Gonkonglik startap Lawk velosipedchilar uchun ichiga ko‘plab funksiyalar qurilgan ko‘zoynakni ishlab chiqdi. Birinchidan, ikkala linzaga, real vaqt rejimida, joriy tezlik, bosib o‘tilgan masofa, sarflangan vaqt, yurak qisqarishlari chastotasi va pedallarni aylantirish chastotasi, hamda yoqilgan kaloriyalar haqidagi ma’lumot proyeksiya qilinadi. Linzalarda navigatsiya bilan bog‘liq maslahatlar va kiruvchi matnli xabarlar aks etishi mumkin. Ikkinchidan, ko‘zoynaklarda musiqa tinglash yoki ovozli buyruqlar berish mumkin. Uchinchidan, video ham olish mumkin: xotira taxminan olingan materialning 70 daqiqasiga yetadi, batareykalar ishlashi esa – 6-7 soatga. Rejalashtirilayotgan chakana narxi – $499.
Bat Universiteti (Buyuk Britaniya) qoshidagi Reveal markazining tadqiqotchilari ko‘plab eksperimentlardan so‘ng, trener yuzining o‘rniga ko‘rayotgan odamning o‘z yuzi qo‘yilgan (deepfake texnologiyasi yordamida) jismoniy mashqlar qilishni o‘rgatuvchi videoni ko‘rish, bu jarayonni yanada tezlashtiradi va osonlashtiradi degan xulosaga kelishdi. Ya’ni, odamda, uning o‘zi “o‘qituvchi” bo‘lishi natijasida, ayniqsa u yaxshi natijalarni ko‘rayotgan bo‘lsa (ushbu holatda – trenerning tanasi), o‘qishga bo‘lgan motivatsiya yanada oshadi. Olimlar ta’kidlashicha, hozircha bu deepfake’dan oddiy hayotda ijobiy foydalanishning yagona holati hisoblanadi (sababi, umuman olganda, ushbu texnologiya yolg‘on xabarlar tarqatish xavfi tufayli ko‘proq salbiy izohlarga olib kelmoqda).
Tsubame Industries tokiolik startapi balandligi 4,5 metr bo‘lgan robotni taqdim etdi, uning asosiy xususiyati shundaki, uni boshqaradigan inson bevosita uning ichida joylashadi. Shunday qilib, bu haqiqiy robot-transformer (to‘g‘ri, u g‘ildirakda harakatlanadi), u 10 km/soat tezlik bilan harakatlanishi va hattoki shaklini o‘zgartirishi mumkin. Uning yaratuvchilari shuni ta’kidlaydiki, bunday robot tabiiy ofatlarni bartaraf etishda yoki aero-kosmik sanoatida foydali bo‘ladi. Bu robot uchun $3 mln. so‘rashyapti.
2026-yilga kelib Dubayda uchar taksilar butunlay ishga tushiriladi. Ular uchun londonlik Skyports kompaniyasi shaharda, xalqaro Dubay aeroportidan uzoq bo‘lmagan masofada, maxsus “vertiport” (vertikal parvoz qiladigan uchar apparatlar uchun aerodrom) qurib beradi. Aerotaksi 300 km/soatgacha tezlikni rivojlantiradi, unda pilot va to‘rtta yo‘lovchi sig‘ishi mumkin. Skyports direktori Dunkan Uoker aytishicha, bunday taksida aeroportdan jahon miqyosida mashhur Palma Jumeyragacha 6 daqiqada (hozirgi 45 ning o‘rniga) yetib olsa bo‘ladi.
Allen nomidagi Kompyuter fanlari va injeneriya maktabidan (AQSh) olimlar xonada gapirayotgan insonlarning ovozlarini ajratish qobiliyatiga ega tizimni o‘ylab topishdi. Bu bir necha mayda mikrofonlardan (angishvona kattaligida) tashkil topgan butun bir apparat bo‘lib, ular joyning har xil zonalariga o‘rnatiladi va taxminan shovqinni bosuvchi quloqchinlar kabi ta’sir qiladi.
