Hodisa 23-dekabr kuni yuz berdi, xususan rassom Instagramdagi sahifasida yangi ishini e’lon qilganidan 30-40 daqiqa o‘tgach ikki erkak tegishli manzilga yetib borib, belgini sug‘urib olishga urinib, uni bolt kesgich bilan arralab olganlar. E’tiborlisi, ular voqea joyidagi yagona odamlar bo‘lmagan – manzilda navbatdagi asarni jonli tarzda ko‘rish uchun kelgan bir necha odam kuppa-kunduzi sodir etilgan o‘g‘irlikka guvoh bo‘lgan. O‘g‘rilar kamida ikki kishi bo‘lgan, ulardan biri belgini uzish bilan band bo‘lsa, ikkinchisi u turgan velosipedni ushlab turgan.
Shanba kuni 20 yoshli gumonlanuvchi qo‘lga olinib, garov evaziga qo‘yib yuborilgan. Ikkinchi gumonlanuvchi esa kuni kecha hibsga olingan.