Flat Preloader Icon
O‘zingni maqtamasang…O‘zingni maqtamasang…

O‘zingni maqtamasang…

O‘zingni maqtamasang…

Aleksey Ivanov. Budjetsiz reklama. Tovar yoki xizmatni sotishning 20 usuli. Alpina Pablisher. 2023

Hattoki yaxshi tovar ham reklamaga muhtoj

Sifatli mahsulot o‘zini shundoq ham sota olishi mumkin, degan fikr mavjud. Lekin, bu to‘g‘ri emas. Albatta, taklif etilayotgan tovar muhim, biroq u hech qanday qo‘shimcha harakatlarsiz ommalashishi mumkinligiga doir hayoldan voz keching. O‘z ishini sifatli bajarishning o‘zi kamlik qiladi – bundan tashqari o‘zini (yoki o‘z ishi natijasini) sota bilish ham kerak. Va bu aslo uyatli narsa emas.


Ixtisoslashgan nashrga ekspert maqolasini taklif qiling

Siz nima bilan shug‘ullanishingizdan qat’iy nazar – bu xoh o‘g‘itlar sotuvi, xoh onlayn-kurslar bo‘lsin – biznesingiz haqida qiziqardi hikoya qilish mumkin. Asosiysi, buni qanday qilishni tushunish, so‘ngra yo‘nalishi bo‘yicha sizga yaqin nashrni topishdir. Bunda, tahririyat bilan bog‘lanib, jurnal-gazeta uchun o‘zingizni ekspert sifatida namoyon etishingiz va biryo‘la tovarni taqdim qilishingiz mumkin bo‘lgan eksklyuziv materialni tayyorlashni taklif qilish zarur. Agar nashr ixtisoslashgan bo‘lsa, bu material juda qo‘l kelishi mumkin va siz biron so‘m sarflamagan holda reklamaga ega bo‘lasiz.


Ish xatlaringiz va xodimlarning xatlariga imzolarni o‘ylab chiqing

Har bir xat oxirida o‘ziga xos “imzoga” ega bo‘lishi barchaga ma’lum. Bunday narsani hattoki messenjerdagi xabarda yoki ana shu messenjerjagi ish profili tavsifida ham yaratish mumkin. Bu vositadan tovar/xizmatlarni reklama qilishda foydalanish mumkin. Unga o‘zingiz uchun barcha muhim ma’lumotni – aytaylik, brend nomi yoki yorqin sloganni joylashtiring.


Mamnun mijozlarni erkalating va ko‘kka ko‘taring

Va kompaniyangiz ishi haqida ijobiy fikr olmaguncha ularni qo‘yib yubormang. Ha, fikrlar tovarni sotishga yordam berishi haqiqat, ammo uning ko‘p takrorlanishi sababli ko‘pchilikning ishonchi qaytgan. E’tibor bermang, albatta mijozlaringiz ijtimoiy tarmoqlarda yoki marketpleyslarda siz haqingizda yozishini ko‘zda tutuvchi mexanizmni o‘ylab toping – va bu ishda aniq yordam beradi.


Fikrlarni noodatiy bildirish usulini o‘ylab ko‘ring

Demak, mijozlarning fikri juda muhim. Lekin ularni boshqalarga qiziqroq uzatish ustida haqida o‘ylab ko‘rish zarur. Masalan, bir restoran mijozlarning fikrini idishlarda o‘yib yozdirib, so‘ngra ularni zaldagi eng ko‘rinadigan joyga qo‘ygan – natijada bu shunchaki internetdagi matnga qaraganda ko‘proq natija bergan. Agar o‘g‘itlar bilan shug‘ullansangiz, o‘z ofisingizda mamnun xaridorlar – fermerlar tomonidan yetishtirilgan sabzavotlar uchun joy ajratishingiz mumkin. Bunda aniq biznesga qarab juda ko‘p variantlarni o‘ylab topish mumkin.