Rossiyaning MISiS fan va texnologiyalar universitetining olimlari tomonidan ishlab chiqarilgan, yumshoq to‘qimalarni chop etuvchi bioprinter hayvonlarda sinovdan o‘tkazildi va tadqiqotning keyingi bosqichlariga tayyor. Printer robotlashtirilgan qo‘l ko‘rinishida bo‘lib, amaliyot xonasida bemorning o‘zidayoq tirik hujayralarni chop eta oladi. Apparat avval jarohatni skanerlaydi, uning 3D-modelini yaratadi, keyin esa tirik hujayralarga ega gidrogelli kompozitsiya bilan to‘ldiradi. Ushbu kashfiyot kuyishlar, yaralash va yumshoq to‘qimalarning keng ko‘lamda shikastlanishlarini progressiv davolash usuliga aylanishi kutilmoqda.
Humane kompaniyasidan texnologlar (uni Apple dan chiqqanlar ochishgan) “biz odatlanib qolgan smartfonlardan keyin keladigan” gadjet yaratishga harakat qilishmoqda. Hozirda ular Ai Pin mahsulotini taqdim etishib, u bir oz kattaytirilgan Apple Watch ga o‘xshash. U kiyimga to‘g‘nag‘ich singari (yoki misol uchun, kamarga) qadalib qo‘yiladi va proyeksion turdagi interfeysga ega. Ya’ni, uning o‘z ekrani yo‘q – u ma’lumotni…to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘lingizga chiqaradi! Texnik jihatdan esa, moslama oldindan sun’iy intellekt bilan bog‘langan, demak apparat bilan gaplashish va unga topshiriqlar berish mumkin (“U” filmini eslaysizmi?).
Xitoylik kashfiyotchilar samokatda loy va qorda uchish usulini o‘ylab topishdi. Sunny Times G63 DIY qordayurar (snegoxod) va hattoki vezdexodga aylanishi mumkin: g‘ildiraklar osonlik bilan gusenitsalar yoki mini-chang‘iga o‘zgaradi. Yurish zapasi 50 km/soat maksimal tezlikgacha 80 km ni tashkil qiladi. Xitoydagi narxi $1250 dan boshlanadi.
Kompyuter kreslolari va stollarini ishlab chiqaruvchisi Cougar kompaniyasi Computex 2023 ko‘rgazmasida NxSys Aero kreslosini taqdim etib, u dekorativ yoritkichli ichiga qurilgan ventilyatorga ega. Ventilyator, butun tanani sovitib turish uchun, bevosita kresloning suyanchig‘ida joylashgan. O‘rindiqning o‘zi cho‘mich shakliga ega bo‘lib, bu inson vaznining to‘g‘ri taqsimlanishini ta’minlaydi.
LiquidView Windows kompaniyasi AQShda oyna ortida istalgan manzarani namoyish etuvchi “raqamli derazalar” sotuvini boshladi. Bu foto gul qog‘ozlarining analogi emas, bu yozib olingan, halqalangan video bo‘lib, kun davomida kadrlar takrorlanmaydi. Yaratuvchilar ta’kidlashicha, har bir manzara 24 soat davomida to‘liq metrajli filmlar olish uchun kameralarga olinadi, tayyor video esa 8K supersifat formatida chiqadi.
Meta mashhurlarga, ularni chat-botlarga aylantirish maqsadida, millionlab dollarlar to‘laydi. The Information xabar berishicha, ismi aytilmagan qaysidir bir taniqli inson bunday ishlashning atigi 6 soati uchun naq besh million olgan. O‘tgan oyda Mark Sukerberg, mashhur insonlar shaxslariga “asoslangan” chat-botlarni e’lon qildi, shu jumladan, model Kendall Djenner, futbolchi Tom Bredi, YouTube-bloger Djeyms Donaldson va boshqalar. Ayni paytda ular faqat matn bilan cheklangan, biroq kompaniya, ushbu sohta yulduzlar foydalanuvchilar bilan video orqali ham muloqot qilishini istamoqda.