Flat Preloader Icon
Iroda kuchi: O‘zbekiston paralimpiya terma jamoasi rekord o‘rnatdiIroda kuchi: O‘zbekiston paralimpiya terma jamoasi rekord o‘rnatdi

Iroda kuchi: O‘zbekiston paralimpiya terma jamoasi rekord o‘rnatdi

oblozhkapara

“Iroda harakatda” — bu Paralimpiya o‘yinlarining shiori hamda asosiy vazifasi.

Anchagina chuqur ma’noga ega jumla: inson harakat orqali erishadigan iroda yordamida tezroq, balandroq va kuchliroq bo‘lish. Imkoniyatlari cheklangan odamlar uchun yengib o‘tish mavzusi ayniqsa jiddiy — zero ular mashaqqatlar chekib yulduzlarga yetish yo‘li haqida boshqalardan yaxshiroq biladilar

Parijda 28-avgustdan 8-sentyabrgacha bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi yozgi Paralimpiya o‘yinlari ortda qoldi. Sportchilarimiz o‘nta oltin, to‘qqizta kumush va yettita bronza medali bilan umumjamoa hisobida 13-o‘rinni egalladi. Tantanalimi? Ha. Mislsizmi? Mutlaqo. Hayratlanarlimi? Albatta. Mamlakatimiz prezidenti Shavkat Mirziyoyevning milliy paralimpiya sportiga alohida e’tibori evaziga terma jamoaning yuqori natijalari va hissasi oldindan reja qilingan edi.

Iroda kuchi: O‘zbekiston paralimpiya terma jamoasi rekord o‘rnatdi

Keyingi yillarda qanday qarorlar qabul qilindi:

  • 2021-yilda O‘zbekiston Milliy paralimpiya uyushmasiga Milliy paralimpiya qo‘mitasi maqomi berildi.
  • Jismoniy imkoniyatlari cheklangan yoshlar o‘z iqtidorini namoyon etish va to‘laqonli ta’lim olish imkoniga ega bo‘- lishi uchun 2021-yilda olimpiya va paralimpiya sport turlari bo‘yicha mashg‘ulot markazlari tashkil etildi.
  • Prezident qaroriga muvofiq, 2021/2022-o‘quv yilidan boshlab Davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida, uning Nukus va Farg‘onadagi filiallarida, shuningdek, O‘zbekistondagi boshqa ixtisoslashgan oliy ta’lim muassasalarida “Paralimpiya o‘yinlari” kafedralari hamda “Adaptiv sog‘lomlashtirish, jismoniy tarbiya va sport” magistratura mutaxassisligi ochildi.
  • 2024-yilning noyabr oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Nogironligi bo‘lgan shaxslarni sportga jalb qilish orqali jismoniy reabilitatsiya qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Paralimpiya o‘yinlari ommaviyligini oshirishga qaratilgan sa’yharakatlar tez fursatda o‘z natijasini bera boshladi: tarixdagi eng yaxshi Paralimpiya o‘yinlarigacha O‘zbekiston delegatsiyasi Xanchjoudagi Paraosiyo o‘yinlarida 79 ta medalni qo‘lga kiritib, o‘z rekordini yangilashga erishdi. Unumdorlikni ko‘rish doim yoqimli: sportga ko‘p kuch va mablag‘ ajratilmoqda — sportchilar o‘z natijalari bilan javob qaytarmoqda.

Iroda kuchi: O‘zbekiston paralimpiya terma jamoasi rekord o‘rnatdi

Paralimpiya o‘yinlari qanday paydo bo‘lgan?

O‘tgan O‘yinlar haqida so‘zlashdan avval biroz ularning tarixiga nazar tashlasak.

Dastlabki Paralimpiya o‘yinlari 1960-yilda o‘tkazilgan. Gap yozgi Paralimpiya haqida bormoqda. Nogironligi bor odamlar uchun qishki o‘yinlar faqat 1976-yildan o‘tkazila boshlagan.

Avvaliga Paralimpiya o‘yinlari Olimpiadadan alohida — boshqa arenalarda o‘tkazilgan. Ham Olimpiada, ham Paralimpiya o‘yinlari aynan bir sport inshootlarida o‘tkazilishi 1988-yildan boshlangan.

