Flat Preloader Icon
Ilg‘or salomatlik yo‘lida: MESCA jamg‘armasining O‘zbekistonda tibbiy yordamga yondashuvlarni o‘zgartirayotgani haqidaIlg‘or salomatlik yo‘lida: MESCA jamg‘armasining O‘zbekistonda tibbiy yordamga yondashuvlarni o‘zgartirayotgani haqida
10 Iyul 2024

Ilg‘or salomatlik yo‘lida: MESCA jamg‘armasining O‘zbekistonda tibbiy yordamga yondashuvlarni o‘zgartirayotgani haqida

Tibbiy ta’limni rivojlantirish hamda mamlakat aholisi salomatligini qo‘llab-quvvatlashga amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida o‘zbekistonlik homiy va tadbirkor Baxtiyor Fazilovning tashabbusi bilan 2021-yilda MESCA hayriya jamg‘armasi (Medical Excellence and Science in Central Asia) tashkil etilgan.

Jamg‘armaning vazifasi nimadan iborat, u qanday faoliyat yuritadi va qaysi maqsadlarni ko‘zlaganligi haqida MESCA jamg‘armasining hamkori, ELZA instituti bosh direktori, Light for sight jamg‘armasi boshqaruvi a’zosi Nikki Xafezi so‘zlab berdi.

Ilg‘or salomatlik yo‘lida: MESCA jamg‘armasining O‘zbekistonda tibbiy yordamga yondashuvlarni o‘zgartirayotgani haqida


  • Iltimos, MESCA jamg‘armasi g‘oyasi va uning faoliyati haqida so‘zlab bersangiz.

Biz jamg‘armaga 2021-yilda asos solganmiz. MESCA qisqartmasining o‘zi “Markaziy Osiyoda tibbiy mahorat va ilm-fan” sifatida talqin qilinadi. Jamg‘armaning asoschisi o‘zbekistonlik tadbirkor va investor Baxtiyor Fazilovdir.

Dastlab biz kasalxona ochishni rejalashtirgandik, ammo keyinroq g‘oyani kengaytirishga qaror qildik va istagimiz jamg‘arma orqali mamlakatdagi tibbiyotni qo‘llab-quvvatlash bilan birga, ta’limni rivojlantirishga, ya’ni o‘quv kurslari, klinik tadqiqotlarni tashkil qilishga ko‘maklashishdan iborat. Aynan shu tariqa bizning Light for Sight xususiy oilaviy jamg‘armamiz tashkil qilingan.

Jamg‘arma tibbiyotning turli sohalaridagi ta’lim va o‘quv dasturlarini qo‘llab-quvvatlashga o‘z kuchlarini qo‘shishga tayyor bo‘lgan odamlar uchun qadrdon uyga aylangan. Bugungi kunda MESCA jamg‘armasi oftalmologiya yordamiga e’tibor qaratgan, ammo kelgusida yo‘nalishlar ko‘lamini kengaytirib boramiz.

Ilg‘or salomatlik yo‘lida: MESCA jamg‘armasining O‘zbekistonda tibbiy yordamga yondashuvlarni o‘zgartirayotgani haqida

  • MESCA aynan qaysi yo‘nalishlarni qamrab olgan?

MESCA jamg‘armasi ta’lim, ma’rifiy faoliyat, texnologiya va ta’limdan foydalanish kabi yo‘nalishlarda ish olib boradi. Shuningdek, biz O‘zbekistonda, birinchi o‘rinda, sog‘liqni saqlash sohasida odamlarning turmush sifatini yaxshilashga xizmat qiladigan loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga intilamiz.

Hozirning o‘zidayoq biz butun dunyodagi eng yaxshi amaliyotlarni o‘rganib, ularni Markaziy Osiyo sharoitlariga moslashtirmoqdamiz. Va bizning ilk sinov loyihamiz O‘zbekistonda rivojlanmoqda. Bu quyidagi sxema bo‘yicha ishlaydi: biz kelgusida o‘z amaliyotida qo‘llashi va hamkasblari bilan tajribasini o‘rtoqlashishi uchun mahalliy shifokor va texnik xodimlarni ilg‘or ish usullariga o‘qitamiz.

Ilg‘or salomatlik yo‘lida: MESCA jamg‘armasining O‘zbekistonda tibbiy yordamga yondashuvlarni o‘zgartirayotgani haqida

  • O‘zbekistondagi qanday sinov loyihasi haqida gapiryapsiz?

Bu tadqiqotga doir loyiha. Keratokonus (surunkali ko‘z kasalligi bo‘lib, unda muguz pardaning yupqalashuvi natijasida odatiy sferasimon shakli konus shaklini oladi) nomli kasallik mavjud. U butun dunyodagi bolalar va o‘smirlarda oldini olish mumkin bo‘lgan ko‘zi ojizlikning asosiy sababi hisoblanadi. Biz bu xastalik dunyodagi alohida mintaqalar, jumladan Markaziy Osiyo uchun xosligini tushunamiz.

