O‘zbekistonda ta’lim sohasi faol rivojlanmoqda: oliy o‘quv yurtlari xorijiy institutlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda, eng zamonaviy ta’lim metodikalarini kiritishmoqda, dolzarb yo‘nalishlar bo‘yicha yangi fakultetlar ochishmoqda.
Bu jihatdan eng ko‘ringanlardan biri bu yili 17 yoshga kiradigan Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti bo‘ldi. Biz institut rektori bilan oliygohning yangidan tashkil etilishi, gender tenglik, Britaniya universitetlari bilan hamkorligi va o‘zlashtirishi yuqori talabalarni qo‘llab-quvvatlash haqida suhbatlashdik.
Ilhom Abdurashidovich, Siz O‘zbekistondagi eng yosh va omadli rektorlardan birisiz, boy tarixga va o‘z an’analariga ega oliygohni boshqarasiz. Ayting-chi, shu darajagacha qanday yetib keldingiz?
Bu haqiqatdan-da o‘z turidagi yagona institut. Universitet kuzda 17 yoshga to‘ladi – TSMRI ta’lim sohasida o‘z mavqeini yaxshigina mustahkamladi va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashga sezilarli hissa qo‘shdi.
Biroq aslida men uchun hammasi ancha avval boshlangan. 2010-yilda men Toshkent Xalqaro Vestminster universitetini tamomlaganman va keyin TSMRI’ga magistraturaga bank ishi va moliya yo‘nalishiga kirganman va bir vaqtning o‘zida shu yerda dars bera boshlaganman. O‘tgan yil bahorda esa rektor bo‘ldim va menga albatta hamkasblarim bilan uchrashish, yelkama-yelka ishlagan vaqtlarimizni eslash yoqimli edi.
Rektor bo‘lib tayinlanishgacha men o‘qishni Buyuk Britaniyada, Aberdin universitetida davom ettirdim, o‘sha yerda ilmiy dissertatsiyamni muvaffaqiyatli himoya qildim, iqtisodiyot va bank ishi bo‘yicha ma’ruza o‘qidim. TSMRI’ga qaytishgacha davlat sektorida ham rahbarlik lavozimlarida, ko‘zga ko‘ringan davlat arboblari, iqtisodiyotning turli sektorlari vakillari bilan yaqin aloqada bo‘lib ishlashga ulgurdim. Bu qimmatli amaliy tajriba va ham rahbar, ham olim sifatida salohiyatimni mutlaqo boshqa rakursdan namoyon etilishi bo‘lgan.
TSMRI’ni boshqarayotganingizga deyarli bir yarim yil bo‘ldi. Bu davr ancha mazmunli va sermahsul o‘tdi. O‘z taassurotlaringiz bilan bo‘lishsangiz.
Tayinlanganimning ilk kunidanoq menda hamkasblarim bilan biz hozir hayotga faol tatbiq etayotgan institutni strategik rivojlantirish bo‘yicha aniq reja bor edi. Birinchi bo‘lib boshlagan narsam – institutni qayta tashkil etish. Biz yangi loyihalarni amalga oshirishga e’tibor qaratishga imkon beradigan ma’muriy maqomlarni joriy etdik. Bir vaqtning o‘zida xodimlar hamda professor-o‘qituvchilik tarkibini mukofotlash va rag‘batlantirish uchun men ustama haq joriy etishni taklif berdim.
Alohida e’tiborimni gender tenglikka qaratdim. Maftunkor jisn vakillari kasbiy o‘sishda yirik salohiyatga ega, shuning uchun ular loyihalarimizga faol jalb qilingan, biz ularni asosiy mansablarga ko‘tardik.
Batafsil so‘zlab bering, TSMRI’da ishlagan vaqtlaringizda qanday mashaqqat va qiyinchiliklarga duch kelgansiz?
Hayotda hech narsaga osonlik bilan erishilmaydi. Biroq g‘oyalaringizni siz bilan birgalikda amalga oshirishga tayyor bo‘lgan quroldoshlar jamoasi mavjud – har qanday “uddalab bo‘lmas” vazifa osonlik bilan hal bo‘ladi. Asosiysi – bizga yelkasini tutadigan atrofimizdagi odamlar. Ularning ishonchi imkonsiz narsani uddalashga qodir.
Hozirgi vaqtda TSMRI Britaniyaning uchta hamkorlik universitetlarining o‘quv dasturini taqdim etadi:
- Bangor universiteti;
- Sanderlend universiteti;
- Tissayd universiteti.
