Hayoldagi bitiklar: eng yirik korporatsiya rahbarlarining kelajakdagi dunyoga oid tasavvurlari haqida
Saratonga qarshi dori haqida
Mitio Kaku, fizik olim, Freethink uchun ruknda:
Bizda nanotibbiyotdan foydalanish yordamida saratonga qarshi “sehrli o‘q” paydo bo‘ladi. Masalan, nanotexnologiyalar yordamida alohida molekulalar saraton hujayralarini aniq nishonga olib harakat qila oladi. Hojatxonangiz saratondan himoyalanishning birinchi liniyasiga aylanadi, chunki u salbiy o‘simta hosil bo‘lishidan bir necha yillar avval saraton hujayralari rivojlanishi alomatlariga ega tana suyuqliklarini tahlil qiladi. Saraton o‘lim darajasiga yetib bormaydigan oddiy shamollashga o‘xshab qoladi, ehtimol xotiljam mavjud bo‘lgan holatlar bundan mustasnodir…
Talabalar imtihon topshirishda bir kiprik qoqishda ko‘zlaridagi kontakt linzalarda barcha javoblarni ko‘ra oladi. Bu boshqa vaziyatlarda ham foydali bo‘lishi mumkin. Masalan, ish faoliyatingizga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan juda muhim odamlar bor tadbirga tashrif buyurdingiz. Kelajakda bunday tadbirlarda kim bilan tanishishni aniq tushuna olasiz. Bunday texnologiya birinchi uchrashuvlarda ham foyda keltirishi mumkin. Yangi tanishingiz bo‘ydoq, badavlat va muvaffaqiyatli ekanligini aytadi. Biroq, sizning kontakt linzangiz u uch marta ajrashgani va aliment to‘lashini oshkor qiladi.
Orbitadagi mehmonxonalar haqida
Richard Brenson, Virgin Group asoschisi, Conde Nast Traveller nashriga intervyusida:
20 yildan so‘ng odamlar mavjud fazoviy kema Marsga yetib boradi, insoniyat esa oyga doir loyihada ishtirok etayotgan bo‘ladi. Menimcha, Oyda qandaydir jonli yashash muhiti shakllanadi va uni yaratishga Boeing kabi kompaniyalar jalb qilinadi. Qachondir Oyga yaqin masofada illyuminatorlaridan shunchaki Yerni tomosha qilish mumkin bo‘lgan kapsula hamda Oy bo‘ylab sayohat qilish va tunda mehmonxonaga qaytish mumkin bo‘lgan kichkina ikki o‘rinli fazoviy kemalarga ega mehmonxona paydo bo‘ladi.
Yangi hayvonlarni yaratish haqida
Tomas Frey, DaVinci Institute tahliliy markazi asoschisi, New York Post uchun bergan sharhida:
2030-yilga kelib bizga sun’iy ong bo‘yicha yana 3 mln muxandis kerak bo‘ladi. Odamlar dronlar boshqaruvi markazining operatorlari sifatida ishlaydilar. O‘zi uchar qurilmalar jinoyatchilik darajasini pasaytirishga yordam beradi: ular o‘q tovushlariga ta’sirchan bo‘lib, jinoyatchilarni politsiya qo‘lga olgunicha ta’qib qiladi…
Huquqni muhofaza qilish organlari ma’lumotlarni o‘rganib, jinoyatlar sodir bo‘lgunicha ular qayerda yuz berishiga doir prognozlarni ishlab chiqa oladi…
Yaqin o‘n yillik ichida odamlar soatiga 1200 km tezlikda harakatlanadigan vakuum tunnellar quriladi. Yo‘lovchilarni bir necha soat ichida Nyu-Yorkdan Los-Anjelesga yetkazib keladigan o‘ta tezkor samolyotlar hamda aeportlardan ularni olib ketadigan dron-taksilarni bir tasavvur qiling-a.
Okeanda hashamatli suvosti mehmonxonalari va baliq fermalari paydo bo‘ladi. Suzib yuruvchi shaharlar hamda biz hech qachon ko‘rmagan jonivorlar mavjud hayvonot bog‘lari barpo etiladi: gen injeneriyasi qilich tishli yo‘lbars kabi g‘ayrioddiy turlarni yaratish imkonini beradi.
