Flat Preloader Icon
Sifatli matbuot reliziga doir o‘nta qoidaSifatli matbuot reliziga doir o‘nta qoida

Sifatli matbuot reliziga doir o‘nta qoida

Ishonchimiz komilki, biz aytmasak ham matbuot relizlari qanday yozilishidan xabaringiz va ularni juda ko‘plarini tayyorlagansiz. Biroq ba’zan bilimlarni yoki shunchaki bir xil odatlarni taftish qilish foydadan xoli bo‘lmaydi. Marketing bo‘yicha maslahatchi Linor Goralik (uning mijozlari orasida – Philip Morris brendi, Wargaming xalqaro kompyuter o‘yinlari yaratuvchisi, Yandex, X5 xoldingi, SkyEng maktabi, SkyEng xizmati va boshqa kompaniyalar) muntazam ravishda ijtimoiy tarmoqlarda o‘z tajribasini o‘rtoqlashib keladi. Quyida mediada sifatli nashrlarni yuzaga keltiradigan yaxshi matbuot relizini tayyorlashga doir tavsiyalarni keltiramiz.

Demak, har qanday matbuot relizi uchta asosiy, yetarlicha aniq vazifaga ega. Ya’ni muxbirni quyidagilarga ko‘ndirish zarur:

  • biz haqimizda yozishga;
  • biz haqimizda bizga kerakli narsani yozishga;
  • biz haqimizda ko‘proq yozishga.

Lekin, media jamoalar tomonidan ko‘pincha matbuot relizlarining qanchalik yomonligi, qabul qilish uchun noqulayligi va tushunarsizligi to‘g‘risida eshitamiz. Brend vakillari esa muxbirlarning yuborilgan axborotga nisbatan naqadar e’tiborsizligidan shikoyat qiladi. Xullas, matbuot relizlari hech kimni qoniqtirmaydi.

Bu orada, juda muhim jihat: “matbuot relizi” so‘z birikmasidan faqatgina “baza bo‘yicha ko‘r-ko‘rona yuboriladigan” narsa sifatida foydalanish shart emas. Hattoki, muxbirlar bizga shaxsan tanish bo‘lib, ularga axborot jo‘natishni kelishib olgan taqdirimizda ham ushbu ma’lumot qiziqarli shakllantirilgan, tushunarli, qabul qilish uchun qulay va muharrirlar ishiga yordam beradigan bo‘lishi kerak.

Quyida taklif qilayotgan matbuot relizining namunasi bir qarashda noodatiy ko‘rinishi mumkin, ammo biz butun hujjatni bandlarga ajratamiz va ularning har biri qanday ishlashini izohlab beramiz.

MATBUOT RELIZINING SARLAVHASI

Biz topishimiz mumkin bo‘lgan loyihaga doir eng jozibador so‘zlar. Bir oz muddatga “nima, qayerda, qachon” amaliyotini unutishga urinib ko‘ramiz. Bizning vazifa – avval e’tiborni jalb qilish, voqea qanchalik ahamiyatli ekanligini ko‘rsatishdan iborat, zero darhol axborot bilan yuklash shart emas. Bu kichik sarlavhadan joy oladi.

KICHIK SARLAVHA

Bu yerda aynan “nima, qayerda, qachon” o‘rin oladi – imkon qadar aniq va qisqa shaklda.

So‘ngra matbuot relizini tuzilmaviy shakl olishi va uni o‘qish oson bo‘lishi uchun kichkina sarlavhachalarga bo‘lamiz. Bunda, shunchaki matnni abzatslarga ajratish bilan cheklanmang, bo‘limlarga ma’nosidan kelib chiqib nom bering. Ular zarur. Masalan, quyida ketuvchi “Gap nima haqida”, “Faktlar” va h.k. – bu aynan tegishli qismlarning nomlanishi.

