Flat Preloader Icon
Dam olish ham zarur: ish vazifalarini oqilona hal qilishga yordam beradigan beshta kitobDam olish ham zarur: ish vazifalarini oqilona hal qilishga yordam beradigan beshta kitob

Dam olish ham zarur: ish vazifalarini oqilona hal qilishga yordam beradigan beshta kitob

Oksfordlik professor Bent Flivberg va jurnalist Den Gardner loyihaning omadsizlikka uchrashi va oxir-oqibat amalga oshmasligi ehtimoliga doir sabablar haqida hikoya qiladilar. Ular milliardlab dollarlar sarflanadigan ulkan rejalardan tortib bir kishi tomonidan uy qurilishi kabi kichik g‘oyalargacha bo‘lgan loyihalarni tahlil qiladilar. Va quyidagi savolga javob beradilar: nima uchun qaysidir lahzada hammasi rejadan og‘ib ketishi mumkin?

Ortiqcha optimizm. To‘g‘ri, ijobiy fikrlash – yaxshi narsa, ammo rejalashtirish chog‘ida voqealar rivojining barcha variantlari, hattoki eng salbiylarini ham ko‘rib chiqish kerak. Shundan kelib chiqib, ishni mazkur prognozlar asosida olib borish lozim.

Hammasi kadrlarga bog‘liq. Loyiha muvaffaqiyatga erishish uchun qo‘l ostingizdagi odamlarni shafqatsiz ekspluatatsiya qila olmaysiz – muhimi, maqsadlarga erishish umumiy vazifaga aylanishi, jamoa a’zolari esa munosib mukofotlanishi kerak (bunda gap faqat pulda emas). Shuningdek, yollangan xodimlarga faqat nimani va qanday qilishini gapirish bilan cheklanmasdan, ularni tinglashni ham o‘rganish kerak.

Loyiha “temir uchburchagi” qoidasi. Mualliflarning fikricha, har qanday vazifa uchta ko‘rsatkichga ega: Vaqt, Ko‘lam va Qiymat. Ularning faqat ikkitasi mukammal muvozanatda bo‘lishi mumkin – uchinchisi esa albatta nazorat ostidan chiqib ketadi. Biroq, bu normal holat.

Muvaffaqiyat – jamoaviy ish. Mualliflarning ta’kidlashicha, faqat biznesmen emas, balki hammaga foyda keltiradigan loyihalargina samarali amalga oshiriladi. Aksiyadorlar, xodimlar va, albatta, jamiyat manfaatlarini unutmang.

Vazifa ko‘lamidan bosh aylanishi. Ko‘p mablag‘ ajratiladigan yirik loyiha nazarda tutilganida, uni amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan odamlarda resurslar tugallanmaydigandek tasavvur uyg‘onishi mumkin. Bu esa, o‘z navbatida, noto‘g‘ri rejalashtirish va, muvofiq ravishda, smetadan tashqariga chiqib ketishga olib keladi.


Dam olish ham zarur: ish vazifalarini oqilona hal qilishga yordam beradigan beshta kitob
Adam Alter. Anatomy of a Breakthrough. How to Get Unstuck When It Matters Most. Simon & Schuster. 2023

Nyu-York universiteti Stern biznes maktabining marketing va psixologiya kafedrasi dotsenti Adam Alter uzoq yillar davomida odamlar qay tariqa oldinga odimlashi, muvaffaqiyatga erishishi masalasi ustida tadqiqot olib borgan. Nahotki, ular hech qachon dam olmasdan, faqat ishlaydi, ishlaydi va hattoki “omadsizlik” so‘zini bilmaydi? Kitob aynan shu savollarga javob beradi va nima sababdan omadsizlik va ishni ortga surish – aslida normal holat ekanligini tushuntiradi.

Yanglishish – normal holat. Biroq, muhimi xatolar juda ko‘payib ketmasligi va tuzatib bo‘lmas xususiyatga ega emasligidir. Muntazam “mutlaq yo‘qotishlarni” yengib o‘tish qiyin, ammo mahalliy omadsizliklarni munosib va, hattoki, minnatdorlik bilan qarshi olish darkor. Ular sizni yo‘lingizda davom etishga, shuningdek rejaga tuzatishlar kiritishga undaydi. Tadqiqotchilarning fikricha, xatolarning optimal soni 15,87 foizni tashkil qiladi (nima ham derdik, ilmiy aniqlik!).