Avtojavob qaytargichni e’tiborsiz qoldirmang

Nima desangiz deng-u, ammo odamlar hamon telefondan, jumladan bevosita maqsadi bo‘yicha, ya’ni faqat yozishmalar va ijtimoiy tarmoqlar uchun emas, balki qo‘ng‘iroqlar uchun foydalanishadi. Shu bois avtojavob qaytargichni sozlab qo‘ying, kimdir go‘shakni ko‘tarishidan oldin mijozlarga nima deyishni istashingiz haqida o‘ylab ko‘ring. Ehtimol, assortiment kengaygani yoki yangi xizmatlar haqida eslatib o‘tish kerakdir – har qanday holatda ham xabarni bir necha daqiqa ichida va mutlaqo bepul yozish mumkin.


So‘zlar ahamiyatga ega

Sizni boshqalardan ajratib turuvchi yaxshi tomonlaringizni to‘g‘ri jumlaga shakllantirish juda muhim. Va bu jumla kimgadir o‘z ishingiz haqida so‘zlab berishga to‘g‘ri kelib qoladigan holatlar uchun tayyor bo‘lishi kerak (xuddi gollivud kinolarida bo‘ladigandek, ssenariy yozuvchisi prodyuser bilan bitta liftda ketayotgan bo‘ladi va unga o‘ylab topgan voqeasini tez “sotishi” kerak). Shuningdek, gap reklama yoki brend nomlanishiga borib taqalganida so‘zlarga ahamiyat bering: agar ishingiz yaxshi rivojlanmagan bo‘lsa, ehtimol shunchaki mahsulotning “so‘z qadog‘ini” yaxshilab o‘ylab ko‘rishning o‘zi kifoyadir.


Ommaviy chiqishdan bosh tortmang (va ularni yaxshilab o‘ylab chiqing)

Bu yerda xuddi OAV uchun ekspertlik maqolasi kabi holat kuzatiladi – ommaviy chiqishlar uchun imkoniyatlarni topish (masalan, biznesingiz uchun muhim biron ixtisoslashgan tadbirda), so‘ngra bu tadbirga yaxshilab tayyorlanish kerak. Tinglovchilarga muhim ma’lumotni taqdim etish va ularni qiziqtirishning uddasidan chiqa olsangiz, bunday tadbirlar siz uchun yaxshi “reklama maydonchalariga” aylanadi.


O‘zingni maqtamasang…
Devid Ogilvining gazetadagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri pochta jo‘natmalari haqidagi maqolasi. Unda Ogilvi jo‘natmalar doir ko‘plab sirlarni oshkor etgan, ammo bu professional sifatida uning nomiga ko‘p foyda keltirgan

“Shaxsiy brend” hozir ham yordam beradi

Sizga ishongan odam tovarlaringiz/xizmatlaringizga ham ishonadi. Shuning uchun shaxsiy brend ustida ishlash muhim. Aytgandek, uning muvaffaqiyatli shakllantirilishi turli tadbirlarda chiqish va OAVda chop etilish imkoniyatini sezilarli darajada osonlashtiradi. Xullas, aytishadi-ku “o‘zingizni sota olsangiz – tovaringiz ham sotiladi”.


Qadoqqa yanada ko‘proq e’tibor bering

Har qanday brend o‘z “peshlavhasiga” ega. Bu sayt, tovar qadog‘i, do‘kon ustida banner – umuman, har qanday narsa bo‘lishi mumkin. Biroq, bunda eng muhimi – o‘zingizni ko‘rsatish uchun mavjud “maydonchadan” oqilona foydalanishdir. Tovarning qadog‘ida mahsulotingiz naqadar yaxshiligiga oid ma’lumotni ko‘rsatishdan uyalmang. O‘z saytingizda esa xuddi shu taqlid, uyalmasdan muvaffaqiyatingizdan dalolat beruvchi turli axborotlarni joylashtiring: “kiyimga qarab” qarshi olishlarini unutmang. O‘zingni maqtamasang – hech kim maqtamaydi.

[/vc_column_text][/vc_column]

Hamkorlik yangiliklari