Lenovo’ning ThinkBook Transparent noutbuki konsepti
Oxirgi yillarda turli devayslarda transparent (shaffof) qo‘shimchasi ichki tarkibiy qismlarni ko‘rsatib beruvchi yarim shaffof korpusni anglatardi. Biroq Lenovo va boshqa ayrim kompaniyalar joriy qish mavsumida mutlaqo o‘zgacha yondashuvni namoyish etib, Micro LED’ga asoslangan shaffof ekranlar texnologiyasini e’lon qildi.
Bu kreativ soha va avtosanoatdan tortib katta anjumanlar va reklamagacha bo‘lgan turli yo‘nalishlarda yordam beradigan texnologiyalar taraqqiyotining yangi davri bo‘ladi. Lenovo’ning fikricha, shaffof ekranli noutbukning maqsadli auditoriyasi asosan rassomlik va boshqa grafika bilan shug‘ullanuvchi ijod odamlari hisoblanadi. Bu aynan orqa ko‘ndalang kesimdagi ob’ektlarni aniqlaydigan AI-kamera hamda klaviatura o‘rniga Wacom grafik planshetining mavjudligini izohlaydi.
Brick ilovalarni bloklash qurilmasi
LLC Brick mutaxassislari vaqtincha yoki talab etilgunicha ilovalar va ularning xabarlaridan foydalanishni bloklovchi ancha qiziq devaysni ishlab chiqdilar. Brick hozircha dasturiy xususiyatlari sababli faqat iOS mavjud qurilmalarda, “g‘ishtdan” foydalanishda Short Cut buyruqlarini yoqish va o‘chirish evaziga ishlaydi. Brick devaysining o‘zi yo‘qotilganida shunchaki uning ilovasini o‘chirish mumkin – qolgan ilovalar blokdan yechilib, devaysning dasturiy tizimdagi barcha sozlanishlari qurilmadan o‘chib ketadi.
Sweanty — suvsizlanish indikatori
Shiddatli jismoniy faollik bilan shug‘ullanish jarayonida ter bilan birga tuz birikmalari ham chiqib ketadi va bu vaziyatda to‘g‘ri suv-tuz muvozanatini saqlash uchun ispaniyalik startapchilar tomonidan maxsus yopishadigan devays o‘ylab topildi. Devays mashg‘ulot vaqtida chiqarilgan tuz hajmini tahlil qilish bilan birga, uning tarkibini ham aniqlaydi va biryo‘la sportchi uchun regidratatsiya rejasini tuzib, uzoq muddatli istiqbolda uning salomatligini qo‘llab-quvvatlaydi.
Xiaomi the SU7 elektr avtomobili
Yanvar oyida Las-Vegasda bo‘lib o‘tgan CES-2024 iste’mol elektronikasi ko‘rgazmasida Xiaomi o‘zining birinchi elektrokari haqida e’lon qilgandi. Va endi Barselonadagi MWC-2024 mobil sanoat ko‘rgazmasida uni ko‘rish imkoni taqdim etildi. Bu atigi 2,78 soniyada noldan yuzgacha tezlikka chiqadigan va maksimal tezligi soatiga 265 km bo‘lgan to‘la hajmli to‘liq privodli besh eshikli sedan.
Mashinaning yurish zaxirasi 800 km, shuningdek atigi 15 daqiqa ichida 510 km yurishni ta’minlovchi o‘ta tezkor quvvatlanish mavjud. Biroq, ushbu “devaysning” eng qiziq jihati – uning intellektual texnologiyalaridir: ko‘p sonli datchiklar tufayli avto yashirin hududlarga ega emas, dasturiy muhit esa apparat tarkibiy qismini turli ssenariylarga moslashtiradi, masalan, o‘ta murakkab sharoitda mashinani to‘xtatish yoki juda tez yurishda yordam ko‘rsatish.
