Fuqarolar kompaniyalar haqida izoh qoldirishi mumkin bo‘lgan O‘zbekistonning Sharh loyihasi jadal rivojlanib kelmoqda.
Bunyod etilgan ekotizim yana nimalarga qodir ekanligi va yaratuvchilar uning kelajagini qanday ko‘rishlari haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘ldik.
■ Nima uchun Google va Yandeх kabi gigant tuzilmalarning shunga o‘xshash tizimlari mavjudligini bila turib, sharhlarni to‘plab borish uchun o‘z platformangizni yaratishga qaror qildingiz? Ulardan ustun bo‘lolmayman, degan ichki qo‘rquvingiz bormi? Oxir-oqibatda ularni qansi yo‘llar orqali chetlab o‘tasiz, nima uchun bu xizmat turi mashhurlashib boryapti?
Katta o‘yinchilar bilan raqobatlashmasligimiz aniq, albatta. Aksincha, biz ushbu tizimlarning barchasidan foydalanish jarayonini biznes uchun yanada qulay va foydali qilishga hamda kengaytirilgan funsionallik va texnologik yechimlar bilan mahalliy korxonalar va ularning mijozlari ehtiyojlarini qondirishga harakat qilmoqdamiz. Shunchaki O‘zbekiston biznesi uchun maxsus platforma ishlab chiqishga intildik, bu yerda auditoriya bilan o‘zaro munosabatlar qonunlari nihoyatda o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Boshqalar bu yo‘nalishda deyarli ma’lumot berishmaydi.
■ O‘zi bunday startap g‘oyasi qanday paydo bo‘ldi?
Sharh startapi g‘oyasi izohlar almashish uchun shaffof va qulay platforma zarurligidan kelib chiqqan bo‘lib, u yerda foydalanuvchilar o‘zlarining chin ma’nodagi taassurotlari bilan o‘rtoqlasha oladilar, korxonalar esa fikr-mulohazalar asosida xizmatlar sifatini yaxshilaydi.
O‘zbekistonda va umuman mintaqada biznesdagi nufuzini tizimli boshqarish vositalari yetarli emasligi, mavjud platformalar ko‘pincha xalqaro bozorlarga yo‘naltirilganligi va mahalliy xususiyatlar hisobga olinmasligini payqadik.
Birinchi bo‘lib Commeta g‘oyasi tug‘ildi — bu mamlakatimiz fuqarolarining bir qator kundalik muammolarini hal qiladigan butun ekotizim. Keng ko‘lamli fikr yurishimiz va sabr qilishimiz kerakligini juda yaxshi bilardik. Avvalo, jahon analoglari bilan raqobatlasha oladigan, bozor va fuqarolar muammolarini tahlil qilish jarayonida mahsulotlarni ishlab chiqish va bozorga chiqarishga ustuvor ahamiyat beradigan yuqori texnologiyali arxitekturani yaratdik.

