Flat Preloader Icon
Inklyuzivlik, irqiy xilma-xillik va tenglik bo‘yicha direktor Facebook’dan 4 mln. dollar o‘g‘irlaganInklyuzivlik, irqiy xilma-xillik va tenglik bo‘yicha direktor Facebook’dan 4 mln. dollar o‘g‘irlagan
26 Dekabr 2023

Inklyuzivlik, irqiy xilma-xillik va tenglik bo‘yicha direktor Facebook’dan 4 mln. dollar o‘g‘irlagan

Barbara Ferlou-Smaylz Facebook kompaniyasida 2017-2021-yillarda ishlagan hamda irqiy xilma-xillik, tenglik va inklyuzivlik bo‘yicha turli dasturlar uchun mas’ul hisoblangan. Bunday lavozim Barbaraga kompaniyaning kredit kartalaridan foydalanish hamda xaridlarga buyurtmalarni mustaqil jo‘natish, yetkazib beruvchilar uchun hisoblarni tasdiqlash imkonini bergan.

Inklyuzivlik, irqiy xilma-xillik va tenglik bo‘yicha direktor Facebook’dan 4 mln. dollar o‘g‘irlagan
Barbara Ferlou-Smaylz 2020-yil 8-martda Sisters’ Awards 2020 mukofotlarini topshirish marosimida. Foto: Robin L Marshall/Getty Images

Prokuratura ma’lumotlarida qayd etilishicha, “ochko‘zlik tutqunligida harakat qilgan Barbara o‘zining direktor lavozimida bo‘lgan vaqtidan murakkab jinoiy sxemani tashkil qilish uchun foydalangan. Ushbu sxema doirasida sotuvchilar unga naqd pulda pora to‘lagan. U o‘z jinoiy harakatlariga qarindoshlari, do‘stlari va boshqa odamlarni ham jalb qilgan va bularning barchasi og‘ir va halol ish emas, balki firibgarlik hisobiga dabdabali turmush kechirishni moliyalashtirish uchun amalga oshirilgan”.

Ba’zan Barbara shunchaki shaxsiy xarajatlarini ham Facebook kartalaridan to‘lagan. Masalan, farzandi uchun maktabgacha ta’lim muassasasiga to‘lov kompaniya hisobidan o‘tkazilgan.

Bu ish bo‘yicha tergov FQB tomonidan olib borilgan. Ferlou-Smaylz ishi bo‘yicha hukm 2024-yil 19-martda e’lon qilinadi.

Hamkorlik yangiliklari