Flat Preloader Icon
Armand Nicolet: butun dunyoni qamrab olgan “chiq-chiq” hikoyasiArmand Nicolet: butun dunyoni qamrab olgan “chiq-chiq” hikoyasi

Armand Nicolet: butun dunyoni qamrab olgan “chiq-chiq” hikoyasi

oblozhkawatch

Shveysariya soatlari haqida gapirganda, darhol ko‘z o‘ngimizda uslub, sifat va aniqlikni o‘zida mujassam etgan muhtasham aksessuarning ko‘rinishi paydo bo‘ladi.

Ammo “Armand Nicolet” brendining tarixi shunchaki soatlar haqidagi hikoyadan iborat emas. Bu romanning qahramonlari odamlar, mexanizmlar va vaqtning o‘zidir.

Birinchi bob. Hammasi nimadan boshlangan edi?

1watch

1875-yil Bern Yurasidagi Tramland shahri. Yaqin yaqingacha yaylovlarida sigirlar o‘tlab yurgan, omoch haydab yurilgan joylar birdaniga soatsozlik san’atining beshigiga aylangan. Ushbu bema’ni muhitda mahalliy ustaning o‘g‘li yosh Armand Nikole oilaviy biznesni davom ettirishga qaror qildi. Otasining hunariga ishtiyoqi baland Arman o‘z soatlarini san’at asarlari darajasida yasagan.

1902-yilga kelib uning “Atelier d’Horlogerie” ustaxonasi butun dunyoni hayratda qoldirdi. Nikole tomonidan ishlab chiqarilgan cho‘ntak soati oltin naqshli korpusi, sir qoplamali siferblat, bitta bosuvchi tugmachali xronograf va to‘liq kalendardan iborat edi. Ha, shuni ham qayd etish lozim, daqiqa takrorlagichi ham, nega bo‘lmasin axir? Bu soat shu qadar mukammal ediki, u bugungi kungacha o‘z sehrini saqlab qolgan muzey eksponatiga aylandi.

9watch

Ikkinchi bob. Oila, an’ana, innovatsiya

1930-yillarda Armandan so‘ng zavodni boshqarish uning o‘g‘li Villiga o‘tdi. Aynan u Tramlanni Shveysariya soat sanoatining uchinchi qutbiga aylantirgan. Tasavvur qiling: 800 ta usta soatsoz, 150 ta fabrika va butun boshli davr, o‘sha paytda bu mintaqadan soatlar butun dunyo bo‘ylab bamisoli uchib ketgan.

8watch

1950-yilda “Ajustor” mexanizmining ixtirosi kulminatsiyaga aylandi. Hech kim endi vaqtni sozlash uchun korpusni ochishi shart emasdi — bundan buyog‘iga bir necha soniya ichida amalga oshiriladigan ish bo‘lib qolgan edi.

Biroq, 1970-yillarda Shveytsariya soat sanoati inqirozga uchradi. Mexanika davri nihoyasiga yetayotgandek edi. Ammo “Armand Nicolet” taslim bo‘lish o‘rniga, boshqa brendlar uchun murakkab mexanizmlar ishlab chiqarish orqali o‘zini sohaga qayta yo‘naltirdi.

Uchinchi bob: istiqbolni o‘zgartirgan uchrashuv

1987-yil soat sanoatida 20 yildan ortiq ishlagan italiyalik tadbirkor Rolando Braga Villi Nikole bilan uchrashadi. Bu uchrashuv yaxshilik keltiradi. Bir yil o‘tgach, brend tarixida yangi bosqich boshlanadi: ishlab chiqarish qayta tiklanadi, Shveysariya aniqligi va italyan ijodkorligi uyg‘unlashadi.

1990-yillarda kompaniya Shveysariya va Italiyani qamrab olgan xolding kompaniyasini yaratdi. Bundan buyon har bir Armand Nicolet kolleksiyasi an’ana va zamonaviy dizayn umumlashmasiga aylanadi.

4watch

To‘rtinchi bob: tarix bilan hamnafas mexanizmlar

5watch

Brendning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri bu ustaxona arxividan topilgan antiqa mexanizmlardan foydalanishdir. Bu mexanizmlar 1940-yillardan boshlab L06 va L07 cheklangan seriyasiga yangi hayot bag‘ishladi, ular soatsozlik san’atining haqiqiy durdonalaridir.

“Armand Nikolet” hamon uning asoschisi belgilab bergan falsafaga amal qiladi. Soatlarning ko‘pgina qismlari qo‘lda tayyorlanadi va detallarni yig‘ish jarayoni esa diqqat va tajribani talab qiladi. Har yili ustaxonada 10 mingga yaqin soatlar ishlab chiqariladi, ularning har biri qattiq nazoratdan o‘tadi.

Beshinchi bob: davom etayotgan meros

Bugungi kunda “Armand Nicolet” o‘tmish va kelajak o‘rtasidagi mukammal muvozanatning timsoli bo‘lib qolmoqda. 3D-modellashtirish texnologiyalari eng kichik detallarni, ya’ni siferblatdan tortib, tasmagacha bo‘lgan elementlarni yaratishda qo‘llaniladi, an’anaviy qo‘lda ishlov berish usullari esa har bir buyumning noyobligini ta’minlaydi.

“Armand Nicolet” tomonidan ishlab chiqilgan harakatlar shunchaki aniq soatlar emas. Bular hikoya qiluvchi asarlardir. Uning millari, naqshinkor qoplamasi — o‘sha davr va unda yashagan odamlarga soatsozlarning ehtiromidir.

7watch

Epilog. Nega “Armand Nicolet” brendi soatdan ham ko‘proq tushunchani anglatadi?

Toshkentda “Armand Nicolet” brendining rasmiy vakili “Chrono” do‘koni hisoblanadi. Business parkda joylashgan ushbu do‘kon shunchaki savdo shoxobchasi emas, balki zamon tarixi jonlanadigan joy.

“Chrono”ning malakali maslahatchilari sizga brend kolleksiyalari haqida ma’lumot berishdan mamnun bo‘lishadi, shuningdek, fe’l-atvoringizni aks ettiradigan ideal modelni tanlashda yordam berishadi. Agar siz imkoniyat doirangizni kengaytirishga tayyor bo‘lsangiz, bu yerda turli-tuman Shveysariya brendlari ham taqdim etiladi: “Delbana”, “Swiss Military”, “Cover”, “Norqain” va “Aerowatch”.

6watch

Ushbu brendlarning har biri o‘ziga xosdir — o‘zining muhtasham, shu bilan birga sodda ko‘rinishi “Delbana”dan tortib, sarguzashtli energiya bilan “Norqain”gacha. “Chrono”da siz har qanday tadbir uchun soat topasiz — xoh u biznes uchrashuvi bo‘lsin, xoh faol tarzda hordiq chiqarish yoki bayram namoyishi.

Armand Nikole shunday degan edi: “Soat shunchaki uskuna emas, balki vaqtning qalbi hisoblanadi”. “Chrono”dan soat tanlaganingizda, tarix, ustalik va benuqson uslub bilan sug‘orilgan ushbu qalbning bir qismiga aylanasiz.

Reklama huquqi asosida

Hamkorlik yangiliklari