O‘zbek Ilon Maski — Silikon vodiysi va sun’iy intellekt haqida ⋆ TheMag
Flat Preloader Icon
Xavfli tavakkalchilik: o‘zbek Ilon Maski — Silikon vodiysi va sun’iy intellekt haqidaXavfli tavakkalchilik: o‘zbek Ilon Maski — Silikon vodiysi va sun’iy intellekt haqida

Xavfli tavakkalchilik: o‘zbek Ilon Maski — Silikon vodiysi va sun’iy intellekt haqida

Xavfli tavakkalchilik: o‘zbek Ilon Maski — Silikon vodiysi va sun’iy intellekt haqida

Silikon vodiysi xavfdan cho‘chimaydigan odamlarni o‘ziga tortadigan magnitga o‘xshaydi.

Akmal Payziyev — o‘zbekistonlik tadbirkor, Newmax Technologiyes, Maxtrack, Workly, MyTaxi va Express 24 asoschisi sifatida tanilgan. Akmal yaqindan beri AQSHda yashayapti: Silikon vodiysi eng iqtidorli va ishbilarmon odamlarni magnit kabi o‘ziga tortadi. Ya’ni, qahramonimiz aytganidek, yuqori xavf ostida katta muvaffaqiyatlar kutadigan odamlarni.

Uning o‘zini ko‘pincha o‘zbek Ilon Maski deb atashadi. Payziyev Kaliforniyada sun’iy intellektga asoslangan yangi startap ishlab chiqmoqda. Biz SI poytaxtiga va, ehtimol, dunyodagi eng qiziqarli texnologik markazlardan biriga uning nigohi bilan qarash imkoniyatini qo‘ldan boy bermadik, albatta, tadbirkorning bugungi kundagi rejalari va qarashlarini ham bilib oldik.

Qachon AQShga ko‘chib o‘tishga qaror qildingiz?

Stenford universitetida o‘qiyotganimda Amerika bozoriga yo‘naltirilgan yangi startap-kompaniya yaratish g‘oyasi haqida o‘ylab qoldim. Bu g‘oyani rivojlantirishim uchun shu yerda qolishim mantiqan to‘g‘ri edi, bugungi kunda loyiha ustida faol ishlayapman.

zh-2_20250201_184234

Hozir San-Fransiskodamisiz?

Aynan o‘zida emas. Men San-Fransiskodan 30 kilometr uzoqlikda, venchur fondlari va barcha gigantlar joylashgan Menlo Parkda bo‘lib turibman — Googledan Meta, Open AI, Tesla, NVIDIA gacha. Silikon vodiysi deyilsa, yanada tushunarliroq. Aynan shu yerda SI inqilobi sodir bo‘lmoqda, bu sun’iy intellektning poytaxti, katta o‘zgarishlarning episentri.

Ishlayotgan loyihangiz haqida gapirib bera olasizmi?

Kompaniya Numeo deb ataladi va u sun’iy intellekt asosida agentlarni yaratadi — logistika biznesi uchun raqamli xodimlar; vaqt o‘tishi bilan boshqa sanoat tarmoqlari uchun ham yechimlar beramiz — hech qanday cheklovlar yo‘q. SI ommaviy axborot vositalari uchun ham biznes jarayonlarini yaxshilashga yordam beradi.

Numeoda iyul oyidan beri shug‘ullanib kelyapman. Biz hali rivojlanishning dastlabki bosqichidamiz, endigina mahsulotni ishlab chiqmoqdamiz, lekin biz allaqachon mahsulotning ilk versiyasini oladigan mijozlar qatlamini shakllantirdik. 2025-yil oxirigacha rivojlanish rejamiz ishlab chiqilgan.

Kelajakdagi loyihalaringizni O‘zbekistonga yo‘naltirish orqali aloqani yo‘lga qo‘yasizmi?

Hali emas. Lekin biz qilayotgan ishlar bir kun kelib O‘zbekistonda ham tatbiq etilishi mumkin.

zh-5_20250201_184241

2022-yilda O‘zbekistonda siz boshqarayotgan loyihalardan biri bo‘lgan IMPACT.T akseleratori texnologik biznes industriyasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan nuqtaga aylanishi va IT sohasida yirik loyihalar va tadbirkorlarning paydo bo‘lishiga yordam berishini aytdingiz. Ikki yildan keyin bu jarayonning dinamikasini qanday baholagan bo‘lar edingiz?

