Skip to main content

Raqamli iqtisodiyot uchun ilg‘or infratuzilmani rivojlantirish – Yangi O‘zbekiston oldida turgan eng dolzarb masalalardan biridir. Uni hal qilmasdan turib, aslida, ishlab chiqarish, biznes, fan, ta’lim, tibbiyot va madaniyat sohalarida eng so‘nggi axborot texnologiyalariga ega zamonaviy raqamli davlatni barpo etishning mohiyatan iloji yo‘q.

AKT sohasi qayerga qarab, qanday rivojlanayotgani haqida ma’lumotga ega bo‘lish maqsadida biz “O‘zbektelekom” AK boshqaruvi raisiga murojaat qildik. Aksariyat soha mutaxassislarining fikricha, Nazirjon Xasanov mahalliy telekomning eng tajribali top-menejeri hisoblanadi – u samarali yetakchilik va strategik qarashlarning mustahkam poydevoriga asoslangan holda, innovatsion g‘oyalarni ilgari surishdan xabardor bo‘lgan mutaxassislar jamoasidandir. Shuning uchun ham bu inson bilan ushbu sohaning buguni va kelajagi haqida suhbatlashish yanada qiziqroq bo‘ldi.

Nazirjon Xasanov: UZTELECOM — innovatsiyalarga asoslangan aloqa

  • UZTELECOM — butun mamlakat bo‘ylab millionlab insonlar u yoki bu ravishda xizmatlaridan foydalanayotgan brend.

O’n millionlab insonlar, shu jumladan, servisga mansubligidan xabari bo‘lmaganlar degan bo‘lardim. O‘zbekistonda, kim tomonidan bo‘lmasin, taqdim etilayotgan telekommunikatsiya xizmatlarining aksariyati ortida bizning ekspertlarimiz va mutaxassislarimizning kundalik, ba’zan esa kechayu-kunduz bajaradigan mehnati ishi turadi.

  • Unda bizga industriyaning bugungi trendlari haqida fikringizni bilish yanada qiziqroq. Shu bilan birga, UZTELECOM aholi, ayniqsa, yoshlarning innovatsion rivojlanish sohasidagi ortib borayotgan talablariga qanday javob berayotgani haqida.

Shuni aytish kerakki, innovatsiyalarga nafaqat yoshlar intilmoqda. Texnologiyalar esa, darhaqiqat, har soat rivojlanib bormoqda. UZTELECOM brendi – bu shunchaki aloqa emas, balki butun bir xizmatlar majmuasi. Buning ustiga, bu respublikamiz fuqarolarida uzoq yillar davomida muntazam o‘sish natijasida shakllangan ma’lum bir obraz.

Har qanday obraz singari, u iste’molchining ongida ma’lum qismlarga ajragan holda shakllanishi kerak, xo‘sh, biz xususan nimani ko‘rib turibmiz? Hi-tech uslubidagi ofis, simli va mobil aloqa, bulutli xizmatlar, moslamalar uchun mahsulotlar, telekommunikatsiya mahsulotlarining lokalizatsiyasi, gadjetlarni himoya qilish uchun kompleks dasturiy ta’minot, e-SIM, MyUZTELECOM mobil ilovasi, xalqaro rouming, shaxsiy OTT platformasi… Bu ro’yxatni uzoq davom ettirish mumkin. Bularning hammasi — kompaniya tomonidan real vaqt rejimida taqdim etilayotgan xizmatlar, va ularning soni doimiy ravishda kengayib bormoqda.

UZTELECOM’ning asosiy boyligi — bu yillar davomida shakllangan jamoamiz

Ha, trendlar doimo o‘zgarib bormoqda, ammo kompaniyaning ko‘lamlarini hisobga oladigan bo‘lsak, ular bizni emas, biz ularni o‘zgartiqmoqdamiz.

Nazirjon Xasanov: UZTELECOM — innovatsiyalarga asoslangan aloqa

Bunda gap nafaqat mamlakat haqida ketmoqda: kompaniyamiz xalqaro maydonda ham munosib obro‘ga ega. UZTELECOM telekommunikatsiya tarmog‘ining xizmat ko‘rsatish darajasi (SLA, Service Level Agreement. — Tahririyat izohi) 99,9% ni tashkil etadi, va tarmoqning barcha kanallari butunlay rezervlangan. Bizning Frankfurt-Mayn, Moskva va Gonkongda nuqtalarimiz (PoP) mavjud, bu bizga jahon telekommunikatsiya operatorlari bilan tezkor ravishda bog‘lanishlarni tashkil qilish imkoniyatini beradi. Sayohat paytida qulaylik yaratish uchun esa dunyoning 119 ta davlatida 216 ta operator bilan rouming aloqalari o‘rnatilgan.

  • Juda hayratlanarli. Biroq, bunday ish ko‘lami, tabiiyki, inson kapitaliga katta hajmdagi investitsiyalarni talab qiladi. Demografik vaziyat va texnologik xususiyatlarni hisobga olgan holda, asosan yoshlar haqida gap ketmoqda. Kadrlar siyosati haqida gapirib bera olasizmi?