GAP NIMA HAQIDA

Faqat loyihaning mohiyatini ma’lum qiluvchi bir-ikkita jumla. Muxbir faqat shuning o‘zini o‘qishini tasavvur qiling. U biz haqimizda nima yozish kerakligini o‘ylaydi. O‘ylab topishi kerak.

FAKTLAR

To‘rt-beshta bullet points. Loyihaga oid eng yorqin faktlar. Qachon bo‘lishi va qayerda o‘tishi emas, balki muxbirlarni qo‘shimcha “ko‘ndirishi” mumkin bo‘lgan nimadir.

LOYIHA HAQIDA BATAFSIL

Bitta abzats. Ana shu yerda “Gap nima haqida” qismidagi o‘sha bir-ikkita jumlani kengaytiramiz.

LOYIHANING ASOSIY ISHTIROKCHILARI

To‘rt-beshta bullet points – imkon qadar nomdorligi tartibida sanab o‘tilgan asosiy ishtirokchilar.

MUQOYASALAR

Ko‘pincha aynan muqoyasalarning mavjudligi nashrdan shunchaki yangilik emas, balki qaydnoma yoki hattoki maqolani olishimiz imkonini oshiradi. Biroq, maqolani yozish uchun muxbirga faqatgina “bizning bosh direktorimiz” gaplari kifoya emas, ma’lumot to‘plash uchun vaqt esa yetarli bo‘lmasligi mumkin (yoki u shunchaki vaqtini sarflashni istamaydi), shu bois biz relizga quyidagi odamlarning bir nechta muqoyasani qo‘shishni tavsiya qilamiz:

  • loyihaning asosiy tashkilotchilaridan biri (masalan, festivalning bosh muvofiqlashtiruvchisi);
  • loyiha ishtirokchilaridan biri (masalan, festivalda yorqin chiqish qilayotganlardan birontasi);
  • tashqi ekspert (festival bilan bog‘liq bo‘lmagan, ammo u haqida jiddiy fikr bildirishi mumkin bo‘lgan odam, — aytaylik, musiqiy tanqidchi);
  • maqsadli auditoriyada ko‘zga ko‘ringan bironta odam (festivalga tashrif buyurishi kutilayotgan inflyuenser).

Ana shunda yaxshi natijaga erishish imkoniyati ortadi.

BRENDIMIZ HAQIDA

Odin nebolshoy abzats o tex, kto stoit za proyektom, — imenno zdes, a ne v nachale. Nachalo reliza doljno bыt posvyaщeno «roditelyam» proyekta, a ne samomu proyektu, tolko yesli eti «roditeli» ochen izvestnы v vashem regione ili eto vajnыy politicheskiy moment. V ostalnыx sluchayax na pervыy plan luchshe vsyo-taki postavit sam proyekt, a vot zdes, v zavershenii, korotko rasskazat o tom, kto yego delal.

TASHKILOTCHILAR VA HOMIYLAR

Mana shu yerda, eng oxirida. Chunki eng boshida ellikta homiy va qirqta tashkilotchini sanab o‘tish – qandaydir titrlarni eslatadi.

ALOQA

Bu band aniq bo‘lishi shartligiga qaramay, ko‘plar uni esdan chiqaradi. Mazkur bandga jiddiy yondashing va unda kimning aloqa ma’lumotlarini qoldirish haqida o‘ylab ko‘ring. Siz “Yandeks-Xarita”da kartochka to‘ldirmayapsiz, balki aniq voqeaga doir relizni tayyorlayapsiz.

Sifatli matbuot reliziga doir o‘nta qoida
Ayvi Li, jamoatchisilik bilan aloqaning “otasi”. Aytilishicha, u 1906-yilda zamonaviy tushunchamizga mos dunyodagi birinchi matbuot relizini yozgan. Unda “Pensilvaniya temir yo‘llari” poyezdining halokatga uchragani haqida yozilgan, so‘ngra esa halokat joyiga ilk matbuot turi tashkil qilingan.

Hamkorlik yangiliklari