Radisson Hotel Group (RHG) va MANAR Development o‘rtasida rejalashtirilgan Chorsu MANAR loyihasi doirasida sobiq Chorsu mehmonxonasi o‘rnida to‘rt yulduzli Radisson mehmonxonasi ochilishi bo‘yicha memorandum imzolanganini e’lon qiladi.
MANAR Development ilgari Toshkentdagi sobiq “Chorsu” mehmonxonasi hududida ko‘p funksiyali majmua barpo etilishini e’lon qilgan edi. Loyihada umumiy maydoni 100 000 m² dan ortiq bo‘lgan ofis va turar–joy binolari, shuningdek, savdo va ko‘ngilochar klaster ko‘zda tutilgan. E’lon qilingan investitsiyalar hajmi 100 million AQSh dollaridan oshadi.
Voqeani sharhlar ekan, MANAR Development bosh direktori Davron Fayzimatov shunday dedi: “Biz Radisson Hotel Group bilan hamkorlikni e’lon qilishdan mamnunmiz va ularning brendi ostidagi mehmonxona Chorsu MANAR’ning muhim poydevori bo‘lib, uning jahon darajasidagi shahar maydoni sifatidagi mavqeini mustahkamlashiga ishonamiz. Biz sifatli xizmat ko‘rsatish va rivojlangan infratuzilmaga ega bo‘lgan, diqqatga sazovor joyga aylanadigan me’moriy majmuani yaratishga intilmoqdamiz”.

Radisson bilan yangi kelishuv hamkorlikning quyidagi asosiy yo‘nalishlarini ochib beradi:
- Chorsu MANAR majmuasi tarkibida Radisson brendi ostidagi mehmonxonani joylashtirish;
- Radisson mehmonxona xizmati, boshqaruvi va brend ekspertizasining xalqaro standartlarini joriy etish;
- Infratuzilmani rivojlantirish va majmuaning mehmonlar, sayyohlar va ishbilarmon foydalanuvchilar uchun jozibadorligini oshirish.
“Radisson Hotel Group’da biz doimo portfelimizni kengaytirish uchun eng yaxshi joylarni izlaymiz va Toshkentning tarixiy markazidagi Chorsu MANAR loyihasi ko‘lami, maqomi va salohiyati bo‘yicha barcha mezonlarga to‘liq javob beradi. Ishonchimiz komilki, MANAR Development bilan hamkorlik O‘zbekiston mehmonlariga Radisson xizmat darajasini mamlakatning betakror madaniyati bilan uyg‘unlikda taqdim etish imkonini beradi”, – dedi RHG biznesni rivojlantirish bo‘yicha vitse-prezidenti Devid Jenkins.
Asrning asosiy ezgulik ulashuvchisi: Vikipediyaning “otasi” Jimmi Ueyls The Mag savollariga javob berdi
Xavfli tavakkalchilik: o‘zbek Ilon Maski — Silikon vodiysi va sun’iy intellekt haqida
O‘zbekistondagi eng qiziqarli podkastlar tanlanmasi