Shveysariyaning Nestlé kompaniyasi rahbarligi ostida O‘zbekistonda “Orol tabiatini kelajak avlod uchun birgalikda asraymiz” noyob ekologik aksiyasi o‘tkazildi. O‘zbekistondagi eng yirik chakana supermarketlar tarmog‘i – “Korzinka”da 12 va 18 oydan katta bolalar uchun mo‘ljallangan NAN® 3 OPTIPRO® va NAN® 4 OPTIPRO®1 sutlari sotuvlaridan tushgan mablag‘larning bir qismi qurib qolgan Orol dengizi hududida daraxtlar ekish bo‘yicha #AralForest loyihasini amalga oshirishga yo‘naltiriladi. #AralForest – O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhit muhofazasi va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Orolbo‘yi xalqaro innovatsion markazi jamg‘armasining tashabbusidir.
Qachonlardir ulkan suv havzasi bo‘lgan Orolning tarixi 20 ming yilni qamrab oladi. Dengiz 1960-yillarda keskin tarzda quriy boshlagan. Bu, birinchi navbatda, avvaldan Orolni to‘ldirib kelgan Amudaryo va Sirdaryo daryolaridagi suv resurslari taqsimoti, shuningdek, ularning suvi paxta va guruch dalalarini sug‘orishga qayta yo‘naltirilishi oqibatida yuz bergan. Yana bir sabab Markaziy Osiyo mamlakatlarida aholi soni o‘sishi natijasida suv resurslari iste’moli ortishi bo‘lgan.
Halokatni to‘xtatishga urinishlar 1992-yilda boshlandi. Amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida suv bug‘lanishini qisqartirish va uning tarkibidagi tuz miqdorini pasaytirishga erishildi. Bu hattoki baliq xo‘jaligining qisman tiklanishiga olib keldi. Biroq, ekspertlarning fikricha, suv resurslari haddan tashqari ko‘p iste’mol qilinayotganligi sababli Orolni butunlay qayta tiklashning imkoni mavjud emas.
Orol o‘rnida Orolqum cho‘li yuzaga keldi. Yiliga 100 mln tonna qum va tuzni tarqatuvchi chang bo‘ronlari sababli mamlakatimiz shaharlaridagi havo sifati yomonlashib bormoqda va tobora ko‘proq odamlar respirator kasalliklardan aziyat chekmoqda. Bundan tashqari, tuproq sifati, jumladan qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosildorligi ham yomonlashmoqda. Agar ekologik halokat hozir to‘xtatilmasa, vaziyat bo‘lajak avlodlarning salomatligi va osoyishtaligiga yanada katta zarar yetkazadi. Yangi o‘rmon ekotizimini yaratish uchun daraxtlar ekilishi halokat oqibatlarini kamaytirishga xizmat qiladi. O‘simliklarning ildizlari tuproqni mustahkamlaydi hamda barxanlar hosil bo‘lishini to‘xtatishda va chang bo‘ronlarining oldini olishda yordam beradi.
O‘zbekistondagi Nestle kompaniyasi (“Nestle Food” MChJ XK) 12 va 18 oydan katta bolalar uchun mo‘ljallangan NAN® 3 OPTIPRO® va NAN® 4 OPTIPRO®1 sutlari brendlarini rivojlantirish va ommalashtirish doirasida O‘zbekistondagi “Korzinka” chakana supermarketlar tarmog‘i hamkorligida sa’y-harakatlarni birlashtirib, mamlakat va jamiyatning barqaror rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shishga qaror qildi. Hamkorlikdagi tashabbusning maqsadi #AralForest loyihasi ko‘ngillilari tomonidan Mo‘ynoq tumani hududida va sobiq Orol dengizi tubida mazkur hudud sharoitlariga moslashtirilgan 10 000 tup saksovul daraxtini ekishdan iborat. Ushbu hududning iqlimi va boshqa xususiyatlariga chidamli saksovullar tuproq tarkibini yaxshilashga yordam beradi.
“Shunchaki daraxt ekishning o‘zi yetarli emasligini tushunish juda muhim. Bizning maqsadimiz ekinlarni tizimli parvarishlashni talab qiladi – bu sug‘orish, tuproqni boyitish, shamollardan himoya qilish. Aynan shuning uchun biz uch yil davomida daraxtlarga g‘amxo‘rlik qilish majburiyatini o‘z zimmamizga olamiz. Biz imkon qadar ko‘proq ekinlar ildiz olishi hamda inson va butun atrof-muhit foydasiga xizmat qilishi uchun qo‘limizdan kelgancha harakat qilamiz”, – deya qayd etdi O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhit muhofazasi va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Orolbo‘yi xalqaro innovatsion markazi direktori Baxitjan Xabibullayev.