Hammasi uzoq 1948-yilda, ya’ni Stok-Mandevil reabilitatsiya gospitalidagi shifokor Lyudvig Guttman Ikkinchi jahon urushidan orqa miya jarohati bilan qaytgan britaniyalik faxriylarni sport musobaqalarida qatnashish uchun bir yerga to‘plagan vaqtdan boshlangan. Shifokor sport umurtqa pog‘onasi shikastlangan odamlar uchun eng yaxshi qayta tiklanish usuli ekanligiga ishongan. Musobaqalar har yili o‘tkazilgan, ammo ularda faqat Britaniyadagi sportchilar ishtirok etgan.

Iroda kuchi: O‘zbekiston paralimpiya terma jamoasi rekord o‘rnatdi

1952-yildan gollandiyalik imkoniyati cheklangan sportchilar ushbu harakatga qo‘shilgan va turnir xalqaro tus olgan. Tez orada harakat shu qadar keng tarqalganki, uni e’tiborsiz qoldirish imkonsiz bo‘lib, maxsus Olimpiya o‘yinlarini o‘tkazish qarori qabul qilingan. Dastlabki o‘yinlar Rimdagi 1960- yilgi yozgi Olimpiadadan keyin bo‘lib o‘tgan. Qishki Paralimpiada 1976-yil Shvetsiyada boshlangan.

Paralimpiada so‘zidagi “para” nimani anglatadi? Avvalo Paralimpiada o‘z nomini oyoqlar falajligini anglatuvchi “paraplegia” so‘zidan olgan. O‘shanda musobaqalarda faqat shunday tashxisga ega sportchilar qatnashgan. Keyinchalik ularga salomatligida cheklanishlar mavjud bo‘lgan boshqa atletlar ham qo‘shilgan.

Darvoqe, imlo nuqtayi nazaridan “Paraolimpiada” deb yozgan to‘g‘riroq hisoblanadi, ammo bunda qiziq bir jihat mavjud. Gap shundaki, “Olimpiada” so‘zi va undan kelib chiqadigan barcha hosilalarga bo‘lgan huquq Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) ga tegishli. Undan reklama va boshqa har qanday maqsadda foydalanish huquqi juda qimmatga tushadi. Paralimpiada bilan ham shunday masala yuzaga kelgan. Oxir-oqibat, eng qudratli sport tashkilotining bosimi ostida so‘zni “o” harfisiz “Paralimpiada” shaklida yozish qarori qabul qilingan.

Iroda kuchi: O‘zbekiston paralimpiya terma jamoasi rekord o‘rnatdi

G‘alaba tomon yo‘l oldilar

Milliy jamoaning Paralimpiadadagi chiqishlariga tayyorgarlik ancha avval boshlangan. Bular: sportchilarning uzoq muddatli tayyorgarligi, yig‘imlar, malaka, litsenziyalar olish, tashkiliy-logistika vazifalarini hal qilish. 13-avgust kuni Toshkentdagi Olimpiya va paralimpiya shon-shuhrati muzeyida O‘zbekiston terma jamoasini Parijdagi XVII yozgi Paralimpiya o‘yinlariga tantanali kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda mamlakat rahbariyati ishtirok etdi.

Tadbirda bosh vazir Abdulla Aripov, Osiyo Olimpiya kengashi vitse-prezidenti Otabek Umarov, Prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori Mansurbek Olloyorov, uning birinchi o‘rinbosari Shahnoza Mirziyoyeva, Prezidentning yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport bo‘yicha maslahatchisi Odil Abdurahmonovlar ishtirok etishdi.

Parijga sportning to‘qqizta turida rekord miqdordagi 113 ta litsenziyani (2016-yilda Rio-de-Janeyrodagi Paralimpiada uchun 32 ta litsenziya, Tokioda esa 70 ta litsenziya olingan) qo‘lga kiritgan 65 nafar o‘zbek paraatleti yo‘l oldi.