Shveysariyadagi guruhimiz ushbu kasallikni davolash texnikasi va usulini ishlab chiqdi. Biroq, buni yetarli deb hisoblamaymiz. Biz, birinchidan, kasallikka tashhis qo‘yishni va boshlang‘ich davrlarda davolashni boshlashni, ikkinchidan esa, jarrohlikdan keyin odamlarda ko‘rish sifatini yaxshilashni istaymiz. MESCA jamg‘armasi ushbu xastalikka duchor bo‘lgan bemorlarni davolashning eng yaxshi usullarini topish uchun sinov loyihasiga tadqiqotchilar jamoasini to‘pladi.

Ilg‘or salomatlik yo‘lida: MESCA jamg‘armasining O‘zbekistonda tibbiy yordamga yondashuvlarni o‘zgartirayotgani haqida

  • Ana shu kasallik tashhis qilingan odamlar uchun MESCA jamg‘armasi tomonidan qanday ishlar amalga oshirildi?

2023-yilning avgust oyida biz Daun sindromi mavjud bemorlarning muammolari bilan shug‘ullanuvchi notijorat tashkilotlardan biri bilan ishladik va bunday odamlarda keratokonus bilan xastalanish darajasi juda yuqori ekanligini aniqladik.

Bizning maxsus diagnostika uskunalarimizda 113 oila tekshiruvdan o‘tkazilishi natijasida skrining o‘tkazish uchun 65 nafar bola aniqlandi. Ularning o‘n bittasida muguz pardasi o‘zgargani aniqlandi, yana tekshiruvlar o‘tkazildi va uch nafarida keratokonus mavjudligi tasdiqlandi.

Ilg‘or salomatlik yo‘lida: MESCA jamg‘armasining O‘zbekistonda tibbiy yordamga yondashuvlarni o‘zgartirayotgani haqida

MESCA jamg‘armasi tomonidan Light for Sight jamg‘armasi hamkorligida bolalarni ko‘rikdan o‘tkazish uchun vositalar taqdim etilib, ularning davolanishi ta’minlandi. Keyinroq biz Andijondagi oilalarni ham skriningdan o‘tkazdik: 248 oilani tekshiruvdan o‘tkazib, yigirma nafar bolada keratokonusga gumon aniqlandi.

Andijonga tashrifimiz chog‘ida keratokonus mavjud bemorlardan birida o‘tkazilgan operatsiyada tibbiy oliygohlarning talabalari va andijonlik shifokorlar ishtirok etdi. Shuningdek, 2024-yilning mart oyida MESCA xayriya jamg‘armasi va Andijon davlat tibbiyot universiteti o‘rtasida tibbiy amaliyotni rivojlantirish uchun o‘qituvchilar, tadqiqotchilar va talabalar, shuningdek axborot va adabiyotlar almashinuvini nazarda tutuvchi Bitim imzolandi.

  • Nima deb o‘ylaysiz, bizning shifokorlarga qanday ta’lim zarur?

Menimcha, hozirda diagnostika sohasidagi ta’lim eng muhimidir. Chunki hattoki eng zamonaviy va qimmatli uskuna bilan ham ishlay olish, mashina chiqarib beradigan ma’lumotlarni to‘g‘ri o‘qish va tushunish, shuningdek uskuna bilan mohirona ishlay olish qobiliyati zarur. Aslida, bu jamoaviy faoliyat, chunki jarayon davomida tibbiyot hamshiralari va texnik xodimlar ham ishtirok etadi.

Shu sababdan, biz kelajakda foydalanidan yondashuv – bu nafaqat mahalliy shifokorlar, balki tibbiyot hamshiralari va texnik xodimlarni ham o‘qitishdan iborat. Biz operometriya g‘oyasi, ushbu kasbni egallash istagida bo‘lgan odamlar uchun professional tayyorgarlik dasturini joriy qilishni xohlaymiz.

Ilg‘or salomatlik yo‘lida: MESCA jamg‘armasining O‘zbekistonda tibbiy yordamga yondashuvlarni o‘zgartirayotgani haqida

  • Sizningcha, oftalmologiya sohasida o‘zbek tibbiyotiga nimalar yetishmaydi?

Men nimadir yetishmaydi demagan bo‘lardim. Mamlakatda oftalmologiya markazlari ko‘p va u yerda ajoyib shifokorlar faoliyat yuritadi – biz bunga ishonch hosil qilishga ulgurdik. Biroq, menimcha, bu yerda zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash yordamida o‘qitish bir oz cheklangan.

Men zamonaviy texnologiyalar qo‘llanadigan ishga doir bilimlari bilan bo‘lishishga tayyor bo‘lgan xorijlik ekspertlar, shuningdek yevropalik shifokorlar O‘zbekiston shifokorlari uchun yangi imkoniyatlarni ochishga yordam berishini istardim. Biz asta-sekin belgilangan maqsadlarga erisha olishimizga va hammasini uddalashimizga ishonaman.

Ilg‘or salomatlik yo‘lida: MESCA jamg‘armasining O‘zbekistonda tibbiy yordamga yondashuvlarni o‘zgartirayotgani haqida

Hamkorlik yangiliklari