So‘nggi yillarda O‘zbekistonda oliygohlar soni keskin oshgani kuzatildi. 2017-yilda ularning soni 77tadan 211 taga o‘sdi – bunday ma’lumotlar Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva keltirib o‘tdi. U ilova qildi: mamlakatdagi oliy ma’lumotli aholi qamrovi 9 dan 42%ga o‘sgan, kvotalar soni esa – 4,9 martaga.
Hozir O‘zbekiston oliygohlarida milliondan ortiq kishi tahsil olmoqda. Shu bilan birga joriy yilning yanvar-may oylarida o‘qish maqsadida 15,8 ming nafar o‘zbekistonlik xorij davlatlariga ketgan, bu o‘tgan yilga qaraganda 7,4%ga kamroq. Statistika agentligining ma’lumotlari shuni ko‘rsatmoqda.
Oliy ta’lim muassasalari va talabalar soni ko‘payishi bilan ta’lim jarayonidagi yuklamani muvofiqlashtirish hamda zamonaviy raqamli texnologiyalarni joriy etishga sabab bo‘ladigan foydali raqobat muhiti shakllanadi.
Davlat universitetlari bilan bir qatorda xususiy universitetlar ham turli kasb mutaxassislarini yetishtirib chiqargan holda, ta’lim tizimi poydevoriga mustahkam rivojlandi. Universitetdagi rahbarlik lavozimlariga xorijiy davlatlardan dunyoviy maqomga ega professionallar taklif etilmoqda. O‘qituvchilarning maoshi oshmoqda – hozirda bu talabgir va nufuzli kasb.
Bularning bari ta’limning jamiyat hayotidagi o‘sib borayotgan rolidan dalolat beradi. Bu sohaga davlat tomonidan alohida e’tibor ajratilmoqda, islohotlar o‘z mevasini bermoqda.
Ushbu maqolani haqiqiy porloq va baxtli kelajak haqida aldamchi taassurot uyg‘otgan holda yakunlashimiz ham mumkin edi. Biroq, o‘sishning fenomenal ko‘rsatkichlari ko‘p jihatdan davlatning o‘tgan yillarning aks-sado beruvchi muammolari va yangi chaqiriqlarga munosabati ekanligini tushunish muhimdir. Mavzu mushohada yuritish, tanqidiy yondashuv, xolis tahlilni talab qiladi.
BIRINCHI MUAMMO: ABITURIYENTLARNING KO‘RSATKICHLARI
2023-yilda 888,5 ming abituriyentlarning 439,3 nafari, ya’ni 49,4 foizi kirish imtihonlaridan o‘tish ballini to‘play olmadi. Deyarli yarmi.
O‘zbekistonning bosh muftiysi Nuriddin Xoliqnazarov bunga shunday munosabat bildirdi: “Kirish imtihonlarini topshirgan maktab bitiruvchilarining Ballari e’lon qilindi. Ularning 40%dan ortig‘i hatto ikki bahoga ham javob bera olmadi, bu biz uchun fojia. Soqolning uzunligini muhokama qilgandan ko‘ra shu masala bizni tashvishlantirishi kerak. Agar biz bahs-munozaralarni bas qilmay, bilim bilan shug‘ullanmasak, xalqimizning baxtga erishishi qiyin bo‘ladi.”
Muftiyning arzi aks-sado berdi va ayniqsa, ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab bahslarga sabab bo‘ldi. Shunga qaramasdan, muammoni hal etish sari tashlangan ilk qadam uni tan olishdir. O‘zbekistonda ham shu ma’noda xolislik va konstruktivizmni namoyon qilmoqda. Bunday yondashuv bilan har qanday qiyinchiliklarni yengib o‘tish mumkin.
IKKINCHI MUAMMO: PEDAGOGLAR DARAJASI
Xuddi shu vaziyat o‘qituvchilar bilan ham mavjud. 2022-yilda 220 ming o‘qituvchilarning 86 mingtasi (37%) “qoniqarsiz” deb baholangan. Chunonchi, hozir talab yuqori bo‘lgan informatika, fizika, ingliz tili, matematika va kimyo o‘qituvchilarining bilimlari talabga javob bermaydi. 51 ming nafar chet tili o‘qituvchilardan faqat 17 mingtasi (33%) С-1 darajaga ega bo‘lgan. Biroq 2025-yildan boshlab chet tillaridan faqat С-1 darajaga ega o‘qituvchilar dars berishi mumkin bo‘ladi. Ko‘rib turganimizdek, bilimi past maktab bitiruvchilari va xuddi shunday pedagoglar bir-biriga o‘zaro bog‘liq.
