Bugungi kunda poyxatimizda Golden House kompaniyasini bilmaydigan odamni topish qiyin bo‘lsa kerak. O‘zbekiston bu ikki so‘z turdosh nomga aylangan bo‘lib, ko‘chmas mulk haqida gapirganda ular darhol hayolga keladi. Darhaqiqat, kompaniya katta talabga ega premial ko‘chmas mulk segmentidagi qator muhim loyihalari tufayli shahar aholisi orasida nom qozongan.
Biroq Golden House yirik infratuzilmaviy va ijtimoiy loyihalari bilan ham mashhur: jamoat hiyobonlari, muzeylar, transport yechimlari, bolalar bog‘chalari va maktablar. Shuningdek, Milliy gvardiya, Mudofaa vazirligi va boshqa davlat idoralarining ehtiyojlari uchun ham obyektlar qurilgan. Shu tariqa, kompaniya bugungi kunda dolzarb masala hisoblangan mamlakatni qayta shakllantirishda faol ishtirok etib kelmoqda. Biz developerlik guruhining tarixi haqida batafsil so‘zlab berishga hamda poytaxtga yangicha qiyofa bag‘ishlayotgan odamlar yaqindan bilish uchun kompaniya xodimlari bilan suhbatlashishga qaror qildik.
2000-yillar oxirida Toshkentda paydo bo‘lgan kompaniya bugungi kunda qurilish bozorida ishonchli tarzda yetakchi o‘rinni egallagan holda, yangi Toshkentning ramziga aylandi. Bu – yuqori turmush darajasi, nufuz va qulaylikka doir orzularni ro‘yobga chiqargan Golden House kompaniyasi. Xususan, kompaniyaning “O‘tmishga hurmat bilan kelajakni quramiz” shiori negizida merosimiz va tarix saboqlariga nisbatan ardoqli munosabat bilan qulay turmush uchun yangi texnologiyalar va yechimlarni joriy qilish orqali oldinga intilish o‘rtasidagi muvozanat g‘oyasi yotadi.
Golden House haqida nimalarni bilamiz? Kompaniya bozorda o‘n yildan ortiq vaqt davomida mavjud bo‘lib, bir necha yildan buyon O‘zbekiston 1-son quruvchi mag‘rur maqomini egallab keladi. Toshkent qurilish bozoridagi ulushi 25 foizdan oshadi. Kompaniya o‘z faoliyati yillari davomida 40dan ziyod loyihalarni amalga oshirgan. Hozirda kompaniya umumiy maydoni 3 mln. metr kvadratdan ortiq turli bosqichdagi 50dan ziyod loyiha ustida ish olib bormoqda. Golden House yashash, ofis, savdo ko‘chmas mulki, mehmonxonalar, hiyobonlar, maktablar va bolalar bog‘chalaridan iborat loyihalarning keng portfeli bilan Orient Group eng yirik ko‘p tarmoqli xoldingi tarkibiga kiradi.
GOLDEN HOUSE’NING ASOSIY LOYIHALARI
Golden House kompaniyasining tarixi premial toifadagi qator turar-joy majmualarini amalga oshirishdan boshlangan bo‘lib, ular lyuks toifadagi turar-joylar developeri nufuzini shakllantirdi. Birinchilardan bo‘lib, 2013-2019-yillarda “Novomoskovskaya”, “Novza”, Parkent Village, Mirabad Avenue va boshqalar paydo bo‘ldi. Bundan tashqari, ayni shu davrda tez fursatda eng yiriklardan biriga aylangan va toshkentliklar orasida nom qozongan “Samarqand Darvoza” va Compass savdo markazlari qurildi. Bu loyihalar kompaniyaga o‘zi haqida baland ovozda e’lon qilish va aholi ishonchini qozonish imkonini berdi.
2020-yillarda o‘z tumanlarida faol aholini jalb qiluvchi maskanlarga aylangan yangi savdo markazlari – Riviera SKM va Depo Mall foydalanishga topshirildi. Shahar xaritasida BeFit tarmog‘ining birinchi fitnes-klubi paydo bo‘ldi. Golden House poytaxtdagi “Toshkent” vokzalining to‘xtash joyini rekonstruksiya qilish orqali infratuzilmaviy obyektlarni yaratish sohasida ham o‘zini yaxshi namoyon etdi. Bunga parallel ravishda kompaniya IIV va Mudofaa vazirligi Milliy gvardiyasi uchun yasha uchun qator ijtimoiy loyihalarni amalga oshirdi. Xususan, Golden House turli yo‘nalishdagi 30dan ortiq obyektni barpo qilish orqali shahar qiyofasi va toshkentliklarning turmush darajasini o‘zgartirdi. Kompaniya oqilona shakllantirilgan nufuzi doirasida loyihalar portfelini kengaytirishda davom etdi.