Birgalikda ular bakalavriatning 16ta va magistraturaning to‘rtta yo‘nalishlarini taqdim etadi. Bizning asosiy yo‘nalishlarimiz – bank ishi va moliya, buxgalteriya hisobi, risk va investitsiyalarni boshqarish, turizm, marketing, biznes va iqtisodiyot, moda va dizayn dasturlari va albatta ko‘plab menejment yo‘nalishlari va kadrlarni boshqarish dasturlaridir. Bu o‘quv dasturlari biznes va iqtisodiyotning amalda barcha sohalarini qamrab oladi.
Moliya tili bilan aytganda, bizning eng qimmatli aktivlarimiz – professorlar haqida ham ikki og‘iz gapirib o‘tsam. Biz ularni Singapurdan, Yevropa va Osiyoga yaqin davlatlardan taklif qilamiz. Magistrlik dasturlarining barcha o‘qituvchilari – ilmiy daraja va boy amaliy tajribaga ega xorijiy professorlar.
Hamkorlar bilan bunday ish mutaxassisligini O‘zbekistonning hech bir oliy o‘quv yurtida topa olmaysiz, deb o‘ylayman. Ularning barcha talablari, ularning vakillari bilan har oylik uchrashuvlar – bu TSMRI uchun operatsion va strategik boshqaruvning odatiy ishiga aylangan o‘ziga xos chaqiriq.
Yana bir yangilik (albatta, britaniyalik hamkorlar roziligi bilan) ba’zi fanlar bo‘yicha ishlarni baholashning TSMRI professor-o‘qituvchilarining o‘zi tomonidan joriy etilishi bo‘ldi. Darhaqiqat, ilgari talabalar ishini baholay olmasdik. Ehtimol, dastlabki yillarda bunday yondashuv ma’lum sabablarga ko‘ra o‘zini oqlagan bo‘lishi mumkin, ammo 17-yil davomida biz o‘zlashtirishni obyektiv baholash uchun yetarli tajriba to‘pladik. Vaqt shuni ko‘rsatdiki, o‘qituvchilarimiz buni muvaffaqiyatli uddalashdi.
Siz talabalarni ularning o‘qish va o‘qishdan tashqari faoliyatda qo‘llab-quvvatlash uchun tashabbuslarni amalga oshirdingiz?
Yaxshi va kutilgan savol, shaxasn men uchun yosh kadrlar tarbiyasi va rahbarlik – ustuvor vazifa. Keling, yaxshisi, iqtidorli talabalarni qanday qo‘llab-quvvatlayotganimizni so‘zlab bersam. TSMRI’ga o‘qishga kirishda biz IELTS yoki uning ekvivalentlaridan eng yuqori ballni olgan talabalar uchun 100% hajmdagi grant taqdim etamiz. Bundan tashqari, har yili an’anaviy tarzda o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari eng yaxshi bo‘lgan 15 nafar talabani saralab olamiz va ularga shartnoma to‘lovining 20 foizi miqdorida chegirma taqdim etamiz.
TSMRI’da talabalarda o‘qishni ish bilan birgalikda olib borish imkoniyati mavjud. Biz ularga qat’iy belgilangan stipdendiya to‘lab beramiz va ularning rivojlanishlari uchun sharoit yaratgan holda bo‘lajak mutaxassis-menejerlar tayyorlaymiz. Bu yosh va iqtidorli o‘yinchilarni kichik yoshidan boshlab akademik murabbiylik, amaliy ta’lim va jismoniy tayyorgarlikni birvarakayiga olib boradigan barchaga mashhur “Arsenal” klubining yondashuvini eslatadi.
Bunday strategiya ijobiy natijalar bermoqda. O‘zbekistonda yaxshigina taniqli bo‘lgan bitiruvchilarimizni yodga olaylik. Ulardan biri – hukumatning eng yosh a’zosi, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sadullayev. Bizning yana bir faxrimiz – o‘zbekistonliklar orasida birinchi bo‘lib AQSHning Garvard biznes maktabida fan doktori unvonini olgan Botir Qobilov. Bunday yorqin yulduzlarga misollar ko‘p.
TSMRI’da shu bir yarim yil ichida yana qanday natijalarga erishildi?
Institutimizda ulkan e’tiborini ham akademik tarkibning, ham falsafa fanlari doktori yoki fan doktori darajasini olish istagida bo‘lganlarning ilmiy salohiyatni rivojlantirish masalalariga qaratilmoqda.
2024-yilning 5-iyulida TSMRI quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha falsafa fanlari doktori (Doctor of Philosophy, PhD)va fan doktori (Doctor of Science, DSc) ilmiy darajasini olish uchun oliy ta’limdan keyingi ta’lim xizmatlarini ko‘rsatishga litsenziyaga ega bo‘ldi: makroiqtisodiyot; moliya, pul muomalasi va kredit; marketing; menejment.