  • parayengil atletika;
  • parataekvondo;
  • para o‘q otish;
  • parasuzish;
  • parakanoe;
  • paraeshkak eshish;
  • paradzyudo;
  • parapauerlifting;
  • paravelosport.

Delegatsiya bayroqdorlari sharafi yadro uloqtirish bo‘yicha Paralimpiada g‘olibi Husniddin Norbekov hamda disk uloqtirish bo‘yicha Tokio-2020 oltin medali sohibi Mohigul Hamdamovaga taqdim etildi.

Parijdagi O‘yinlarda ishtirok etgan 65 nafar parasportchidan 29 tasi yoki 45 foizi xotin-qizlar bo‘ldi. Bundan tashqari, o‘zbekistonlik sportchi Shahnoza Mamajonova birinchi marta Paralimpiya o‘yinlariga o‘q otish parasporti bo‘yicha litsenziyaga ega bo‘ldi.

Fransiya poytaxtidagi O‘yinlarda O‘zbekiston terma jamoasi paravelosport turida ham ilk marta qatnashdi.

Parayengil atletika bo‘yicha terma jamoa a’zosi Shaxina Yigitaliyeva Paralimpiya o‘yinlari tarixida o‘zbekistonlik eng yosh sportchi qiz bo‘ldi. U 2008-yil 19-oktyabrda tug‘ilgan bo’lib, bu yil 16 yoshga to‘ldi.

Kutishlar va umidlar oqlandi: delegatsiya uyga haqli ravishda erishilgan mukofotlar bilan qaytdi.

Iroda kuchi: O‘zbekiston paralimpiya terma jamoasi rekord o‘rnatdi

Tarixdagi eng yaxshi natija

Musobaqalar yakuniga ko‘ra, o‘zbekistonlik paraatletlar 26 ta — 10 ta oltin, 9 ta kumush va 7 ta bronza medalini qo‘lga kiritdilar. Bu jamoamizga 168 mamlakat orasida 13-o‘rinni egallash imkonini berdi.

Shuningdek, jamoamiz Osiyoda uchinchi (Xitoy va Yaponiyadan keyin), Markaziy Osiyo davlatlari, MDH va Turkiy davlatlar tashkilo – tiga a’zo mamlakatlar ichida birin – chi o‘rinni egalladi.

Iroda kuchi: O‘zbekiston paralimpiya terma jamoasi rekord o‘rnatdi

Avvalgi Paralimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston quyidagi natijalarga erishgan:

  •  Tokio-2020 — 19 ta medal (8−5−6) bilan 16-o‘rin;
  •  Rio-2016 — 31 ta medal (8−6−17) bilan 16-o‘rin;
  •  London-2012 — bitta medal (0−1−0) bilan 67-o‘rin.

9-sentyabr kuni Toshkent aeropor – tida Parijdan qaytib kelgan O‘zbe – kiston Paralimpiya terma jamoasi tantanali tarzda kutib olindi. Ras – miy qismdan so‘ng sportchilar va ularning oila a’zolari Milliy para – limpiya qo‘mitasiga Bobur, Nukus, Oybek, Sharof Rashidov, Shahri – sabz va Navoiy ko‘chalari orqali maxsus yo‘nalish bo‘ylab yo‘l oldi – lar. Senat raisi Tanzila Norboyeva va spiker Nurdinjon Ismoilovning ishtirokida Paralimpiya o‘yinlari g‘oliblari va sovrindorlariga sovg‘a – lar topshirildi.

Iroda kuchi: O‘zbekiston paralimpiya terma jamoasi rekord o‘rnatdi

Bu kun sportchilar xotirasida eng baxtli kunlardan biri sifatida abadiy saqlanib qoladi. Ortda — butun bir tarix, oldinda — yangi rejalar va g‘alabalar. Ularga tayyorgarlik esa hozirning o‘zida boshlanadi. Yangi to‘rt yillik davr mushkul vazifa — 2024-yil Los-Anjelesda bo‘lib o‘tadigan navbatdagi yozgi Paralimpiadada erishilgan natijani yanada yaxshilash, yanada ko‘proq medallarni qo‘lga kiritishga bag‘ishlanadi. Lekin hayotda chempionlar uchun mukammallikning chegarasi bo‘lmaydi!