YANGI SARHADLAR. 2024
Mirabad Avenue. O‘zbekistondagi premium-toifaga mansub ilk qarorgoh, Britaniyaning Chapman Taylor arxitektura byurosi bilan qo‘shma loyiha. Loyihaning noyobligi nafaqat loyihalashtirishga noyob yondashuv, balki makondan foydalanishning yangicha shakli bilan bog‘liq.
Novomoskovskaya. O‘ziga xos arxitektura, nafis dizayn va mayda narsalargacha o‘ylangan ergonomikadan tashkil topgan flagmanlik loyihasi.
Novza. Yevropa innovatsiyalari va serhasham Sharqning jozibador muhitini o‘zida mujassam qilgan noyob loyiha Chilonzorning eng aholi gavjum hududida joylashgan.
Parisien. O‘zida yangi qurilish texnologiyalari va Golden House standartlarining asosiy tamoyillari – ishonchlilik, sifat, qulaylik va go‘zallikni birlashtiruvchi haqiqiy fransuz mavzesi. Zamonaviy odamlar uchun zamonaviy turar-joy majmuasi.
Infinity. Mixed-use shaklidagi shahar markazi bilan uyg‘unlashib ketgan premium toifasidagi g‘aroyib turar-joy majmuasi. Loyihaning o‘ziga xosligi premial apartamentlar, “A” toifasidagi zamonaviy ofis minoralari, o‘z savdo markazi hamda 1 ga.dan ortiq hududni qamrab olgan eksklyuziv landshaftli mashinalarsiz hovli-hiyobon ko‘rinishidagi jamoat va ishbilarmonlik makonlarining bir yerdagi oqilona uyg‘unligidan iborat. Va albatta, bu Ekopark, Amir Temur hiyoboni va prezident trassasiga bir qadam masofada bo‘lgan top joylashuv.
Samarqand Darvoza. 2014-yilda ochilgan savdo-ko‘ngilochar markazi hozirgacha O‘zbekistondagi eng yirik oilaviy majmua bo‘lib qolmoqda. O‘z konsepsiyasi bo‘yicha noyob obyekt tashrif buyuruvchilarga bir joyda barcha xaridlarni amalga oshirish imkonini beruvchi keng tovar va xizmatlar ko‘lami taqdim etilgan beshta qavatni egallagan.
2020-yilda ochilgan Riviera Mall zamonaviy va innovatsion savdo-ko‘ngilochar markazining namunasi hisoblanadi. Bu poytaxtimix ijtimoiy hayotidagi yangi sahifa. MB Architects xalqaro arxitektorlik kompaniyasi muallifligi ostida barpo etilgan hashamatli uch darajali bino turar-joy majmualariga bevosita yaqinlikda joylashgan. Bu yerda dunyoga mashhur premium toifadagi kiyim, poyabzal va aksessuarlar brendlari, shuningdek ommaviy segmentning mashhur brendlari joylashgan.
Z.M. Bobur nomidagi Toshkent markaziy ekoparki (Ekopark). 2017-yilda joylashgan manzilidan 90-yillar o‘rtasida ko‘chib ketgan eski Toshkent hayvonot bog‘i o‘rnida Markaziy ekopark ochildi. Sokin yashil burchak tartibga keltirilib, gulzorlar va haykallar bilan bezatildi hamda faol hordiq hududiga aylandi: bu yerda attraksionlar mavjud emas, ammo toza havoda sayr va sport bilan shug‘ullanish uchun barchasi muhayyo.
GOLDEN HOUSE BUGUN
Biz kompaniya top-menejmentidan katta natijalarga erishish va ish sifati borasida yuksak darajani saqlab turish imkonini beradigan asosiy tamoyillar va rivojlanish yo‘nalishlarini shakllantirib berishni so‘radik. Shuningdek, kompaniya o‘sishining asosiy nuqtalarini ko‘rsatishni iltimos qildik.
