Flat Preloader Icon
Qo‘ng‘iroqchani bosQo‘ng‘iroqchani bos
17 Yanvar 2024

Qo‘ng‘iroqchani bos

Bloging – mualliflar o‘z fikrlari, suratlari, tavsiyalari va shu kabi boshqa ko‘plab ma’lumotlar bilan onlayn-sahifa yuritish amaliyotidir. Hozirgi kunda bu o‘z fikrlarini bayon etish va ma’lumot almashishning eng ommabop usullaridan biri, shu bilan ulkan pul oqimiga ega yirik sanoat hamdir. Bungacha hammasi qanday yetib kelgani xususida so‘z yuritamiz.

Qo‘ng‘iroqchani bos

Bugungi kunda bloging nafaqat o‘z fikrlarini bayon etish, balki pul ishlab topish usuliga aylangan. Ko‘pchilik bloggerlar o‘z bloglarini reklama, homiylik e’lonlari, o‘z mahsulot yoki xizmatlarini sotish orqali monetizatsiya qilishadi. Shu bilan birgalikda inflyuens-marketing yoki ta’sir etish marketingi deb nomlanuvchi marketingning butun boshli yo‘nalishi ham yuzaga keldi.

Inflyuens-marketing: reklama sohasidagi yangi trend

Internet va ijtimoiy tarmoqlar rivojlanishi bilan undan faol foydalanuvchilar soni sezilarli darajada ko‘paydi. Ularning ko‘pchiligi fikrlari, tovar yoki xizmatga izoh beradigan taniqli shaxslarning hayoti va tavsiyalarini kuzatib boradi. Inflyuens-marketing aynan shu auditoriyaga yo‘naltirilgan.

Uning bosh g‘oyasi zamirida tovar yoki xizmatni targ‘ib qilishda  blogning mashhurligi va inflyuenser o‘z obunachilarida uyg‘otadigan ishonchdan foydalanish yotadi. O‘z mahsuloti/xizmatini taklif etuvchi yoki shunchaki o‘zi haqida bloger auditoriyasini xabardor qilish doirasida brendlar inflyuenserlarga hamkorlikni taklif etishadi. Shu tariqa inflyuenserlar brendlar va iste’molchilar o‘rtasidagi o‘ziga xos vositachiga aylanadilar.

Qo‘ng‘iroqchani bos

Inflyuens-marketingning asosiy xususiyatlaridan biri – inflyuenserlarda mavjud tayyor maqsadli auditoriyaga erishishdir. Brendlar inflyuenserlardan o‘zlariga ko‘proq mos keluvchi maqsadli auditoriyani tanlab olishlari va yetkazmoqchi bo‘lgan xabarlarini ularga aniq tarzda yetkazishni ta’minlashlari mumkin. Bundan tashqari, bunday reklama ko‘proq samara beradi, chunki u ishonch va taniqli va hurmatga sazovor bo‘lgan shaxslarning bergan tavsiyalari asoslangan.

2000-yillarning o‘rtalari. WordPress paydo bo ‘lishi bilan, ehtimol, bloggerlik sohasida “bum” sodir bo‘ldi. Bu – blog yaratish va boshqarish uchun keng funksiyalar yig‘indisi va  imkoniyatlarni taqdim etuvchi ilk platforma edi. WordPress hanuzgacha blog yuritish uchun yetakchi saytlardan biri bo‘lib qolmoqda. Bu vaqt ichida saytga reklama qo ‘shishda foydalaniladigan Google AdSense qurilmasini chiqardi – shunday qilib bloging pul topish va brendlarni targ‘ib qilish usuliga aylana oldi.

Qo‘ng‘iroqchani bos

Influencer Marketing Hub ma’lumotlariga ko‘ra, kompaniyalar inflyuenser-marketingga sarflagan har bir dollari uchun $5,78 ishlab topadi

Prognozlarga ko‘ra, 2023-yil oxiriga qadar inflyuens-marketing hajmi $21,1 mlrd’ga o‘sadi

Kompaniya menejerlari orasida 83% respondentlar inflyuens-marketingni marketingning foydali turi deb hisoblaydi

71% inflyuenserlar o‘tgan yil bilan taqqoslaganda ular chiqaradigan va bo‘lishadigan content miqdori oshganligini tan olishdi

Byudjetdan inflyuens-marketingga mablag‘ ajratadigan 67% kompaniyalar 2024-yilda bu summani yana oshirishni rejalashtirishmoqda

23% kompaniyalar 2024-yilda o ‘z marketing byudjetidan 40%’dan ko‘prog‘ini inflyuenserlar ishtirokidagi kampaniyalarga sarflashga ahd qilgan

Blogerlikni huquqiy jihatdan tartibga solish

Agar huquqiy tartibga solishni blogerlarga siyosiy ta’sir ko‘rsatish yoki bevosita senzura qo‘yish nuqtai nazaridan tushunilmasa, qonun asosan inflyuens-marketingdan reklama usuli sifatida manfaatdor. Shunga muvofiq, bloging reklama to‘g‘risidagi qonunchilik bilan tartibga solinadi.