Yana bir muhim savol – kadrlarni tayyorlash. Biz jamiyat rivojiga o‘zimizning alohida hissamizni kiritdik, deb o‘ylayman, ulardan biri mamlakatda keng ko‘lamli korporativ kurslar dasturini taklif etish bo‘ldi. Joriy yilning boshida TSMRI va “Sanoatqurilishbank” o‘rtasida bilim va tajriba almashish sohasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Kelishuv doirasida 15-iyuldan TSMRI’da “Inson kapitalini rivojlantirish” dasturining o‘quv kurslarini olib borishning birinchi bosqichi boshlandi. Mazkur yillik dastur o‘z ichiga risk-menejment, komplaens-nazorat, audit, biznes-tahlil, loyihalarni boshqarish singari turli yo‘nalishlar bo‘yicha 24ta qisqa muddatli kurslarni qamrab olgan.
Shuningdek, qatnashuvchilar xalqaro FRM (Financial Risk Manager), CFA (Chartered Financial Analyst), ACCA (moliyaviy hisob sohasidagi bir qator sertifikatlar)ni olish uchun imtihonlarga tayyorlanish kurslarini tinglaydilar. Kurs tinglovchilarining o‘zlashtirish baholari va erishgan o‘sishiga qarab Angliya, Germaniya, Singapur, Koreya va Shveytsariyaning yetakchi maxsus o‘quv markazlarida amaliyot o‘tash imkoniyatini qo‘lga kiritadilar.
TSMRI O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish masalalariga ham jiddiy yondashmoqda. Bizning institut Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligidan “Turizm sohasining inklyuziv rivojlanishi muammolarini o‘rganish va Bo‘stonliq, Ohangaron, Parkent va Angren tumanlari misolida tavsiyalar ishlab chiqish” mavzusida innovatsion ilmiy loyihani amalga oshirish uchun grantni qo‘lga kiritdi.
Bundan tashqari, KPMG auditorlik kompaniyasi bilan hamkorlik memorandumini imzolashga tayyorlanyapmiz. Bu hamkorlik doirasida KPMG Korporativ akademiyasini ochish ko‘zda tutilgan. Uning faoliyatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilar:
- malaka oshirish kurslari hamda korporativ sektor uchun maxsus treninglar ishlab chiqish va o‘tkazish;
- talabalar uchun praktikumlar, mahorat darslari va yozgi maktablar o‘tkazish uchun KPMG Laboratoriyalarini yaratish;
- korporativ sektor uchun o‘quv kurslari, treninglar, shuningdek, ixtisoslashtirilgan o‘qitish dasturlarini avtomatlashtirish va taqdim etish uchun o‘qitishni boshqarish tizimini (LMS) ishlab chiqish.
Ko‘rib turganingizdek, rejalarimiz bisyor, barcha yo‘nalishlar bo‘yicha faol harakat qilmoqdamiz. Biz mamlakatdagi eng zamonaviy va ilg‘or oliy o‘quv yurtlaridan biri bo‘lib qolish uchun bundan buyon ham qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilamiz. O‘ylashimcha, TSMRI haqida yana ko‘p marotaba eshitasiz va yaqin kelajakdagi o‘zgarishlarning guvohiga aylanasiz.
Toshkentdagi Singapur xalqaro menejmentni rivojlantirish institutining hamkor universitetlari
Bangor universiteti. Uelsning asosiy universitetlaridan biri. Buyuk Britaniyadagi yetakchi 40ta universitet ro‘yxatiga kiradi. Buyuk Britaniyadagi ishga yollash xizmatlarini ko‘rsatishda eng faollaridan biri tan olingan. O‘qitish sifatinini baholash Milliy tizimining yuqori bahosini qo‘lga kiritgan. Taxminan 11 ming nafar talaba ta’lim oladi, 650 nafar o‘qituvchi ishlaydi.
Sanderlend universiteti. Oliy o‘quv yurti dasturlari bo‘yicha butun dunyodan 20000 dan talaba tahsil oladi. Nisbatan ustuvor ta’lim yo ‘nalishlari – tadbirkorlik, axborot texnologiyalari va ijtimoiy fanlar, pedagogika, OAV, farmakologiya, sog‘liqni saqlash, sport biologiyasi ba tibbiyot.
Tissayd universiteti. 2018-yilda dunyoning eng yaxshi universitetlari 1000talik reytingiga kiritilgan. Biznes sohasidagi xizmatlari uchun Customer First milliy tan olingan akkreditatsiyasiga ega Buyuk Britaniyadagi kam sonli oliy o‘quv yurtlaridan biri. Ilmiy tadqiqotlar sohasidagi yutuqlari uchun Yevropa komissiyasi mukofotiga sazovor bo‘lgan.