IMPACT.T mamlakat startap ekotizimida muhim o‘rinni egalladi. Birinchidan, u trda qirqdan ortiq startap tug‘ildi. Ikkinchidan, biz xalqaro startaplarning mamlakatimizga kelishiga yordam berdik va yordam berishda davom etamiz — maslahatlar, yordam va tarmoq orqali. O‘tgan yili biz 350 ta tadbir tashkil qildik, ularning yarmi notijorat texnologiya uchrashuvlari bo‘lib, bepul edi. Xab sifatida startaplarni rivojlantirishga yordam berishda davom etib, ijtimoiy missiyani ham bajaramiz. Bundan tashqari, so‘nggi ikki yil ichida beshta istiqbolli loyihaga sarmoya kiritdik va ushbu qo‘llab-quvvatlash amaliyotini davom ettirib kelyapmiz.

Umuman, O‘zbekiston haqida gapiradigan bo‘lsak, so‘nggi yillarda IT sohasi qanchalik tez rivojlanyapti? Uning birinchi muvaffaqiyatlarini nima bilan bog‘lash mumkin?

IT-biznes juda yaxshi rivojlanmoqda. Buning uchun davlat ko‘p ishlar qilyapti, katta hissa qo‘shayotganini ko‘rib turibman. Biroq, saqlanib qolayotgan muammolar ham kam emas. Zero, biznes o‘z-o‘zidan oldinga siljiy olmaydi — butun O‘zbekiston biznes ekotizimini rivojlantirish kerak. Biznesni tartibga solishni takomillashtirish uchun imkoniyatlar mavjud, bu esa raqamli sektordagi loyihalarni rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan davlat monopoliyalari bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqaradi.

Masalan, davlatga tegishli UzTelekom xususiy biznes bilan raqobatlashmoqda — mana yorqin misol. Internetda davlat monopoliyasi mavjud — bu ham ko‘plab sohalar uchun hayotni murakkablashtiradi. Muvaffaqiyatlar ko‘p bo‘ldi, biroq hozir erishilgan yutuqlar bilan to‘xtab qolishning mavridi emas — bor e’tiborni mavjud muammolarni hal qilishga qaratish muhim.

O‘zbekistonda so‘nggi yillarda biznes muhit o‘zgarganmi? Vaziyatga o‘z ta’siringizni his qilyapsizmi?

Albatta. Ishbilarmonlik muhiti, ayniqsa, o‘n yil avvalgiga nisbatan yaxshilandi. Kelajakka ishonch bor, investisiyalar kirib keldi, rejalashtirish doirasi kengaydi: agar ilgari kompaniyalar 2–3 yil oldinni ko‘ra olmagan bo‘lsa, endi 5–10 yil oldingi kelajakni rejalashtirishmoqda. Jarayon juda jiddiy, bu haqda gapiradigan narsa yo‘q.

■ O‘zbekiston Silikon vodiysidan yana nimani o‘rganishi kerak?

Silikon vodiysida kelajakka qanday sarmoya kiritishni, texnologiyalarni yaratishni, yuqori xavfli tavakkalchilikni bilishadi. Davlat biznesnini har tomonlama qo‘llab-quvvatlaydi, boshqa mamlakatlarga nisbatan kamroq tartibga soladi, xususiy va intellektual mulk hamda moddiy boyliklarni eng yuqori darajada himoya qiladi. Shuning uchun, bu kelajak texnologiyalarini yaratmoqchi bo‘lgan tadbirkorlarni, umuman olganda, tavakkal qilishga tayyor aqlli odamlarni o‘ziga jalb qilish zonasidir.

AQSHning asosiy biznes-xablarida respublikamiz vakillari ko‘pmi?

Ham ha, ham yo‘q. Kim bilan solishtirishingizga bog‘liq. Agar hind, xitoy, koreys yoki vetnam diasporasiga solishtirilsa, biznikilar juda ozchilikni tashkil etadi. Ammo ba’zi shtatlarda O‘zbekistonning kuchli vakillari bor. Illinoys, Tennessi, Pensilvaniya, Florida… Agar aniq shaharlar haqida gapiradigan bo‘lsak, Chikago, Nashvill, Nyu-York va Orlandoda ancha-muncha yigitlarimiz borligini bilaman.

Qiziq, masalan, nega Xitoy o‘zining Silikon vodiysini yarata olmaydi?