Dam olish ham normal holat! Hattoki Motsart yoki Eynshteyn singani daholar ham sutkasiga 24 soatdan ishlamagan (va ular qanday natijalarga erishganini qarang). Ehtimol, biz ham to‘xtovsiz mehnat qilishdan tin olishimiz kerakdir? Kitob mualliflarining qayd etishicha, yaxshi hordiq ishingiz uchun qat’iy mehnat singari juda muhimdir. Bu juda ko‘tarinki ta’kidlashdek ko‘rinadi. Biroq, dangasalik sizni butkul qamrab olishiga yo‘l qo‘ymaslik zarurligini unutmang.

Daho bo‘lish shart emas. Barchamiz mashhurlik va boylikka erishgan o‘ta iste’dodli odamlar to‘g‘risidagi baxtli hikoyalarni bilamiz. Biroq, biron yangi va muvaffaqiyatli narsani yaratish uchun daho bo‘lish shart emas. Dunyoda haqiqatdan noyob hisoblangan loyihalar ko‘p emas. Eng muhimi – mavjud g‘oyalarni to‘g‘ri birlashtira olishdir. Aynan shu narsa muvaffaqiyat kaliti bo‘lishi mumkin va bunda kutilmagan “daho mo‘‘jizasi” shart emas.


Dam olish ham zarur: ish vazifalarini oqilona hal qilishga yordam beradigan beshta kitob
Joey Coleman. Never Lose an Employee Again. The Simple Path to Remarkable Retention. Penguin Books. 2023

Xodimlarni yollash (va ularni kompaniyada saqlab qolish) bo‘yicha ekspert Joui Koleman bugungi kunda ishonchli jamoaga ega bo‘lish qanchalik muhimligi haqida hikoya qiladi. Ishonchli jamoa – bu yarim yildan keyin tarqalib ketmaydigan va kadrlar qo‘nimsizligi kuzatilmaydigan jamoadir. Zamonaviy dunyoda biznes faqat xodimlar rahbariyatga ishonganida va aksincha bo‘lganida muvaffaqiyatga erisha oladi. Kolemanning bunday xulosalari butun dunyo bo‘ylab o‘tkazilgan biznes-tadqiqotlarning natijalariga asoslangan.

Odamlarga investitsiya kiriting. Aksariyat ish beruvchilar fikricha, xodimlarni o‘qitishga mablag‘ sarflash – pullarni shamolga uchirish singaridir. Aslida, bu noto‘g‘ri: xodim kasbiy darajasini oshirish orqali sizga ko‘proq foyda keltirishidan tashqari, juda minnatdor, ya’ni sodiq bo‘ladi.

Xodimlarga g‘amxo‘rlik qiling. Agar siz haligacha xodimlarga xuddi o‘z maqsadlaringizga erishish manbai va vositasi sifatida munosabatda bo‘lsangiz, mualliflar buni to‘xtatishni tavsiya qilmoqda. Bugungi kunda faqat ishonch va hurmat muhitida biznes rivojlanishi mumkin, aks holda “matroslar” kemangizni tezda tark etadi.

Har bir ishchi muhim. Xodim umumiy ishga aloqadorligini his qilishi uchun unga bajarayotgan ishi umumiy maqsadga erishishda qanday yordam berishini tushuntiring – bu uning intilishi hamda vazifalar bajarilishidan qoniqishini oshiradi.

Xodimlar bilan suhbatlashing. Farazlarga ko‘ra, suhbat, ya’ni yollanma ishchi bilan katta suhbat atigi bir marta – odam kompaniyaga kelganida o‘tkaziladi. Kitob muallifi bunday uchrashuvlarni muntazam o‘tkazishni tavsiya qiladi: xodim uchun lavozim yo‘nalishini tuzish, shuningdek kompaniyada uni hamma narsa qoniqtirishini muhokama qilish zarur.

Ishga yollashda faqat ish ko‘nikmalarini o‘rganish bilan cheklanmang. Albatta, har bir xodim o‘z shtatida belgilangan vazifani bajara olishi zarur. Biroq, uzoq muddatli munosabatlar uchun odam madaniy va ruhiy darajada kompaniyangiz bilan mos tushishi muhimdir, aks holda hech qanday natija chiqmaydi.


Dam olish ham zarur: ish vazifalarini oqilona hal qilishga yordam beradigan beshta kitob
Michael Muthukrishna. A Theory of Everyone. The New Science of Who We Are, How We Got Here, and Where We’re Going. The MIT Press. 2023

London iqtisodiyot va siyosiy fanlar maktabining iqtisodiyot kafedrasi dotsenti Maykl Mutukrishna o‘zining qiziqarli kitobida insoniyat tarixini (va ehtimoliy kelajagini) tahlil qilgan.

