So‘nggi bir necha yil ichida O‘zbekistonda yuzlab yangi korxonalar va xorijiy brendlar ochildi. Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan e’lon qilingan uchinchi Renessans davri yangi, jadal sur’atlarda rivojlanib borayotgan bozorda xalqaro biznes uchun ko‘plab imkoniyatlarni yaratmoqda.
Kompaniyalar uchun bu O‘zbekistonda hozircha muqobil shakllari bo‘lmagan yangi mahsulotlar, innovatsion texnologiyalar hamda butun dunyo bo‘ylab samarali va muvaffaqiyatli amalga oshiriladigan yechimlarni namoyish etish va joriy qilish uchun yaxshi imkoniyatdir. Jamiyat uchun bu butun mintaqadagi iqtisodiyot markazi maqomiga yana bir qadam yaqinlashishni anglatadi. Mahalliy mutaxassislar uchun – o‘z vatanida qiziqarli ish topish va kross-madaniyat muhitida bo‘lish imkoniyatidir.
O‘zbekiston iqtisodiyotiga sarmoya kiritayotgan ana shunday kompaniyalardan biri – Amerikaning Air Products ishlab chiqaruvchisidir. Bu kompaniya sanoat gazlarini ishlab chiqarish sohasida yetakchi bo‘lib, suyultirilgan tabiiy gazni qayta ishlash texnologiyalari va hamroh uskunalarni yetkazib berish bo‘yicha jahonda yetakchilik qiladi.
Kompaniya dunyoning 50 mamlakatidan orttirgan 80 yillik tajribasi asosida respublika taraqqiyotiga faqat eng yaxshi narsalarni olib kirishni ko‘zlagan. Vazifalar keng ko‘lamli va uzoq muddatli: sanoat gazlari progressiv bozoriga asos solish, buyurtmachilarning ishlab chiqarishlarida innovatsiyalar va samarali yechimlarni joriy qilish, ish o‘rinlarini yaratish va megaloyihalarni amalga oshirish uchun kadrlar salohiyatini rivojlantirish.
Air Products allaqachon O‘zbekistondagi ikkita yirik ishlab chiqarish loyihasiga sarmoya kiritishini e’lon qilgan.
Ulardan biri – Qashqardaryo viloyatidagi Uzbekistan GTL zavodi. Investitsiyalar hajmi – $1 mlrd. Air Products’ga tegishli sanoat majmui tabiiy gazni sintetik gazga qayta ishlab, ko‘p milliardli “O‘zbekneftgaz” energetik davlat korxonasining gazni yoqilg‘ining suyuq turlariga qayta ishlash bo‘yicha ajralmas qismi hisoblanadi.
GTL zavodi 135 ga hududni egallaydi va yiliga 1,5 mln tonna sintetik yoqilg‘i ishlab chiqaradi. Dunyoda bunday zavodlar atigi to‘rtta bo‘lgan – Qatar, Nigeriya, JAR va Malayziya va endi beshinchisi O‘zbekistonda bo‘ladi!
Ikkinchi tashabbus – “Navoiyazot” zavodi negizida karbonat angidrid gazini (CO₂) ishlab chiqarish bo‘yicha loyiha. Bungacha respublikada CO₂ olishning eng keng tarqalgan usuli tabiiy gazni yoqish hisoblangan. Air Products yangi zavodi tabiiy gazni yoqish usulida olingan CO₂ mahsulotini ammiak ishlab chiqarshi liniyasidan olinadigan CO₂ mahsulotiga almashtirish imkonini beradi. Bu tabiiy gaz iste’molini qisqartirish bilan bir qatorda, atmosferaga chiqariladigan karbonat angidrid gazining hajmini sezilarli ravishda kamaytiradi. Bu holat mintaqa ekologiyasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi kutilmoqda.
Oddiy iste’molchiga sanoat gazlari murakkab narsa bo‘lib tuyuladi, ammo aslida biz ularni har kuni uchratamiz: shok muzlatish mahsulotlari va issiqxona xo‘jaliklarida, metallar payvandlanishida va gazlangan ichimliklarda, tayyor taomlarda, kartoshka chipslarida, o‘t o‘chirish vositalarida. Yana fazoda, tibbiyotda va yuzlab boshqa tarmoqlarda. Kompaniya o‘z ijtimoiy tarmoqlarida doim odamlar kundalik turmushda qayerda va qanday sharoitda CO₂ va boshqa gazlar bilan to‘qnash kelishiga oid kutilmagan faktlarni bo‘lishadi. Bu haqida cheksiz gapirish va yozish mumkin.
Albatta, Air Products, bu – nafaqat mahsulotlar va texnologiyalar, balki odamlar ham ekanligini unutmaslik kerak. Kompaniyaning har bir xodimi – dunyoning 50+ mamlakatidagi 23 000 hamkasbdan iborat xalqaro jamoaning bir qismidir.
O‘zbekiston uchun yaratilgan iste’dodlarni boshqarish strategiyasi asosini xavfsizlik, doimiy o‘sish va teng imkoniyatlar tashkil qiladi. Air Products jamoasida ishlash – vatanda bo‘lgan holda, xalqaro muvaffaqiyatga erishish hamda o‘z hayoti, yaqinlari va bo‘lajak avlodlarning turmushi sifatini yaxshilashga hissa qo‘shish demak.
Air Products — O‘zbekistondagi sanoat gazlarining turli hayot sohalariga ta’siri va ahamiyati yuzasidan jamoatchilikni xabardor qilish bilan shug‘ullanuvchi birinchi kompaniya. Xususan, O‘zbekiston mamlakatning energetika sohasidagi mustaqilligiga erishish maqsadida davlat va biznes-sektoridan tashkil topgan hamfikrlar sa’y-harakatlarini birlashtirish uchun imkoniyat ochib bergan yangi davrga qadam bosgani ushbu yo‘nalishda haqiqiy yordamga aylandi.
Reklama huquqi asosida