Flat Preloader Icon
Harizma: farovon hayot maskaniHarizma: farovon hayot maskani

Harizma: farovon hayot maskani

oblozhka-harizma

Harizma turar joy majmuasi — zamonaviy qulaylik va nafosat konsepsiyasini mujassam qilgan yangicha hayot shaklidir.

“Harizma” nomi o‘ziga xoslik va uslub ramzi hisoblanib, yashash uchun o‘ziga jalb qiluvchi va ilhomlantiruvchi maskan sifatida turar joy g‘oyasiga urg‘u beradi. Harizma yetakchilik sifatlari va eng yaxshisi sari intilish ishtiyoqiga ega odamlarni birlashtiradi. Majmua konsepsiyasi uning yaratuvchilari falsafasini aks ettiradi: zamonaviy Toshkentning jalb qiluvchi markazi va ramziga aylanadigan turar joylarni taklif qilish.

Harizma TJM Yashnobod tumanidagi Sultonali Mashhadiy ko‘chasida, asosiy transport bo‘g‘imidan atigi bir necha daqiqalik masofada joylashgan. Kichik tepalikdan o‘rin olgan majmua yashovchilarni shahar shovqinidan himoya qilgan holda xotirjamlik va sokinlik muhitini yaratuvchi zamonaviy dizaynga ega nafis 12 va 16 qavatli uylardan tashkil topgan.

Harizma mashhur Ink Architects me’morchilik byurosi tomonidan loyihalashtirilgan. Majmua arxitekturasi zamonaviy va dadil yechimlar, funksional hududlarga bo‘linish hamda shinam jamoat makonlari bilan ajralib turadi. Harizma — bu o‘ziga xos uslub, nafosat va detallarga e’tibor.

Harizma — bu o‘ziga xos uslub, nafosat va detallarga e’tibor

Harizma turar joy majmuasi o‘z ko‘lamlari va oqilona me’morchiligi bilan kishini hayratga soladi, bu holat uni Toshkentdagi eng jozibador biznes toifasidagi obyektlardan biriga aylantiradi. Majmuaning har bir detali xavfsizlik, qulaylik va mustahkamlikni hisobga olgan holda yaratilgan bo‘lib, bu uning asosiy tasniflarida o‘z ifodasini topgan.

Harizma qariyb 8 gektar maydonga ega hududda yoyilgan bo‘lib, bu ko‘lam turar joy binolari, dam olish va rekreatsiya uchun keng hududlarni biryo‘la joylashtirish imkonini beradi. Majmuaning katta maydoni bu yerda yashovchilarga qulay hayot kechirish uchun keng makonni ta’minlaydi, bunda har bir hudud — turar joy minoralari va yashil havzalardan tortib sayr yo‘laklari va sport maydonchalarigacha aniq maqsad uchun xizmat qiladi.

Harizma majmuasi ko‘kalamzorlashtirish uchun 30 000 m² dan ziyod joyni ajratish orqali ekologik va qulay shahar muhitini yaratishga alohida e’tibor qaratadi. Bu yerda hammasi puxta o‘ylangan: oddiy standart yashil daraxtlar emas, balki yo‘lakchalar, yashil maysazorlar va xilma-xil o‘simliklardan iborat noyob landshaft yechimlari. Bunda majmua konsepsiyasini tabiiy to‘ldirib turuvchi mahobatli chinorlar muhim ahamiyatga ega. Ko‘kalamzorlashtirish bezak sifatida xizmat qilishdan tashqari, Harizma aholisining qulay hayoti uchun havo sifatini yaxshilash hamda yoqimli mikroiqlimni yaratish orqali ekologik vazifani ham bajaradi.

harizma6

Harizma majmuasida turli balandlikdagi binolar bo‘lishi nazarda tutilgan — 12 qavatdan boshlab 16 qavatgacha. Bunday me’moriy yechim majmuani vizual qabul qilishda xilma-xillikni yaratish imkonini berib, xonadonlardagi derazalardan turli darajada yaxshi manzaralarni ta’minlagan holda quyosh nuri barcha xonadonlarga mir maromda tushishiga xizmat qiladi. Baland binolar zamonaviy uslub va nafosatga intilishni qayd etadi.

Majmuani loyihalashtirishda xavfsizlikka alohida e’tibor qaratilgan. Majmua 9 ballgacha zilzilaga bardoshli holatda qurilgan bo‘lib, bu xonadon egalariga hattoki seysmik silkinishlar vaqtida o‘zini ishonchli his qilish imkonini beradi. Mustahkam materiallar va barqaror konstruksiyalar turar joy minoralarining uzoq vaqt xizmat qilishi va ishonchliligini ta’minlaydi.