Qo‘ng‘iroqchani bos
Bloging kashshoflaridan deya e’tirof etiluvchi jurnalist va tadbirkor Jastin Xoll: u 1994-yildan beri turli platformalarda matnli bloglar yuritadi

AQSh’da iste’molchilar huquqlarini himoya qiluvchi va antimonopoly qonunchiligiga rioya etilishini nazorat qilib boradigan Federal savdo-sotiq komissiyasi (FTC) mavjud. Foydalanuvchilarni blogerlar va ishlab chiqaruvchi kompaniyalar tovarlari o‘rtasidagi munosabatlari borasida xabardor qilib borish uchun FTC blogerlardan ularning hamkorligi haqida oshkora xabar berishlarini, homiylik kontentini e’lon yoki xeshteg yordamida belgilab qo‘yishlarini talab qiladi. Masalan, Instagram yoki SnapChat’da post qo‘yganda reklama haqidagi ma’lumot rasmda aks etgan yoki postning birinchi uch qatorida yozilgan bo‘lishi shart. YouTube’ga joylanadigan videoroliklarda esa – tomoshabin osongina ko‘radigan va farqlay oladigan joyda bo‘lishi lozim.

Qo‘ng‘iroqchani bos

Buyuk Britaniyaning Raqobat va bozorlar boshqarmasi (CMA) ham blogerlarga faqat “xolis fikr” ni ifoda etish va batafsil detallarni oshkor qilmagan holda tijoriy munosabatlarni “aniq va sezilarli” bildirishga da’vat etadi. Shunga o‘xshash tavsiya Fransiyaning reklama faoliyatini tartibga solish assotsiatsiyasi (ARPP) ham tomonidan ham berib boriladi. Germaniyada Oliy sud chiqargan bir nechta qarorlardan keyin blogerlar zimmasiga reklama hamkorligini belgilab qo‘yish yuklatildi.

2019-yilda O‘zbekistonda prezident Shavkat Mirziyoyev blogerlarni “Prezident sizlarni hamisha qo‘llab-quvvatlaydi”, deya ularga hammaslak ekanini bildirdi. Hozircha blogerlik faoliyati qonun bilan tartibga solinmaydi: mamlakatda blogerlarning haq-huquq va majburiyatlarini belgilab beradigan huquqiy asos mavjud emas.

O‘zbekistonda blogerlik

O‘tgan yili Toshkentda TEHNIKUM BLOGGER AWARD’22 mukofotini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tehnikum dolzarb kasblar maktabi versiyasiga ko‘ra eng yaxshi blogerlar taqdirlandilar. Nominatsiyada O‘zbekistonning 120dan ortiq bloger va inflyuenserlari taqdim etildi, xalq bergan ovozlar va hakamlar qaroriga natijalariga asosan ular orasidan 24 nafar g‘olib tanlab olindi. Bloglar amalda barcha platformalar – Instagramdan tortib Telegram va YouTube gacha – kontent sifati va auditoriya qiziqishiga muvofiq tarzda baholandi.

Qo‘ng‘iroqchani bos
Instagram va YouTube’da video suratga olayotgan go.uz guruhi a’zolari

PR-agentlik hamda kompaniyalarning marketing bo‘limi odatda, tovar va xizmatlarni targ‘ib qilish uchun murojaat qilish mumkin bo‘lgan blogerlarning  shaxsiy reytingiga ega bo‘ladi. O‘zbek auditoriyasi orasida eng mashhurlari Instagramdagi mashhurlar, aktrisalar va xonandalarning shaxsiy bloglari hisoblanadi, masalan: Shahzoda (5,6 mln), Shahzoda Muxammedova (5,3 mln), Rayhon G‘aniyeva (4,6 mln).

“Hazmi yengil” kontent va bloger-vaynerlar yumori ham ommabop – 250 mingdan tortib bir necha milliontagacha obunachiga ega. Sayohat, hobbi, kundalik va maishiy hayot haqidagi life-style bloglarni ko‘pincha ayollar yuritadi.

Odatda, ulardagi nisbatan emotsional qiziquvchan auditoriya ularning ayni bir sohaga qaratilgan tanloviga ishonishga moyil. Masalan, obunachilari soni 10 mingdan boshlanadigan avtomobillar, retseptlar, psixologiya, sport, oilaviy hayot haqidagi bloglar hamda “onalik bloglari” ni keltirish mumkin.

Hamkorlik yangiliklari