Samsung Galaxy Ring aqlli uzugi
Barselonadagi aynan shu ko‘rgazmada Samsung kompaniyasi uzuk shaklidagi yangi fitnes-devaysni taqdim etdi. Xususan, uzuk aqlli soatlarning o‘rnini to‘liq bosishga da’vo qilayotgani yo‘q. Ma’lumotlarga ko‘ra, uzukda sog‘lomlashtiruvchi tarkibiy qismning asosiy funksionali quvvatlanadi: uyqu sifatini kuzatish, harakatlanish, kislorod darajasi va h.k. Galaxy Ring sport mashg‘ulotlari chog‘ida soat yoki ko‘krak datchiklari halaqit qilishi mumkin bo‘lgan odamlarga mos keladi. Kundalik turmushda ham ayrim uslubdagi kiyimlarga doim soat mos kelavermaydi – ana shunday holatda uzuk ko‘proq universal hisoblanadi.
Infinix E-Color Shift texnologiyasi
Hamma yangilik – hali unutilmagan eskilikdir. 2024-yilning dastlabki o‘n kunligini shunday tasvirlash mumkin. Texnomodaga aqlli ko‘zoynaklar hamda elektron siyohlardan elektron bo‘lmagan kitoblarda foydalanish trendi asta-sekin qaytmoqda. Infinix kompaniyasi YotaPhone yo‘nalishida kichik taqdimotni e’lon qildi: Rossiya smartfonida ekran quvvatni tejash va ko‘zlarga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish qismida ko‘proq amaliy funksiyaga ega bo‘lsa, joriy smartfonda korpusning orqa qismini maksimal darajada optimallashtirish yordamida ko‘proq uslubiy yurish amalga oshirilgan.
BMW i5 Flow Nostokana art-kari
Shu o‘rinda, rangli E-Ink texnologiyalardan noodatiy foydalanishni ko‘rib chiqsak. BMW kompaniyasi 1991-yilda BMW 5-Series E34 art-kari dizaynini yaratgan 88 yoshdagi rassom Ester Maxlang sharafiga bir tusdagi elektrokar bir soat ichida afrika san’ati durdonasiga aylanadigan yangi modelni ishlab chiqardi. Elektr impulslar hamda kuzovning 1349ta E-ink segmentidan iborat o‘ziga xos qatlamli tuzilishi tufayli nafaqat ayrim sohalar va disklarning rangi, balki butun naqsh ham o‘zgaradi.
GameScent iforlar generatori
Barcha his qilish organlari ishga tushmaydigan har qanday kontentni immersiv deb nomlash qiyin. Agar vizual, tovush va hattoki taktil hislar stimulyatsiya uchun odatiy bo‘lsa, hid bilish emulyatorlari hozircha bozorda faqat g‘oya shaklida taqdim etilgan. Sizga o‘yin tovushlari – portlash, mashina haydash, yomg‘ir kabilarga ta’sirchan o‘yin uchun moslangan aromageneratorni tanishtiramiz. Uni Elevated Perceptions kompaniyasi taqdim qildi. Qurilma tovushni tahlil qilish orqali hidni shakllantiradigan sun’iy ong negizida ishlaydi. devaysning o‘zini HDMI yoki 3,5 mm porti orqali televizorga, konsolga yoki VR-garnituraga ulash mumkin.
Oppo Air Glass 3 aqlli ko‘zoynagi
MWC 2024 doirasida shuningdek Oppo tomonidan smart-ko‘zoynakning yangi avlodi taqdim etildi. Bu ikkinchi avlodga mansub mini-proyektorli monokulyarga nisbatan an’anaviyroq variant. Qurilmaga qo‘shilgan sun’iy ong elementlari va kamera kelajakda smartfondan xabar uzatish va suratga olishdan tashqari, real vaqt reajimida yozuvlarni tarjima qilish, ayniqsa mashina haydaganda yoki omma oldida nutq so‘zlaganda qo‘llar yordamisiz mobil yordamchi bilan muloqot qilish hamda hattoki boshni o‘girmasdan va asosiy mashg‘ulotdan chalg‘imasdan mayda ishlarni bajarish imkonini beradi.