UCHINCHI MUAMMO: AVLODLAR ALMASHINUVI
Besh yil avval maktab ta’limi islohoti yo‘lga qo‘yilgandi. “2030-yilga qadar xalq ta’limi tizimini rivojlantirish konsepsiyasi” 48ta maqsadli ko‘rsatkichlaga erishishning aniq mexanizmlarini o‘z ichiga olgan. Demak, O‘zbekiston xalqaro darajadagi PISA talabalar dasturi reytingi bo‘yicha dunyoning top-30 mamlakatlari qatoriga kirishi kerak, o‘qituvchilar esa – yoshlarni pedagogika sari undaydigan yuqori oylik maosh, imtiyozli uy-joy va avtokreditlar olishlari lozim.
Yuksak rejalar mansabdorlar tomonidan yuqori darajadagi safarbarlikni jalb qildi. Biroq, afsuski, ba’zan og‘ir byurokratiya mashinasi kerkali sur’atdan ortda qoladi, president esa “yo‘l-yo‘lakay” o‘zgarishlar qilish zaruriyatini tushunga holda, faol tarzda amaldorlar apparatini yoshartirmoqda.
Shavkat Mirziyoyev, birinchi navbatda nufuzli, yuqori reytingga ega oliygohlarni kechagina tamomlagan yoshlarga, mehnat bozoriga endigina kirib kelayotgan ilg‘or fikrlovchi shaxslarga umid bog‘layotganini ochiqchasiga aytmoqda. Bu ma’noda O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalari soni, shu jumladan xorijiy universitetlar sonining ko‘payishi hech bo‘lmaganda kelajak uchun muhim zamin yaratmoqda.
Aslida esa, islohotlarning samarali ishlashiga ko‘pincha hali-hanuz eskicha fikrlaydigan, shoshilinch muddatlar sharoitida ishlash tajribasi va ko‘nikmasi bo‘lmagan odamlar mas’ul bo‘lib qolmoqda.
TO‘RTINCHI MUAMMO: DEMOGRAFIK PORTLASH
Ta’lim sifatining pasayishiga respublikadagi sezilarli demografik o‘sish ham bilvosita ta’sir ko‘rsatmoqda. Agar Islom Karimov davrida har yilgi o ‘sish taxminan 500 king kishini tashkil etgan bo‘lsa, hozir raqamlar millionga yaqinlashmoqda. O‘zbekiston Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti ma’lumotlariga ko‘ra, 2030-yilga kelib mamlakatda aholi soni 40 mln dan ortiq bo‘ladi.
Ta’lim infratuzilmasi so‘nggi yetti yildagi kabi hayratlanarli beqaror o‘sish bilan ham bunday o‘sishga ulgurishi qiyin. Tiqilinch sinflarda to‘laqonli ta’lim olib bo‘lmaydi. Xalqaro olimpiadalarda sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritayotgan ixtisoslashtirilgan va “prezident” maktablari o‘quvchilari ham birmuncha ustuvorlik kasb etadi. Bu shuni anglatadiki, to‘g‘ri yondashilganda yaxshi natijaga erishish mumkin.
Munir Mamedzade, YUNICEF’ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi sobiq rahbari: “Sifatli inson kapitali millat yuksalishining negizi sanaladi. Mavjud demografik imkoniyatlarni dividendlarga aylantirish uchun O‘zbekiston rivojlanish bo‘yicha sheriklari bilan birgalikda investitsiyalarni ta’limga ustuvor yo‘naltirishda davom etishi kerak. Bunga bir xilda erishish uchun maktabgacha ta’lim va maktab infratuzilmasini kengaytirish va modernizatsiya qilish, shuningdek, sifatli inklyuziv ta’limdan foydalanishni yaxshilash uchun katta sarmoya kiritish kerak.”
TEZKOR CHORA-TADBIRLAR
2023-yilgi natijalarni tahlil qilib, prezident muammoni “qo‘lda” hal qilishga kirishdi va qisqa vaqt ichida bir qator “shoshilinch” choralari hozirlandi. 250 mingdan ortiq o‘quvchi o‘rni yaratildi (2022-yilga nisbatan ikki baravar ko‘p), maktablarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun 3 trillion so‘mdan ortiq mablag‘ ajratildi, bu esa o‘quv yili boshiga qadar yana 150 ming o‘quvchi o‘rni olish imkonini berdi.
Vazirlar mahkamasi maktablarni rekonstruksiya qilish dasturlarini moliyalashtirishga xorij investitsiyalarini faol jalb qilmoqda, mamlakatga xorijdan o‘sha davlat tili egalari hisoblanmish yuqori malakali mutaxassislar taklif etilgan. Xorijiy o‘qituvchilarni uy-joy bilan ta’minlash masalasi ustida alohida ish olib borildi.
Alisher Nazarov, PhD, Toshkent Davlat sharqshunoslik universiteti: “Boshqa sohalar singari ta’lim sohasini ham bir zumda isloh qilib bo ‘lmaydi – bu shart-sharoitlar, imkoniyatlar, ehtiyojlar va aholi dunyoqarashidan kelib chiqib amalga oshiriladigan bosqichma-bosqich jarayondir. Mamlakatimizda yildan yilga bosqichma-bosqich rivojlanish davom etmoqda va ta’lim tizimlari zamon talablariga moslashib bormoqda.
