Flat Preloader Icon
Xofiz Shaxidi: Biz O‘zbekistondagi yangilanishlarning ilg‘orlari safida bo‘lishdan mamnunmizXofiz Shaxidi: Biz O‘zbekistondagi yangilanishlarning ilg‘orlari safida bo‘lishdan mamnunmiz

Xofiz Shaxidi: Biz O‘zbekistondagi yangilanishlarning ilg‘orlari safida bo‘lishdan mamnunmiz

Jefferson Capital investitsiya kompaniyasi Markaziy Osiyo mintaqasini investitsiyaviy jozibadorlik nuqtai nazaridan qanday baholaydi? O‘zbekiston unda qanday o‘rinni egallagan? Alif kompaniyasi o‘z oldiga qanday maqsad va vazifalarni belgilagan?

Yuqoridagi masalalar haqida The Mag Business O‘zbekiston bozorida Alif brendi ostida faoliyat yurituvchi Alif Capital Holdings kompaniyasining eng yirik aksiyadorlaridan biri sanalgan Jefferson Capital raisi – Xofiz Shaxidi bilan suhbatlashdi.


  • Siz Markaziy Osiyodagi eng yirik xalqaro investitsiya kompaniyalaridan biri bo‘lgan Jefferson Capital vakilisiz. O‘zbekiston haqida gap boshlashdan avval Jefferson Capital kompaniyasining investitsiya faoliyati haqida so‘zlab bersangiz. Nima uchun ko‘plab turli istiqbolli loyihalar orasida asosiy kapital qo‘yilmalari uchun aynan Alif kompaniyasini tanladingiz? Qanday maqsad va niyatlarni ko‘zlagansiz?

Jefferson Capital – salmoqli loyihalar puliga ega bo‘lgan xalqaro investitsiya bozoridagi yirik o‘yinchilardan biridir. Investitsiya kompaniyasi sifatida biz shunchaki istiqbolli emas, balki eng yaxshi loyihalarni tanlashga harakat qilamiz. Hamkorlarimiz bizga o‘z mablag‘larini ishonib topshirgani tufayli, pullarni qayerga kiritishga jiddiy yondashamiz va har tomonlama tahlil o‘tkazamiz. Bunda investitsiya tavakkallarini baholashga an’anaviy yondashuvni innovatsion va texnologik yechimlar bilan birga qo‘llashga intilamiz.

Nima uchun aynan Alif? Kompaniya Markaziy Osiyo bozorida birinchilardan bo‘lib mutlaqo yangi, innovatsion tamoyillar asosida ishlay boshlagan va eng ilg‘or standartlarni joriy qilishga intilgan. Biz bu salohiyatni aniq ko‘ra oldik va muvaffaqiyatga erishish borasida aslo shubha qilmadik.

Xofiz Shaxidi: Biz O‘zbekistondagi yangilanishlarning ilg‘orlari safida bo‘lishdan mamnunmiz

Jefferson Capital sarmoya kiritish uchun loyihalarni tanlashda jamoaning ikkita asosiy jihatiga tayanadi: professionallik va halollilik. Biz mas’uliyatlilik va insoflilikni qadrlagan holda, meritokratiya, ya’ni munosib boshqaruv tamoyillariga amal qilamiz hamda bilimi va qat’iy mehnati yordamida yuqori natijalarga erishadiganlarni qo‘llab-quvvatlaymiz.

Ko‘rib turganingizdek, natijalar o‘zini oqlabgina qolmay, balki biz kutganimizdan ziyoda bo‘ldi. Kompaniyani qisqa muddatli faoliyati davomida qayd etilgan hayratlanarli raqamlar, uning yetakchilik pozitsiyalari ortiqcha shubhaga o‘rin qoldirmaydi.