PARIJDAGI O‘YINLARNING BARCHA MEDAL SOHIBLARI

CHEMPIONLAR: Asila Mirzayorova uzunlikka sakrash, Elbek Sultonov yadro uloqtirish, Husniddin Norbekov yadro uloqtirish, Qudratullaxon Ma’rufxo‘jayev yadro uloqtirish, Boburjon Omonov yadro uloqtirish, Tolibboy Yo‘ldoshev disk uloqtirish, Yorqinbek Odilov nayza uloqtirish, Nurxon Qurbonova nayza uloqtirish, Sherzod Namozov dzyudo, 60 kg gacha, Asad Toshtemirov taekvondo, 80 kg gacha.

KUMUSH SOVRINDORLAR: Doniyor Saliyev uzunlikka sakrash, Safiya Burxonova yadro uloqtirish, Kubaro Hakimova yadro uloqtirish, Shaxina Yigitaliyeva nayza uloqtirish, Kumushxon Xodjayeva dzyudo, 57 kg gacha, Ro‘za Qo‘ziyeva pauerlifting, 73 kg gacha, Ziyodaxon Isoqova taekvondo, 47 kg gacha, Guljanoy Naimova taekvondo, +65 kg, Server Ibragimov 50 metrga to‘pponchadan otish.

BRONZA SOVRINDORLAR: Temur Giyazov balandlikka sakrash, Tolibboy Yo‘ldoshev yadro uloqtirish, Nurxon Qurbonova yadro uloqtirish, Mohigul Hamdamova disk uloqtirish, Uchqun Quronboyev dzyudo, 73 kg gacha, Davurxon Karomatov dzyudo, 90 kg gacha, Muslima Odilova suzish, 100 m batterflay.


Paralimpiya qo‘mitasi tashkil topgan vaqtidan uch yil o‘tgach, u o‘zining nihoyatda ulkan mehnatini nafaqat muvaffaqiyatli, balki mislsiz deya e’tirof etishga to‘liq haqlidir: prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan mamlakatimizda tom ma’noda noldan boshlab yo‘lga qo‘yilgan parasport tizimi uch yilda Paralimpiya o‘yinlarida davlatimiz tarixidagi eng yaxshi natijaga erishdi. Olimpiya jamoasi singari paraatletlarimiz terma jamoasi Parijdagi O‘yinlarda umumjamoa hisobida 13-o‘rinni egalladi.

Chamasi, ushbu materialni tayyorlash chog‘ida biz bunday parvozning eng muhim tarkibiy qismlaridan birini kashf etdik: bu yerda — Paralimpiya q‘omitasida ko‘tarinki juda samimiy ochiqlik hamda butun mamlakatdagi minglab nogironligi bo‘lgan shaxslarning orzusiga yo‘l ochishga doir qat’iy ishonch hukm suradi. Zero, O‘zbekiston Paralimpiya qo‘mitasi raisi Muxtorxon Tashxodjayev bilan suhbatdan keyin bizni aynan shunday taassurotlar uzoq vaqtgacha tark etmadi. E’tiboringizga O‘zbekistonda paralimpiya sportining o‘tmishi, buguni va kelajagi haqidagi suhbatni taqdim etamiz.

image_20250109_143922
O’zbekiston Paralimpiya qo’mitasi raisi Muxtorxon Toshxo’jayev

Avvalo, Sizni va Paralimpiya qo‘mitasining katta jamoasini Parij O‘yinlarida erishilgan yuqori natija bilan tabriklaymiz. Ularga tayyorgarlik ko‘rish qanchalik qiyin bo‘ldi?

