Flat Preloader Icon
Noo‘rin joyda, nojo‘ya vaqtdaNoo‘rin joyda, nojo‘ya vaqtda
24 Yanvar 2024

Noo‘rin joyda, nojo‘ya vaqtda

themag-1500x1080-1

Yahoo! – o‘z ichiga ko‘plab xizmatlarni qamrab olgan internet-portal: izlash tizimi, elektron pochta, yangiliklar, smart-TV, o‘yinlar va boshqa qo‘shimcha xizmatlar.

Faoliyati boshlanishida kompaniya internet-kommunikatsiyalar kashshofi hisoblangan hamda mislsiz ommaboplikka erishgan ko‘p maqsadli saytni yaratgan. So‘ngra kompaniya $6 mlrd evaziga zamonaviy YouTube’ni eslatuvchi Yahoo Broadcast’ni sotib olgan. Spotify va YouTube Music paydo bo‘lishidan ancha avval Yahoo Music odamlarga obuna asosida musiqa tinglash imkonini bergan. Yahoo Mail tushunarli interfeysga ega elektron pochta mavjud ilk saytlardan biri bo‘lgan. Vaqt o‘tishi bilan kompaniya xizmatlari ko‘lamini kengaytirib, Yahoo News yangiliklar portali, Yahoo Finance moliyaviy axborot provayderi va Yahoo Sports sport sharhlari kabi xizmatlarni taqdim etgan.

Hammasi yaxshi ketayotgan edi

yahoo.com sayti 1995-yilning yanvar oyida ishga tushirilgan, lekin 1994-yilning oxirida saytning beta-versiyasi million martadan ko‘proq ko‘rilgan. Yahoo so‘zi avvalroq barbekyu qaylasi, pichoq va qayiqlar uchun patentlanganligi sababli, kompaniya asoschilari Jerri Yangi va Devid Filo nomlanishga undov belgisini qo‘shishga qaror qilgan.

1990-yillarda Yahoo! kompaniyasi geometrik yo‘nalishda o‘sib, kompaniya va startaplarni sotib olgan, mijozlari uchun yangi funksiyalarni joriy qilgan va raqiblarini ortda qoldirgan. Kompaniya ulkan ko‘makka erishib, 1996-yilda aksiyalarini birlamchi joylashtirishdan avval venchur moliyalashtirishning ikkita raundini qo‘lga kiritgan. Kompaniya aksiyalari narxi 1990-yillar oxirida deyarli ikki baravarga ko‘tarilgan hamda 2000-yilda $118,75 ko‘rsatkichi bilan tarixiy maksimumni qayd etgan.

Noo‘rin joyda, nojo‘ya vaqtda
Yahoo! bosh sahifasining 1999-yildagi ko‘rinishi

Biroq, “pufak” portlab, Yahoo! aksiyalari bir donasi uchun $8,11 qiymat bilan tarixiy minimumga tushgan. Biroq kompaniya oz sonli omon qolganlar orasida edi. 1990-yillar oxiri va 2000-yillar boshida internet davri rivojlanishi bilan millionlab odamlar uchun Butunjahon tarmog‘ida boshlanish nuqtasiga aylangan Yahoo uy sahifasi ham o‘zgargan.

Shunday ekan, nima uchun yosh zumerlar avlodi Yahoo! portalidan deyarli foydalanmaydi va u haqida kam narsa biladi? Eng oddiy javob rahbariyatning uzoqni ko‘ra olmagani bilan bog‘liq. Yahoo! muvaffaqiyati uzoqqa cho‘zilmadi va kompaniya ko‘p yillar mobaynida rivojlanib kelgan tendensiya va texnologiyalarni quvib yeta olmadi.

Omadsizliklar sababi

Yahoo! qulashini qator noto‘g‘ri qarorlar va boy berilgan imkoniyatlar bilan izohlash mumkin. Bir so‘z bilan aytganda, Yahoo! sifatli internet-xizmatlarni ta’minlashdan ko‘ra ko‘proq biznes va foyda ko‘rishni maqsad qilgan edi.

Yahoo! kompaniyasi daromadining sezilarli manbalaridan biri reklama bo‘lgan. Biroq, qachonlardir Orkut ijtimoiy tarmog‘i reklama tufayli sekinlashgani va ortiqcha yuklanganligi sababli o‘z auditoriyasini yo‘qotgan (bu auditoriyani Facebook o‘z qaramog‘iga olgan). Yahoo! portalidagi shiddatli va g‘ashga tegadigan reklama ham foydalanuvchilarni bezovta qilib, Google portaliga o‘tishga majbur qilgan. Reklama ko‘pligidan foydalanuvchi interfeysi tez-tez o‘zgargan va odamlarning yangiliklarga ko‘nikishi qiyin bo‘lgan. Yahoo boy bergan raqobat ustuvorligini nisbatan qulayroq xizmatlar qo‘lga olgan va yillar o‘tishi bilan kompaniyaning bozordagi qiymati faqat pasayib borgan.

