Amerikaning jamoatchilik fikrini o‘rganuvchi Gellapa Instituti 25 yil davomida ma’lum bir kompaniyadagi u yoki bu ishni xodimlar uchun jozibali qiladigan omillarni shakllantirishga harakat qilgan holda, milliondan ortiq xizmatchilar bilan kengaytirilgan suhbatlarni o‘tkazdi. Aynan shu omillar kompaniyaning muvaffaqiyatiga bilvosita tarzda ta’sir ko‘rsatadi va bu xulosa katta hajmdagi ma’lumotlarni kompyuter orqali tahlil qilish yordamida hisoblab chiqildi. Har bir ishtirokchiga mehnat faoliyatining turli jihatlariga doir yuzlab savollar berildi. Natijada tadqiqotchilar kutganidek birinchi darajaga chiqishi kerak bo‘lgan savollarga javoblar (oylik maoshi va boshqa moddiy afzalliklar borasida) kompaniya faoliyatiga doir natijalar bilan bir ma’noli aloqani namoyon etmadi. Yetakchi o‘rinlarni mutlaqo boshqa savollar egalladi?
- Ishda menda nimani kutishlarini bilamanmi?
- Ishimni to‘g‘ri bajarish uchun zarur bo‘lgan materiallar va qurilmalarga egamanmi?
- Ishda har kuni qo‘limdan keladigan eng yaxshi vazifani bajarish imkoni bormi?
- Oxirgi yetti yil ichida yaxshi bajarilgan ish uchun minnatdorlik yoki ma’qullash eshitdimmi?
- Bevosita rahbarim yoki ishdagi boshqa kimdir men haqimda shaxs sifatida qayg‘urishiga doir his menda bormi?
- Ishda mening o‘sishimni rag‘batlantiradigan odam bormi?
- Ishda mening fikrim inobatga olishini hissi bormi?
- Kompaniyadagi vazifalara (maqsadlar) ishim ahamiyatini his qilish imkonini beradimi?
- Hamkasblarim ishni sifatli bajarishni mas’uliyatini his qiladimi?
- Kompaniyamda eng yaxshi do‘stlarimdan biri ishlaydimi?
- Oxirgi olti oy ichida ishda kimdir men bilan yutuqlarim haqida gaplashdimi?
- O‘tgan yil davomida ishimda o‘qish yoki o‘sish uchun imkoniyat bo‘ldimi?
Jama Pediatrics jurnalida keltirilgan tadqiqot natijalarida ta’kidlanishicha, 12-17 yoshli veyp chekuvchi o‘smirlar katta ehtimol bilan (taxminan uch baravar) marixuana chekishni boshlagan. Biroq, bu odatlara o‘rtasidagi sabab-oqibat aloqasi isbotlanmagan. Ko‘pincha raqamlar aslida umuman mavjud bo‘lgan ikki hodisa orasidagi aloqa haqida so‘zlashi mumkin (yoki ikkala hodisa bir-biri bilan emas, balki qandaydir uchinchi, yot omil bilan bog‘langan).
Masalan, olimlar semizlik va atmosferadagi karbonat angidrid gazi miqdori oqibatida yuzaga keluvchi o‘limlar orasidagi o‘zaro bog‘liqlikni allaqachon aniqlab bo‘lganlar. Biroq, karbonat angidrid gazining o‘zi semizlikka sabab bo‘lishi ehtimoldan yiroq. Chamasi, masala odamlarning boyligi ortib borayotgani, ular yuqori kaloriyali taomlarga, shuningdek karbonat angidrid gazi ajralishi bilan bog‘liq tovar va xizmatlarga (avtomobillar, elektr va h.k.) ko‘proq pul sarflayotganiga bog‘liq.
Yoki yana bir g‘alati bog‘liqlik: muzqaymoqlar sotuvi o‘sgan kunlarda odamlar suvda cho‘kadigan baxtsiz hodisalar ko‘proq qayd etilarkan. Yo‘q, ular yeyilgan muzqaymoqdan keyin cho‘kib ketmaydi. Shunchaki, muzqaymoq yeyish va suvga kirish istagi issiq kunlarda avjiga chiqadi. Demak, bu holatda oddiy havo harorati bir qarashda sezilmaydigan “o‘zgartiruvchi omil” hisoblanadi va u haqda biron-bir balandparvoz sarlavhada gapirilmaydi.
Innovatsiyalar “quvvatlovchi” va “buzg‘unchi” bo‘lishi mumkin. O‘z davrida ajoyib menejmenti bilan nom qozongan aksariyat gigant-kompaniyalar foyda keltiradigan yo‘nalishi yoki asosiy mahsulotini topgach, aynan shu mahsulotni yaxshilashga uringan: ular mijozni saqlab qolishga harakat qilib, uning istaklariga tayangan. Bunday innovatsiyalar “quvvatlovchi” deb nomlanadi.