Majmuaning monolitli konstruksiyasi yuqori darajadagi mustahkamlik, puxtalik va issiqlikni saqlash xususiyatlarini kafolatlaydi. Monolit qurilish binolarni yanada barqaror va chidamli qilib, shuningdek, tovush izolyatsiyasini yaxshilaydi. Bu shahardagi majmua sharoitida qulay hayot kechirish uchun ayniqsa muhimdir.

Harizma majmuasining bosh tamoyillaridan biri — unda yashovchilarning qulayligi va xavfsizligini ta’minlashdir. Majmuaning ichki hovlilari avtomobillardan butunlay xoli bo‘lib, u transport bilan to‘qnash kelish xavfi bo‘lmagan piyodalar makonini yaratadi. Shu bilan birga, bu yechim bolali oilalar uchun ajoyib hisoblanadigan sokin va shinam muhitni yaratishga yordam beradi. Bu yerda mashinalardan xavotirlanmagan holda xavfsiz sayr qilish, o‘ynash yoki shunchaki toza havoda dam olish mumkin. Avtomobillar uchun hovlilar tashqarisida qulay avtoturargohlar ko‘zda tutilgan bo‘lib, bu majmua ichidagi xotirjamlikni buzmagan holda o‘z transportidan qulay foydalanish imkonini beradi.

Majmua markazida joylashgan keng piyodalar yo‘lagi (bulvar) butun Harizma hududi orqali o‘tib, turli hududlarni tutashtiradi hamda sayr qilish uchun markaziy makon sifatida xizmat qiladi. Bulvar uning makonini shunchaki yo‘l emas, balki uchrashuvlar va muloqot uchun maskanga aylantiradigan yashil maysazorlar, daraxtlar va dekorativ elementlar bilan bezatilgan. Bu kechki sayrlar, ertalabki yugurish hamda toza havoda oila va do‘stlar bilan vaqt o‘tkazish uchun ajoyib joy.

Harizma loyihasida barcha yashovchilarning ehtiyojlarini hisobga olgan holda yaratilgan ko‘psonli dam olish hududlari nazarda tutilgan. Bu yerda xotirjam dam olish hududlari, yolg‘iz qolish mumkin bo‘lgan o‘rindiqlar va shinam burchaklar, shuningdek, sport va bolalar o‘yinlari uchun faol maydonchalar mavjud. Ushbu hududlarning xilma-xilligi har kimga o‘qish uchun sokin hududdan tortib shiddatli sport zonasigacha o‘zi uchun mos joyni topish imkonini beradi.

harizma4

Harizma xonadonlari: qulay hayot uchun tayyor makon

Harizma turar joy majmuasining asosiy afzalliklaridan biri xonadonlar to‘liq ta’mirlangan holda topshirilishi bo‘lib (asosiy afzallik), bu yangi uy egalariga darhol ko‘chib kirish va yangi xonadonidan bahramand bo‘lish imkonini beradi. Mazkur yechim xonadon egalarini murakkab va og‘ir ta’mirlash jarayonlaridan xalos etib, Harizma tarkibida ko‘chmas mulk xaridini yanada jozibador qiladi. Har bir ta’mirlash detali qulaylik va chidamlilik hisobga olingan holda bajarilgan bo‘lib, bu majmua sifatining yuqori standartini qayd etadi.

Harizma majmuasida har bir xonadonni topshirishdan avval professional pol quyilishi amalga oshirilib, bu tekis va mustahkam asosni ta’minlaydi. Bu tayyor va sifatli tekislangan yuzaga yotqizish mumkin bo‘lgan pol qoplamasining chidamliligi uchun o‘ta muhimdir. Bu xoh laminat, parket yoki plitka bo‘lsin, istalgan turdagi qoplama uchun mo‘ljallangan va bu majmua aholisining didi va istaklariga muvofiq holda keraklisini tanlash imkoniyatini beradi.

Har bir xonadonda butunlay foydalanish uchun tayyor zamonaviy va funksional oshxona garnituri o‘rnatilgan. Oshxona dizaynidagi nafosat va amaliylik mutanosibligi uni taomlar tayyorlash va mahsulotlarni saqlash uchun qulay joyga aylantiradi. O‘rnatilgan oshxona garnituri xonadon egalariga joylashish uchun vaqti va mablag‘larini tejagan holda ushbu makondan darhol foydalana boshlash imkonini yaratadi.