Mahsulot strategiyasi va jahon standartlari
Jahon tajribasi. Golden House arxitektura loyihalari hamda shaharliklarning hayoti va biznesi uchun mos muhitni yaratishda jahon tajribasi va trendlariga tayanadi. Hamkorlarimiz orasida turli mamlakatlarning yetakchi byurolari mavjud. Bular Buyuk Britaniyadan Benoy, Chapman Taylor, Gillespies; Singapurdan DPA; Niderlandiyadan de Architekten Cie, Orange Architects, KCAP; Rossiyadan «Kiselyov va hamkorlar», Megabudka, «Ostojenka», IND Team, shuningdek Qozog‘istondan INK Architects.
Bundan tashqari, Pricewaterhouse Coopers (Buyuk Britaniya), KPMG (Niderlandiya), Commonwealth Partnership (Rossiya), Jones Lang LaSalle Incorporated (AQSh) kabi konsalting kompaniyalari bilan birgalikda bozor va iste’molchilik tajribasini o‘rganish bo‘yicha uzluksiz ish olib boriladi.
Natijada, bugungi kunda yangi mahsulot strategiyasi ishlab chiqilgan bo‘lib, 2024-yilda Toshkentda qurib bitkazilgan va qurilayotgan obyektlardan tubdan farq qiluvchi loyihalar bozorga chiqariladi. Asosiy farqlar me’moriy-funksional g‘oya, dizayn, rejalashtirish yechimlarini ishlab chiqish, yangi texnologiya va materiallarni joriy qilishga yangicha yondashuvdan iborat. Bu loyihalar kompaniya taraqqiyotining yangi Golden House 3.0 bosqichi ibtidosini belgilab beradi va Yangi Toshkent ramziga aylanadi.
Proaktivlik va ijtimoiy mas’uliyat
Kompaniya O‘zbekiston quruvchilari uyushmasi faoliyatida faol qatnashib, shaharning yangi Bosh rejasini ishlab chiqish, mahoratli rejalashtirish va loyihalashtirish, energiya tejaydigan standartlarni joriy qilish, atrof-muhitni asrashga doir shaharsozlik tashabbuslarini ilgari suradi.
Golden House tarmoqda birinchi bo‘lib o‘z ekologik standartlarini ishlab chiqib, ularni yangi loyihalarida qo‘llagan. Bunga yorqin misol – sobiq sanoat zonalari hududida amalga oshirilayotgan Assalom Jomiy va Assalom Bog`lar yangi ekomavzelari qatoridir. Bu yerda mashinalar uchun yopiq soyali hovlilar, mevali daraxtlar, ichimlik suvili favvoralar hamda avtosug‘orish tizimiga ega yashil bog‘chalardan iborat zamonaviy ekomaydonlar yaratilmoqda. Bu hovlilarda doim bolalar kulgusi va qushlar sayrashi yangrab turadi.
Kompaniya shaharda daraxt va gul ko‘chatlarini ekish bo‘yicha muntazam ekologik aksiyalar o‘tkazadi. Shuningdek, Botanika bog‘i bilan yaqin hamkorlik qilib, ijtimoiy loyihalar va jamoatchilik tashabbuslarini qo‘llab keladi.
Golden House tarmoqdagi eng yirik soliq to‘lovchisi sifatida o‘z xodimlari va ularning oilalarini mutlaqo shaffof aktivlar boshqaruvi tizimi yordamida ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha barcha talablarni bajaradi.
Kaydzen va ishonchli o‘sish
Doimiy yaxshilanish. Kompaniya o‘z faoliyatining barcha sohalarida doimiy sifat yaxshilanishi tizimini ishlab chiqqan. Kompaniya o‘z ishi natijalarini xolisona baholash, iste’molchi tanqidi va talablarini qabul qilgan holda, sifat nazorati standartlari va qurilish muddatlari, mijozlarga xizmat ko‘rsatish darajasi va servisni o‘zgartirish va yaxshilash uchun barcha sa’y-harakatlarni amalga oshirmoqda.
Ipotekali kreditlash. Golden House O‘zbekistonda, birinchi navbatda aholining kam ta’minlangan qatlamlari uchun hamyonbop turar-joy loyihalarini amalga oshirish orqali ipotekali kreditlashning kashshoflaridan biri bo‘lgan va shunda davom etmoqda. Kompaniya O‘zbekistondagi barcha asosiy banklar hamda Vazirlar Mahkamasining ixtisoslashgan idoralari bilan faol hamkorlik qiladi. Ushbu g‘oyaning O‘zbekiston Prezidenti tomonidan qo‘llab-quvvatlanganligi tashabbusning ijtimoiy ahamiyatini yana bir bor qayd etadi.