Yahoo rahbariyati o‘z vaqtida Google istiqbolini ko‘rmagan va kompaniyani xarid qilishdan bosh tortgan. So‘ngra Facebook’ni sotib olishdan bosh tortib, Microsoft bilan birlashishni rad qilgan. Ana shunday manfaatli bitimlar o‘rniga Yahoo! juda katta mablag‘lar evaziga bir nechta kompaniyani xarid qilgan, ammo ularni oqilona boshqara olmagan.

Google’ni sotib olishdan bosh tortish

1998-yilda Google asoschilari Larri Peydj va Sergey Brin Excite internet-portaliga Google’ni $1 mln evaziga sotish taklifi bilan murojaat qilgan, chunki mahsulot ustida ishlash ularga o‘qishni davom ettirishga halaqit qilgan. Biroq Excite bu taklifdan bosh tortgan. 2002-yilda Google’ning qiymati ko‘p martaga oshdi va kompaniya salohiyatini to‘g‘ri baholagan Yahoo! bosh direktori Terri Semyuel Google asoschilariga $3 mlrd qiymatiga teng bitimni taklif qilgan.

Google’ning haqiqiy qiymatini yaxshi bilgan Peydj va Brin uni $3 mlrd evaziga sotishdan bosh tortib, kompaniyani $5 mlrd qiymatida baholagan. Biroq Yahoo! bu taklifni rad qilgan va bu raqamli sanoatdagi eng yirik xatolardan biriga aylangan. O‘shanda Yahoo! kompaniyasi 2021-yilning iyunida qiymati $1,6 trln.ga yetgan Google’ni sotib olganida hammasi boshqacha tus olishi mumkin edi.

Yahoo!’ning $830 milliardlik xatosi:

  • Yahoo! $1 mln evaziga Google’ni sotib olishdan bosh tortgan
  • Yahoo! o‘z xatosini anglab, Google’ni $3 mlrd.ga sotib olishni taklif qilgan. Google $5 mlrd so‘ragan va Yahoo! bosh tortgan
  • Yahoo! $40 mlrd evaziga Microsoft tomonidan xarid qilinishga rad javobini bergan
  • Yahoo! $4,6 mlrd evaziga Verizon kompaniyasiga sotilgan

Yahoo! Facebook’ni sotib olishi mumkin edi

Google onlayn-izlash dunyosida katta yo‘lni bosib o‘tishga ulgurgan bir vaqtda ijtimoiy tarmoqlar yangi internet trendiga aylandi. Yahoo! 2006-yilda Facebook’ni $1 mlrd evaziga sotib olishga uringan, ammo dastlabki taklif bosh direktor Mark Sukerberg tomonidan rad etilgan. Direktorlar kengashi Sukerbergni $1,1 mlrd qiymatidagi taklifni qabul qilishga majburlay olardi, ammo Yahoo! rahbariyati narxni oshirishga rozi bo‘lmagan. Shu tariqa, Facebook’ni xarid qilish bo‘yicha omadsiz urinish boy berilgan imkoniyatlar ro‘yxatini to‘ldirgan.

Microsoft bilan amalga oshmagan birlashish

2008-yilda Microsoft korporatsiyasi Yahoo! kompaniyasini $44,6 mlrd.ga sotib olish taklifi bilan murojaat qilgan. Biroq, Jerri Yang bu taklifni rad qilgan. Takroriy rad javoblari Yahoo! rahbariyati bunday narxni o‘ta past deb hisoblashi bilan izohlangan. Taqdir taqozosi bilan atigi to‘qqiz yil o‘tgach, 2017-yilda Verizon telekommunikatsiya kompaniyasi Yahoo! portalini atigi $4,48 mlrd evaziga sotib olgan.

Befoyda xaridlar

Yahoo! Broadcast.com, Geocities, Flickr, Right media, Overture Services, Inc i Tumblr kabi kompaniyalarni xarid qilishga juda ko‘p pul sarflagan, ammo ularning barchasi Yahoo! gardaniga ortiqcha yuk bo‘lib tushgan.

Yahoo! 2005-yilda Flickr’ni sotib olishidan avval uning asoschilari kompaniya faoliyatini ijtimoiy tarmoqlarga kengaytirishni maqsad qilgan edi. Biroq, reja amalga oshmay qolgan va imkoniyat boy berilgan. Kompaniyada strategik qarash bo‘lmagan: u Flickr’da allaqachon shakllanib bo‘lgan hamjamiyat haqida mutlaqo o‘ylamagan, yangi funksiyalarni joriy qilish va rivojlantirishga e’tibor qaratmagan. Natijada mijozlarini saqlab qolish va bazani kengaytirishni uddalay olmagan.