Bolalarga xos kasalliklar haqida
Bill Geyts, Microsoft asoschisi, o‘zining gatesnotes.com blogida:
Sun’iy ong taraqqiyoti xuddi mikroprotsessor, shaxsiy kompyuter, internet va mobil telefon yaratilgani kabi asosli holat. Butun tarmoqlar sun’iy ongga ixtisoslashadi. Kompaniyalar undan qanchalik yaxshi foydalanishi evaziga ajralib turadi…
Sun’iy ong dunyodagi eng jiddiy tahdidlarga qarshi kurashishga yordam beradi. Hozirda eng katta tengsizlik holati sog‘liqni himoya qilish sohasida kuzatilmoqda: har yili besh yoshdan kichik 5 mln bola dunyodan ko‘z yumadi. Bu yigirma yil avvalgi 10 mln ko‘rsatkichdan kamroq, ammo baribir taassufli ravishda ko‘p. Bu bolalarning deyarli hammasi nochor mamlakatlarda tug‘ilgan va diareya yoki bezgak kabi davolash mumkin bo‘lgan kasalliklardan vafot etadi. Sun’iy ongdan bolalar hayotini saqlab qolishdan yaxshiroq maqsadda foydalanish mumkinligini tasavvur qilish qiyin…
Miyani restavratsiyalash haqida
Rey Kursveyl, ixtirochi va futurolog, YouTube-kanalida kelajak haqidagi ADAGIO dasturida:
2030-yilga kelib kutilgan inson hayoti davomiyligi har yili bir yildan ortiqqa o‘sib boradi. Maxsus nanobotlar qon aylanmasiga yo‘naltiriladi: ular miyani “restavratsiya” qilib, uni bulut bilan bog‘laydi. Natijada, biz to‘g‘ridan-to‘g‘ri miya orqali video yoki elektron xatlarni yuborishimiz, shuningdek xotiralarimizning zaxira nusxalarini yaratishimiz mumkin bo‘ladi. 2045-yilda insoniyat erishadigan singulyarlik jarayonida idrokimiz sun’iy ong bilan birlashib, millard karra kuchayadi.
Fanning tezlashishi haqida
Erik Shmidt, Google sobiq bosh direktori, Schmidt Futures hammuassisi, Massachusets texnologiya instituti axborotnomasi uchun maqolada:
Sun’iy ongga asoslangan vositalar bizni ma’nosiz va murakkab ishdan xalos qilib, aks holda o‘n yilliklar sarflanishi mumkin bo‘lgan ijodiy ixtirolar va kashfiyotlarga olib keladi. Sun’iy ong negizida odamlar avvallari tasavvur qilinmagan tezlikka ega namunalarni yaratish uchun kunu-tun ishlaydigan yuzlab mikropipetkali mexanizmlarni quradilar.
Oxir-oqibat ilmiy tadqiqotlarning katta qismi “avtonom laboratoriyalar”da, ya’ni avtomatlashgan robotlashgan platformalarda sun’iy ong ishtirokida olib boriladi. Sun’iy ong vositalari yosh olimlar uchun kirish to‘sig‘ini pasaytirishga hamda bu sohadan an’anaviy ravishda chetda bo‘lganlar uchun imkoniyatlarni ochishga yordam beradi.
Yo‘llardagi xavfsizlik haqida
Nil Degrass Tayson, astrofizik va ilm-fanni ommalashtiruvchi, YouTube-kanali uchun “Tyuring testi” sun’iy ongi to‘g‘risida bergan intervyusida:
Sun’iy ong mualliflik talab qilmaydigan hamma narsani yozishi kerak: broshyuralar, yo‘riqnomalar va sayyohlik qo‘llanmalari. Biz sun’iy ong mashinangizni boshqaradigan davrga deyarli yetib keldik. Sun’iy ong hech kimning hayotini xavf ostiga qo‘ymagan holda, bir vaqtning o‘zida SMS yozishi va avtomobilni boshqarishi mumkin. Shuningdek, u tor yo‘lda soatiga 150 tezlikda mashina haydashi va avariyaga uchramasligi mumkin. AQShda bu yiliga kamida 40 ming hayotni saqlab qoladi. Oqilona yo‘lga qo‘yilgan sun’iy ong ochlik muammosi, genomni tahrirlash va kuchimiz yetmaydigan boshqa masalalarni hal qiladi.
