INFINITY loyihasi turar joy va tijorat hududlarini birlashtirish hamda yashash, ishlash va dam olish uchun o‘ziga xos makonlar yaratish orqali zamonaviy megapolisga xos barcha talablar hisobga olingan holda ishlab chiqilgan. “Mixed use” konsepsiyasini amalda namoyon etuvchi ushbu premium toifadagi majmua haqida batafsil hikoya qilamiz.
Majmuada beshta turar joylar korpusi, klub uyi, ikkita biznes markazi va savdo-ko‘ngilochar markazining joylashganligi uni O‘zbekistondagi eng yirik loyihalardan biriga aylantiradi. Me’moriy konsepsiya o‘zining yangicha yechimlari hamda qulay va funksional makonlarni yaratishi bilan nom qozongan Angliyaning mashhur “Chapman Taylor” byurosi tomonidan ishlab chiqilgan.
Majmuaning asosiy afzalligi uning shahar markazidagi noyob joylashuvida bo‘lib, bu unda yashovchi insonlar va kompaniyalarning xodimlariga megapolisning barcha qulayliklaridan foydalanish imkonini yaratadi. Toshkentdagi asosiy transport bo‘g‘imlari, ishbilarmonlik va madaniyat markazlariga yaqinlik majmuani yashash va biznes yuritish uchun mukammal maskanga aylantiradi.
Turar joy korpuslari har biri dizayn va ergonomika sohasidagi so‘nggi tendensiyalarga muvofiq ishlangan shinam studiyalardan tortib hashamatli ko‘p xonali xonadonlargacha bo‘lgan xilma-xil loyiha rejalarini taklif qiladi.
INFINITY eng zamonaviy texnologiyalar va ekologiyaga oid standartlarni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Energiya tejovchi yechimlar, zamonaviy xavfsizlik tizimlari va aqlli texnologiyalarning qo‘llanganligi majmuani yuqori sifatli innovatsion qurilish namunasiga aylantiradi. Me’moriy va muhandislik yechimlari yashash, ishlash va dam olish uchun imkon qadar qulay va xavfsiz maskanni yaratishga qaratilgan.
Majmuaning “Gillespies” byurosi tomonidan ishlab chiqilgan landshaft dizayni Toshkentning qoq markazida puxta rejalashtirilgan yashil vohani tashkil qiladi. Turfa xil o‘simliklar, zamonaviy me’moriy elementlar, dam olish uchun shinam hududlar va sayr uchun bog‘lar majmua arxitekturasi bilan ajoyib tarzda uyg‘unlashgan xotirjamlik va shinamlik muhitini yuzaga keltiradi. Keng yashil hududlar va suv obyektlari yashovchilarga manzur joylarga aylanib, toza havodagi yoqimli hordiqni ta’minlaydi hamda dam olish va muloqot uchun noyob makonni hosil qiladi.
INFINITY biznes markazlari — ishbilarmon Toshkentdagi yangi vertikallar
Ikkita biznes markaz o‘zida funksionallik va nafislikni mujassam qilgan zamonaviy me’moriy uslubda qurilgan. Ikkala minoraning tashqi tomoni panoramali derazalar bilan qoplangan yuqori sifatli materiallardan ishlangan bo‘lib, bu maksimal darajadagi tabiiy yorug‘likni hamda poytaxtni aks ettiruvchi ajoyib manzaralarni ta’minlaydi. Keng kirish yo‘laklari va baland shiftli zamonaviy lobbilar ilk qadamdanoq hashamat va obro‘lilik muhitini yuzaga keltiradi.
Biznes markazlarining tashqi tomoni panoramali derazalar bilan qoplangan yuqori sifatli materiallardan ishlangan bo‘lib, bu maksimal darajadagi tabiiy yorug‘likni hamda poytaxtni aks ettiruvchi ajoyib manzaralarni ta’minlaydi. Keng kirish yo‘laklari va baland shiftli zamonaviy lobbilar ilk qadamdanoq hashamat va obro‘lilik muhitini yuzaga keltiradi.