Motorola va Samsung smartfon-bilakuzuklari
Mazkur kompaniyalarning MWC-2024 davomida taqdim etilgan o‘ta egiluvchan smartfonlari to‘laqonli tijorat mahsulotidan farqli o‘laroq, ko‘proq egiluvchan ekranlar namoyishidir. Biroq, g‘oyaviy jihatdan qurilmalar chindan qiziqarli. Masalan, Samsung qurilmasining kamera ortida salomatlikni kuzatish datchiklari bloki mavjud, shu bois monoblok rejimida smartfondan odatiy tarzda foydalanish, kutish rejimida esa shunchaki qurilmani bilakka taqib olish mumkin – u yurak ritmi, kundalik faollik va boshqa ko‘rsatkichlarni o‘qib boradi.
O‘z navbatida Motorola kompaniyasining konsetpofoni FHD+ yechimiga egi bo‘lib, uch holatda ishlashi mumkin: bilakuzuk va monoblokdan tashqari, uni “turgan” holatga o‘tkazish mumkin va qurilma stol soati yoki fotoramka o‘rnini bosadi.
SIM-kartalarning rSIM standarti
Bu loyiha aloqa tez-tez uziladigan yoki tarmoqqa katta yuklanish tushadigan hududlar uchun maxsus ishlab chiqilgan. Uning o‘ziga xosligi ishlash algoritmlari bilan bog‘liq: qulay sharoitlarda sim-karta bitta operatordan ishlaydi, ammo unda to‘xtalish yuz berganida darhol zaxira operatori rejimiga o‘tadi.
eSIM oldidagi bosh afzallik – texnologiya hattoki eskirgan mobil qurilmalarda ham quvvatlanadi: kartani telefonga o‘rnatishning o‘zi kifoya. Aytgandek, zaxiraga o‘tish faqat sun’iy ong bilan avtomat tarzda emas, balki foydalanuvchining istagiga ko‘ra amalga oshiriladi. Kompaniyaning aytishicha, boshqa operatorga o‘tish aloqa uzilishisiz bir zumda yuz beradi.
Aoostar GEM10 mini-kompyuteri
Mazkur kichikina qurilmada AMD Radeon 7 7840HS negizidagi haqiqatdan kuchli va zamonaviy temir joylashtirilgan. Kichik hajmiga qaramay shaxsiy kompyuterni o‘zgartirish, ichiga DDR5 standartidagi 64 Gb operativ xotira hamda xotira to‘plagichlar uchun uchtagacha NVMe 4.0 slotini joylashtirish mumkin. Biroq, uning asosiy ustuvorligi sifatida tashqi videokartalarni ulash imkonini beradigan OCULINK slotini qayd etish mumkin. Ya’ni qurilma o‘yinlarni yaxshi ko‘radiganlar yoki murakkab grafika bilan shug‘ullanadiganlar uchun ajoyib tanlov bo‘ladi.
Nubia Music smartfoni
Nubia tomonidan taqdim etilgan o‘ziga xos noyob audiofon dts X kattalashtirilgan dinamikiga ega. Kompaniyaning ta’kidlashicha, devays oddiy smartfondan olti karra balandroq, tovush sifati uchun esa sun’iy ongga asoslangan algoritmlarga ega DTS:X Ultra effektlari javob beradi. Smartfon rangli dizaynga ega, uning dinamigi esa jozibador perforatsiyali vinil plastinka shaklida ishlangan.
Musiqa borasida ham Music ikkita 3,5 mm Jack ulanish joyi bilan kuchli farq qiladi, zero unga ikki kishi uchun ikki juft quloqchinni yoxud kattaroq jamoa uchun ikkita tashqi audiotizimni ulash mumkin. Qolgan holatda bu kundalik suratlar uchun 90 Gts ekran va 50 MP asosiy kameraga ega hamyonbon narxdagi an’anaviy smartfon.