Xodimlarni “qayta dasturlash” haqida
Arvind Krishna, IBM rahbari, Fortune’ga bergan intervyusida:
Sun’iy ong hozirdanoq inson bajaradigan vazifalarning 30-50 foizini o‘z zimmasiga olmoqda va ularni xuddi shunday yoki odamga nisbatan ko‘proq mahorat bilan bajara oladi. Kompaniyalar o‘z xodimlarini sun’iy ongning yangi ilovalari bilan ishlashga tayyorlashlari zarur. Ya’ni, insonning murakkab jarayonlar bo‘yicha (masalan, yangi dorini bozorga olib kirish) tajriba va bilimlarini sun’iy ong bilan birlashtirishi lozim.
Bu har bir xodim dasturlashni o‘rganishi kerakligi anglatmaydi, ammo ularning aksariyati yangi yechimlar bilan tanishishiga to‘g‘ri keladi. Shu bilan birga, kompaniyalar sun’iy ong yordamida kundalik ishdan qo‘li bo‘shagan xodimlarni boshqa pozitsiyalarga o‘tkazish haqida bosh qotirishlari kerak bo‘ladi.
Yangi geosiyosat haqida
Pet Gelsinger, Intel rahbari, newsfirst.lk saytidagi saralamadan:
So‘nggi ellik yil davomida geosiyosatni neft zaxiralarining qayerda joylashgani belgilab kelgan. Endilikda esa texnologiya va yarim o‘tkazgichlar joylashuvi keyingi 50 yil uchun geosiyosatni belgilab beradi. Barcha sohalar tobora raqamlashib bormoqda, barcha raqamli uskunalar esa yarim o‘tkazgichlarda ishlaydi. Shu tariqa, ular insoniyat mavjudligining har bir jabhasi uchun hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.
Jamoaviy sun’iy ong haqida
Djon Karmak, id Software va Armadillo Aerospace hammuassisi, dallasinnovates.com saytiga bergan intervyusida:
Fikrimcha, 2030-yillarda umumiy sun’iy ong paydo bo‘lishini kutish kerak. O‘n yildan keyin bizda umumiy sun’iy ong hisoblangan va bulutlarda ishlaydigan “universal masofaviy ishchilar” bo‘lishiga qanday qaraysiz!? Odamlar shunchaki raqamni terib, “Menga bugun beshta Frenk va o‘nta Emi kerak, ularni mana bu ish o‘rinlariga joylashtiramiz”, deya oladilar.
Biz muntazam ravishda inson kapitalini oshiramiz va uni bugun ishlatadigan narsamizga nisbatan qo‘llaymiz. Vaholanki, biz shunchaki “Men film suratga olishni, komiks yoki shunga o‘xshash nimadir yaratishni istayman, menga zarur topshiriqni ber”, deb aytishimiz hamda bulutda ishni yo‘lga qo‘yishimiz mumkin bo‘ladi. Bu mening tasavvurim.
Dipfeyklar haqida
Martin Ford, futurolog, New York Post materiallaridan:
Dipfeyklar – sun’iy ong yordamida yaratilgan haqiqiy odamlarning tasviri va ovoziga taqlid qila oladigan video, audio va fotolar – allaqachon mavjud. <…> Ehtimol, 30 yil davomida vafot etgan kinoyulduzlarning merosxo‘rlari o‘z ajdodlari ishtirokida filmlar suratga olishda davom etar. Va biz kinoda ko‘radigan personajlarning hech biri haqiqiy bo‘lmaydi. U holda aktyorlarning nima keragi bor? Prodyuserlar sun’iy ong bilan muloqot qilish orqali personajlarni yarata boshlaydi.
Dasturchilar yo‘qolib ketishi haqida
Emad Mostak, Stability AI asoschisi, YouTube-kanalida fizik Piter Diamandis bilan intervyusida:
Biz sun’iy ong mavjud kelajakka muqarrar narsa sifatida qarashimiz zarur. Hozirning o‘zidayoq GitHub’dagi kodning 41 foizi – shakllantirilgan, olti oydan keyin esa ChatGPT o‘rta darajaga ega dasturchi imtihonidan o‘tishi mumkin. Besh yildan so‘ng dasturchilar kasb egalari sifatida yo‘qolib ketadi. Umuman olganda, sun’iy ong taraqqiyoti har birimizga odamlar hayotini yanada yaxshiroq qiladigan mahsulotlarni yaratish va bozorga chiqarish orqali pul topish imkonini beradi.
[/vc_column_text][/vc_column][/vc_row]