Biroq yana bir narsa, ya’ni kompaniyaning ildizlari Markaziy Osiyoga borib taqalishini alohida qayd etish zarur. Men chet elda bo‘lganimda doim Vatanim va umuman mintaqaga aloqador yangiliklarni e’tibor bilan kuzataman, erishilgan yutuqlardan quvonaman. Men mintaqamizni butun dunyoga tanitayotgan shunday muhim loyihada ishtirok etayotganimdan, biz faqat buyuk tarixga ega bo‘libgina qolmay, balki hozirda jiddiy, ilg‘or qadamlarni bosayotganimizdan g‘ururlanaman.

Alif intellektual salohiyatni rivojlantirishni tanlaydi, chunki aynan ta’lim va sog‘lom fikrlovchi odamlar uzoq muddatli farovonlikning kalitidir

So‘nggi yillarda Jefferson Capital sarmoyalarini Alif kompaniyasiga yo‘naltirdi va jami bo‘lib $130 milliondan ortiq moliyalashtirishni jalb qildi. Bu O‘zbekiston iqtisodiyoti va Alif jamoasiga nisbatan ishonchimizning yaqqol dalilidir.

  • Hozirda Jefferson Capital qanday investitsiya loyihalarini amalga oshirmoqda?

Alif’dan tashqari, bugungi kunda Jefferson Capital O‘zbekistonda ko‘chmas mulk sohasiga doir investitsiya loyihalariga faol pul kiritmoqda. Xususan, kompaniya Tashkent City hududini rivojlantirish doirasida “Бульвар” istiqbolli loyihasini amalga oshirishda ishtirok etgan. Shuningdek, Samarqandda tijorat ko‘chmas mulkiga jiddiy sarmoyalar ham mavjud.

Samarqand haqida gapiradigan bo‘lsak, bu shahar mening oilam uchun katta ahamiyatga ega. Mening ajdodlarim shu shaharda tug‘ilgan va yaqinda Samarqandda Tojikiston SSRning mashhur bastakori sifatida nom qozongan buvam – Ziyodullo Shaxidining uyini sotib olishga erishdik.

Bundan tashqari, Jefferson Capital kompaniyasi Qozog‘istonda (mineral resurslar bo‘yicha) va Buyuk Britaniyada muvaffaqiyatli loyihalarga ega, shuningdek biz dunyodagi eng nufuzli va barqaror ko‘chmas mulk bozorlaridan biri hisoblangan Monakoda ko‘chmas mulkka sarmoya kiritamiz. Investitsiyalarimiz turar-joy majmualari va tijorat ob’ektlaridan iborat bo‘lib, ular sarmoyadorlarimiz uchun ishonchli daromad va yuqori xavfsizlik darajasini ta’minlaydi.

2014-yilda Jefferson Capital tomonidan GTL Terminals Ltd kompaniyasi (sobiq Pan European Terminals Ltd) sotib olingan. GTL Terminals Ltd logistika va terminal tarmog‘ini boshqaradi. GTL’ning asosiy terminali – kimyoviy mahsulotlarni saqlash va qayta ishlashga ixtisoslashgan Daniyadagi Aabenraa Terminal terminalidir.

Shu tariqa, Jefferson Capital butun dunyo bo‘ylab xilma-xil va istiqbolli loyihalarga mablag‘ kiritish orqali o‘zining investitsiya portfelini kengaytirishda davom etmoqda. Bizning innovatsiyalar, barqarorlik va uzoq muddatli rivojlanishga bo‘lgan ishonchimiz mijozlar va investorlar uchun ishonchli hamkorga aylanish imkonini beradi.

  • O‘zbekistondagi keng ko‘lamli islohotlar Alif’ning yangi bozorga kirib kelishi davriga mos tushdi. Aynan shu davrda O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi munosabatlar yangi bosqichga ko‘tarildi. Sizningcha, aynan shu hodisalar Alif’ning O‘zbekiston bozoriga kirishiga hal qiluvchi omil bo‘ldimi?

Shubhasiz. Bundan tashqari, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi mental yaqinlik bozor sharoitlariga moslashish va ularni tushunish jarayonini sezilarli darajada osonlashtirdi.

O‘zingiz aytganingizdek, so‘nggi yillarda O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi munosabatlar ko‘p jihatdan ikki davlat rahbarlarining tashabbusi sababli har tomonlama rivojlanib, mustahkamlanib bormoqda. Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi yaqin diplomatik va iqtisodiy aloqalar umumiy manfaatlar yo‘lida xizmat qilish orqali biznes rivojlanishi, g‘oyalar va texnologiyalar almashinuviga yordam bermoqda.

Yangi O‘zbekistonning siyosiy va iqtisodiy ochiqlik sari olgan yo‘nalishi, shuningdek ikki davlat o‘rtasidagi barqaror taraqqiyot sababli, biz bugungi kunda biznesni to‘laqonli rivojlantirish, uzoq muddatli rejalar tuzish imkoniga ega bo‘ldik.

  • Alif Markaziy Osiyoda va xorijda innovatsion moliya mahsulotlarini taklif qiluvchi kompaniya sifatida keng nom qozongan. Nima deb o‘ylaysiz, O‘zbekistonda Open Banking qanday rivojlanish istiqbollariga ega?

Open Banking borasida kelajakka qarashlar, hukumatning raqamli o‘zgarishlarga tayyorligi hamda moliyaviy sektorda innovatsiyalar qo‘llab-quvvatlanayotganini hisobga olganda, ayniqsa ko‘tarinki.

Xofiz Shaxidi: Biz O‘zbekistondagi yangilanishlarning ilg‘orlari safida bo‘lishdan mamnunmiz

O‘zbekiston nafaqat buyuk tarixga ega, balki hozirda jiddiy, ilg‘or qadamlarni bosayotgan mamlakatdir

Bugun O‘zbekistonda fintech sohasidagi kompaniyalar bozor hajmlari bo‘yicha yirik bank kapitali bilan teng raqobatlasha oladigan noyob vaziyat yuzaga kelgan. Bu holat hozirda bu yerda ishlayotgan hamda yangi g‘oya va yechimlarni faol joriy qilayotgan ko‘plab chet ellik mutaxassislar va ekspertlar tomonidan ta’kidlanmoqda. Biroq, qator ko‘rsatkichlar bo‘yicha ijobiy o‘sishga qaramay, bozor o‘z salohiyatini hali to‘liq amalga oshirmagan. Qisqa qilib aytganda, miqdor va sifat yuzasidan hali o‘sadigan yo‘nalish bor.

  • Moliyaviy texnologiyalar bozorining rivojlanishi axborot texnologiyalari taraqqiyoti bilan baravar qadam bosmoqda. O‘zbekiston bugun kompleks raqamli rivojlanishga yo‘nalish olgan mintaqaviy IT-xabga aylanishga intilmoqda. Ushbu yo‘nalishda qaysi muhim jihatlarni ajratib ko‘rsata olasiz?

Mamlakat yangi, zamonaviy davlatni yaratishga yo‘nalish olgan va raqamli texnologiyalar ushbu o‘zgarishlarda hal qiluvchi ahamiyatga ega. Qayd etish joizki, hozirda O‘zbekiston IT-infratuzilmasini yaratish, elektron hukumat va davlat xizmatlari tizimlarini rivojlantirish, kadrlarni keng ko‘lamda tayyorlash evaziga sifatli raqamli o‘zgarishlar davriga kirib bormoqda.

Bunda IT-biznesni qo‘llab-quvvatlash sohasidagi choralarga alohida e’tibor qaratishni istardim. Mazkur omil ham O‘zbekiston bozoriga kirishda Alif uchun juda muhim edi. Biz mamlakat rahbariyatining xorijiy IT-kompaniyalar uchun jozibador shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha harakatlarini yuqori baholaymiz.

  • Yana Alif’ga qaytsak. Kompaniya o‘zbek bozorida 5 yildan buyon ishlab keladi va shu davr ichida katta yutuqlarga erishdi. Bugun Alif iste’molchilarga ishonchli innovatsion mahsulotlar va yechimlarni taklif qilgan holda, fintech muhitida yetakchi o‘rinlarni egallab kelmoqda. Alif muvaffaqiyatining siri nimada? Fikringizcha, qanday tamoyillar kompaniyaga qisqa vaqt ichida shunchalik katta muvaffaqiyatga erishish imkonini berdi?

Alif o‘z faoliyatida asosiy tamoyil – iste’molchilariga ularning hayotini yaxshilaydigan innovatsion va dolzarb yechimlarni taklifni berishga qat’iy amal qiladi. Bunday yondashuv sababli kompaniya moliyaviy texnologiyalar bozorining yetakchilaridan biriga aylandi.

Va eng asosiysi, biz Alif aksiyadorlari sifatida shunchaki biznesni rivojlantirmaymiz, balki Markaziy Osiyoda mavjud katta salohiyatga ishonch bildiramiz. Tarix mamlakatni to‘laqonli rivojlantirish uchun faqatgina tabiiy resurslarning o‘zi yetarli emasligini bizga o‘rgatadi. Alif intellektual salohiyatni rivojlantirishni tanlaydi, chunki aynan ta’lim va sog‘lom fikrlovchi odamlar uzoq muddatli farovonlikning kalitidir.

Bizning innovatsiyalar, barqarorlik va uzoq muddatli rivojlanishga bo‘lgan ishonchimiz mijozlar va investorlar uchun ishonchli hamkorga aylanish imkonini beradi

Global tajriba miqyosida BAA yaqqol misol bo‘lishi mumkin. Mamlakat ulkan neft zaxiralariga ega bo‘lishiga qaramay, bugungi kunda uning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 30 foizdan oshmaydi. Mamlakat iqtisodiyotini diversifikatsiyalashga erishib, boshqa tarmoqlar, jumladan turizm va IT sohalarida sezilarli o‘sish sur’atlarini namoyon qilmoqda.

Xofiz Shaxidi: Biz O‘zbekistondagi yangilanishlarning ilg‘orlari safida bo‘lishdan mamnunmizKo‘p jihatdan ushbu muvaffaqiyat boshqaruvchilarning odilona siyosatiga bog‘liq. “Tangri o‘z cheklovlarimizni tushunish uchun bizga donolik ato etsin” – bu jumla ishga butun dunyodan eng munosib nomzodlar, eng zo‘r professionallarni jalb qilish imkonini beradigan yondashuvni to‘liq aks ettiradi. Bu mamlakat iste’dodli boshqaruvchilarni yollash orqali yuksak natijalarga erishish uchun intellektual salohiyatni rivojlantirish va o‘z cheklovlarini tan olish naqadar muhimligini namoyon etmoqda.

Shu bois Alif xodimlarga ustuvor e’tibor qaratib, ularning shaxsiy va kasbga doir salohiyatini to‘liq ochishga intiladi. Aynan katta va o‘zaro hamjihat jamoa – Alif kompaniyasi muvaffaqiyatining poydevori hisoblanadi.

Biz Markaziy Osiyoda mintaqaga yangicha shakl berishga qodir kashfiyotchilar va professionallar avlodini ko‘paytirish ustida muntazam ish olib boramiz.

O‘zbekiston IT-infratuzilmasini yaratish, elektron hukumat va davlat xizmatlari tizimlarini rivojlantirish, kadrlarni keng ko‘lamda tayyorlash evaziga sifatli raqamli o‘zgarishlar davriga kirib bormoqda

Taraqqiyot haqida fikr yuritib, kelajakka nazar tashlaganimizda, aynan moliyaviy texnologiyalar, ta’lim va xalqaro hamkorlik shaklidagi umumiylik O‘zbekiston uchun jadal yo‘lni ochib berayotganini tushunamiz. Biz ana shunday o‘zgarishlarning ilg‘orlari safidan o‘rin olganimizdan mamnunmiz.

Hamkorlik yangiliklari