Flat Preloader Icon
Ekologik o‘sish qoidalari: Siberian Wellness qanday qilib biznes yuritishning mas’uliyatli yondashuvlarini masshtablashtirmoqdaEkologik o‘sish qoidalari: Siberian Wellness qanday qilib biznes yuritishning mas’uliyatli yondashuvlarini masshtablashtirmoqda
22 Oktabr 2024

Ekologik o‘sish qoidalari: Siberian Wellness qanday qilib biznes yuritishning mas’uliyatli yondashuvlarini masshtablashtirmoqda

28 yil avval Sibirning qoq yuragida asos solingan kompaniya samaradorligi tarkibida qimmatli Sibir o‘simliklari  ekstraktidan foydalanish evaziga erishiladigan go‘zallik va salomatlik uchun mahsulotlarni o‘nlab mamlakatlarga taklif etadi. Siberian Wellness jamoasi tabiat in’omidan mamnuniyat bilan foydalanib, biznesga imkon qadar ehtiyotkorona yondashgan holda qurmoqda. Xalqaro ishlab chiqarish darajasiga chiqib (Kompaniya mahsulotlarini endilikda konveyer bilan nafaqat Sibirga, balki Serbiya, Italiya va O‘zbekistonga ham chiqarilmoqda), har bir nuqtada Siberian Wellness’ning mavjudligi birinchi navbatda ekomas’uliyat standartlarini olib keladi.

Ekologik o‘sish qoidalari: Siberian Wellness qanday qilib biznes yuritishning mas’uliyatli yondashuvlarini masshtablashtirmoqda

Sharq va G‘arb – bir yo‘nalishda

Rossiyadan tashqarida Belgradning yuz yillik tarixga ega Dahlia kompaniyasi Siberian Wellness ishlab chiqarish oilasidagi ilk korxonaga aylandi. Birinchi sarmoya ham ekologiyaga kiritildi: afsonaviy zavod ISO 14001 ekostandartlariga mos ravishda tartibga solingan. O‘zbekistonning Namangan viloyatida ishlab chiqarish majmuasi noldan qurildi, biroq atrof-muhit uchun ishlab chiqarish jarayonlarining xavfsizlik tamoyillari bundan o‘zgarmadi, ularga rioya etilish kafolati ham shunday sertifikat olinishi bo‘ldi.

Agar Serbiyadan Siberian Wellness mutaxassislari qimmatli Bolqon o‘simliklaridan foydalanish evaziga assortimentni kengaytirish imkoniyati bilan qiziqqan bo‘lishsa, O‘zbekistonda jamoa kengroq ko‘lamli yondashuvni qo‘lladi: Namangan viloyatida Kompaniyaning o‘zi yuzlab gektar yerga mevali daraxtlar o‘tqazdi.

Ekologik o‘sish qoidalari: Siberian Wellness qanday qilib biznes yuritishning mas’uliyatli yondashuvlarini masshtablashtirmoqda

Endilikda organik dehqonchilik tamoyillariga muvofiq yetishtirilgan mevalardan nafaqat tayyor mahsulot va konsentrlangan sharbatlar ishlab chiqarish, balki Kompaniya mahsulotlari uchun masalliq sifatida foydalanish imkoniyati sinovdan o‘tkazilmoqda. Ishlab chiqarish liniyasi yakuniy yig‘ish bosqichida bo‘lgan pektin esa aksariyat raqobatchilardan farqli o‘laroq, tajovuzkor, tabiat uchun xavfli moddalardan xoli bo‘lgan texnologiya bo‘yicha ishlab chiqariladi.

Ekomas’uliyat sarmoya turi sifatida

Siberian Wellness — barqaror, muntazam rivojlanib borayotgan Kompaniya, va bunday biznes uchun o‘z qarorlarida izchil bo‘lish hamda uzoq muddatli rejalar  tuzish imkoniyatiga ega bo‘lish muhim ahamiyatga ega. Ularni bir yil yoki bir necha yillardan so‘ng amalga oshirish uchun zaif tabiiy muvozanatni buzmaslik strategik jihatdan muhimdir.

Ekologik o‘sish qoidalari: Siberian Wellness qanday qilib biznes yuritishning mas’uliyatli yondashuvlarini masshtablashtirmoqda

Tatyana Goroxovskaya, Siberian Wellness prezidenti:

Ekologiyadan iqtisod qilish insoniyatga qimmatga tushishi mumkinligidan xabardormiz. Shuning uchun ham sayyoramiz haqida qayg‘urish – nafaqat gumanitar missiya, shu jumladan, sarmoya hamdir. Agar mas’uliyatni o‘z zimmamizga olmasak, sayyoramiz boyliklaridan foydalanish imkoniyatidan hatto hozir yashayotgan avlod ham mahrum bo‘lishi mumkin.

Kompaniya bir qator ekoloyihalarni qo‘llab-quvvatlaydi. Ular bioxilma-xillikni muhofaza qilish va noyob hayvonlarning ko‘payishini tiklash, ekotizimni tadqiq qilish, shahar muhitida jonivorlarni muhofaza qilish uchun ko‘ngillilar tashabbusini moliyalashtirishga yo‘naltirilgan.

