Flat Preloader Icon
“Eng aqlli bo‘lishga urinmang”: DELL asoschisi Maykl Dellning 16 hayot qoidasi“Eng aqlli bo‘lishga urinmang”: DELL asoschisi Maykl Dellning 16 hayot qoidasi

“Eng aqlli bo‘lishga urinmang”: DELL asoschisi Maykl Dellning 16 hayot qoidasi

O‘zgaring yoki o‘ling. Korporatsiya, bu – jonli organizm; u terisini yangilashda davom etishi kerak. Usullar o‘zgarishi zarur. Maqsad o‘zgarishi zarur. Qadriyatlar o‘zgarishi zarur. Biznes, bu – transformatsiya.

* * *

Nimanidir sotishga urinayotgan odamlarga o‘xshab gapiring, ana shunda ular bu narsani sizdan katta ehtimol bilan xarid qiladi. (Maykl Dell yoshligida Houston Post gazetasiga telefon orqali obunani sotganida kuchli texascha shevadan foydalangan. – Tah. izohi)

* * *

Planshent va smartfonlar endigina paydo bo‘lganida, biz doim ularni shaxsiy kompyuter o‘rnini bosuvchilar emas, balki unga qo‘shimcha sifatida ko‘rganmiz. Ko‘pincha imkoniyatlar narsalarga boshqacha nazar nazar tashlanganida ochiladi.

* * *

O‘zimizni musobaqalarda yaxshiroq namoyon etishimizga ishonaman. Shu bois, vaqti-vaqti bilan hujum qilish mumkin bo‘lgan jiddiy raqibingiz bo‘lgani yaxshi.

* * *

Kompaniyaga asos solib, ish va shaxsiy hayot o‘rtasida muvozanatni saqlab qolishini aytuvchi istalgan odam – aldaydi.

* * *

Katta ehtimol bilan sizni A nuqtasidan B nuqtasiga yetkazgan odamlar sizni B nuqtasidan C nuqtasiga yetkaza olishi mumkin bo‘lgan odamlar emas.

* * *

Agar sun’iy ongni hali biznesingizga integratsiya qilmagan bo‘lsangiz, hoziroq buni boshlang. Ma’lumotlarning hozirda yaratilayotgan ko‘lamdagi tahlili odamlar tomonidan ishlab chiqilishi imkonsiz – bu vazifa faqat sun’iy ong va mashinali o‘qitish yordamida samarali bajarilishi kerak.

* * *

Ajoyib g‘oya yoki strategiyani o‘ylab topish zarur – ammo muvaffaqiyat uchun yetarli emas.

* * *

Inqiroz vaqtida, jumladan boshqa har qanday vaqtda o‘zingiz nazorat qila oladigan narsaga diqqat qarating. Muammolarga g‘arq bo‘lish o‘rniga yangi imkoniyatlarni toping.

* * *

Agar faktlar va ma’lumotlar siz ishongan narsalarga zid bo‘lsa, fikringizni o‘zgartirishga tayyor turing.

* * *

Xonadagi eng aqlli odam bo‘lib ko‘rinmaslikka harakat qiling. Tinglang, o‘rganing va doim qiziqish bildiring. Odamlardagi turli iste’dodlarni aniqlash va qadrlashni o‘rganing – atrofingizga sizga da’vat qiladigan, o‘rgatadigan, ilhomlantiradigan hamda eng yaxshi natijalarga erishishga yetaklaydigan odamlarni jamlang.

* * *

Mamnun bo‘ling, ammo hech qachon qoniqmang. Yaponlar buni “kaydzen” deb nomlaydilar, ya’ni finish chizig‘isiz poygada ishtirok etish degani. Yutuqlarni nishonlang va qadrlang, ammo oldinga, keyingi katta maqsad yoki imkoniyatga qarang.

* * *

O‘zingizda optimizmni “rivojlantirishning” yangi usullarini izlash sizni yanada baxtliroq qiladi.

* * *

Mijozda mamnunlikni saqlang, bunda uning doim o‘zgarib turuvchi ehtiyojlariga jiddiy e’tibor qarating. Kompaniyangizni go‘yoki mijoz nuqtai nazaridan shakllantiring.

* * *

Maykl Dellning sevimli iqtibosi – Teodor Ruzveltning so‘zlari: “Na tanqidchi, na kuchli qayerda qoqilganini yoki biron ishni bajarayotgan odam yaxshiroq eplashi mumkinligini ko‘rsatgan odam ahamiyatli emas. O‘zi maydonda turgan, yuzini ter, qon va loy qoplagan; mardonavor kurashayotgan; bironta ham mehnat xatosiz bo‘lmaganligi uchun xatola qiladigan; buyuk intilish va buyuk sodiqlikni anglagan, o‘zini munosib maqsadga bag‘ishlaydigan; eng yaxshi yakunda yuksak zafarga erishadigan, omadsizlikka uchragan taqdirda esa, har holda buni buyuk intilishdagi omadsizlik sifatida qabul qiladigan odam hurmatga loyiqdir”. Houston Post

* * *

Mening maqsadim – 60 yil davomida bosh direktor bo‘lib qolish.

Tarjima: Denis Ustyansev

Hamkorlik yangiliklari