Ofis hududlari maydondan maksimal darajada samarali foydalanish mumkin bo‘lgan usulda loyihalashtirilgan. Moslashuvchan rejalar jo‘shqin jamoalar uchun open space yoki rahbarlar uchun yopiq kabinetlar yoxud muzokaralar uchun majlislar zali bo‘lishidan qat’i nazar, xonalarni ijarachilarning ehtiyojiga qarab oson moslashtirish imkonini beradi. Barcha ofislar qulay va unumdor ish muhitini ta’minlaydigan zamonaviy havoni sovitish/isitish, shamollatish va shovqin izolyatsiyasi tizimlari bilan jihozlangan.
Majmuadagi biznes markazlari barcha foydalanuvchilar uchun qulaylik va xavfsizlikni ta’minlaydigan ilg‘or muhandislik tizimlari bilan jihozlangan. Binoni boshqarishning intellektual tizimlari isitish va shamollatishdan tortib yoritish va xavfsizlikkacha bo‘lgan barcha muhandislik kommunikatsiyalarining ishini nazorat qiladi va maqbullashtiradi. Bu foydalanish xarajatlarini sezilarli ravishda qisqartirish va ishlash uchun qulay sharoitlarni yaratish imkonini beradi.
Biznes markazlarida muzokara xonalari, taqdimot va anjumanlar uchun zallar hamda dam olish va norasmiy muloqot uchun shinam hududlar bo‘lishi ko‘zda tutilgan. Ijarachilar tadbirlarni o‘tkazish uchun konsyerj-servis va xonalar ijarasi kabi xizmatlarning keng ko‘lamidan foydalanishlari mumkin. Binolarda xodimlar tamaddi qilishi yoki xotirjam muhitda biznes uchrashuvlarini o‘tkazishlari mumkin bo‘lgan kafe va restoranlar mavjud.
Biznes markazlaridagi ijarachilar va mehmonlar xavfsizligi kun-u tun qo‘riqlash, videokuzatuv va kirish nazorati tizimlari yordamida kafolatlangan. Avariyaviy yoritish, yong‘in vaqtida xabardor qilish va himoyalash bo‘yicha zamonaviy tizimlar bino har qanday vaziyatlarda xavfsiz bo‘lishini ta’minlaydi.
Biznes markazlarida texnologiyasi va qulayligi bo‘yicha yuqori talablarga javob bera oladigan zamonaviy ofis hududlari joylashgan. Jumladan, ofislarni kompaniyalarning istalgan ko‘lamdagi ehtiyojlariga moslashtirish imkonini beradigan rejalar nazarda tutilgan.
Biznes markazlari yashovchilar va mehmonlar uchun yetarlicha yerosti va yerusti avtoturargohlari bilan ta’minlangan. Yer ostidagi avtoturargohlarda zamonaviy shamollatish va yong‘in xavfsizligi tizimlari o‘rnatilgan.
Majmua shaharning asosiy yo‘l qatnov qismlariga qulaylikda joylashgan, bu esa ham shaxsiy, ham ijtimoiy transportda oson harakatlanish imkonini beradi. Majmuadan piyoda yetib olish mumkin bo‘lgan masofada avtobus bekatlari va boshqa infratuzilma obyektlari mavjud.
Fenshuy bo‘yicha premium xonadonlar: besh unsur uyg‘unligi
Majmua tarkibidagi beshta turar joy korpusi makonni o‘zlashtirish bo‘yicha qadimgi xitoy amaliyoti — fenshuy asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, bu uning Toshkentdagi o‘ziga xos shu turdagi majmuaga aylantiradi. Har bir turar joy besh unsurning birini aks ettiradi: Yog‘och, Olov, Yer, Metall va Suv. Bu konsepsiya alohida binoning noyob uslubiga urg‘u berish bilan birga yashash uchun muvozanatlashgan muhitni yaratishga yordam beradi.
- Yog‘och uyi o‘sish, rivojlanish va soflik ramzi hisoblanadi. Uning arxitekturasi tabiiy elementlar va yashil hududlar bilan uyg‘unlikka e’tibor qaratib, yengillik va yangilanish muhitini yaratadi.
