Beysbolda xoum-ranlar sonining oshishi
Harorat oshgani sayin Oliy ligadagi xoum-ranlar soni ham ko‘payib borayotgandek tuyulmoqda. 2023-yilning aprel oyida “Amerika meteorologik jamiyati byulleteni” jurnalida chop etilgan tadqiqotda qayd etilishicha, issiqroq havoda zichlanish kamroq bo‘lgani sababli, beysbol to‘plari zarbadan keyin uzoqroq uchmoqda.
Olimlarning aniqlashicha, 2010-yildan 2019-yilgacha bo‘lgan davrda 500dan ortiq xoum-ran (bu umumiy sondan 1 foiz) global isish natijasida o‘ta issiq kechgan kunlarga to‘g‘ri kelgan. Ularning fikricha, 2100-yilga borib xoum-ranlar soni 2010-yildan 2019-yilgacha bo‘lgan davrdagi o‘rtacha ko‘rsatkichlarga nisbatan 10 foizga oshadi. Farazlarga ko‘ra, ko‘p sonli o‘yinlarning harorat pastroq bo‘ladigan tungi vaqtda o‘tkazilishi issiqning sportga ta’siriga qarshi turishga yordam berishi mumkin.
Qurbaqalarning yanada yuqori ohanglarda qurillashi
Dunyo qizib borgani sayin, Puerto-Rikodagi erkak qurbaqalarning (Eleutherodactylus coqui) tobora yuqori ohanglarda qurillamoqda. May oyida Amerika akustika jamiyatining yig‘ilishi davomida taqdim etilgan tadqiqotda olimlar haroratning ortishi ham suvda, ham quruqlikda yashovchi jonzotlarni kichrayib, qurillashi ohangini ko‘tarishga majbur qilayotganini tushuntirib berdilar.
Erkak qurbaqalar o‘z hududini belgilash va raqiblarni qo‘rqitish uchun signal beradi. Olimlarning aniqlashicha, tog‘ etagida yashovchi qurbaqalar havo salqinroq bo‘lgan katta tepaliklarda yashovchi yirikroq qurbaqalarga nisbatan balandroq ohanglarda qurillagan. Tadqiqotchilar global harorat oshganidan so‘ng yigirma yil o‘tgach huddi shu qiyaliklarga qaytganlar va qurbaqalarning qurillashi qayerda ekanligidan qat’iy nazar balandroq ohangga kirganini aniqlaganlar.
Samolyotda turbulentlik kuchayishi
Iqlim o‘zgarishi tufayli samolyotlardagi parvozlar xuddi o‘nqir-cho‘nqir yo‘ldan avtomobilda safar qilishga o‘xshab bormoqda – va bularning bari havo oqimlarining ko‘chishiga bog‘liq. 8-iyunda “Geophysical Research Letters” jurnalida chop etilgan tadqiqotda olimlar 1979-yildan 2020-yilgacha bo‘lgan davrdagi iqlimga doir ma’lumotlarni Shimoliy Atlantikadagi havo turbulentligiga oid ma’lumotlar bilan taqqoslaganlar. Ma’lum bo‘lishicha, turli tezliklarda harakatlanuvchi havo oqimlarining to‘qnashuvi sababli yuzaga keladigan kuchli turbulentlik 55 foizga, ya’ni 1979-yildagi 17,7 soatdan 2020-yilda 27,4 soatgacha ko‘paygan. Muqobil davrda turbulentlikning o‘rtacha darajasi 37 foizga oshgan. Ehtimol, bu o‘sishga iqlim o‘zgarishi sabab bo‘layotgandir, chunki global isish natijasida shamol tezligi va yo‘nalishi yanada kuchli o‘zgarishga uchramoqda.
Uyqu soatlarining yo‘qolishi
2010-yilgacha odamlar global isish bilan bog‘liq issiq kechalar tufayli har yili uyquning deyarli 44 soatini yo‘qotgan. Tadqiqotchilarning baholashlariga ko‘ra, 2100-yilda karbonat angidrid gazi chiqarilishi oshgan sharoitda bu raqam yiliga 58 soatgacha uyquga to‘yinmaslikka olib kelishi mumkin. 2022-yilning may oyida “One Earth” jurnalida chop etilgan tadqiqotda olimlar maxsus braslet yordamida 68 mamlakatdagi 48 ming odamning uyqusiga doir ma’lumotlarni to‘plaganlar hamda issiq kechalarda odamlar kechroq uyquga ketib, ertaroq uyg‘onishini aniqlaganlar.