Shu vaqtning o‘zida ularning raqiblari, yetakchiga yetib olish imkoniga ega bo‘lmagan holda, “buzg‘unchi” innovatsiyalarni qo‘llagan: xuddi shu tovarning arzonroq shaklini yoki uning modifikatsiyasini o‘ylab topgan va natijada tovar iste’molchilarning boshqa auditoriyasiga o‘tgan.
Bu kabi “majburiy” choralar ba’zida butun bozorda o‘zgarishlarga sabab bo‘lgan, biroq bir mahsulotdan foyda olish jarayonini mukammal qurgan gigant-kompaniyalar yangi vaziyatga moslashishni uddalay olmagan. Ular o‘z muvaffaqiyatiga kuchli berilib ketganidan atrofdagi oddiy taraqqiyotni sezmay qolgan.
Eng mashhur misol, bu – kompyuterlar rivojlanishi. Meynfreym kompyuterlari (bir qavat o‘lchamidagi ulkan serverlar), mini-kompyuterlar (shkaflarga o‘xshagan), shaxsiy, so‘ngra esa portativ kompyuterlar va ish stansiyalari – har bir bosqichda shu mahsulotning navbatdagi modifikatsiyasi paydo bo‘lishini boy bergan boshqa kompaniya yetakchilik qilgan.
Virtual reallik biz o‘ylagandan ancha davomiy tarixga ega. 1955-yilda kinooperator Morton Xeylig tomonidan chop etilgan “Kelajak kinosi” tadqiqotida biryo‘la barcha his qilish organlariga ta’sir o‘tkazadigan qurilmani tasvirlab bergan. Yetti yildan keyin u nihoyat qurilma prototipini yaratgan: unda stereoskopik 3D-ekran, stereokolonkalar, hid generatorlari va hattoki tebranuvchi o‘rindiq ham bo‘lgan. Bu hozirgi 5D-kino attraksioniga o‘xshash narsa edi.
1965-yilda Garvard universiteti dotsenti Ayven Sazerlend tomonidan ta’riflangan “mutlaq displey”da kompyuter qurilmasidan real vaqtda ko‘rish mumkin bo‘lgan virtual odamni yaratish uchun foydalanish mumkin edi. Uch yil o‘tgach u talabasi yordamida dunyodagi birinchi bosh displeyli VR-tizimni barpo etgan. Faqat dubulg‘a haddan tashqari og‘ir bo‘lgani uchun uni shiftga osib qo‘yishga to‘g‘ri kelgan.
Bularning barchasi qimmat turgan va iste’molchilarda qiziqish uyg‘otmagan hamda keyingi 20 yil davomida texnologiya rivojlanmagan. 80-yillar oxirida VPL Research kompaniyasi dunyodagi birinchi virtual reallik ko‘zoynaklarini yaratgan. Ular ham juda qimmat bo‘lgan (9400 dollar), ammo mavzuga bo‘lgan qiziqish yana qaytgan. 90-yillar o‘rtasida hamma bu texnologiya haqida gapira boshlagan, ammo keyingi o‘n yil mobaynida, afsuski, hech kim buni foyda keltiruvchi biznesga aylantira olmagan. Ammo urinishlar bo‘lgan: Virtuality kompaniyasi hattoki virtual reallik funksiyasiga ega o‘yin avtomatlarini ham chiqargan. 90-yillar oxiriga yelib VR texnologiyasiga g‘alati, kulgili va jonsiz g‘oyaga bo‘lganidek munosabat bildirganlar.
Nima uchun texnologik ixtirolarning barchasi o‘zining “muqobil” o‘tmishdoshlari o‘rnini bosa olmaydi? Masalan, ancha ilgari paydo bo‘lgan elektron kitoblar qog‘ozda chop etilgan kitoblarni bozordan hech siqib chiqara olmaydi. Odamlar qandaydir tovarni onlayn orqali sotib olmasdan, o‘zi o‘rgangan do‘konlarga borishda davom etadigan holatlar bo‘ladi. Qanchalik g‘alati bo‘lmasin, bu kiyimlarga aloqador emas: odamlar kiyimlarni allaqachon onlayn sotib olmoqda. Lekin, vinoning onlayn sotuvlari hamon uni barlar, restoranlar va oflayn-do‘konlar orqali sotishdek darajaga yetmagan.