Xitoy — sun’iy intellekt sohasida AQSHdan keyin yetakchi hisoblanadi. Ular modellarni o‘qitish uchun ishlatiladigan katta ma’lumotlar to‘plamiga ega. Ushbu ikki davlat hozirda CI segmentida birinchi o‘rinda turadi.

Ammo mutaxassislar nima deyishadi? Innovatsiyalar uzoq muddat erkin iqtisodiyot mavjud bo‘lgan joyda tug‘iladi va qo‘llaniladi. Xitoy ba’zi sohalarda ajoyib ko‘rsatkichlarga ega, ammo uni ochiq siyosat va erkin iqtisodiyotga ega deb aytish mumkin emas. Shuning uchun barcha yutuqlar qisqa muddatli bo‘lishi ehtimoli yuqori. Boringki, bu 10–15 yil bo‘lar. Ammo uzoq muddatda ko‘proq erkinlik berilgan iqtisodiyot foyda bilan chiqadi.

Silikon vodiysi esa — birinchi navbatda yondashuv va qadriyatlar demak, shundan keyingina texnologiyalar. Bu yerga butun dunyodan iqtidorlar kelishi, kompaniyalar tashkil qilishi, rivojlanishi va sarmoya jalb qilishi mumkin. Xitoyda bunday narsani tasavvur qilish qiyin. U yerning ham o‘z iste’dodlari bor, lekin ular mahalliy sharoitni tushunadigan odamlar. Silikon vodiysi butun dunyo iqtidorli shaxslari uchun ochiq bozor, shuning uchun ham u anchagina ilgarilab ketgan.

Sun’iy intellekt. Aksariyat kishilar texnologiyalar hayotlariga ko‘rinmas tarzda kirib kelayotganini his qilishyapti. Kecha u mavjud emas edi — bugun esa u yirik sanoat tarmoqlariga ta’sir qilyapti. SI ommaviy voqelikka aylanishining asosiy boshlang‘ich nuqtasi qayerda?

Sun’iy intellekt ommaviy voqelikka aylanib bormoqda, chunki uning interfeysi odamlar uchun juda oddiy va tushunarli. Masalan, birinchi kompyuterlar paydo bo‘lganida, ulardan faqat professionallar, mutaxassislar foydalanishi mumkin edi — bir necha o‘n yillar davomida shunday davom etdi, u omma uchun qulay emas edi. 1980-yillarda, kompyuterlar shaxsiylasha boshlaganida odamlar ulardan foydala boshladilar, shundagina ommaviy xususiyat kasb eta boshladi. Kompyuterlardan ham foydalanish darajasi pasaydi. Chunki hozirgi kunda har bir kishi telefon ko‘rinishidagi kompyuterga ega.

Bugungi kunda texnologiyaga odamlar emas, texnologiya odamlarga moslashadi. Siz sun’iy intellekt bilan ona tilingizda muloqot qilishingiz mumkin, u ham sizni tushunadi. Bundan tashqari, ChatGPT SI sifatida emas, balki istalgan tilda — yozma yoki ovozli rejimda har qanday savolga javob beradigan aqlli tizim sifatida qabul qilinadi. Bularning barchasi oddiy foydalanuvchi interfeysida mujassam. Bu hali boshlanishi, oldinda juda ko‘p ajoyib yangiliklar bo‘ladi. Biz nihoyatda ajoyib davrda yashayapmiz.

Mutaxassis sifatida SI nazoratdan chiqib ketishi mumkinligi haqidagi xavotirlarga qo‘shilasizmi?

Ha, men shu nuqtai nazarga qo‘shilaman: sun’iy intellekt nazoratdan chiqib ketishi va insoniyat uchun katta xavf tug‘dirishi ehtimoli yuqori. Ha, xavf bor va hozir bu mavzu bo‘yicha qizg‘in bahs-munozaralar davom etmoqda. Biznes va davlat manfaatlari o‘rtasidagi muvozanatga erishish zarur. Kompaniyalar yangiliklar yaratishi va daromad ko‘rishi, davlat esa jarayonni nazorat qilishi kerak. Shunda sun’iy intellekt katta yaxshilik bo‘lib qoladi, uning nazoratdan chiqib ketish xavfi minimallashadi. Ammo texnologiyaning jadal rivojlanishini hisobga olsak, bu juda murakkab savol.

Hamkorlik yangiliklari