Tesla kompaniyasi X ijtimoiy tarmog‘ida yangi Optimus odamsimon-robot modeli sinovdan o‘tkazilganiga doir videoni joylashtirdi.
Robot qanday yangi jihatlarga ega bo‘lgan:
- Optimus 10 kiloga yengillashdi va ancha egiluvchan harakatlarga ega bo‘ldi.
- Yurish mexanikasi ko‘proq odamlarga o‘xshaydi, robotning tezligi 30 foizga oshdi. Shuningdek, u umumiy tana nazorati va muvozanat bo‘yicha sinovlarni yaxshiroq bajara boshladi.
- Ikkinchi avlod Optimus roboti barmoqlari uchida sensorlarga ega, shu tufayli buyumlarga nisbatan nozikroq munosabat ko‘rsatadi:
- Maskning baholashicha, robotning narxi 20 ming dollardan kamroq bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, Ilon Mask Optimus robotining dastlabki prototipini 2022-yil oktabr oyida taqdim etgan.
Asrning asosiy ezgulik ulashuvchisi: Vikipediyaning “otasi” Jimmi Ueyls The Mag savollariga javob berdi
Xavfli tavakkalchilik: o‘zbek Ilon Maski — Silikon vodiysi va sun’iy intellekt haqida
O‘zbekistondagi eng qiziqarli podkastlar tanlanmasi