Skip to main content

Aholi sonining ko‘payib ketishimi yoki aholi sonini qisqartirish istiqbollari – doimiy munozaralar masalasi. Sizga Yerning kelajagini mutlaqo o‘zgartirib yuboradigan global demografik inqilob haqida so‘zlab bersak-chi, nima deysiz? Keling, nima sababdan aholi sonining ko‘payib ketishi shunchaki uydirma ekanligi hamda dunyoni aslida nima kutayotganini birgalikda ko‘rib chiqamiz.

2011-yilning oktabr oyida Yer yuzi aholisi tarixda birinchi marta yetti milliard odamdan oshdi va bu holat ko‘pchilikni ancha xavotirga soldi. Aholi sonining ko‘payib ketishi hukumatlarni, shuningdek global demografik inqiroz haqida gapirayotgan ko‘plab jamoatchilik tashkilotlarini ham tashvishlantirmoqda. Zero, odamlar qancha ko‘p tug‘ilsa, shundoq ham tanqis bo‘lgan resurslar yanada ko‘proq kerak bo‘ladi. Global muhit kundan-kunga yomonlashib bormoqda: o‘rmonlar kesilmoqda, daryolar ifloslanmoqda, odamlar borgan sari ko‘payib ketmoqda.

Biroq, sotsiolog-tadqiqotchi Darrel Briker va muxbir Jon Ibbitsonlarning fikricha, aholi sonining ortishi sayyora uchun tahdidli emas. Ularning ta’kidlashicha, XXI asr o‘rtalariga kelib aholi soni asta-sekin kamayib boradi. Bu jarayon boshlanganida uni to‘xtatishning deyarli imkoni bo‘lmaydi.

BMT ma’lumotlariga ko‘ra, 2100-yilga kelib sayyoramiz aholisi soni 11 milliardga yetadi. Biroq, aksariyat demograflar buni rad etmoqda. Ularning aytishicha, aholi sonining o‘sishi XXI asr o‘rtalarida yuqori cho‘qqiga yetadi, so‘ngra raqamlar kamaya boshlaydi. Taxminan 20ta davlatda aholi soni hozirdanoq qisqarib bormoqda. Bu turmush tarziga bog‘liq emas: masalan, bundan davlat qatoriga Italiya, Yaponiya, Ispaniya va Sharqiy Yevropaning boshqa ko‘plab mamlakatlari kiradi. 2050-yilga borib tug‘ilish soni Hindiston, Braliziya, Indoneziya va hattoki Xitoy kabi rivojlanayotgan davlatlarda ham pasayadi.

Qachonlardir aynan Xitoyda davlat darajasida joriy etilgan “bir oila – bir farzand” siyosati bugun o‘z natijasini ko‘rsatmoqda. Hozir Xitoy aholisiga ikki va undan ortiq farzand ko‘rishga ruxsat berilgan, ammo oilada bir farzand me’yorga aylanganida, bu an’anani buzish juda qiyin. Zamonaviy juftliklar bola tug‘ilishi haqida o‘ylamaydi va buni bajarmasa ham bo‘ladigan o‘zini takomillashtirishga oid qadam deb hisoblaydi.

Aholi sonining kamayishi muammosiga qarshi kurashish usullaridan biri – muhojirlarni jalb qilishdir. Bunday siyosat Kanadada amalga oshirilmoqda, ammo bu g‘oya barcha davlatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanmaydi. Kimnidir ko‘p madaniyatlilik tashvishga solsa, kimdir umuman chegaralarini yopishni istaydi.

Kitobdagi muhim g‘oyalar

Birinchi g‘oya.

Yer yuzi aholisi butun mavjudlik davridan buyon epidemiyalar va urushlar sababli ko‘p marta qisqargan, ammo uning soni yana qayta tiklanib, ko‘payishda davom etgan.

Sayyorada aholi sonining qisqarishi nimalarga olib keladi?

Insoniyat tamaddunini barbod qilgan hodisalar ketma-ketligiga qaramay (masalan, Sumatrada Toba vulqoni otilganidan so‘ng atigi bir ming sonli aholi omon qolgan va ular odatiy turmush tarzlarini qaytadan tiklashga majbur bo‘lgan), odamlar murakkab vaziyatlarni yengib, yangidan hayot qurishning uddasidan chiqa olganlar. Amerikalik demograf Uorren Tompson demografik modellar va ularning bosqichlari nazariyasini ilgari surdi. Birinchi bosqichda, ya’ni insoniyat vujudga kelganidan to XVIII asrgacha tug‘ilish va o‘lim ham teng darajada yuqori bo‘lgan. Biroq, aynan shu asrda aholi soni bir milliarddan oshgan. Dunyo yuqori tug‘ilish va yuqori o‘limdan iborat birinchi bosqichdan ikkinchisiga o‘tgan: o‘lim darajasi pasayib, tug‘ilish o‘sgan. Epidemiya va urushlar tugab, odamlar ko‘proq qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanishni, to‘g‘ri ovqatlanib, immunitetini mustahkamlashni boshlagan. Uchinchi demografik bosqichda o‘lim darajasi tug‘ilish bilan birga pasayadi. XIX asr oxiri va XX asr boshidagi ispan grippining dahshatli epidemiyasi va Birinchi jahon urushiga qaramay, tug‘ilish darajasi pasaygan, ammo o‘lim darajasi ham pasayishda davom etgan.

