Aksariyat buyuk shaxslarning tarjimai xolida “g‘alati qiliq” so‘zlari bilan ta’riflash to‘g‘riroq tuyuladigan odatlar topiladi.
Masalan, yozuvchilarni olsak. Balzak litrlab qahvasiz, Pushkin esa limonadsiz ishlay olmagan, Nabokov asarlarini kichkina kartochkalarda yozgan, Xeminguey bir kunda faqat 500 ta so‘z yozgan, Dovlatov gaplarda bir xil harfdan boshlanadigan so‘zlardan foydalanmagan, Kapote yotgan holda, Dostoyevskiy esa turgan holatda yozgan, Byordjess batafsil ta’riflar uchun lug‘atning tasodifiy sahifasini ochgan, Shiller va Agata Kristi olma iforisiz ijod qila olmagan. Va hokazo, va hokazo.
Siz qachondir o‘zingizni xuddi telefonda gaplashayotgandek ko‘rsatganmisiz? Statistikaga ko‘ra, 40 foiz odamlar kamida bir marta shunday qilgan. Biz noqulay vaziyatlarni chetlab ztish yoki jamoatchilik kutishlaridan qochish maqsadida muloqot tasavvurini hosil qilish orqali imo-ishora qilamiz. Bu himoya reaksiyasi: biz g‘alati bo‘lib ko‘rinishdan ko‘rqamiz. Va g‘alati bo‘lib ko‘rinish qo‘rquvi sababli ko‘pincha g‘alati harakatlarni amalga oshiramiz. Ana shunaqa paradoks.
Har bir odam o‘zining antiqa odatlariga ega. Agar ular beziyon, siz va atrofdagilar uchun zararsiz bo‘lsa, vaziyatni o‘z yo‘liga qo‘ying. Kaktuslar yoqadimi? Ish stolingiz ustini ular bilan to‘ldiring. Hazillarni eslashni va hayolingizda aylantirishni yaxshi ko‘rasizmi? Hattoki atrofda odamlar bo‘lganida ham tabassumingizni yashirmang. Sizni mayda motorika tinchlantiradimi? Tasbeh aylantiring! Qo‘shiq miyangizda aylanishda davom etayaptimi? Uyalmang va hattoki ovozingiz bo‘lmasa ham, uni kuylang.
Odamlarning nigohida odatlaringiz emas, amallaringiz bilan ajralib turasiz. Shu bois, hammasiga yengilroq qarang, olam bilan uyg‘unlikda bo‘ling. Faqat shunda odatlaringiz omad va buyuklik sari yo‘lingizda yordam beradi. G‘alati bo‘lib ko‘rinishdan qo‘rqmang! Buni sizga biz, yirik tarmoqlarni tashkil qiluvchi muvaffaqiyatli odamlar haqidagi flagman biznes-nashrning yaratuvchilari, ta’kidlamoqdamiz. Kreativga urg‘u beruvchi marketing inqilobi bizning da’vatni faqat tasdiqlaydi: yorqin va xurofotlardan ozod bo‘lish — muvaffaqiyatli bo‘lish deganidir.