Pekindagi avtosalonda EXEED EXLANTIX brendi o‘zining so‘nggi innovatsiyalarini taqdim qildi. Keyingi avlod transportiga qat’iy yo‘nalish olgan EXLANTIX taqdim etishni rejalashtirgan elektromobillar qatori unumdorlik va dizayn chegaralarini kengaytirish bilan birga, barqaror rivojlanishga sodiqlikni ham urg‘u beradi.
EXLANTIX brendi sof energiyaning cheksiz zaxiralariga ega texnologik ilg‘or dunyo timsoli hisoblangan Atlantidaning sirli va buyuk tarixidan ilhom oladi. Ushbu qarashlar bizni amaldagi reallik sarhadlaridan tashqariga chiqib, hali ifodalanmagan kelajak tomon yo‘l olishga undamoqda. Brendning shiori quyidagicha: “Olg‘a, noma’lum kelajak sari!”
Jasurona tadqiqot kayfiyatini quvvatlagan va Atlantidaning sirli o‘tmishiga tayangan holda, brend transport sohasida hech qanday cheklovlar bo‘lmagan kelajak sari intilishni namoyon etadi. Bu holat badiiy nazardan ifodalangan yangilikka bo‘lgan qiziqishni birlashtirib, barqaror va sof energiya manbalaridan foydalanish istagini vujudga keltiradi. Natijada uglerod, simlar va cheklovlar mavjud bo‘lgan yangi olam barpo etiladi.
Shu tariqa hashamatning yangi g‘oyasi – uglerod ishlatilmaydigan, chegaralar yo‘qoladigan hamda cheklovlar shunchaki uydirmaga aylanadigan olam dunyoga keladi. Bu olamda inson, avtomobil va tabiat o‘zaro uyg‘unlikda mavjud bo‘lishi mumkin. Yuqori toifali elektromobillar orasida baland o‘rinni egallagan brend yangi davrning «noma’lum yerini» namoyon etmoqda.
EXLANTIX imiji uch g‘oyaga asoslangan — Wireless, Boundless a Carbonless.
Wireless g‘oyasiga muvofiq, modellar imkoniyatlari bo‘yicha oddiy portativ qurilmalardan ustun bo‘ladigan intellektual elektr stansiyalarga aylanadi. Ishonchli avtomobil tarmog‘i yordamida ular yo‘lovchilarga intellektual transport sohasida ko‘plab jozibali taassurotlarni taqdim qilib, noma’lum olamlarga sayohatlarni osonlashtiradi.
Boundless g‘oyasi EXLANTIX brendining uy va ishdan tashqaridagi uchinchi hayotiy makon – turmush tarzingizga xilma-xillik bag‘ishlovchi boshpanani yaratishga intilishni nazarda tutadi. Tabiat qo‘ynidagi sarguzashtlar hamda avtomobilning naqd yuragida joylashgan qudratli va qiziqarli ko‘ngilochar tizim haqida o‘ylab ko‘ring.
Zero Carbon o‘zida EXLANTIX’ning kelajakka nazarini – butun ishlab chiqarish matosiga tikilgan korporativ ijtimoiy mas’uliyatga sodiqlikni mujassam qiladi. Ular ekologik sof materiallardan foydalanish va ish jarayonlarini maqbullashtirish orqali barqaror rivojlanishga moyillikni namoyon etadi.
EXLANTIX mahsulotlar qatorida E0X inqilobiy platformasi asosida qurilgan ikkita ilg‘or model taqdim etilgan. Ushbu ilg‘or platforma EXLANTIX brendining uzluksiz texnologiy taraqqiyotga intilishini ifoda qiladi hamda atigi 15 daqiqa ichida elektr energiyasining 50 foizini qoplaydigan samarali quvvatlagichi bilan maqtanishi mumkin.
E03 sedani modeliga – deyarli besh metr uzunlikdagi hashamatli o‘lchamlarga bir nazar tashlang! Aerodinamik tamoyillarni hisobga olgan holda puxtalik bilan loyihalangan avtomobil atigi 0,205 havo qarshiligi koeffitsiyentiga ega. Avtomobil to‘rt soniyada soatiga 100 km tezlikka chiqadi va unumdorlik chegaralarini kengaytiradi.
Avtomobilning old qismini EXLANTIX interaktiv texnologiyalarining eng yangi mahsuloti – kapalaklarning nozik qanotlaridan ilhomlangan displey bezab turadi. Uning o‘ziga xos shakli tabiiy elementlarga asoslangan dizaynning mohiyatini ko‘rsatadi. Displey o‘n ikkidan ortiq indikatorlarni jonlantirib, quvvatlanish vaqtida yorqin yonib turadi.
Interyerda EXLANTIX funksionallik va foydalanuvchi tajribasini qurbon qiluvchi minimalizmdan qochgan holda, o‘zining firma uslubini saqlab qolgan, ammo bir vaqtning o‘zida faqat dabdabani ko‘z-ko‘z qiluvchi yolg‘on “hashamdorlik” ortidan ham quvmaydi.
Pekindagi avtosalondangi EXEED matbuot-anjumanida elektromobillar kelajagi o‘zida hashamat, texnologiyalar va ekologik onglilikni mujassam qilgan holda, mobillikning yangi davrini ochib berishi ma’lum bo‘ldi. EXLANTIX o‘zining dizayn, unumdorlik va intellektga nisbatan innovatsion yondashuvi tufayli yangi modellarni taqdim etish bilan birga, bizga elektromobillar dunyoning ajralmas qismiga aylanadigan kelajakka nazar tashlash imkonini bermoqda.