Elektron kitoblarning u qadar ommalashmaganiga sabablar bir qancha bo‘lishi mumkin. Odamlar yangi narsaga oxirigicha o‘tmaydigan psixologik inersiya. Qog‘ozdagi kitobni qaysidir jumlani izlaganda varaqlash mumkin va bu jihatdan qog‘ozdagi kitob elektron versiyaga nisbatan interaktivroq hisoblanadi. Nihoyat, estetik hissiyotlar va oddiy sog‘inch hissi ham muhimdir.
Ammo, bularning barchasi alohida sabablar. Qandaydir asosiy sababni topishga urinadigan bo‘lsak, har qanday texnologiyalar o‘z holicha emas, balki butun ekotizimning bir qismi sifatida ommalashishi bilan bog‘liq nazariya kelib chiqadi. Elektron kitoblar platformalari innovatsiyalar uchun yopiq va ulardan foydalanish doim ham oson kechmaydi. Biroq bunday ixtirolar ham foyda keltirishi aniq – masalan, elektron kutubxonaning arzonligi birinchi o‘ringa chiqadigan rivojlanayotgan mamlakatlarda.
Mashhur amerikalik antropolog va sotsiolog Devid Greber ayrim ishlar (yoki kasblar) mutlaqo bema’ni deb atalishi mumkinligi haqida qisqa maqola yozgan. U bu holatni yaqqol ma’lum, deb hisoblagan va jamiyat bunday mavzularni ko‘tarishga moyil emasligidan shikoyat qilgan. Biroq Greber bu ishlarni nomma-nom yozib chiqqan maqoladan keyin, butun dunyodagi oddiy odamlar (maqola tezlikda ko‘plab tillarga tarjima qilingan) muallif to‘g‘ri topganini va aynan ularning ishini ta’riflagani yozilgan xatlar bilan uni ko‘mib tashlagan. Shundan keyin Greber kitob yoziga ahd qilgan va unga xatlarda keltirilgan ko‘plab misollarni kiritgan hamda “bema’ni ish” degan “rasmiy” atamani o‘ylab topgan.
Bema’ni ish qanday mezonlarga javob berishi kerak? Birinchidan, ushbu kasb vakillari birdan yo‘qolib qolishini tasavvur qilsak, dunyoda hech narsa sezilarli darajada o‘zgarmaydi (masalan, shifokorlar yoki farroshlar haqida bunday deb bo‘lmaydi). Ikkinchidan, bu shu qadar bema’niki, hattoki ishchining o‘zi ham uning mavjudligini aniq oqlay olmaydi. Bu muhim: inson uning ishi hech kimga hech qanday foyda keltirmasligini anglaydi. Shu yerda uchinchi mezon kelib chiqadi: bema’ni ish doim o‘zida biron soxtalik yoki yolg‘on elementlarini mujassam qiladi. Odam xuddi ishlayotgandek ko‘rinishi kerak (aslida esa u ofisning o‘zida seriallar tomosha qilib o‘tiradi), lekin hech qachon uning ishi bema’ni ekanligini ochiq gapirmasligi (ehtimol faqat do‘stlariga yaqin suhbatda) kerak.
Bema’ni ish vakillariga ko‘p sonli byurokratiya apparati, kotiblar yoki xizmatchilardan tashqari, yana o‘z holicha jamiyat nuqtai nazarida “muhim” hisoblangan kabslarni, jumladan o‘z ish o‘rnida qiladigan aniq ishi bo‘lmagan yuristlarni ham kiritish mumkin. Masalan, Amerikaning 2016-2017-yillar uchun “Mehnat tashkil etilishining holati to‘g‘risidagi hisoboti”da ofis xodimlarining atigi 39 foiz vaqti bevosita majburiyatlarini bajarishga sarflangani hisoblab chiqilgan.
Kelajak haqida yana 3 kitob
1. Kompyuterda ko‘rish, avtonom qurol, dipfeyklar, aralash reallik va aqlli shaharlar: Google China sobiq prezidenti mashhur romanlar muallifi bilan birlashib, 20 yildan so‘ng sun’iy ong dunyoni qanday o‘zgartirishini tasavvur qiladi.
2. Insoniyat tarixida yuz bergan avvalgi uch inqilob dehqonchilik rivojlanishi, sanoatning paydo bo‘lishi va Internet ixtirosi bilan bog‘liq bo‘lgan. Shveysariyalik iqtisodichi va Davos forumi asoschisi Klaus Shvabning fikricha, to‘rtinchi inqilob raqamli innovatsiyalarga asoslangan.
3. Shoping, reklama, ko‘ngilhushliklar, ta’lim, sog‘liqni saqlash, moliya va hattoki ovqatlanish kelajagi: mualliflar bu sohalarning har biriga alohida bo‘limni bag‘ishlagan.