Si Szinpin Otabek Umarov va Shahnoza Mirziyoyevani kutib oldi ⋆ TheMag
Flat Preloader Icon
Si Szinpin Otabek Umarov va Shahnoza Mirziyoyevani kutib oldiSi Szinpin Otabek Umarov va Shahnoza Mirziyoyevani kutib oldi

Si Szinpin Otabek Umarov va Shahnoza Mirziyoyevani kutib oldi

Si Szinpin Otabek Umarov va Shahnoza Mirziyoyevani kutib oldi

Otabek Umarov va Shahnoza Mirziyoyeva delegatsiya bilan Xitoy Xalq Respublikasiga tashrif buyurdilar.

Xarbinda bo‘lib o‘tayotgan Qishki Osiyo o‘yinlari doirasida Osiyo Olimpiya kengashi vise-prezidenti, O‘zbekiston MOQ raisining birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov, Milliy Paralimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Shahnoza Mirziyoyeva Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin va uning rafiqasi bilan uchrashdi.

Si Szinpin Otabek Umarov va Shahnoza Mirziyoyevani kutib oldi
img_9114_20250212_065803

Suhbat chog‘ida tomonlar O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar mustahkamlanib borayotganini ta’kidladilar. Shuningdek, janob Szinpin Xarbinda O‘zbekiston delegatsiyasi rahbariyatini qabul qilishdan mamnunligini bildirib, bo‘lajak o‘yinlarda sportchilarimizga omad tiladi.

Qishki Osiyo o‘yinlari 7-14 fevral kunlari Xitoyning Xarbin shahrida bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston sharafini 6 ta sport turi bo‘yicha 24 nafar sportchi himoya qilmoqda.

Hamkorlik yangiliklari