Tayyorgarlik avvalo koronavirus pandemiyasi davrida yuzaga kelgan kutilmagan holatlar tufayli oson kechmadi. Yodingizda bo‘lsa, Tokiodagi Paralimpiada 2021-yilda o‘tkazildi. Paraosiyo ham xuddi shunday bir yildan keyin o‘tkazildi. Batafsil yozib qo‘yilgan to‘rt yillik tayyorgarlik davri uch yilgacha qisqardi. Muddatlar o‘zgardi, mashg‘ulotlar va musobaqalar jadvalini o‘zgartirishga to‘g‘ri keldi, sportchilarimiz asosiy tadbirga maksimal darajada tayyorgarlik ko‘rish uchun oraliq musobaqalardan voz kechishga majbur bo‘ldi. Albatta, barcha mamlakatlar teng sharoitda edi, bu holat hammaga ta’sir qildi. Ba’zan taktikani yo‘l-yo‘lakay o‘zgartirishga to‘g‘ri keldi.

Davlat tomonidan ko‘mak qanchalik katta bo‘ldi?

Ulkan ko‘mak. Prezident parasportga katta e’tibor qaratib, sportchilarning yutuqlarini shaxsan kuzatib boradi, ularning tayyorgarligi bo‘yicha farmonlar chiqaradi. Qo‘mitamizning vazifasi milliy terma jamoa uchun barcha shart-sharoitlarni ta’minlagan holda belgilangan vazifalarni amalga oshirishdan iborat. Davlat barcha moliyaviy masalalarni hal qiladi va doim bizni qo‘llab-quvvatlaydi. Bularni ko‘rib turgan sportchilar ham hayajonlanadi, yaratilgan imkoniyatdan foydalanib, O‘zbekistonni butun olamga tanitishga intiladi. Mamlakatimiz jadal sur’atda rivojlanib borayotganini va sport ham bundan istisno emasligini tushunamiz, shu bois mas’uliyatni his qilib, davlatimiz ko‘magiga natijalarni yaxshilash, g‘alabalar bilan javob berishni xohlaymiz.

Bilasizmi, bu zanjirda har bir halqa umumiy ish uchun qayg‘uradi va butun qalbini bag‘ishlaydi — ehtimol, shu narsa bizning va Olimpiya jamoasining muvaffaqiyatlarini izohlab berar.

Psixologik nuqtayi nazardan, sportchilar uchun Paralimpiada tomoshabinlarsiz o‘tgan Tokioga nisbatan Parijda chiqish osonroq bo‘ldimi?

Asti gapirmang! Tokioda juda qiyin bo‘lgandi: tomoshabinlar yo‘qligi uchun hech qanday muhit yo‘q, kamerali vaziyat, muntazam PSR-testlar, karantin, umumiy psixologik sharoit ham yaxshi emasdi — pandemiya hali avjida edi. Xayriyatki, bu yil hech qanday qiyinchiliklar bo‘lmadi. Sportchilarimiz Parijga ochilishdan ikki hafta oldin borib, iqlimga moslashishga ulgurdilar hamda yakuniy tayyorgarlik yig‘inidan o‘tib, startga tayyorgarlik ko‘rdilar. Musobaqalarda chiqishlar ancha oson bo‘ldi, sportda atrofdagi muhit juda ahamiyatli — bu sportchilarning kayfiyati va natijasiga ta’sir ko‘rsatadi. Biz hech narsa kutmagan sportchilar jahon rekordchilariga aylanganini o‘z ko‘zlarim bilan ko‘rdim — minbarlar ko‘magi ularga shunchalik quvvat berdi.

Prezidentimizga rahmat: u bizni Fransiyada shiddatli qo‘llab-quvvatlagan fan-klubni tashkil qildi. Biz o‘zimizni xuddi uydagidek his qildik. O‘zbekiston delegatsiyasini asosan muxlislar tufayli hamma yerda tanidilar. Bizning fan-klubimiz butun “Stad de Frans”ni junbishga keltirdi. Umuman xalqaro hamjamiyat va xususan Paralimpiya qo‘mitasi uchun O‘zbekistonning o‘z sportchilariga bunday e’tibori — yoqimli holat. Ular uchun bu o‘yinlar bayram kabidir, sportchilarga sovg‘alar taqdim etiladi: protezlar, aravachalar. Har bir atletga so‘nggi talqindagi Samsung Galaxy smartfoni hadya qilindi. O‘yinlarda 168 ta mamlakat qatnashib, barchamiz Olimpiya qishlog‘ida bitta katta oiladek yashadik.