Bizning kadrlar salohiyatimiz ko‘lamini tasavvur qilish uchun, bugungi kunda “O‘zbektelekom” da 18 mingga yaqin xodim mehnat qilayotganini ta’kidlab o‘tishimiz joiz. Filiallar tarmog‘i respublikaning barcha hududlarini qamrab olgan 21 ta filialdan tashkil topgan. Bundan tashqari, bizda 237 ta savdo va xizmat ko’rsatish ofislari, shuningdek, ikki mingdan ziyod dilerlik punktlari mavjud.

Ushbu tarkibiy bo‘linmalarning to‘laqonli funksionalligi va faoliyati malakali kadrlarga doimiy talabni nazarda tutadi. Kompaniya mamlakatning yetakchi IT universitetlari bilan faol hamkorlik qilmoqda. Shuning uchun, siz haqsiz: bizning vazifamiz – imkon qadar ko‘proq iqtidorli yoshlarni jalb qilishga qaratilgan.

Bizning xizmatlarimizdan o‘n millionlab insonlar, shu jumladan, servisga mansubligidan xabari bo‘lmaganlar foydalanmoqda

Oddiy fakt: bugungi kunda kompaniya bo‘linmalarida mingga yaqin talabalar ishlamoqda. Har bir xodim o‘z salohiyatiga ega, shunchaki erishilgan natijada to‘xtab qolmaslik, balki muntazam ravishda yangi va aktual narsalarni o‘rganib borish kerak. Umuman aytganda, ishonchim komilki, UZTELECOM’ning asosiy boyligi – yillar davomida shakllangan jamoamiz bo‘lib, bizning kuchimiz –vazifalarni bajarish va yechish birligidadir.

Nazirjon Xasanov: UZTELECOM — innovatsiyalarga asoslangan aloqa

  • Onlayn- yoki onlayn-ulanish — iste’molchi ko‘pincha qaysi birini tanlaydi?

Iste’molchi har doim o‘ziga qulayini tanlaydi, bizning vazifamiz esa — uning uchun maksimal qulayliklarni yaratish. Ulanish jarayonini yengillashtirish uchun abonent onlayn-ariza topshirishi mumkin. Kelgusi bosqichlardan o‘tish esa osonroq bo‘ladi. Bundan tashqari, UZTELECOM mobil aloqasiga MyGovUz Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ulanish imkoniyati mavjud.

  • Bunday katta hajmdagi ma’lumotlarni qanday qilib saqlaysiz?

Mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni yanada rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar qatoriga axborotni qayta ishlash va saqlash uchun uskunalar hamda serverlar imkoniyatlarini oshirish kiradi. Biz bu yo‘nalishda innovatsiyalarni joriy qilmoqdamiz: abonentlarimizga eng zamonaviy bulutli xizmatlarni taklif qilish imkonini beruvchi ma’lumotlar markazimizni modernizatsiya qildik.

Bugungi kunda yuqori konfiguratsiyali ma’lumotlar markazining sig‘imi 11,2 PB dan ortiq ma’lumotlarni saqlash omborini, 400 Gbit/s ma’lumotlarni uzatish tizimini o‘z ichiga oladi. Aytgancha, Uptime Institute xalqaro tashkiloti UZTELECOM bulutli maʼlumotlar markazini xalqaro Tier III sertifikatiga munosib deb topdi (Tier standartlari tizimi unumdorlik va muammolarsiz ishlashga bo‘lgan biznes talablari nuqtai nazaridan ma’lumotlar markazlarini tasniflashning eng samarali konsepsiyasi hisoblanadi. — Tahririyat izohi).

Nazirjon Xasanov: UZTELECOM — innovatsiyalarga asoslangan aloqa

Bu degani, bizning ma’lumotlar markazi infratuzilmasining rezervlanishi “N+1” formulasi bo‘yicha amalga oshiriladi va xatolarga chidamlilik koeffitsienti 99,9% ni tashkil qiladi. Ma’lumotlar markazi barcha quyi muhandislik tizimlarining zaxira qismiga ega va umumiy tizimni to‘xtatmagan holda ta’mirlash ishlarini bajarish imkoniyatini beradi.

Bizning bulutli ma’lumotlar markazimiz VDC — virtual ma’lumotlar markazini o‘z ichiga oladi; VDI — Virtual Desktop Infrastructure, Colocation, Webhosting, videokonferensaloqa, bulutli videokuzatuv va boshqa tegishli bulutli xizmat turlarining to‘liq spektrini taqdim etadi. Kompaniya 23 ta xalqaro servislarning va jahon trafigining 47 foizini lokalizatsiyasini amalga oshiradi.

  • 5G effekti, yoki bir soniyada 1000 Mb tezlik: kompaniyaning ushbu ko‘rsatkichga erishishi yaqin kelajakda O‘zbekiston bozoriga qanday ta’sir qildi yoki ta’sir qiladi? Kelajak texnologiyalaridagi keskin o‘zgarishlar haqida fikringiz qanday?