Hozirda platformamizdan yuz mingdan ortiq kishi foydalanmoqda. Commeta ID — bu identifikatsiya tizimi, Validation — tekshirish tizimi, Sharh — izohlarni yig‘ish tizimi, Hissa — xayriya sohasidagi kraudfanding tizimi, Metsenat — bu madaniyat, ta’lim va hunarmandchilik sohalaridagi metsenatlar va yoshlarni birlashtiruvchi avtomatlashtirilgan tizim.
■ Nima uchun bugungi kunda sharhlar juda muhim deb o‘ylaysiz?
Bugungi kunda sharhlar qaror qabul qilishda asosiy rol o‘ynaydi. Mahsulot sotib olish, restoran yoki xizmat tanlashdan oldin foydalanuvchilar birinchi navbatda izohlardagi boshqa odamlarning fikrlarini o‘rganadilar.
Foydalanuvchilar uchun sharhlar xatolardan qochish, foydali tajriba olish va boshqalarning tanloviga ishonishning bir usuli hisoblanadi. Ular odamlarga vaqt va pulni tejashga yordam beradi. Korxonalar uchun sharhlar nafaqat fikr-mulohaza, balki mijozlarni jalb qilish vositasi hamdir. Ijobiy fikr-mulohazalar ishonch va sadoqatni mustahkamlaydi, konstruktiv tanqid esa o‘sishga yordam beradi.
■ Commeta nima?
Commeta — bu ko‘rib chiqish platformasidan xayriya tizimigacha, SI ko‘magidan foydalanuvchi identifikatsiya ma’lumotlarigacha turli xil ijtimoiy yechimlarni o‘z ichiga olgan ekotizimdir.
■ Sharh ilovasi boshqa tizimga o‘rnatilganmi yoki u faqat sharhlargagina moslashganmi?
Sharh va uning veb-platformasi butunlay izohlarga mo‘ljallangan. Shuningdek, butunlay mustaqil va erkin dastur bo‘lgan boshqa loyihalar va ilovalarga integratsiyalashgan modullarimiz mavjud.
■ Hatto siz tomonidan qoldirilmagan sharhlarni ham “to‘plash” mumkinligini bilasizmi?
Bu ishonchli kuzatuv: O‘zbekistondagi ko‘plab foydalanuvchilar boshqa ijtimoiy platformalarda sharhlar qoldirishadi, chunki o‘sha platforma ularga ko‘proq tanish va muloqot qilish uchun qulay. Sharh muammolarni bir joyda, turli platformalardan izohlar to‘plash hamda ular bo‘yicha chuqur tahlillarni olish imkoniyatini beruvchi vositani biznesga taqdim etish orqali hal qiladi.
Sharhda bu jarayon qanday boradi? Birinchi bosqich — turli platformalardagi izohlarni yig‘ishdir. Buning uchun biz ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlar bilan integratsiyalashamiz: Sharh foydalanuvchilar o‘z fikrlarini faol baham ko‘rayotgan boshqa xizmatlardan izohlarni avtomatik ravishda to‘play oladi. Bunga API va ma’lumotlarni tahlil qilish texnologiyalari yordamida erishiladi. Shuningdek, biz mavjud izohlarni import qilishimiz mumkin: Kompaniyalar boshqa platformalardan mavjud izohlarni yuklab olib, Sharhda ular bilan ishlashni boshlashi mumkin.