Itlar tishlashi holatlarining o‘sishi
Ma’lumki, havo isiganida odamlar yanada shafqatsiz jinoyatlarga qo‘l uradi. 15-iyunda “Scientific Reports” jurnalida keltirilgan tadqiqotda yozilishicha, harorat oshganida itlarning tajovuzkorligi ham ortadi – issiq kunlarda ko‘proq it tishlashi holatlari qayd etiladi. AQShning sakkizta shahridagi 70 mingga yaqin it tishlashi holatlarining tahliliga ko‘ra, ultrabinafsha nurlanish darajasi yuqori bo‘lgan hamda havo harorati 4 foizga ko‘tarilgan kunlarda hayvonlarning tajovuzkorligi 11 foizga oshgan.
Yashin urishi sababli o‘rmon yong‘inlari sonining ortishi
10-fevral kuni “Nature Communication” jurnalida tadqiqotchilar tomonidan o‘rton yong‘inlarining asosiy sababchisi bo‘lgan “davomiy tok yashini” o‘rganib chiqilgan maqola chop etilgan. Ekspertlar baholashiga ko‘ra, haroratning har 1 darajaga ortishi oqibatida yashin urishi holatlari 10 foizga ko‘payadi. Iqlim o‘zgarishiga doir eng salbiy prognozga ko‘ra, yuz yillik oxiriga borib bu holat o‘rmon yong‘inlarining 40 foizga o‘sishiga olib kelishi mumkin.
Tug‘ilishlar sonining pasayishi
Tug‘ilishlar soni pasayishining issiq kunlarga aloqasi ta’kidlandi. 2018-yilda “Demografiya” jurnalida chop etilgan maqolada yozilishicha, tadqiqotchilar havo harorati o‘rtacha 26,7 darajada bo‘lgan kunlarla tug‘ilishlar soni harorat 15,6 darajadan 21,1 daraja o‘rtasida bo‘lgan kunlarga nisbatan 0,4 foizga kamroq bo‘lganligini aniqlaganlar (taxminan to‘qqiz oydan so‘ng). Olimlarning fikricha, issiq havo nafaqat jinsiy mayllikka, balki serpushtlilikning pasayishiga olib keladi.
Kaltakesaklar jinsining o‘zgarishi
Haroratning ortishi Avstraliyadagi soqolli agamalar vakillarida jins o‘zgarishiga olib keldi. Ayrim sudralib yuruvchilarda tuxumlar rivojlanishi jarayoni kuzatiladigan harorat jinsga ta’sir qilmoqda. Bunda yuqori haroratlar moda kaltakesaklar sonining ortishiga sabab bo‘lmoqda. “Nature” jurnalida chop etilgan 2015-yilgi tadqiqot olimlari yovvoyi tabiatda tutilgan 131ta kaltakesakdan 11tasida erkak jinsi xromosomalari bo‘lganligini, ammo inkubatsiyadagi issiq sharoitlar ularda modalarga xos anatomiya rivojlanishi olib kelganini bayon etganlar. Bundan tashqari, jinsi o‘zgargan kaltakesaklar tuxum qo‘yish qobiliyatiga ham ega bo‘lganligi aniqlangan.
Allergiyaning kuchayishi
Haroratning ortishi bahorlar yanada erta va davomiy keyishiga hamda havoga ko‘proq miqdorda chang chiqishiga olib kelmoqda. Bu holat allergiyadan aziyat chekuvchi odamlarning hayotini qiyinlashtirmoqda. 2021-yilda “Proceedings of the National Academy of Sciences” jurnalida chop etilgan tadqiqotda aytilishicha, 1990-yildan 2018-yilgacha bo‘lgan davrda Shimoliy Amerikada aksa urish mavsumi 20 kunga uzaygan. Shuningdek, olimlar aynan shu davrda chang darajasi 21 foizga oshganini aniqlaganlar. Ehtimol, bu o‘zgarishlar global isishga bog‘liq bo‘lib, hozirdanoq allergiya kuchayishiga olib kelayotgandir.
