Flat Preloader Icon
Captiva va Equinox: eng qulay Chevrolet krossoverlariCaptiva va Equinox: eng qulay Chevrolet krossoverlari
12 Iyul 2024

Captiva va Equinox: eng qulay Chevrolet krossoverlari

Harakatlanish vositalarining keng ko‘lamli xilma-xilligi iste’molchiga tanlash imkoniyatini beradi. Ya’ni, o‘z ehtiyojlari, turmush tarzi va moliyaviy ahvolidan kelib chiqib, o‘nlab ishlab chiqaruvchilarning yuzlab avtomobillari orasida o‘ziga mos variantni topish mumkin.

O‘zbekiston bozoriga biryo‘la ikkita, bir qarashda o‘zaro o‘xshash, ammo aslida juda farq qiluvchi Equinox va Captiva o‘rta hajmli krossoverlarini taqdim qilgan Chevrolet bu masalada mijozlar tomonga qadam bosdi.


Tashqi ko‘rinish

Avtomobillar o‘rtasidagi farq oddiy emas – ular ikkita parallel avtomobil madaniyatining vakillari hisoblanadi. Captiva – urf va so‘nggi trendlar bilan bog‘liq bo‘lsa, Equinox – “eski maktabga” xos kuchaytirilgan nahangdir.

Ayniqsa krossoverlar salonida farq yaqqol ko‘zga tashlanadi. Tashqi ko‘rinishidan ikkala Chevrolet eng oxirgi tendensiyalarga to‘liq mos keladi. Chevrolet Equinox holatida xromlangan chiziq bilan bo‘lingan ikkitalik asosiy LED-optika, radiatorning salmoqli panjarasi hamda old oynaga ulanib ketgan kapotni ko‘ramiz. Ko‘p sonli yumshoq silliqlangan chiziqlar tufayli avtomobil eksteryeri vazmin va jiddiy bo‘lib ko‘rinadi.

Captiva va Equinox: eng qulay Chevrolet krossoverlari

Chevrolet Captiva esa imkon qadar shiddatli va hattoki sportga xos ko‘rinishga ega. Bunday natijaga yorqin ifodalangan splitterli agressiv bamper va asosiy chiroqlar bloki evaziga erishilgan. Kapotning baland chizig‘i diodli chiroqlarda tugmaydi, balki butun avtomobil bo‘ylab o‘tadi hamda tezlik va shiddatlilik hissini yaratadi.

Interyer

Biroq, eng qizig‘i bo‘lajak mashina egasini ichkarida kutadi. Agar siz yangi texnologiyalar, ulkan sensor ekranlar va yorqin animatsiyalar muxlisi bo‘lsangiz – Chevrolet Captiva sizning tanlov. Krossover haydovchini deyarli butun markaziy konsolni egallagan ulkan (10,4 dyuymli) axborot-ko‘ngilochar displey bilan qarshi oladi.

Salonga nafaqat media, navigatsiya va kameralar tasviri, balki iqlim tizimini boshqarish bloki ham joylangan. Moslamalar paneli ham janr qonunlari bo‘yicha raqamlashgan. Chevrolet dizaynerlari to‘g‘ri chiziqlar yordamida vizual o‘tkirlikni avtomobil saloniga ham o‘tkazib, yumshoq plastik va ekocharmni xromlangan moslamalar bilan boyitgan.

Captiva va Equinox: eng qulay Chevrolet krossoverlari

Equinox interyeri esa Apple Watch sotib olishga qurbi yetsa-da, qo‘lida hamon milli soat taqib yuradigan odamlarga manzur bo‘ladi.

Odatiy shkalalar kombinatsiyasiga ega an’anaviy moslamalar paneli markazda katta bo‘lmagan bort kompyuteri bilan to‘ldirilgan. Biroq, tachskrin-displey ham mavjud: u markaziy konsol boshida joylashgan, ammo nisbatan kamtarona hajmi bilan farq qiladi.

Uning ostida joylashgan odatiy iqlim boshqaruvi qo‘l bloki sensor variantni hamon sezgirlik darajasi bilan yutadi: haroratni tuzatish uchun yo‘ldan ko‘zni uzish va kerakli narsani elektron menyudan izlashning keragi yo‘q.

Salon bezatilishiga turlicha yondashuvga qaramay, ikkala avtomobil deyarli bir xil funksiya va imkoniyatlar to‘plamiga ega. Xuddi shu narsa xavfsizlik bilan birgalikda elektron yordamchilarning xilma-xilligi haqida ta’kidlanishi mumkin.

