Flat Preloader Icon
Foydali startaplar. Porlaydigan kiyim, ultra tovushli pichoq va yo‘lakdagi svetoforFoydali startaplar. Porlaydigan kiyim, ultra tovushli pichoq va yo‘lakdagi svetofor
26 Dekabr 2023

Foydali startaplar. Porlaydigan kiyim, ultra tovushli pichoq va yo‘lakdagi svetofor

Britaniyaning Vollebak brendi tunning qorong‘i vaqtida porlaydigan kiyimlar savdosini yo‘lga qo‘ydi. Kunduz kuni u atrof-muhitdan, tom maʼnoda quvvat oladi, kechasi esa yorishishni boshlaydi. Gap shundaki, kiyim matosinining qatlamlari orasiga fosforli modda o‘rnatilgan. Shu sababli quyosh nurlari ostida ikki soat quvvtlangan libos 12 soat davomida “yonib” tura oladi.

Honda Motor teginmasdan boshqariladigan UNI-ONE aravachasini ishlab chiqdi. U jismoniy imkoniyati cheklangan insonlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, asosan tana vazni yordamida boshqariladi va unda o‘tirgan odam egilishiga qarab harakatlanadi. Joystik yordamida boshqarish opsiyasi ham mavjud.

Minglab oldindan buyurtmalar to‘plagan Rewind Pendant gadjeti hayolingizga kelgan, ammo yozib olishga joy topolmagan qiziqarli g‘oyalaringizni yodda saqlashga yordam beradi. Yoki muhim ishlarni (shunchaki, haridlar ro‘yxati) ham. Gadjet bo‘yinga marjon kabi taqiladi, va har qanday vaqtda eslab qolish zarur bo‘lgan narsalarni ovoz chiqarib gapirsangiz bo‘lgani. Qurilma esa avtomat tarzda aytilganlarni telefonga o‘rnatilgan “eslatma”ga aylantiradi.

X-Note yon daftarchasi qog‘ozga yozilgan qaydlarni zudlik bilan smartfonga o‘tkaza oladi. Qurilmaning umumiy to‘plamiga yon daftarchaning o‘zi, aqlli ruchka va mobil ilova kiradi: siz qog‘ozga yozasiz – va bularning barchasi shu ondayoq telefonning “qaydlar” bo‘limiga o‘tadi (dasturga ChatGPT ham o‘rnatilgan). 2023-yilning noyabr oyiga kelib dastur 53 tilni tushunadi, va 149 dollar + SI integratsiyasi uchun 59 dollar narxda baholanadi.

Quvvatlash talab etiladigan ultra tovushli pichoq ixtiro qilindi. Uning tig‘i soniyasiga 50 ming marta tebranadi, shu sababli mahsulotlar unga yopishib qolmaydi va deyarli o‘z sarhilligini yo‘qotmaydi. Bu pichoq yordamida har qanday mahsulotni kesish mumkin. Ishlash quvvati 50 daqiqa foydalanishga yetadi, keyin esa pichoqni maxsus tagligida quvvatlantirish zarur bo‘ladi. Narxi – 348 dollar.

Germaniyada quyosh batareyalari o‘rnatilgan eng yuqori quvvati – 400 Vt bo‘lgan stol sotishni boshlashdi, u 230 V kuchlanishda energiya ishlab chiqaradi. Stoldan oddiy mebel jihozi kabi foydalanish va uni hovliga qo‘yib qo‘yish, keyin esa uydagi boshqa qurilmalarni unda quvvatlash mumkin. Bunday stol 1009 dollar turadi.

Interfeys dizaynini kodga aylantiruvchi Make It Real xizmati paydo bo‘ldi. Unga tugmali, polzunli va boshqa elementli oddiy maket kiritishingiz mumkin – va shu zahotiyoq boshlang‘ich kod bilan birgalikda interfeysning ishlovchi versiyasiga ega bo‘lasiz. Ushbu funksiya Tailwind CSS va JavaScript yordamida ishlaydigan veb-kodga chizilgan vektorni vizual talqin qilish uchun foydalanuvchi interfeyslarini qayta ishlab chiqarish yoki hatto oddiy o’yin ilovalarini yaratishga qodir API GPT-4 dan foydalanadi.

CheerDots kompaniyasi ChatGPT qo‘llab-quvvatlovchi simsiz sichqonchani taqdim qildi. Ushbu mitti gadjet ikki qismdan – magnitli yopishuvchi dok-stansiya va sensor panelli asosdan iborat. O‘rnatilgan ChatGPT yordamida ma’ruza va muzokaralarni yozib olish mumkin, SI esa ovozni matnga aylantiradi va kompyuterga o‘tkazadi. Kompaniya bir marta zaryadlangan akkumulyator 20 kun mustaqil ishlay olishiga va’da berishmoqda. Gadjetning narxi – 129 dollar.

AOC kompaniyasi Porsche Design bilan hamkorlikda PD49 o‘yin monitorini chiqarishga tayyorlanmoqda. Model 49 dyuymli (taxminan 124 santimetr) tomonlar nisbati 32:9, 5K piksellar soniga va 240 Gts kadr yangilanish tezligiga ega qayrilgan displey bilan jihozlangan. Bundan tashqari, monitorda 8 Vt stereo dinamiklar va 5 MP veb-kamera mavjud. AOC PD49 allaqachon iF Design Award 2023 va Red Dot Design Award 2023 dizynerlik mukofotlariga erishdi.

AOC kompaniyasi Porsche Design bilan hamkorlikda PD49 o‘yin monitorini chiqarishga tayyorlanmoqda. Model 49 dyuymli (taxminan 124 santimetr) tomonlar nisbati 32:9, 5K piksellar soniga va 240 Gts kadr yangilanish tezligiga ega qayrilgan displey bilan jihozlangan. Bundan tashqari, monitorda 8 Vt stereo dinamiklar va 5 MP veb-kamera mavjud. AOC PD49 allaqachon iF Design Award 2023 va Red Dot Design Award 2023 dizynerlik mukofotlariga erishdi.

Nebula Capsule II – silindr shaklidagi, alyumin banka o‘lchamidagi portativ proyektor, va u rasmni 2,5 metrdan ortiqroq masofada aylantira oladi. Uning ichida hatto har qanday kompyuterdan sokin ishlovchi kulerga ham to‘laligicha joy yetadi. Qurilmani vositasiz boshqarish korpusning yuqori qismida joylashgan sensor klavishalar orqali, yoki yon tomonidagi bir juft tugmalar yordamida amalga oshiriladi. Bunday buyumning narxi — taxminan 600 dollar.

Shift Robotics muhandislari Moonwalkers “tez yuruvchi poyabzali”ni yaratishdi, uni oyoq ustidan ham, poyabzal ustidan ham kiyish mumkin. Ular xuddi bollalar rolikli konkisiga o‘xshaydi, biroq siz muvozanatni ushlashingiz talab etilmaydi va yurishingiz deyarli o‘zgarmaydi. Poyabzalga o‘rnatilgan har bir blok sakkizta poliuretan g‘ildiraklari to‘plamini harakatga keltiruvchi 300 vatt elektr dvigateli bilan jihozlangan. Ishlab chiquvchilar ushbu poyabzallar yordamida soatiga 10 km tezlikda harakatlanish mumkinligini ta’kidlashmoqda (taqqoslash uchun: insonning odatiy tezligi – soatiga 5-6 km.).

Hamkorlik yangiliklari