Yerning xiralashishi
2021-yilda astronomlar 1998-yildan 2017-yilgacha bo‘lgan davrda Yerdan Oyga aks etgan quyosh yorug‘ligi miqdorini tahlil qilib, sayyoramiz tobora xiralashib borayotgan degan fikrga keldilar. Xulosaga ko‘ra, nisbatan issiq daryolar Tinch okeanining sharqiy qismi uzra past joylashgan aks ettiruvchi bulutlar sonini kamaytirgan. Natijada sayyoramizdan kamroq quyosh yorug‘ligi aks eta boshlagan va bu global isish jarayonini kuchaytirishi mumkin.
Vulqonlar otilishi
Yer yuzidagi aksariyat vulqonlar muz bilan qoplangan, ammo global isish tufayli tobora ko‘proq muz erishi oqibatida erkinlikka chiqqan suv tagidagi issiq suv va magma bilan aralashib, ko‘proq va kuchli vulqon otilishlarini yuzaga keltirishi mumkin. Eriyotgan muz magmaga bosimni kamaytirgan holda, uning ichida ko‘p miqdorda pufakchalar hosil bo‘lishiga imkon beradi. So‘ngra bu qaynab turgan suyuqlik magma yoriqlar orqali portlagunicha yer qobig‘iga bosim o‘tkazadi. Bu fikr 2017-yilda “Geology” jurnalida chop etilgan maqolada ham o‘z tasdig‘ini topgan. Ekspertlarning aniqlashicha, Islandiyada vulqon otilishlari soni iqlim issiq davrlarga nisbatan “sovigan” davrda, ya’ni taxminan 4500-5500 yillar muqaddam ancha qisqargan.
Qahvaning kamayib borishi
Iqlim o‘zgarishi 2050-yilga borib qahva yetishtiriladigan yerlar maydonini ikki baravarga qisqartirishi mumkin. Olimlar global isishning 1,5, 2,4 va 4 darajagacha cheklovchi iqlim ssenariylarini modellashtirish yordamida qahva yetishtirish uchun ko‘proq mos keladigan hududlar (Braziliya, Vetnam, Indoneziya va Kolumbiya hududlari) soni 50 foizga kamayishi mumkinligini aniqladilar.
Echkilar jussasining kichrayishi
Italiyaning Alp tog‘laridagi echkilar sayyoramiz qizigani sayin tobora kiyrayib bormoqda. 2024-yilgi tadqiqot davomida olimlar 1979-yildan 2010-yilgacha tog‘larda yashagan echkilarning tana massasini tahlil qilib, uning taxminan 25 foizga kichrayganini aniqladilar.
Tadqiqotda olingan davr mobaynida hududdagi harorat 3 darajadan 4 darajagacha bo‘lgan. Ekspertlarning fikricha, jonivorlar jussasining kichrayishi issiq kunlarda ular ko‘proq vaqtini ovqat izlashga esa, dam olishga sarflashi bilan bog‘liq.
Mumiyolar holatining yomonlashishi
Atakama cho‘lida yetti ming yildan ko‘proq vaqt davomida bo‘lgan dunyodagi eng qadimgi mumiyolar muzeyda turgan joyida chiriy boshladi. Jon Polson nomidagi Muxandislik va amaliy fanlar garvard maktabining hisobotiga ko‘ra, iqlim o‘zgarishi oqibatida namlik darajasining oshishi mumiyolarni “emiruvchi” bakteriyalarning soni ortishiga olib kelgan. Natijada, ularning ayrimlari qora loyga aylanmoqda. Laboratoriyada mumiyolarning namunalarini o‘rgangan olimlar muzeyda tarixiy ob’ektlarni yaxshi saqlash mumkin bo‘lgan namlik darajasini aniqladilar.
Daraxtlarning yanada tez o‘sishi
Atmosferada karbonat angidrid gazi darajasining ortishi Markaziy Yevropada daraxtlarning tezroq o‘sishiga sabab bo‘ldi. 2014-yilda “Nature Communication” jurnalida chop etilgan tadqiqotga ko‘ra, Yevropadagi qoraqarag‘ay va qora qayin daraxtlari karbonat angidrid gazi darajasining o‘sishi oqibatida 1960-yillarga nisbatan 2010-yilda ikki baravarga tezroq o‘sgan. Mazkur issiqxona gazi fotosintez, ya’ni o‘simliklar shakar va kislorod ishlab chiqarish uchun yorug‘lik energiyasidan foydalanadigan jarayonning asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi. So‘ngra ushbu shakar o‘sish uchun quvvatni ajratish uchun nafas olish jarayonida kislorod bilan birikadi.
“15 unexpected effects of climate change” Live Science maqolasi materiallari asosida
Manba: stakanchik.media