Harizma xonadonlarida avvaldan professional santexnika tarmoqlari amalga oshirilgan bo‘lib, bu barcha zarur santexnika jihozlarini ulash uchun tayyor yechimni taqdim etadi. Suv uzatish va tortish uchun nuqtalar o‘rnatilishi kelajakda vanna, rakovina va boshqa santexnika elementlarining joylashuvini hisobga olgan holda amalga oshirilgan bo‘lib, bu montajga qo‘shimcha xarajat qilmaslik imkonini beradi. Santexnikaga bunday e’tibor suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlaridan foydalanish qulayligi va davomiyligini ta’minlaydi.

harizma3

Harizma xonadonlarida tayyor ta’mirlash — shunchaki bazaviy suvoq emas, balki ko‘chish jarayonini tez va qulay qiladigan har bir elementga oqilona va sifatli yondashuvdir. Bu yerda yashovchilar qulay hayot kechirish uchun tayyor to‘laqonli xonadonga ega bo‘ladilar va bu Harizma majmuasini o‘z vaqti va qulayligini qadrlaydiganlar uchun mukammal tanlovga aylantiradi.

Harizma: qulaylik va xavfsizlik uchun innovatsion texnologiyalar

Harizma turar joy majmuasi zamonaviy va qulay yashash makoni g‘oyasini amalga oshirgan holda xonadon egalariga hayotni yanada qulay, xavfsiz va oddiy qiladigan ilg‘or texnologiyalarni taklif qiladi. Innovatsion avtomatlashtirish va xavfsizlik tizimlari majmua infratuzilmasiga integratsiya qilingan bo‘lib, barchasi rezidentlar qulayligi va xavfsizligi uchun ishlaydigan makonni yaratadi.

Face-ID

Harizma majmuasi hududiga kirish yashovchilarning yuzini taniydigan va faqat ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilar o‘tishiga ruxsat beradigan Face-ID texnologiyasi yordamida amalga oshiriladi. Bu hududga ruxsatsiz kirish ehtimolini istisno qilib, xavfsizlik darajasini sezilarli ravishda oshiradi. Face-ID — xonadon egalarini yonida kalitlar yoki kirish kartalarini olib yurish zaruratidan xalos qiladigan zamonaviy va qulay yechim.

IP-domofoniya

Harizma bu yerda yashovchilarga kirish hududida turgan mehmonlar bilan oson va xavfsiz muloqot qilish imkonini beruvchi IP-domofoniya tizimi bilan jihozlangan. IP-domofonlar mehmonlarni ko‘rish va eshitish imkonini berib, yashash makoniga kirishni nazorat qiladi. Bu ayniqsa bolalari bor oilalar uchun qulay, chunki ota-onalar faqatgina ular tasdiqlagan mehmonlar ichkariga kira olishiga ishonch hosil qiladilar. Tizim videoqo‘ng‘iroqlarni quvvatlaydi va mobil qurilmalarga ulanishi mumkin, bu xonadon egalariga, hattoki ular uyda bo‘lmagan vaqtda ham kirishni nazorat qilish imkonini beradi.

24/7 rejimida videokuzatuv va qo‘riqlash

Harizma’da butun majmua hududini, jumladan to‘xtash joylari, kirish joylari va jamoat hududlarini qamrab oluvchi kun-u tun ishlaydigan videokuzatuv tizimi o‘rnatilgan. Yuqori aniqlikka ega kameralar majmuada yuz berayotgan hamma narsani qayd etib, ma’lumotlarni xavfsizlik markaziga uzatadi. Bundan tashqari, Harizma’da tun-u kun davomida qo‘riqlash xizmati mavjud bo‘lib, bu majmua to‘liq himoyalanganlikni ta’minlaydi. Bu ayniqsa bolali oilalar hamda o‘z uyida himoyalanganlik hissini qadrlaydiganlar uchun muhimdir.

Harizma xonadoni — bu o‘z bahosini yaxshi biladigan va mutlaq sifatni qadrlaydigan odamlar tanlovi.