Rivojlanish va novatorlik. Golden House joriy yilda o‘z oldiga ulkan maqsadlarni belgilagan – loyihalar portfeli va foydani 40-50 foizga oshirish. Ushbu maqsadlar uchun kompaniya yangi savdo kanallarini faol rivojlantirib, hududiy vakolatxonalar geografiyasini kengaytirmoqda, shuningdek hamkorlari va mijozlar bilan uzoq muddatli o‘zaro munosabatlarni yo‘lga qo‘ymoqda. Shu bilan birga, kompaniya sun’iy ong, ovozli tahlil va chat-botlar yordamida onlayn-kanallarda mijozlar bilan muloqotning yangi vositalarini faol joriy etib kelmoqda.
GOLDEN HOUSE JAMOASI
Golden House jamoasi – muvaffaqiyatli kompaniyaning asosiy elementidir. Aynan jamoa uzoq yillar mobaynida barqaror o‘sish va yetakchi pozitsiyalarni ta’minlab keladi. Bizning jamoa yosh, maqsad sari intiluvchan, mahoratli va iste’dodli shaxslardan iborat bo‘lib, ularning mehnati va intilishlari natijasi o‘laroq eng ulkan maqsadli loyihalar amalga oshirilmoqda.
Kompaniyamizda eng asosiysi – doim oldinga harakat qilish, rivojlanish, qo‘rquvsiz yangi marralarni zabt etishga intilishdir. Biz bularni xalq, mamlakat, shahar va kompaniyamiz an’analariga tayangan holda bajaramiz. “O‘tmishga hurmat bilan kelajakni quramiz” – bu bizning shiorimiz. Bundan hamma manfaat ko‘radi: odamlar, shahar va kompaniya.
Faoliyatimizning sezilarli natijasi sifatida qurilgan va qurilayotgan loyihalarni ko‘rsatish mumkin, ammo asosiysi, bu – ularda yashayotgan yoki yashaydigan, ishlaydigan va dam oladigan odamlardir. Ishonchim komilki, kelajakda poytaxtimiz shaharliklarni quvontiradigan ko‘p sonli yangi qulay, shinam obyektlar bilan har doimgidek yashil va iliq bo‘lib qoladi.
15 yil ichida kompaniyamiz minglab odamlarni go‘zal va qulay turar-joy bilan ta’minlash orqali O‘zbekistondagi yetakchi developerlik kompaniyasiga aylandi. Golden House’ning muhim loyihasi – Infinity Luxury Residence turar-joy majmuasi uyg‘unlashgan, sof chizgili, kelajak timsolini aks ettiruvchi loyiha hisoblanadi. Fikrimcha, besh yillardan keyin Toshkent milliy madaniyatini ardoqlab saqlovchi va rivojlantiruvchi zamonaviy multimadaniyatli megapolis – Yevropa va Osiyo o‘rtasidagi haqiqiy chorraxaga aylanadi.
Men uchun Golden House – birinchi navbatda ishonchli investitsiyalar va ertangi kunga ishonchdir. Ko‘chmas mulk uzoq muddatli moliyaviy farovonlikni ta’minlaydigan eng barqaror aktivlardan biri hisoblanadi. So‘nggi besh yil ichida ko‘chmas mulk bozori muntazam narx o‘sishini namoyon etgan holda, aktiv va passiv investorlar uchun manfaatli obyekt bo‘lib kelmoqda.
Investitsiyalar ham foydalanishga topshirish bosqichida oldindan sotish orqali pul ishlashingiz mumkin bo‘lgan qurilayotgan ko‘chmas mulkni xarid qilishda, ham tayyor turar-joy yoki tijorat maydonlarini olishda foyda keltiradi. Bu yerda ijaradan barqaror daromad kafolatlangan. Va albatta, ko‘chmas mulk, bu – hattoki inflyatsiya o‘sishiga qaramay, har yili kapitalizatsiyasini oshirish orqali o‘z-o‘zidan qimmatlashib boradigan aktiv.
O‘zbekiston bozori faol rivojlanish bosqichini boshidan o‘tkazmoqda. Biz trendlarni belgilab beramiz va har yili bozorga zamonaviy va urfga mos loyihalarni olib kiramiz. Golden House va boshqa kompaniyalarning sa’y-harakatlari natijasida besh yildan so‘ng Toshkent yashash uchun qulay va zamonaviy megapolis – Markaziy Osiyo marvaridiga aylanadi. Men uchun shahar rivojlanishi va O‘zbekiston iqtisodiyotiga ulkan hissa qo‘shayotgan katta va ijodiy jamoaning bir qismi bo‘lish haqiqiy sharaf.