Biz hozir turgan nuqtamizga qanday kelib qoldik? Kelgusida muvaffaqiyatli riovjlanish uchun nima zarur? Muvaffaqiyat yo‘lida nimalarni unutmaslik lozim? Va insoniyat oldida qanday asosiy muammolar mavjud? Muallif zamonaviy dunyoga kutilmagan va qiziqarli qarashni taklif qiladi.

“Dohiyona ko‘chirmalar” dunyoni ilgari suradi. Bir qarashda, begona g‘oyalarni o‘g‘irlash – plagiat hisoblanadi. Va bu haqiqat, biroq asosiy sir bitta emas, balki bir nechta g‘oyalarni “ko‘chirish” kerakligida va ularni o‘zaro muvaffaqiyatli moslashtirish ustida bosh qotirishda. Shekspirdan tortib aka-uka Makdonaldslargacha – aksariyat mashhur shaxslar xuddi shunday yo‘l tutgan. Ular nimanidir “ko‘chirishga” uyalmagan bo‘lsa, siz ham aslo tortinmang.

Faqat hamkorlik sharoitida taraqqiyot bo‘lishi mumkin. Xudbinlik barcha mamlakatlardagi odamlarga xos, muammo esa shundaki, insoniyat faqat hammamiz o‘zaro hamkorlik qilganimizda rivojlanishi mumkin. Bunda, turli ilmiy kashfiyotlar tarixi va ularni amalga oshirgan olimlarning tarjimai xoliga nazar tashlash zarur. Shunda dunyo – yagona makon ekanligi va hech kim o‘z holicha yakkalikda yashay olmasligi darhol ma’lum bo‘ladi.

Madaniyat ham muhim. Azaldan ma’lumki, ilmiy texnologiyalar, afsuski, gumanitar bilim va ahloqqa nisbatan tezroq rivojlanadi. Va bugun madaniy soha hayotimizda naqadar ulkan o‘rin tutishini anglashning vaqti keldi – faqat shugina insoniyatga bo‘lajak nizolarning oldini olish, teng huquqli jamiyatni shakllantirish va muvofiq ravishda muvaffaqiyatga erishishga yordam beradi.


Dam olish ham zarur: ish vazifalarini oqilona hal qilishga yordam beradigan beshta kitob
Amy Edmondson. Right Kind of Wrong. How the Best Teams Use Failure to Succeed. Atria Books. 2023

Yetakchilik va boshqaruv bo‘yicha ekspert Emi Edmondson omadsizliklar haqida (tanlanmadan ko‘rinib turganidek, bu ancha ommalashgan mavzu) kitob yozdi. Muallif omadsizliklar qanday vaziyatlarda bizga yordam berishini va qaysi holatlarda, aksincha, faqat to‘sqinlik qilishini o‘rganib chiqqan. Va albatta, u hattoki eng og‘ir yengilishlardan keyin ham ruhiyatni cho‘ktirmaslik yuzasidan maslahatlar beradi. Ushbu kitob Financial Times versiyasi bo‘yicha “2023-yilning eng yaxshi biznes-kitobi” nominatsiyasida g‘olib bo‘lgan.

Omadsizlikdan qo‘rqish muvaffaqiyatga halaqit qiladi. Muallifning ta’kidlashicha, yengilishdan vahimali darajada qo‘rqadigan odamlar kamdan-kam muvaffaqiyatga erishadi. Bunga sabab – ular sinov o‘tkazmaydi, innovatsion usullarni qabul qila olmaydi va o‘ta konservativ bo‘ladi. Zero, biznesda “qandaydir yangilikni” qo‘llashga urinish ba’zida omadsizlikka aylanadigan tavakkallarni olib keladi.

Kompaniyada xodimlar o‘qishi uchun qulay muhit yarating. Biznes muvaffaqiyati uchun xodimlar omadsizlikka uchrashdan, xato qilishdan qo‘rqmasligi juda muhimdir. Chunki ular aynan shu xatolardan xulosa chiqarib, yanada yaxshiroq ishlaydilar va kelgusida kompaniyaga ko‘proq foyda keltirishlari mumkin. Agar xodimlar omadsizliklarni muhokama qilishdan qo‘rqsa – bu xavotirli signal hisoblanadi: kompaniyada bunday muhit biznes uchun haqiqiy halokatga aylanishi mumkin.

Hamkorlik yangiliklari