Istiqbollar: kelajakka sarmoya

Majmua katta salohiyatga ega tumanda joylashgan. Bu manzil hozirning o‘zidayoq jalb qiluvchi markazga aylanmoqda, kelajakda esa uning shahardagi ahamiyati faqat o‘sadi. Harizma majmuasida ko‘chmas mulk xaridi shunchaki yashash uchun joy tanlash emas, balki foydali sarmoya kiritishdir. Bugun pulini sarmoya sifatida kiritgan mijozlarimiz Toshkentning yangi markazi, jadal rivojlanayotgan va tobora ko‘proq e’tiborni jalb qilayotgan tumanning bir qismiga aylanish imkonini qo‘lga kiritmoqda.

harizma1

Me’morchilik: uslub va nozik did

Harizma dizayn va estetikaga eng yuqori talablarni hisobga olgan holda yaratilgan. Majmua aholisi — bu shunday insonlarki, ular uchun atrofdagilar muhim, ular zamonaviy turar joy arxitekturasi va go‘zalligini qadrlaydilar.. Harizma’dan xonadon egalari oddiy funksional maskan sifatida xizmat qilibgina qolmay, balki estetika obyektiga aylanadigan uylari bilan faxrlanishlari mumkin.

Harakat: erkinlik va qulaylik

Harizma sarhadlaridagi hayot — bu tanlov erkinligi, yengillik va qulaylik. Majmuaning qulay joylashuvi ham Toshkent markaziga, ham shahar chekkasidagi tabiat qo‘yniga oson yetib borish imkonini ta’minlaydi. Bu qulaylikni qadrlaydigan va jo‘shqin hayot tarzini yoqtiradiganlar uchun ajoyib tanlov. Ishbilarmon tumanlardagi biznes uchrashuvlar yoki toza havoda dam olish bo‘lsin, har qanday yo‘nalish rezidentlarimiz uchun qulay ekaniga ishonch hosil qilishlari mumkin.

Tabiat va ekologiya: toza havo va yashil hududlar

Harizma — tabiatni qadrlovchi va o‘z salomatligiga g‘amxo‘rlik qiluvchilar tanlovi. Majmuaning yashil hovlilar va landshaftli hududlar bilan o‘ralganligi toza havo va qulay muhitni ta’minlaydi. Toshkent yuqori ekologik daraja bilan maqtana olmaydi, shu bois yashil tumanda balandlikdagi turar joy alohida ahamiyatga ega. Harizma hududida yashovchilarga shahar chegarasida bo‘la turib, toza havo va tabiatdan bahra olgan holda shahar shovqinidan dam olishi mumkin bo‘lgan sharoitlar yaratilgan.

Rivojlanayotgan manzil: Toshkent kelajagi sari qadam

Harizma faol rivojlanib borayotgan va Toshkentning markaziga aylanayotgan tumanda joylashgan. Majmua o‘rnashgan Maxtumquli ko‘chasi jadal sur’atlarda rivojlangan infratuzilma va yangi loyihalarga ega muhim shahar bo‘g‘imiga aylanib bormoqda. Harizma ushbu taraqqiyot bilan birga qadam tashlagan holda o‘z yashovchilariga qulaylik, shinamlik va shahardagi yangi sahifaning bir qismiga aylanish imkoniyatini taqdim etadi. Bu yerda shahar quvvati shinamlik va qulaylik bilan uyg‘unlashadigan o‘ziga xos muhit yaratilmoqda.

harizma

Yetakchilik xususiyati: muvaffaqiyatga odatlanganlar uchun

Harizma oldinga qadam bosishga va o‘zidan keyin iz qoldirishga odatlangan yetakchilik sifatlariga ega odamlarni jalb qiladi. Bu turar joy majmuasi o‘ziga mas’uliyatni qabul qilishdan va boshqalarni ilhomlantirishdan qo‘rqmaydiganlar uchun mo‘ljallangan. Majmuaning o‘zi ham yetakchilik xususiyatlariga ega: u boshqa loyihalar orasida ajralib turadi hamda unga o‘ziga xoslikni bag‘ishlaydigan noyob xususiyatlar bir. Harizma xonadoni — bu o‘z bahosini yaxshi biladigan va mutlaq sifatni qadrlaydigan insonlar tanlovi.

Sizni Harizma sotuvlar ofisiga tashrif buyurishga hamda majmuaning noyob imkoniyatlari bilan tanishishga taklif qilamiz. Bizning mutaxassislarimiz Harizma majmuasidagi yangi xonadoningiz sari ilk qadamni bosishda sizga yordam ko‘rsatadilar!


Aloqa uchun:

Telefon: +99878 150 11 11

Sayt: gh.uz

Reklama huquqi asosida

Hamkorlik yangiliklari