Kompaniyaning yangi mahsulotlarini (turar-joy majmuasi, klub uyi, mavzeli imorat, biznes-markaz, SKM, maktab yoki hiyobon) ishlab chiqishda biz, birinchi navbatda, oxirgi iste’molchi – kvartira egasi, ofis xodimi yoki savdo markaziga tashrif buyuruvchi talablarini inobatga olamiz. Biz uchun loyihalar nafaqat chiroyli va ifodali bo‘lishi, balki shahar foydasiga ishlashi hamda har bir o‘ylangan mayda detallar evaziga yashovchilarni yanada baxtliroq qilishi muhimdir.
Golden House 3.0 mijoz birinchi o‘rinda turadigan, har bir yangi loyiha esa avvalgisidan yaxshiroq bo‘lgan tobora insonga yo‘naltirilgan kompaniyaga aylanmoqda.
Golden House kompaniyasi – muvaffaqiyat misoli, barqaror, kuchli brend bo‘lib, shaharliklar ham, xodimlar ham, pudratchilar ham uning bir qismiga aylanishni istaydi. Aynan Golden House sifatli va qulay turar-joyni barpo qilish borasida barcha quruvchilarga yo‘nalishni belgilab bergan. Assalom Maxtumquli turar-joy majmuasining qad ko‘tarishi yig‘ma temir-beton mahsulotlaridan foydalanishda sifati, qulaylik va noyoblik imkonsizligiga oid eskicha qarashni yo‘qotgan holda, sanoat doirasida uylar qurilishining yangi bosqichini boshlab berdi.
Shaharning ko‘plab tumanlarida Golden House bo‘lajak qiyofani belgilab, rivojlanish yo‘nalishini belgilab berdi. Kompaniyamizning har bir turar-joy majmuasi o‘ziga xos jihatga ega bo‘lib, 5-10 yil oldinga o‘ylangan aholi ehtiyojlarini hisobga olgan holda yaratilgan. Turar-joy majmuasini qurishda jamoamiz qulay joylashuv, oqilona rejalashtirish, ergonomik dizayn va hududni ko‘kalamzorlashtirishga e’tibor qaratadi. Ushbu omillarni inobatga olib, biz shunchaki uylar emas, balki hayot va ijod uchun ilhom bag‘ishlovchi makonlarni yaratamiz. Bunday yondashuv samarasida Toshkent bir necha yildan so‘ng o‘zining noyob tarixiy va madaniy merosini saqlab qolgan holda, yanada zamonaviy va shiddatli shaharga aylanadi.
Men uchun Golden House, bu – avvalo rivojlanish istiqboli. 13 yillik faoliyati davomida Golden House minglab oilalarga shinam xonadon baxtini in’om etdi. Va bunday oilalar soni o‘sib boraveradi: zero kompaniyamiz eng yaxshi narxlar va sifatni taqdim etadi. Biz kelajakni barpo etamiz.
Har bir obyektni amalga oshirishda mas’uliyatli yondashuv tufayli Golden House o‘ziga xos muvaffaqiyat timsoliga aylandi va ko‘chmas mulk bozorida o‘yin qoidalarini shakllantirib berdi. Aynan ko‘lam va xavfsizlikka bo‘lgan yuqori e’tibor Golden House’ni boshqa developer kompaniyalardan ajratib turadi. Bu kamida Golden Tower turar-joy majmuasi ulkan loyihasining amalga oshirilayotgani bilan tasdiqlanadi. O‘zbekiston jadal sur’atlarda rivojlanib bormoqda va ko‘chmas mulk bozorida kuchli ishtirokchilarning yuzaga kelishi xaridorlar uchun takliflar sifati va xilma-xilligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Ishonchim komilki, tez orada Toshkent yashash yoqimli va nafas olish yengil bo‘lgan shaharga aylanadi.
To‘g‘ri uy sifatli va ishonchli bo‘lishi kerak – bizning kompaniya aynan shu tamoyillarga tayanadi. Ko‘chmas mulk bozorida yetakchi o‘rinni egallab kelayotgan Golden House shaharning yaqindagina jonsiz bo‘lib ko‘ringan hududlarni “qayta jonlantirdi”. Toshkent qiyofasi kundan-kunga tobora zamonaviy tus olmoqda va bunda bizning developer kompaniyamizning xizmati katta.