2013-yilda Yahoo! $1,1 mlrd to‘lab mikrobloglar va ijtimoiy tarmoqlar sayti – Tumblr’ni sotib olgan, ammo bu bitimdan foyda chiqara olmagan. Kompaniya innovatsiyalarni joriy etish, qaysi yo‘nalishda harakat qilish, tarmoqdagi raqiblardan qanday ortda qolmaslikni bilmagan. Oxir-oqibat Yahoo! bosh direktori Marissa Mayerning Tumblr’ga pul tikishi tanazzulga uchragan.

Alibaba’ga investitsiyalar

Yahoo! kiritgan investitsiyalarning barchasi samarasiz bo‘lgan deya olmaymiz. 2005-yilda texnologik gigant elektron tijorat bilan shug‘ullanuvchi Alibaba xitoy kompaniyasiga $1 mlrd mablag‘ kiritish orqali aqlli yurish qilgan – pirovardida, bu qaror ham muvaffaqiyat, ham boy berilgan imkoniyatga aylangan.

Investitsiya kiritilayotgan vaqtda Alibaba nisbatan yosh kompaniya bo‘lgan va Yahoo! kapitalining sarflanishi uning tezkor o‘sishiga yordam bergan. Biroq, Alibaba o‘z biznesini tobora kengaytirgani sayin bu investitsiyalar yanada kattaroq foyda keltirishi mumkin bo‘lgani ayon bo‘ldi.

Muhim burilish vaqti 2014-yilda – Alibaba Nyu-York fond birjasida rekord darajadagi IPO o‘tkazganida yuz bergan. Mazkur IPO natijasida Alibaba’ning qiymati $168 mlrd.ni tashkil qilgan va u dunyodagi eng qimmat texnologik kompaniyalardan biriga aylangan. Alibaba kapitalidagi 24 foizlik ulush Yahoo! kompaniyasiga qariyb $40 mlrd daromad keltirishi mumkin edi.

Noo‘rin joyda, nojo‘ya vaqtda
Marissa Mayer Yahoo! Verizon kompaniyasi tomonidan sotib olishidan avval so‘nggi besh yil CEO lavozimida ishlagan. Uning kompaniya sotilishidan olgan ulugi $186 mln.ni tashkil qilgan

Biroq, kompaniya bosh direktori Marissa Mayer bu investitsiyalardan foyda ko‘rishni uddalay olmagan. Soliqqa oid murakkab vaziyatga tushib qolgan Mayer Alibaba aksiyalarining katta qismini sotishga qaror qilgan va milliardlab dollarni shunchaki shamolga sovurgan.

Ma’lumotlar sizishi va beqaror serverlar

Yahoo! ishtirokidagi eng shov-shuvli mojarolardan biri 2010-yillar boshida yuz bergan. O‘shanda kompaniya aynan cho‘kib borayotgan bir vaqtda keng ko‘lamli ma’lumotlar sizishiga to‘qnash kelgan.

Dastlabki ma’lumotlar sizishi 2013-yilda qayd etilgan va 3 mlrd.dan ziyod foydalanuvchi qayd yozuvlariga ta’sir qilgan, ammo bu holat 2016-yilgacha sir tutilgan. Maxfiy ma’lumotlar (nomlar, elektron pochta manzillari, telefon raqamlari va xeshteglangan parollar) xakerlar qo‘liga tushgan. Bu sizish jahon nashrlarida bosh sarlavhalardan biriga aylanib, ham texnologik jamiyat, ham Yahoo! foydalanuvchilariga zarba bergan. Yanada yomonrog‘i, 2014-yilda Yahoo! kamida 500 mln qayd yozuvlariga ta’sir qilgan ikkinchi sezilarli ma’lumotlar sizishini boshidan o‘tkazgan.

Bundan tashqari, Yahoo! hattoki rivojlanish cho‘qqisida bo‘lgan davrda ham ko‘pincha serverlar ishidagi to‘xtalishlarga duch kelgan. Bu holat xizmat ko‘rsatish sifatini pasaytirib, foydalanuvchilarni yanada samarali va tezroq muqobil xizmatlarni izlashga undagan.

Yahoo! bugun

2021-yilda Verizon $5 mlrd evaziga Yahoo!’ni Apollo Global Management investitsiya kompaniyasiga sotib yubordi. Bu qadam kompaniya tarixidagi navbatdagi bosqichni belgilab berdi va bugun Yahoo! yangi egasi rahbarligi ostida o‘zgarmoqda. Kompaniya xodimlar sonini 20 foizga qisqartirib, asosiy yo‘nalishlariga e’tibor qaratmoqda: elektron pochta, moliyaviy yangiliklar va sport sharhlari. Shuningdek, kompaniya o‘sish imkoniyatlarini o‘rganmoqda, masalan sport stavkalari bo‘yicha Wagr ilovasini xarid qildi.

Hamkorlik yangiliklari