- Olov uyi quvvat, faollik va hayotiy kuchni anglatadi. Uning dizayni ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlaydigan yorqin elementlar va jo‘shqin shakllardan iborat.
- Yer uyi barqarorlik, ko‘mak va shinamlikni aks ettiradi. Bu ishonchlilik va xavfsizlik hissini uyg‘otuvchi iliq ranglar palitrasi va barqaror shakllarga ega bo‘lgan uy.
- Metall uyi tizim, aniqlik va tartibni namoyon etadi. Uning arxitekturasida jiddiylik va nafislikni aks ettiruvchi metall va shisha elementlari ustuvorlik qiladi.
- Suv uyi xotirjamlik, donolik va uyg‘unlikni mujassam qilgan. Bu yerda asosiy e’tibor xotirjam muhitni yaratuvchi ravon chiziqlar va suv elementlariga qaratilgan.
INFINITY klub uyi — eng yaxshisiga odatlanganlar uchun imtiyozlar
Golden House kompaniyasining INFINITY klub uyi — bu klub shaklidagi standartlarga to‘liq muvofiq bo‘lgan eksklyuziv turar joy hududi. Besh qavatli bino maydoni 117 m2 dan boshlanuvchi 35 ta noyob xonadondan iborat. Har bir xonadon qulaylik va xilvatlikka urg‘u bergan holda loyihalangan bo‘lib, bu turar joyni poytaxt markazidagi yashash uchun mukammal maskanga aylantiradi.
Xonadonlarda qulay balkonlar, yuqori qavatlarda esa shahar va ichki hovli-bog‘ga go‘zal manzaralar ochiladigan shinam terrasalar mavjud. Birinchi qavatlardagi turar joylarning egalari uchun xilvatlik muhitini yaratuvchi va shahar chekkasidagi turmushni eslatuvchi shaxsiy tomorqalar ajratilgan.
Klub uyi kattalar va bolalar uchun dam olish hududlari, sayr uchun bog‘lar, suv obyektlari va yozgi kinoteatrdan iborat bir gektardan ortiq maydonga ega yopiq hovli bilan o‘ralgan. Bu shunchaki hovli emas, balki yashovchilar qulaylik va sokinlikdan zavqlanishi mumkin bo‘lgan Toshkent markazidagi chinakam tinchlik vohasidir.
Majmuada taxminan 500 savdo o‘rniga mo‘ljallangan maydonga ega savdo-ko‘ngilochar markazi (SKM) joylashgan. SKM ham majmuada yashovchilar, ham mehmonlar uchun muhim jalb qiluvchi nuqtaga aylanadi. Bu yerda mashhur brendlarning butiklaridan xaridlar amalga oshirish, shinam kafe va restoranlarda vaqt o‘tkazish, shuningdek, ko‘ngilochar xizmatlardan foydalanish mumkin bo‘ladi. Xilma-xil takliflar va qulay joylashuvi tufayli SKM har kim o‘ziga mos narsani topa oladigan faol va shiddatli hayot markaziga aylanadi.
Tashrif buyuruvchilar premyera namoyishlari ko‘rsatiladigan kinoteatrlar, bolalar uchun o‘yin hududlari hamda maxsus ko‘ngilochar maydonchalardan foydalanishlari mumkin bo‘ladi. Shuningdek, majmua aholisi va mehmonlari faol turmush tarzini olib borishlari uchun fitnes markazlari va salomatlik hududlari nazarda tutilgan.
SKM o‘zida mujassam bo‘lgan xilma-xillik sababli qulay va mazmunli vaqt o‘tkazish imkoniyatini taklif qilish orqali majmuaning markaziy elementiga aylanadi. Rivojlangan infratuzilma, zamonaviy avtoturargoh va avtomobillar uchun qulaylik majmuani eng nozikta’b mijozning ehtiyojlarini qondiradigan uchrashuvlar va xaridlar uchun mukammal maskanga aylantiradi.
Aloqa raqamlari
+99878 113 07 59
Yashnobod tumani, Istiqbol ko‘chasi, 45-1. Infinity sotuv ofisi
Reklama huquqlari asosida.[/vc_column_text][/vc_column][/vc_row]