Parijdagi Paralimpiada O‘zbekiston terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi chiqish bo‘lishini taxmin qilganmidingiz?

 Rio va Tokiodagi Paralimpiadalarda sakkizta oltin medalni qo‘lga kiritgandik. Parijda sportchilarimiz 10 ta oliy sovringa ega bo‘ldilar, bundan ham ko‘proq bo‘lishi mumkin edi, ammo bu sport. Tabiiyki, xona ichidagi majlisda falon sonda medal kerak degan aniq vazifani belgilash mumkin emas. Muhimi jamoani musobaqalar boshlanishiga mukammal holatga yetkazib borishdir. Murabbiylar shtabi bu vazifani uddaladi. Shu o‘rinda siz bilan bir qiziq holatni bo‘lishishni istardim. Albatta, biz sportchilarning qaysi biri ma’lum yo‘nalishni tanlashi kerakligini reja qilib, kuchlar nisbatini taxminan tushunardik. Hisobotlarning birida ijobiy natija sharoitida Paralimpiadada 26 ta medalni qo‘lga kirita olamiz, deb yozgandik…

… va aynan shuncha medal olindi!

Xuddi shunday. Bizda yanada ko‘proq medal olish imkoni bo‘lishiga qaramay, bunday musobaqalarning eng qiziq joyi ham shunda — qayerdadir kutilgan medallar olinmadi, boshqa yerda esa hayratlanarli medallarga ega bo‘ldik. Xuddi Olimpiya jamoasi kabi biz ham umumjamoa hisobida 13-o‘rinni egallab, o‘z rekordimizni yangiladik. Bu unumli bajarilgan mehnat va har bir sportchi uchun faxr hissini uyg‘otadi.

Prezident chempionlarga qo‘ng‘iroq qildimi?

Biz Olimpiada chempionlarining g‘alabalarini kuzatayotganimizda biznikilar mendan sekingina so‘rashgandi: “Men ham Paralimpiya oltinini olsam, prezident menga ham qo‘ng‘iroq qiladimi?”. Men “Albatta, qo‘ng‘iroq qiladi”, deb javob bergandim. Bizda ilk oltin mukofotni Asila Mirzayorova qo‘lga kiritdi va prezident uni tabriklash uchun qo‘ng‘iroq qilganida sportchilarning hayajonini bir ko‘rsangiz edi! Albatta, bu chiqishga tayyorlanayotganlar uchun qo‘shimcha dalda bo‘ldi. Shavkat Miromonovich o‘n nafar chempionimizning har biriga qo‘ng‘iroq qildi. Davlatimiz Olimpiya va Paralimpiya chempionlarini bir-biridan ajratmaydi. Barcha chempion va sovrindorlarga xuddi shunday pul mukofotlari, mashinalar va uylar sovg‘a qilindi. Delegatsiyani Toshkentda kutib olish marosimi ham ko‘lamda qolishmadi.

Davlatimiz Olimpiya va Paralimpiya chempionlarini bir-biridan ajratmaydi. Barcha chempion va sovrindorlarga xuddi shunday pul mukofotlari, mashinalar va uylar sovg‘a qilindi. Delegatsiyani Toshkentda kutib olish marosimi ham ko‘lamda qolishmadi.

Darvoqe, delegatsiya uyga qaytgan kun haqida so‘zlab bersangiz.

Biz Parijdan katta Dreamliner samolyotida 160–170 kishilik butun jamoa bo‘lib qaytdik. Bizni katta sharaf bilan kutib olishdi: bu yerda mamlakat rahbariyati, qarindoshlar, yaqinlar bo‘lishdi. Aeroportdan shahar bo‘ylab Paralimpiya qo‘mitasi binosigacha yetib bordik. Hamma yerda muxlislar, tantanalar. Bir umrga yetarli hislarni tuydik.