Keyingi bosqich — izohlarni qayta ishlash va tahlil qilishdir. Biz juda chuqur tahlil qilamiz. Sharh fikr-mulohazalaringiz (ijobiy/salbiy)ligini, ayrim so‘zlarning tez-tez qayd etilishi, shuningdek, muayyan toifalar (xizmat sifati, narxlar, assortiment) bo‘yicha sharhlarni tahlil qilish imkonini beruvchi vositalarni taqdim etadi. Bundan tashqari, har qanday boshqa xizmatlardan sharhlarni o‘tkazishda biz SI yordamchimizdan foydalangan holda batafsil tahlil qilamiz.
■ O‘rni kelganida aytib o‘tsangiz, ishingizda SIdan qanday foydalanasiz, batafsilroq gapirib bera olasizmi?
Ha, biz SI-ko‘makchini ishlab chiqdik va uni eng yaxshi o‘zbek an’analariga ko‘ra AIsha deb nomladik. Bu bizga platformadagi sharhlarni boshqarishga yordam beradi va moderatorlarimizning ishini osonlashtiradi. Tez orada ovozli sharhlarni ishga tushiramiz: AIsha foydalanuvchilarimiz audio sharhlarini yozib olish va matnga tarjima qilishda yordam beradi. Ayni paytda AIsha o‘zbek, rus va ingliz tillarini tushunadi va gapiradi, tez orada qoraqalpoq tilini ham o‘rganadi.
Korxonalar uchun AIsha sharhlar va shikoyatlarni umumiy tahlil qilish va turli toifadagi (masalan, banklar, HoReCa, beauty, avtoservislar va boshqalar) korxonalarning muammoli tomonlarini aniqlashga yordam beradi. Muammolar joylashuv, xizmat, sifat va boshqalar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
■ Biznes uchun yana qanday xizmatlar mavjud?
Biz ishlab chiqqan biznes boshqaruv paneli mijozlar bilan muloqot qilish uchun qulay vositani taqdim etadi. Uning yordamida izohlarni qabul qilishingiz va qayta ishlashingiz, ularga javob berishingiz, filiallar, xizmatlar va mahsulotlarni qo‘shishingiz, ular uchun sharhlar to‘plashingiz mumkin. Biznes paneli Google Maps, Yandex Karta, 2GIS, App Store va Play Market kabi uchinchi tomon platformalaridan sharhlarni import qilishni qo‘llab-quvvatlaydi. Shuningdek, panelda menejerlar o‘z auditoriyasini tushunish uchun sharh qoldirgan foydalanuvchilar (mintaqa, yosh, jins va boshqalar) haqida to‘liq ma’lumotni ko‘rishadi.
■ Ilovangizga shu vaqtgacha qancha sharh yuklangan? Oyiga nechta foydalanuvchi kiryapti? Ilovada nechta kompaniya o‘z profiliga ega?
Hozirda platformada 200 ta toifada 410 ming sharh to‘plangan. Ilovada sharh qoldirish mumkin bo‘lgan 12 ming kompaniya bor, har oy 10 ming foydalanuvchi tomonidan sharh qoldiriladi. Turli toifadagi 80 ga yaqin biznes egalari biz bilan hamkorlik qiladi va platformada tasdiqlash belgisini oldi.
■ Bu butunlay o‘zbek startapimi?
Ha, butunlay o‘zbek startapi, jamoa vakillari ham o‘zbekistonliklar. A’zolarning o‘rtacha yoshi 23 yoshni tashkil etadi. Bizning ofisimiz Toshkent shahrida joylashgan. Biz yangi hamkorlik takliflaridan iftixor tuyamiz!

Sardor Berdiyev, CEO va Founder:
«Mahsulotlarimiz ham ijtimoiy soha, ham savdo muhiti rivojiga hissa qo‘shishiga ishonaman. Bu ishonchni hozirda amalga oshirilayotgan loyihalar qo‘llab-quvvatlamoqda. Maqsadimiz bir qarashda murakkab va amalga oshirish qiyin bo‘lib ko‘ringan loyihalarni takomillashtirish va ishga tushirishdir. Ammo bu biz biznesga kirib kelganimizda va o‘zimizni sinab ko‘rganimizda katta rol o‘ynaydi»

Jamilya Tairova, HR:
«Biz qadriyatlarimiz bilan o‘rtoqlashadigan va milliy ekotizimni rivojlantirishga hissa qo‘shishga tayyor bo‘lgan eng yaxshi mutaxassislarni jalb qilishga intilamiz.
Men uchun Commeta — bu o‘z g‘oyalarimni amalga oshirish, ilhomlantiruvchi odamlar bilan ishlash va umumiy harakatlarimiz boshqalarga qanday yordam berishini ko‘rishim mumkin bo‘lgan joy»

Sardor Badalbayev, Product manager:
«Mahsulot menejeri sifatida men ilovamiz biznes va xaridorlar o‘rtasida samarali ko‘prik bo‘lishini ta’minlashga javobgarman. Har kuni foydalanuvchi interfeysini iloji boricha soddalashtirish va qulaylashtirish uchun ishlaymiz. Foydalanuvchilarning fikr-mulohaza bildirishlari, biznes egalari buni inobatga olishlari va ularning fikri chindanam muhimligini his qilishlarini osonlashtirishga intilamiz»

Sohibjamol Xudaybergenova, Head of PMO:
«Har kuni yangi sinov va qiyinchiliklardan o‘tish, yakunida esa odamlarga yordam beradigan yangi narsalarni o‘ylab topish katta quvonchdir. Shuning uchun ham doim “hammasi yaxshi bo‘ladi” deb takrorlashdan charchamaymiz!»
Reklama huquqi asosida