Bunga nodavlat ta’lim muassasalari sonining ko‘payishi misol bo‘la oladi, bu esa ta’lim sifatini oshiradi. Rivojlangan mamlakatlar tajribasini ta’lim tizimida yanada kengroq qo‘llash lozim. Amalga oshirilayotgan ishlar o‘sib kelayotgan avlodni mehnat bozori ehtiyojlariga mos ravishda tayyorlashga xizmat qiladi.”
O‘zgarishlar maktab o‘quvchilariga ham, o‘qituvchilarga ham taalluqli edi. Yakunlangan o‘quv yilida oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun eng muhim fanlarni chuqurlashtirib o‘rganishga qaratilgan yuqori sinflardagi fanlar soni 16 tadan 11 taga qisqartirildi; o‘qituvchilarni ishga qabul qilish tizimi o‘zgardi: faqat tanlov asosida, birinchi marta qabul qilinayotgan nomzodlar kasbiy sertifikat olish uchun kamida bir yil stajyor o‘qituvchi sifatida ishlashi kerak.
Shavkat Mirziyoyev masalani shaxsan nazoratiga olgan holda, barcha muammolarning mohiyatiga chuqur kirgan holda islohotlarning rasmiy emas, balki amaliy ishlashiga qaratilgan yechimlar taklif etmoqda.
2024-2025-o‘quv yillarida oliy ta’lim muassasalariga kirishning eng kam natijasi 66,5 ballgacha oshirildi. 2025-2026-yillarda bu ko‘rsatkich 75,6 gacha oshmoqda. Qaror davlatning statistikani emas, balki maktab o‘quvchilarining haqiqiy bilim darajasini oshirish maqsadidan dalolat beradi. U xuddi: abituriyentlarning yarmi eng kam o‘tish ballini to‘play olmaydi, deyayotgandekmi? Yaxshiroq harakat qiling va ko‘proq ball to‘plang – barcha shart-sharoitlar yaratilmoqda.
Firuza Muhitdinova, TDYU professori, yuridik fanlari doktori:
“Maktab ta’limi tizimini rivojlantirishda davlatning o‘rni asosiy hisoblanadi va ta’lim jarayonining sifati va samaradorligiga sezilarli ta’sir ko‘rsata oladi. Bu sohaga president tomonidan qaratilayotgan e’tibor, nafaqat uning muhimligini ta’kidlaydi, balki jamiyat a’zolariga namuna bo‘lib xizmat qiladi.”
2023-2025-o‘quv yilidan davlat oliy o‘quv yurtlari va kasb-hunar ta’limi muassasalariga qabul bir vaqtning o‘zida “avval test, keyin tanlov” tamoyiliga ko‘ra amalga oshiriladi. Test topshirgandan so‘ng abituriyentlar o ‘z tanlovlariga binoan oliygohga kirish tanlovida ishtirok etadilar, keyin esa – kasb-hunar ta’limi muassasasiga.
Joriy kampaniyadan boshlab, xususiy universitetlarga davlat granti asosida o‘qishga kirish mumkin bo‘ladi. Davlat grantlari oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida shu yo‘nalishda ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar tanlovi va ularning ballariga ko‘ra taqsimlanadigan bo‘ladi.
SO‘NGSO‘Z O‘RNIDA
O‘zbekistonning oliy ta’lim tizimini isloh qilishdagi muvaffaqiyatlari e’lon qilingan mezonlardan kelib chiqib belgilanadi. Aholini oliy ma’lumot bilan qamrab olish, iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlash, jadal sur’atlarda rivojlanayotgan infratuzilma, davlat grantlari sonining har yilgi o‘sishi, xalqaro ishlar va mamlakatga nufuzli xorijiy oliy o‘quv yurtlari hamda o‘qituvchilarni jalb qilishni davlatning oraliqdagi g‘alabalari sirasiga kiradi. Shu bilan birga, ishonch hosil qilish mumkinki, hali ko‘p qiyinchiliklar mavjud va respublika 2030-yilga kelib oliy ta’lim sohasini mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish va Strategiyaning barcha maqsadlariga erishish uchun katta qadam tashlashi kerak.
Buning uchun davlat oshkora, jadallik, qat’iyat bilan harakat qilmog‘i lozim. Islohotlar ijrosini hushyorlik bilan nazoratga olgan prezident tufayli aynan shunday qilinmoqda. Yaqinlashib kelayotgan yangi o‘quv yili bu sa’y-harakatlarga yangicha baho beradi va umid qilamizki, zarurat tug‘ilganda rejaga tezkorlik bilan tuzatishlar kiritiladi.[/vc_column_text][/vc_column][/vc_row]