Texnik baza

Salmoqli hajm har bir Chevrolet modeliga amerika mashinalarini hammaga manzur qiladigan narsani in’om etadi – keng makon. Har bir krossover bazasidan o‘rin olgan manzalari tom esa ana shu shinam ichki makonni yorug‘lik bilan to‘ldiradi.

Texnik tarkibiy qismlar borasida ham tanlov imkoniyati mavjud. Chevrolet Equinox 236 ot kuchi quvvatiga ega turbouzatuvchi benzinli dvigatel hamda to‘qqizta tezlikdan iborat avtomat uzatishlar qutisiga ega. Kuch agregati 1,7 tonnali krossoverni soatiga 210 kilometrgacha tezlashtiradi, birinchi yuztalikka esa 7,5 soniyada chiqadi.

Captiva va Equinox: eng qulay Chevrolet krossoverlari

Yoqilg‘i sarfini o‘ylashga hojat yo‘q: ishlab chiqaruvchi aralash siklda atigi 7,3 litr va shahar ichida 10,9 litrni e’lon qilgan. Shiddatli harakatni yoqtiruvchilarga faol manevr qilish chog‘ida oyoqni gaz pedalidan ko‘tarish zaruratidan xalos etuvchi ko‘p richagli orqa ilgak manzur bo‘ladi.

Chevrolet Captiva bo‘lajak egasini 1,5 litr sig‘imli 149 kuchli turbinlashgan “to‘rttalik” bilan hursand qiladi. G‘ildiraklarga pog‘onasiz uzatishlar qutisi aylantiruvchi holatni uzatadi va mashinani 13,6 soniyada soatiga 100 kilometr tezlikka chiqaradi. Maksimal tezlik esa soatiga 170 kilometrni tashkil qiladi.

Orqa ilgak rolida vaqt sinovidan o‘tgan torsionli pona ishtirok etadi. Captiva egasi uning “ko‘p richagliga” nisbatan murosasiz ustunligiga shassiga xizmat ko‘rsatishga pul sarflash vaqti kelganida to‘g‘ri baholay oladi.

Captiva va Equinox: eng qulay Chevrolet krossoverlari

Uchta butlanishdan ikkitasida to‘liq privodga ega Equinox modelidan farqli ravishda, Captiva O‘zbekistondagi avtomobil bozorida faqat old yurgizuvchi g‘ildiraklar bilan taqdim etilgan. Biroq, bu krossover “ukasidagi” 153 millimetrli klirensga qarshi yengida 180 millimetrni yashirgan.

G‘ildiraklar formulasi tufayli Equinox yo‘ltanlamas salohiyatiga ega bo‘lishi mumkin edi, ammo yengil yo‘l oralig‘i AWD’ni loyli yo‘lga qarshi kurashda to‘laqonli vositaga nisbatan ko‘proq bahorgi yo‘llarda yordamchiga aylantiradi. Ikkala avtomobil asosan shahar va trassa uchun mo‘ljallangan. Biroq, krossover tabiatda faol dam olishni sevuvchilarni ham hafa qilmaydi, ammo nisbatan yengilroq yo‘nalishlarni tanlagan ma’qulroq.


Xo‘sh, nimani olamiz?

Agar oilangiz katta bo‘lsa, Chevrolet Captiva modelida LT 2 yoki Premier butlanishlarini tanlash orqali salonni yetti o‘rindiqli qilish imkoniyatiga sizga yoqadi. Krossoverning kuzov uzunligi bevosita raqobatchilari bunday ustunlik bilan maqtana olmaydi.

Captiva va Equinox: eng qulay Chevrolet krossoverlari

Chevrolet Equinox esa ekologiya tarafdorlarining e’tiborini tortadi, chunki to‘xtash vaqtida dvigatelni o‘chiradigan hamda harakat boshida ishga tushirishda aylantiruvchi lahzani qo‘shadigan startyor-generatorli “start/stop” tizimi bilan jihozlangan. Bu yoqilg‘ini tejab, atrof muhitga CO2 chiqarilishini kamaytiradi. Yoqilg‘i quyish uchun ham kamroq borishga to‘g‘ri keladi.

Captiva va Equinox: eng qulay Chevrolet krossoverlari

Chevrolet iste’molchiga tanlov huquqini taqdim etadi. Har kim orzusidagi o‘rta hajmli krossover qanday bo‘lishini o‘zi hal qiladi: raqamli yoki analogli, variator yoki avtomatli, shiddatli yoki kamtarona, yetti o‘rinli yoki to‘liq privodli. Captiva yoki Equinox. O‘zingiz tanlang!

Hamkorlik yangiliklari