Kompaniya jonivorlarni laboratoriya devorlarida ham himoya qiladi: jamoa tirik hayvonlarda mahsulotlarni sinovdan o‘tkazishdan voz kechdi, barcha sinovlar faqat in vitro, probirkada o‘tkaziladi. Bu zamonaviy, insonparvar va ishonchli metod bo‘lib, mahsulotlarning xavfsizligini to‘liq ta’minlaydi.

Eng yirik lohiyalardan biri xalqaro “100 ga” loyihasi bo‘lib, uning doirasida butun dunyo bo‘ylab millionlab daraxtlar o‘tqazilgan. Sayyoramiz “o‘pka”sini tiklash uchun Kompaniya xodimlari va biznes-hamkorlari Serbiyada kedr, qayin va jo‘ka, O‘zbekistondagi qurigan Orol dengizida esa tuproq eroziyasining oldini olish maqsadida – saksovul, shuningdek daraxtlarning sho‘rxok yer va qurg‘oqchilikka chidamli daraxt navlari ekilmoqda.

Ekologik o‘sish qoidalari: Siberian Wellness qanday qilib biznes yuritishning mas’uliyatli yondashuvlarini masshtablashtirmoqda

Siberian Wellness jamoasining asosiy tamoyillari Kompaniya 2020-yildan beri amal qiladigan barqaror rivojlanish strategiyasida batafsil shakllantirilgan. ESG-strategiyasining asosiy elementlaridan biri (Environmental, social, and governance – ekologiya, ijtimoiy siyosat va korporativ boshqaruv) korporativ ko‘ngillilikni rag‘batlantirish hisoblanadi. Tashkent Ploggers ekoloyihasi Kompaniyaning O‘zbekistondagi tabiatni muhofaza qilish faoliyatining yorqin namunalaridan biriga aylandi. Birinchi yil mobaynida unda 500 kishi ishtirok etdi, ular tomonidan yig‘ilgan yuzlab chiqindi qopchalari qayta ishlashga yuborildi.

Ekostatistikadan bir chimdim

2022-yildan beri Kompaniya statistik ma’lumotlarni yig‘ish va raqamli ishlov berish bilan faol shug‘ullanib kelmoqda, bu yili Siberian Wellness’ning barqaror rivojlanishi bo‘yicha uchinchi hisobot taqdim etildi. Korxona ekologik menejmentining eng muhim maqsadlaridan biri atmosferaga qaytadigan havo tozaligini nazorat qilish hisoblanadi. Siberian Wellness korxonasi havoni tozalashning maksimal samaradorligini –  99,46 foziga saqlab qolmoqda.

Ekologik o‘sish qoidalari: Siberian Wellness qanday qilib biznes yuritishning mas’uliyatli yondashuvlarini masshtablashtirmoqda

Ekologik o‘sish qoidalari: Siberian Wellness qanday qilib biznes yuritishning mas’uliyatli yondashuvlarini masshtablashtirmoqda

Butun jamoaning ishiga ongli yondashuvsiz ekologik me’yorlarga rioya qilib bo‘lmaydi, shuning uchun xodimlarning 100 foizi ekosiyosat bo‘yicha o‘qitilgan. Siberian Wellness jamoasi tomonidan olingan bilimlarni ofis va ishlab chiqarish majmualari xodimlari nafaqat ishda, balki amaliyotda ham qo‘llaydilar. So‘rovlar shuni ko‘rsatadiki, xodimlarning 58 foizi chiqindilarni maishiy turmushda ham saralaydi, so‘rovnomada ishtirok etganlarning 22 foizi daraxt ekishda, 16 foizi ploging loyihasi doirasida chiqindilarni yig‘ishda ishtirok etgan va yarmidan ko‘pi kompaniyaning barcha atrof-muhitni muhofaza qilish loyihalarini qo‘llab-quvvatlashga tayyor.

Ekologik o‘sish qoidalari: Siberian Wellness qanday qilib biznes yuritishning mas’uliyatli yondashuvlarini masshtablashtirmoqda

Siberian Wellness biznesini rivojlantirishga mas’uliyatli yondashuv faqat ekofaollar tomonidan baholanayotgani yo‘q. Namangan tumanida esa kompaniya ma’muriyati tomonidan har tomonlama qo‘llab-quvvatlanmoqda. Ekspertlar hamjamiyatining fikri esa mukofotlarni namoyish etadi: Siberian Wellness “Rossiyaning eng yaxshi ESG loyihalari” dasturi doirasida mukofotni qo‘lga kiritdi va Toshkentdagi “Yil brendi” mukofotida O‘zbekiston rivojiga qo‘shgan investitsiya va wellness-hissasi uchun e’tirofga sazovor bo‘ldi.

Ekologik o‘sish qoidalari: Siberian Wellness qanday qilib biznes yuritishning mas’uliyatli yondashuvlarini masshtablashtirmoqda

На правах рекламы.[/vc_column_text][/vc_column][/vc_row]

Hamkorlik yangiliklari