UZTELECOM yuqori sifatli mobil va keng polosali Internetni kafolatlash uchun barcha imkoniyatlardan foydalanadi. Bizning vazifamiz O‘zbekiston aholisini hamyonbop narxlarda yuqori tezlikdagi internet bilan ta’minlash edi. UZTELECOM bunday tarif rejalarini taqdim etdi.

Toshkent va Samarqandda zamonaviy 5G uskunalari o‘rnatildi; aytish kerakki, sinovlar yakunlanganidan keyin bu tezlik 1000 Mbit/s dan oshdi. Umuman olganda, respublikada transport tarmoqlarining o‘tkazish qobiliyati 54 Tbit/s ga yetdi.

Davlat tadbirlarida binolar ichida faol taqsimlangan antenna tizimini (Active DAS) joriy qilish orqali biz bir nechta operatorlarda eng yuqori sifatli xizmatni taqdim etish imkoniyatini yaratdik. Tajriba shunchaki muvaffaqiyatlidan ham qo‘proq deb topildi, kelajakda biz ushbu amaliyotni butun mamlakat bo‘ylab qo‘llashni rejalashtiryapmiz.

Nazirjon Xasanov: UZTELECOM — innovatsiyalarga asoslangan aloqa

  • Kelgusi yillarda mobil aloqa va internetga keng polosali ulanish qanday rivojlanadi? Raqamli texnologiyalar davrida telekommunikatsiya sohasining asosiy trendlarini aytib bersangiz. UZTELECOM rivojlanishida qanday yangi strategiyalar o‘z aksini topmoqda?

Avvalo, UZTELECOM “Raqamli O‘zbekiston – 2030” milliy strategiyasining asosiy ishtirokchisi hisoblanadi. U ijtimoiy tashkilotlar, taʼlim muassasalari, huquq-tartibot idoralari, tibbiyot sohasi va boshqalarga telekommunikatsiya xizmatlarini koʻrsatadi. Barcha davlat idoralari allaqachon yuqori tezlikdagi internetdan 100% foydalanish imkoniyatiga ega.

Тrendlar bir joyda turmaydi, biroq kompaniyamiz ko‘lamlarini hisobga oladigan bo‘lsak, ular bizni emas, biz ularni o‘zgartiqmoqdamiz

2022-yilda xalqaro axborot-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish tezligini 3200 Gbit/s gacha oshirdik, qariyb 45 ming kilometr optik tolali aloqa liniyalarini o‘tkazdik, natijada ularning uzunligi 166,7 ming kilometrni tashkil etdi. Bu jarayonda har yili 60 ming kilometr uzunlikdagi turli optik tolali aloqa kabellarini ishlab chiqarish quvvatiga ega “Global Optical Communication Uzbekistan” qo‘shma korxonasi faoliyati alohida ahamiyat kasb etmoqda.

Nazirjon Xasanov: UZTELECOM — innovatsiyalarga asoslangan aloqa

  • Demak, UZTELECOM sohaga to‘g‘ridan-to‘g’ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda yordam beradi, shundaymi?

Shubhasiz shunday. Biz axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yo‘nalishida faol ish olib bormoqdamiz, xorijiy hamkorlar bilan qator sarmoyaviy loyihalar bo‘yicha kelishuvlarga erishdik. Ularni amalga oshirish doirasida respublikaning g‘arbiy va sharqiy hududlarida raqamlashtirishga yo‘naltirilgan telekommunikatsiya tarmoqlari va infratuzilmasi ikki bosqichda rivojlantiriladi.

Shunday qilib, ko‘rib turganingizdek, biz eng yaxshi sifatli mobil va keng polosali internetni kafolatlash uchun barcha imkoniyatlardan foydalanamiz. Shuni alohida ta’kidlashni istardimki, BMT Xalqaro elektr aloqa ittifoqining 2021-yilga mo‘ljallangan hisobotiga ko‘ra, O‘zbekiston keng polosali mobil aloqa narxi bo‘yicha BMTning 2 foizlik ko‘rsatkichini (yalpi milliy daromaddan) bajargan dunyoning to‘rtta davlati ro‘yxatiga kiritilgan. Internet. Bu ko‘rsatkich respublikani internetlashtirish borasida olib borayotgan ishlarimizning bevosita natijasidir.

  • UZTELECOM’ning keyingi rivojlanishi borasida nimani his qilasiz?

Faqat yaxshi natijalar.

Nazirjon Xasanov: UZTELECOM — innovatsiyalarga asoslangan aloqa

  • Qisqacha, lekin ayni muddao. Huddi shunday, bir so‘z bilan kompaniyaning kelajakdagi yo‘lini tavsiflay olasizmi?

Takomillashish. Bu muqarrar jarayon: jamoamiz har tomonlama takomillashtirish rivojlanishning asosiy yo‘nalishiga aylanishi uchun barcha imkoniyatlarni ishga soldi. Ishonchim komilki, UZTELECOM bu yo‘ldan qaytmaydi.