Golden House kompaniyasi faoliyati davomida poyxatning yangi qiyofasiga chindan salmoqli hissa qo‘shdi. Endilikda shahar, mubolag‘asiz aytish mumkinki, turli tumanlardagi ilg‘or dizaynlar bilan bezalgan. Boshqa kompaniyalar ko‘p jihatdan bizga taqlid qila boshlamoqda va bu ishimiz qanchalik qadrlanishiga dalolatdir.
Golden House rivojlanishda va tajriba orttirishda davom etmoqda – biz tobora ko‘proq ajoyib obyektlarni barpo etyapmiz. Masalan, Parisien, Novomoskovskaya, Greenwich – qurilayotgan vaqtida noyob loyihalar bo‘lgan. Hozirda, masalan, Mirabad Avenue borasida xuddi shuni aytish mumkin. Bu obyektda menga eng yoqadigan jihat: u juda zo‘r joyda, Toshkentning qoq markazida joylashgan. Loyiha inglizlar tomonidan ishlab chiqilgan. Yaxshi bajarilgan old qism, sifatli materiallar, to‘xtash joyi, do‘konlar oldida maxsus to‘xtash joylari, bog‘lar – hammasi o‘zgacha hosil bo‘lgan. Kompaniya kelgusida ham ajoyib loyihalarni amalga oshirishiga ishonaman.
Golden House – turli imkoniyatga ega mijozlarni turar-joy bilan ta’minlab kelayotgan yuqori darajali barqaror qurilish kompaniyasidir. Golden House’ning ko‘p sonli loyihalari orasida har kim o‘zining mukammal xonadonini topishi mumkin. Bunday uy, avvalo, materiallar sifati, bolalar maydonchasi va keng mashinalar to‘xtash hududining mavjudligini taqozo etadi. Bunga yorqin misol – o‘zida qulaylik va zamonaviy dizaynni mujassam etgan Infinity Luxury Residence turar-joy majmuasidir. Yangi majmua – qurilishdagi taraqqiyot va innovatsiyalar, turar-joy makoni dizayni va tashkillashuvi timsolidir.
Golden House kompaniyasi 13 yil mobaynida ish o‘rinlarini yaratib, infratuzilmaga investitsiya kiritadi, ijtimoiy dasturlarni quvvatlab, mamlakatning iqtisodiy taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘shadi va bunda an’analar hamda shahardagi ergonomlikni saqlab qoladi. Biz obyektlarni o‘z vaqtida tugatishga intilamiz va mijozlarga ko‘chmas mulkka investitsiyaning afzalliklari haqida barcha zarur axborotni taqdim etamiz.
Men Golden House shahar rivojlanishiga qo‘shgan hissasi uchun kompaniyadan minnatdorman. Golden House’ning development sohasidagi muvaffaqiyati to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatilayotgan xizmatlarning ishonchliligi va sifati bilan bog‘liq. Jamoamiz mijozlarga shinamlik muhitini his qilish imkonini beradigan rivojlangan infratuzilma va oqilona rejalashtirishga ega obyektlarni yaratadi. Siz Golden House quruvchisidan kvartira sotib olayotganda hayotingiz yaxshi tomonga o‘zgarishiga ishonch hosil qilishingiz mumkin.
Golden House kompaniyasi zamonaviy development asoschisi hamda o‘zgarishlar uchun ochiq, ammo o‘tmish an’analarini unutmaydigan yangi Toshkent ambassadoriga aylandi. Poytaxtimiz ko‘z oldimizda gullab bormoqda va bunda kompaniyamizning ham hissasi bor. 13 yillik tajribaga ega Golden House dolzarb trendlarga sarmoya kiritib, barchaning tiliga tushadigan loyihalarni amalga oshiradi.
Ko‘p yillik va muvaffaqiyatli tajriba tufayli Golden House yetakchilik pozitsiyalarini ishonch bilan saqlab kelmoqda hamda umuman tarmoq rivojlanishi yo‘nalishini belgilab bermoqda. Kompaniya O‘zbekiston va poytaxt taraqqiyotiga salmoqli hissa qo‘shmoqda. Kompaniya tarixi – eng ulkan vazifalarni belgilash va amalga oshirish tarixidir. Golden House shunchaki ko‘chmas mulk obyektlarini qurish bilan cheklanmaydi, balki zamonaviy megapolis aholisining eng yuqori talablariga mos keladigan yangi shahar muhitini yaratadi.