Ikkinchi g‘oya.

Kutilayotgan demografik portlash – uydirmadan boshqa narsa emas.

Sayyorada aholi sonining qisqarishi nimalarga olib keladi?

Aholining sonining ortishi haqida birinchi bo‘lib ingliz ruhoniyi, demograf va iqtisodchi Tomas Maltus gapirgan. U aholi sonining muntazam o‘sib borishi tez orada sayyorani ocharchilikka olib kelishiga ishongan: hayot qanchalik qulay bo‘lsa, ko‘payish shuncha tez yuz beradi.

Sayyorada aholi sonining qisqarishi nimalarga olib keladi?

Tomas Maltus

Biroq, Maltus bo‘lajak aholi soni ortishiga doir uydirmani o‘ylab topgan yagona odam bo‘lmagan. 1968-yilda Stenford universiteti biologi va demografi Pol Erlix o‘zi yozgan mashhur “Ko‘payish bombasi” asarida aholi sonining o‘sishi 1970-1980-yillardan ocharchilikka sabab bo‘lishi ta’kidlagan. Uning fikricha, aholi sonining ko‘payishi muammosi yo tug‘ilishni kamaytirish, yoki o‘lim darajasini oshirish orqali hal etilishi mumkin. O‘lim darajasining oshishi uchun epidemiyalar, urush va ocharchilik javobgar bo‘lsa, tug‘ilish darajasini turli, masalan bolalar uchun tovarlarga soliqlar bilan nazorat qilish mumkin.

 

Sayyorada aholi sonining qisqarishi nimalarga olib keladi?

 

Lekin, Erlixning bashorati tasdiqlanmadi: ommaviy ocharchilik deyarli bartaraf etildi, bolalar va onalar o‘limi holatlari kamaydi, havo va suv sifati yaxshilandi. Hindiston va Xitoy iqtisodiyoti o‘sib bordi. Bu jarayon doim tug‘ilish soni kamayishga sabab bo‘ladi, Hindistonda shunday bo‘ldi ham. Xitoyda tug‘ilish bir farzandlik siyosati tufayli pasaydi. Biroq, Erlixni bu ishontira olmadi. U shunchaki muddatlarda bir oz yanglishganini va ertami-kech baribir aholi soni haddan ortib ketishini ta’kidladi.

Uchinchi g‘oya.

Yevropada keksa yoshdagi aholi soni ortib bormoqda.

Sayyorada aholi sonining qisqarishi nimalarga olib keladi?

Yevropadagi yosh juftliklar eski umume’tirof etilgan an’analardan butunlay qutulib, endi farzandli bo‘lishga shoshilmayaptilar. Bu jarayon juda ko‘p xarajat talab qilishidan tashqari, ularning bolaga ajratish uchun vaqtlari ham yo‘q. O‘z-o‘zini amalga oshirish – bizning asrimiz yonilg‘isidir. Sharqiy Yevropa mamlakatlari 1990-yillardan buyon aholisining 6 foizi – 18 mln odamni yo‘qotishga ulgurdi va bu jarayon davom etmoqda.

O‘ylab qaraydigan bo‘lsak, odamlar qancha kam bo‘lsa, shuncha yaxshi emasmi? Biroq bu variantning yanada ko‘proq salbiy oqibatlari mavjud. Yosh mehnatga layoqatli odamlar soni kamaygani sayin sog‘liqni saqlash va pensiya uchun g‘aznaga shuncha kam soliq tushadi. Yoshlar iste’molchilarning asosiy safini tashkil qiladi, shu bois avtomobillar, maishiy texnika va kiyimlar xaridorining soni keskin qisqaradi. Bu esa iqtisodiy o‘sishning sekinlashishini anglatadi.

“Bo‘shab qolgan sayyora…” kitobi barcha savollaringizga munosib javobdir. Unda ko‘plab qiziqarli va o‘ziga xos g‘oyalar mavjud. Uni nazariyalar va isbotlar to‘plami sifatida emas, balki fikr yuritishi hamda o‘z nazariya va g‘oyalaringizni qurish uchun ozuqa sifatida qabul qilish mumkin. Har birimiz, butun insoniyatda bo‘lgani kabi, o‘z kelajagimizni o‘zimiz belgilaymiz. Aynan shuning uchun “Bizni keyin nima kutmoqda?” savoliga odamning o‘zi javob topishi mumkin. Hammasi o‘zimizga bog‘liq.

Maqola Darrel Briker va Jon Ibbitsonning “Bo‘shab qolgan sayyora: aholining global qisqarishi shoki” kitobidagi faktlarga asoslangan.

 

Текст: