Flat Preloader Icon
Yashil energetikaYashil energetika

Yashil energetika

Nima sababdan biz ba’zi energiya manbalarini muqobil deb ataymiz? Jahon energetikasi 90% holatda qazilma resurslar – neft, gaz, ko‘mirga bog‘liq. Garchi ular ko‘pgina ishlab chiqarish korxonalari va tizimlar uchun odatga aylanib qolgan bo‘lsa-da, ulardan foydalanishda bir qancha muammo va xatarlar uchrab turadi.

Cheklanganlik. Qazilma resurslar cheklangan va ularni to‘ldirish imkonsiz. British Petroleum kompaniyasining baholashicha, dunyodagi ko‘mir zaxiralari yana yaqin 100 yilga, neft esa – 500 yilga yetadi. Ba’zi ekspertlar bunday bashoratlarni mubolag‘ali deb hisoblashadi, biroq ertami-kechmi odamzod baribir resurslar tanqisligi yoki uning butunlay tugashi bilan yuzlashadi.

Ekologiyaga zarari. Qazilma boyliklarni qazib olish tabiatga katta zarar yetkazishni taqozo etadi, ko‘pchilik olimlarning fikriga ko‘ra, ulardan foydalanish iqlim o‘zgarishining asosiy sabablaridan biridir. Parij bitimi (jahon iqlimi va energetik siyosatini boshqaruvchi hujjat) ning xabar berishicha, qazilma resurslaridan voz kechishsiz buning imkoni yo‘q.

Siyosiy beqarorlik. Xalqaro munosabatlar tizimi hozirgi kunda ko‘p jihatdan qazilma resurslarining mavjudligi hamda ularni sotish yoki sotib olish imkoniyatlariga bog‘liq. Energetika bozoridagi vaziyatdan kelib chiqqan holda global qaramlikni pasaytirish tizimni sog‘lomlashtirishga – masalan, resurslar sabab kelib chiqadigan nizolar ehtimolini kamaytirgan va energiya tashuvchilar narxini pasaytirishga imkon yaratgan bo‘lardi.

Bu masalalar yechimiga kalit – energiyaning muqobil manbalari – zaxiralari tugamaydigan tabiat resurslaridan foydalanish bo‘lishi mumkin. Ushbu resurslardan ko‘pchiligi ancha vaqtlardan beri insonlar tomonidan foydalanib kelinadi, zamonaviy texnologiyalar hamda ilm-fan imkoniyatlarini uyg‘unlashtirgan holda esa muqobil energiya samaradorligi bir necha barobarga o‘sishi mumkin.

Energiyaning qanday muqobil manbalari mavjud

Quyosh. Yer yuziga yil davomida tushadigan quyosh energiyasi hajmi bizning ehtiyojimizdan o‘n ming marta ko‘p. Fotoelementlar, quyosh elektrostansiyalari va b.lardan tashqari, Quyosh energiyasi avtomobil va mexanizmlarni quvvatlantirishda ham foydalanilishi mumkin, hozirgi kunda esa quyosh batareyalarida ishlaydigan uchuvchisiz samolyotlarni yo‘lga qo‘yish ustida izlanishlar olib borilmoqda. Taxmin qilinishicha, 2050-yilga kelib ko‘mir butunlay energiya o‘rnini bosishi mumkin. Gelioenergetikaning ehtimoliy kamchiliklari qatorida  infratuzilma bahosi hamda ob-havo iqlimi sharoitlariga bog‘liqlik turibdi.

Suv. Gidroenergetika dunyoning ko‘plab mamlakatlarida yaxshi rivojlangan va keng tarqalgan. Masalan, ko‘tarilish suv va to‘lqin elektrostansiyalari, shuningdek mikoro va mini-GESlar (an’anaviy yirik GES lar ekologik xavf bilan bog‘liq: ularning qurilishi va ishlashi yaqin hududlar ekotizimiga jiddiy izdan chiqarishi va qishloq xo‘jaligiga talafot yetkazishi mumkin). Shu bilan birga yerosti oqimlarining imkoniyatlari ham faol o‘rganilmoqda.

Shamol. Shamolning kinetik energiyasi potensiali Yerning barcha suv havzalarining gidroenergetik potensialidan yuz baravar yuqori. Dunyoda qadim zamonlardan beri turli xil shamol qurilmalari (masalan, tegirmonlar) dan foydalanilgan bo‘lsa-da, so‘nggi bir necha yil ichida shamol energetikasi sohasida katta yutuqlarga erishildi va endi uni global atom energiyasi bilan taqqoslash mumkin.

Yerdan chiqadigan issiqlik. Geotermal energetika sayyoramiz qa’rida ishlab chiqariladigan issiqlikdan foydalanish imkonini beradi. Bu, ayniqsa, vulqon faolligi yuqori va ko‘p miqdordagi issiqlik manbalariga ega bo‘lgan hududlarda dolzarb sanaladi. Geotermal energetikaning afzalligi – iqlimga va kun vaqtiga bog‘liq emasligidir (gelio va shamol energetikasidan farqli o‘laroq).

Biomassa. Bioyoqilg‘i insonlar tomonidan ming yillar davomida foydalanib kelinmoqda (bioyoqilg‘ining eng qadimgi turi o‘tin hisoblanadi), ammo uning barcha turlari ham qayta tiklanavermaydi. Bioenergetikaning eng istiqbolli yo‘nalishlari orasiga suv o‘tlaridan foydalanish kiradi. O‘simlik va hayvonot chiqindilarini qayta ishlash esa nafaqat ularni utilizatsiya qilish muammosini hal etishga, balki bu jarayonda energiya ishlab chiqarish imkonini ham beradi.

  • 90% – bugungi kunda dunyo energetikasining shunchasi qazilma resurslarga bog‘liq
  • 10 ming – Yerga tushadigan quyosh energiyasi miqdori odamlarning energiyaga bo‘lgan ehtiyojidan shunchalik ko‘p
  • 100 – shamolning kinetik energiyasi potensiali Yerdagi barcha suv havzalarining gidroenergetik potensialidan shuncha martaga ko‘p
  • 100% – Islandiyadagi jami energiyaning shunchasi muqobil energiya manbalari: suv va geotermal resurslardan iborat

Energetika bo‘yicha xalqaro agentlik (IAE) ning 2023-yil oktabr oyidagi bayonotida birinchi navbatda quyidagi besh muammoni hal etishga da’vat etiladi:

  • qayta tiklanadigan energiya iste’molini xalqaro darajaga olib chiqish;
  • energiya samaradorligini yaxshilash sur’atini ikki barobarga oshirish;
  • qazilma resurslar bilan bog‘liq metan chiqindilarini 75%ga kamaytirish;
  • rivojlanayotgan davlatlarda toza energiyaga o‘tishni moliyalashtirish;
  • qazilma resurslardan foydalanishga qarshi chora-tadbirlarni qabul qilish, ko‘mir asosida yangi ishlab chiqarish korxonalarini qurishni qisman taqiqlash.

Dunyo bo‘ylab implementatsiya qilish

Hozirgi vaqtda muqobil energiya manbalarini hammadan ham ko‘proq iste’mol qilayotgan besh davlat – Xitoy, AQSH, Germaniya, Braziliya, Hindiston sanaladi. Biroq ushbu mamlakatlar an’anaviy qazilma resurslar iste’moli bo‘yicha yetakchilaridir va hozircha ulardan voz kechish niyati yo‘q, buning uchun ular tez-tez tanqidga uchrab turadi. Dunyoda muqobil energiya manbalari imkoniyatlaridan foydalangan holda an’anaviy energetikani tark etayotgan unchalik yirik bo‘lmagan iqtisodiyot namunalari mavjud.

Yashil energetika

Islandiya. Orol qayta tiklanadigan manbalardan o‘zini 100% energiya bilan ta’minlaydi: 73% – gidroenergetikaga, 27% – geotermal manbalarga to‘g‘ri keladi. Shubhasiz, muvaffaqiyat sirlaridan biri – Islandiya hududida noodatiy miqdordagi vulqonlar mavjudligidir, mahalliy energetiklar undan uylarni isitishda foydalanishni o‘rganib olishgan. Gidroenergetika asosan, muzliklar va yerosti oqimlariga bog‘liq.

Yashil energetika

Norvegiya Islandiyadan biroz orqada: bu yerda asosiy tarkibi suv energiyasi hisoblanmish 98% “yashil” energiya mavjud. Bundan tashqari, Norvegiya asosiy e’tiborini bioyoqilg‘i va  chiqindini qayta ishlashga qaratgan. 2017-yilda binolarni isitishga sarflangan energiyaning 50%i aynan chiqindini qayta ishlash evaziga hosil qilingan. Shuningdek, mamlakat 2025-yilga kelib, butunlay elektr transportga o‘tishni rejalashtirmoqda: bugungi kunda ushbu davlat elektrokarlardan foydalanish bo‘yicha dunyodagi mutlaq yetakchi davlat hisoblanadi.

Kosta-Rika. Bu yerda deyarli 98% energiya muqobil manbalardan olinadi – ammo shu bilan birga isitish, transport va boshqa sohalarni ta’minlovchi neft va gazga ulkan qaramlik mavjud. Ushbu muammoni hal qilish uchun Kosta-Rika 2050-yilga qadar qazilma resurslardan butunlay voz kechish rejasini ishlab chiqdi. Rejaning asosiy maqsadi mamlakatdagi zararli chiqindilarning 40% uchun “javobgar” hisoblanmish jamoat transportini modernizatsiya qilish bo‘ladi.

Yashil energetika

Urugvay. Mamlakatdagi energiya iste’molining 97%i shamol va quyoshga bog‘liq. O‘n yildan kamroq vaqt ichida shamol energetikasini deyarli noldan yaratishning uddasidan chiqdi va bugungi kunda shamol elektr stansiyalari taxminan 4000 megavatt energiya ishlab chiqaradi. Urugvayda energetika rivojining yana bir qiziqarli sohasi toza vodoroddan foydalanish hisoblanadi.

Yashil energetika

Keniya. Mamlakatda gidro-va geotermal energiya mukammal rivojlangan va shu tufayli ishlab chiqarilgan barcha energiyaning 93% toza. Energetikaning rivojlanishi Keniyani elektrlashtirish muammosini tezroq hal qilishga yordam berdi, chunki uning aholisining barcha qatlami ham elektr energiyasidan foydalana olmagan. 2019-yilda Keniya Afrikadagi taxminan 310 megavatt energiya ishlab chiqaradigan eng yirik shamol fermasiga ulandi.

Yashil energetika

Shotlandiya. Elektr energiyasining 90 foizi muqobil energiya manbalaridan olinadi va 2030-yilga qadar mamlakat barcha energiyaning kamida yarmini “yashil” energiyaga aylantirishni rejalashtirmoqda. Hukumat ushbu maqsadga erishish uchun 30 million yevrodan ko‘proq mablag‘ sarfladi. Yana bir istiqbolli yo‘nalish – bu yo‘llarni dekarbonizatsiya qilish sanaladi: benzin va dizel yoqilg‘isidagi mashinalarni elektr mashinalar yoki o‘ta past ifloslantirish darajasiga ega mashinalariga to‘liq almashtirish 2040-yilga kelib amalga oshirilishi mumkin.

Shvetsiya. Muqobil energiya manbalariga o‘tish bo‘yicha umumevropa ko‘rsatkichlariga erishgan birinchi mamlakat (bundan tashqari, bu rejalashtirilganidan sakkiz yil oldin amalga oshirilgan!). Qizig‘i shundaki, qolaversa, Shvetsiya birinchi galda, atrof-muhitning ifloslanish darajasining pastligi bilan ajralib turadigan yadro energetikasiga bog‘liq. Biroq, energetikaning mazkur yo‘nalishini  “toza” deb hisoblash mumkinligi haqida turlicha fikr-mulohazalar mavjud.

Yashil energetika

O‘zbekiston. Mamlakatimizda yilning 320 kuni quyoshlidir, bu esa muqobil energiya manbalarini rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar yaratib beradi. 2020-yildan boshlab ishlab chiqarilayotgan quyosh energiyasi hajmi – asosan Navoiy viloyatida 30 mingdan ortiq uy xo‘jaliklarini energiya bilan ta’minlashga qodir yirik quyosh elektr stansiyasi qurilishi evaziga sezilarli darajada oshdi. Yaqin bir necha yil ichida yana to‘qqizta quyosh va ikkita shamol elektr stansiyalarini qurish rejalashtirilmoqda.

Bundan tashqari, respublikada quyosh energiyasidan foydalanish hajmini oshirishga qaratilgan qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Davlat tashkilotlari tomlariga quyosh panellari o‘rnatilmoqda. Shuningdek, quyosh panellarini yoqilg‘i quyish shoxobchalarini o‘rnatish lozim. Imorat quruvchilar endilikda tom maydonining kamida yarmini quyosh panellari uchun ajratishlari shart. Va nihoyat, bunday qurilmalardan o‘zlari foydalanishni boshlagan aholi kommunal xizmatlarni to‘lashda imtiyozlarga ega bo‘lishadi.

Yashil energetika

Hamkorlik yangiliklari