Grafik dizayn, veb va bosma mahsulotlar uchun dasturiy ta’minotlarni ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchi Adobe kompaniyasi Figma grafik muharririni sotib olmaydi. Bunga tartibga soluvchining xarid bozordagi raqobatga zarar yetkazishi mumkinligi yuzasidan qarori sabab bo‘ldi.
2022-yilning sentabr oyida Adobe kompaniyasi Figma’ni xarid qilish rejasi haqida ma’lum qilgandi. Yangilik mutaxassislar tomonidan turlicha qabul qilingan. Ayrimlar Figma ulkan ma’lumotlar bazasi, texnologiyalar va katta korporatsiya tajribasiga ega bo‘lishini ta’kidlagan holda xaridni qo‘llab-quvvatlagan. Boshqalar esa, aksincha, muharrir ulkan mashinaning kichik mexanizmiga aylanib qolishi va foydalanuvchilar yoqtiradigan qulayligi, o‘ziga xosligini yo‘qotishidan xavotirlangan edi.
Biroq, Yevropa Ittifoqi va Buyuk Britaniya Boshqaruvi bozorda raqobatning yo‘qolishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan xaridning oqilonaligi yuzasidan shubha bildirgani sababli bitim bekor qilindi. Bu qaror natijasida Adobe shartnoma bekor qilinganligi uchun kompensatsiya sifatida Figma muharririga 1 mlrd. dollar to‘lab beradi.
Ikkala kompaniya tartibga soluvchining vajlaridan noroziligini oshkora ma’lum qilgan va avvalgidek birgalikda ular, aksincha, bozor va raqobat rivojlanishiga yordam berishlari mumkin bo‘lganligi ta’kidlamoqda. Biroq, turli davlatlardagi “tartibga soluvchilar bilan suhbatlar ustida o‘tkazilgan minglab soatlardan” keyin ulardan zarur ruxsatnomalarni olish imkoniyati ko‘rinmayapti. Bundan tashqari, kompaniyalar hamkorlikda ishlashning boshqa usullarini izlamoqda.