Men sportchilarimiz uchun xursandman, ular uchun bu juda mashaqqatli, ular murakkab taqdirli odamlar, ammo hukumatimizning shu qadar e’tiborli munosabati ularni baxtli qiladi. Har bir Paralimpiya chempioni bir umrlik stipendiyaga ega, oila quradilar va ularni qo‘llab-quvvatlaydilar. Yana bizda yaqinda jamoamizdagi qizlar jamoamizdagi yigitlarga turmushga chiqadigan to‘rtinchi to‘y bo‘ladi. Parasport ularning hayotini o‘zgartiradi, axir ularning ko‘pchiligi chekka hududlardan, nochor oilalardan kelgan. Mehnati va qat’iyati tufayli ular sportda yutuqlarga erishadi va jismoniy imkoniyatlari cheklangan odamlarga katta ilhom beradi. Nogironlik hukm emas.

Bugun jismoniy imkoniyatlari cheklangan va nogironlikka ega bolalar sport bilan shug‘ullanish borasida qanday imkoniyatlarga ega? Iqtidorli yigit-qizlarni izlash va ularni terma jamoaga yetaklash bo‘yicha ishlar qanday olib boriladi?

2021-yilda prezidentimizning paralimpiya sportini rivojlantirish to‘g‘risidagi Farmoni chiqqan. Qo‘mitamiz tashkil etilib, mashg‘ulot markazlari yaratilgan. Xuddi shu davrda sport maktablarida mamlakat bo‘ylab ularning soni 254 ta) aynan paralimpiyachilar uchun seksiyalarni ochishga ruxsat berildi, murabbiylarga esa jismoniy cheklovlarga ega sportchilarni tayyorgarligi uchun ish haqiga 50 foiz ustama berildi.

Hozirda murabbiylarimiz ancha tajriba orttirgan, ular qaysi sportchi qaysi yo‘nalishga mos kelishini, unda qanday salohiyat mavjudligini tushunadilar. Shu tariqa ular viloyatlarda guruhlarni to‘playdilar. So‘ngra biz hududiy chempionatlar o‘tkazamiz va eng yaxshi sportchilarni terma jamoaga jalb qilamiz. Bundan tashqari, bizda 15 ta Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi mavjud bo‘lib, uch yildirki u yerda Paralimpiya yo‘nalishiga qabul ochiq.

O‘zbekistonning har bir viloyatida Paralimpiya qo‘mitasi shtabi ish yuritadi. Biz joriy holat bilan tanishib, butun mamlakat bo‘ylab musobaqalar o‘tkazamiz, iqtidorli bolalarni jalb qilamiz, ko‘z tagiga olamiz va professionallargacha olib boramiz.

Juda ko‘p sa’y-harakatlar amalga oshirildi va endi tizim yo‘lga qo‘yilganini, ishlayotganini va natija berayotganini ta’kidlash mumkin. Sport vazirligiga minnatdorlik bildiraman, keyingi uch yil davomida sportchilarimiz ajoyib sharoitlarda tayyorgarlik ko‘rmoqda. Ular aynan o‘sha arenalarda o‘sha murabbiylar bilan shug‘ullanmoqda. Bizda barcha sportchilarning hisobi yuritiladigan umumiy ERP tizimi mavjud. Takroran aytaman, davlatimiz sport va parasportni bir-biridan ajratmaydi, barchaga teng sharoitlar berilgan.

Kelgusi yillar uchun asosiy vazifalaringiz nimadan iborat?

Hozirgi kunda terma jamoamiz 2026-yil Italiya davlatining Milan va Kortina-d Ampetsso shaharlarida bo‘lib o‘tadigan Qishki Paralimpiya o‘yinlariga, 2026-yil Yaponiyaning Nagoya shahrida bo‘lib o‘tadigan Osiyo o‘yinlariga hamda 2028-yil AQSHning Los-Anjeles shahrida bo‘lib o‘tadigan yozgi Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik olib bormoqda. Sportchilarni tayyorlash uchun malakali trener va mutaxassislarni jalb qildik, saralash jarayoni davom etmoqda. 2028-yilda Los Anjelesda o‘tadigan O‘yinlarga biz ayni damda jalb qilayotgan va tayyorlayotgan yigit-qizlarning aksariyatini Paralimpiya chempionlariga aylantira olishimizga ishonaman.

Hamkorlik yangiliklari