“O‘zbekistondagi Nestle kompaniyasi atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lgan ota-onalarning faol ishtirokini qo‘llab-quvvatlaydi va rag‘batlantiradi. Biz ushbu aksiya tufayli aksariyat ota-onalar o‘z farzandlarining ekologik kelajagiga hissa qo‘shganlaridan hursandmiz. Bundan tashqari, 12 va 18 oydan katta bolalar uchun mo‘ljallangan NAN® 3 OPTIPRO® va NAN® 4 OPTIPRO®1 sutlari brendi mahsulotni yaratishning har bir bosqichida qayta ishlash mumkin bo‘lgan qadoqlash sohasidagi innovatsiyalar, uni qayta ishlash bo‘yicha imkoniyatlarni oshirish maqsadidagi hamkorlik, fabrikalarda qayta tiklanuvchi resurslardan foydalanishga o‘tish, issiqxona gazlari chiqarilishini kamaytirish, fermalarda regenerativ qishloq xo‘jaligining eng yangi texnologiyalarini ishlatish kabi sayyoramiz salomatligiga ta’sir ko‘rsatuvchi eng jiddiy ekologik da’vatlarga javoban faoliyat yuritishga intiladi”, – deya ta’kidladi “Nestle Food” MChJ XK bosh direktori Sergey Lisyuk.
Kompaniya xodimlari ham Orolbo‘yi xalqaro innovatsion markazi bilan birgalikda ekologik tashabbusda ishtirok etib, qurib qolgan Orol dengizi tubida ekilishi rejalashtirilgan saksovul tuplarining jami hajmidan birinchi partiyani ekdilar. Bu bilan ular barqaror taraqqiyot qadriyatlariga sodiqlik hissi va qadrdon o‘lkasining taqdiriga e’tiborini namoyon etdilar.
“Orol dengizi tubida daraxtlar ekish – barqaror ekotizim yuzaga kelishiga hamda fuqarolarimizning turmush sifati yaxshilanishiga yordam beradigan tashabbusning bir qismiga aylanish imkoniyatidir. Bu kabi hamkorliklar ijtimoiy loyihalar doirasida biznes faoliyatlarini birlashtirishning ajoyib misoli sifatida xizmat qiladi hamda jamiyat oldidagi mas’uliyatni aks ettiradi. Biz vaziyatni tubdan o‘zgartirish qiyinligini yaxshi tushunamiz, ammo mavjud barcha imkoniyatlardan foydalangan holda kelgusi avlodlar uchun yaxshi hayotni ta’minlash burchimizdir”, – dedi “Korzinka” supermarketlari tarmog‘i asoschisi va Kuzatuv kengashining raisi Zafar Xashimov.
[/vc_column_text][/vc_column][vc_column column_padding=»no-extra-padding» column_padding_tablet=»inherit» column_padding_phone=»inherit» column_padding_position=»all» column_element_direction_desktop=»default» column_element_spacing=»default» desktop_text_alignment=»default» tablet_text_alignment=»default» phone_text_alignment=»default» background_color_opacity=»1″ background_hover_color_opacity=»1″ column_backdrop_filter=»none» column_shadow=»none» column_border_radius=»none» column_link_target=»_self» column_position=»default» gradient_direction=»left_to_right» overlay_strength=»0.3″ width=»1/1″ tablet_width_inherit=»default» animation_type=»default» bg_image_animation=»none» border_type=»simple» column_border_width=»none» column_border_style=»solid»][vc_column_text]
[1] MUHIM IZOH: Biz ko‘krak suti bilan oziqlantirishni go‘daklar uchun ovqatlanishning mukammal boshlanishi deb hisoblaymiz hamda Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkilotining dastlabki olti oy mobaynida bolani faqat ko‘krak suti bilan boqish va keyinchalik bola ikki yoshga to‘lgunicha ko‘krak suti bilan oziqlantirishni davom ettirgan holda, oqilona miqdorda ozuqaviy qo‘shimcha yeguliklarni berish yuzasidan tavsiyalarini to‘laqonli qo‘llab-quvvatlaymiz.
12 oydan boshlab ovqatlantirish uchun NAN® 3 OPTIPRO® bolalar suti va 18 oydan boshlab ovqatlantirish uchun NAN® 4 OPTIPRO® bolalar suti KO‘KRAK SUTI O‘RNINI BOSUVChI OZUQA HISOBLANMAYDI.
Sizga bolani qanday ovqatlantirish borasida davolovchi shifokor bilan suhbatlashishni hamda bu mahsulotni qaysi davrdan bera boshlash yuzasidan maslahat olishni tavsiya qilamiz. Mahsulot sertifikatlangan. ®Tovar belgilari egasi: Société des Produits Nestlé S.A.(Shveysariya).