyabzal ishlab chiqaruvchilari, jumladan Nike kompaniyasini qiziqtirishga uringan, ammo hamma yerda faqat rad javobini olgan. Yagona yo‘li mustaqil ishlab chiqarishni boshlash edi – natijada 1995-yilda paydo bo‘lgan Geox “nafas oluvchi” poyabzali brendi bugungi kunda Yevropadagi eng yirik brendlardan biriga aylangan.

Hozirda membranali poyabzal – aksariyat kompaniyalar uchun deyarli me’yorga aylangan, ammo g‘oyani aynan Polegato patentlashga ulgurgan. Geox faqat sport yo‘nalishi bilan cheklanmagan holda, turli poyabzal qatorlarini chiqaradi hamda turli mashhur dizaynerlar bilan hamkorlik qiladi.

LONNI JONSON VA SUPER SOAKER SUV PURKAGICHI  

Suv to‘pponchalari va ularning xillari ancha vaqtdan buyon mavjud bo‘lganiga qaramay, Super Soaker, ya’ni kuchli bosim ostida suv chiqaruvchi purkagich faqat 1989-yilda paydo bo‘lgan. Uni NASA muxandisi hisobida 120dan ortiq patent bo‘lgan Lonni Jonson o‘ylab topgan. Ularning orasida litiyli batareyalar va issiqlik nasoslari kabi “jiddiy” patentlar bilan bir qatorda, xo‘l pampers indikatori yoki bolalar uchun o‘yinchoq raketa tashuvchi kabi oddiylari ham mavjud.

Miracle Mop shvabrasi va GoPro kamerasi: sevimli ishini daromadga aylantirgan odamlar haqida

1982-yilda Jonson uyida issiqlik nasosi uchun mexanizmni sinovdan o‘tkazayotgan bo‘lgan. Ichiga suv solingan idish birdan katta masofaga suv purkab, sirqiy boshlagan. “Bu suvli to‘pponcha uchun juda qo‘l kelardi”, – deya o‘ylanib qolgan Jonson. U uyida qo‘l ostidagi materiallardan prototipni yasagan va dastlabki dizayn mukammalikdan yiroq bo‘lishiga qaramay, purkagich asosiy vazifa – o‘n metrdan uzoqroqqa otishni ta’minlagan.

Purkagich 1986-yilda patentlangan, ammo Jonson yana uch yil davomida manfaatdor investorlarni topishga uringan. Natijada Larami korporatsiyasi (hozirda Hasbro kompaniyasining bir qismi) o‘yinchoq salohiyatiga to‘g‘ri baho bergan va yanglishmagan: 1992-yilda Super Soaker dunyodagi eng sotilgan o‘yinchoqqa aylangan va $200 mln daromad keltirgan.

Jonson 1990-yillar boshidan buyon ixtirodan royalti oladi va aniq raqamlar ma’lum bo‘lmasa-da, yuqori darajadagi sotuvlarni hisobga olgan holda (hozirda ular $1 mlrd.dan oshgan), ayni paytda qariyb $300 mln sohibi bo‘lishi mumkin. Masalan, 2013-yilda Jonson royalti bo‘yicha kam to‘lov olayotgani yuzasidan Hasbro kompaniyasini subga bergan. Sud ixtirochi tomonini yoqlab kompaniya unga $73 mln to‘lab berishi kerakligiga oid qarorni qabul qilgan.

Hamkorlik yangiliklari