FinSight Ventures global venchur jamg‘armasi (Intercom, ThoughtSpot, Automation Anywhere, Toss, GupShup, Razorpay, Bumble, Rappi, Carta va boshqalarga sarmoya kiritgan) series A raundida (investitsiya kiritish bosqichi bo‘lib, bunda biznes allaqachon ishlab turgan mahsulot, mijozlar bazasiga ega bo‘ladi va biznesni kengaytirish uchun mablag‘ jalb qiladi. – Tah. sharhi) yetakchi investor sifatida ishtirok etdi, bu orada Xanara Investment Management (Fors ko‘rfazi mintaqasiga yo‘naltirilgan Hindiston boshqaruv kompaniyasi) va qator Uzum top-menejerlari izdoshlar sifatida raundga qo‘shildi.
FinSight Ventures – FinTech, B2B SaaS, elektron tijorat kompaniyalari va texnologik bozorning boshqa segmentlariga sarmoya kiritishga ixtisoslashgan venchur jamg‘arma. FinSight Ventures turli bosqichlarda (boshlanishdan tortib oxirgi jarayongacha) investitsiya kiritib, texnologik kompaniyalar shakllanishining butun davrini qamrab oladi. FinSight AQSh va Hindiston bozorlariga diqqat qaratgan, shuningdek rivojlanayotgan bozorlarda “superapp” investitsiya predmetiga nisbatan global sarmoya kiritadi.
Bugungi kunda FinSight 500 mln dollardan ortiq aktivlarni boshqaradi va 2004-yilda asos solingan vaqtidan buyon sarmoyadorlarga 600 mln dollardan ortiq kapitalni qaytargan. Jamg‘armaning eng yirik bitimlaridan biri – 2019-yilda Blackstone tomonidan sotib olingan Bumble kompaniyasiga kiritilgan sarmoya bo‘lib, kompaniya bahosi 3 mlrd dollarni tashkil qilgan. Finsight VC kompaniyaning yagona moliyaviy investori bo‘lib, uni eng boshlang‘ich bosqichdan qo‘llab-quvvatlab kelgan.
Xanara Investment Management – Dubayda (BAA) joylashgan multioilaviy ofis. Kompaniya mijozlarning aktivlarini boshqarishga ixtisoslashgan bo‘lib, oilaviy ofis xizmatlarini taqdim etadi, shuningdek kapitalni hosil qilish va saqlash bilan bog‘liq masalalarni muvofiqlashtiradi.
Kapitalga qo‘yilmalar miqdori 50 mln dollardan oshdi, yana 50 mln dollardan ortiq mablag‘ni ekotizim avvalroq qarz sifatida jalb qilgan – shu tariqa, Uzum kompaniyasiga investitsiyalarning umumiy hajmi 100 mln dollardan oshadi.
2024-yilda ekotizim onlayn-savdo uchun mamlakatdagi eng yirik logistika majmuasini ishga tushirishni rejalashtirgan bo‘lib, bu joriy yilning o‘zida e-commerce aylanmasini 2,5 baravarga oshirish imkonini beradi. Uzum shuningdek, jismoniy shaxslar, kichik va o‘rta biznesni ta’minotsiz kreditlash sohasida qator ekotizim mahsulotlarini joriy qiladi. Raund doirasida jalb qilingan mablag‘larni Uzum mamlakatda IT va logistika infratuzilmasini rivojlantirishga hamda o‘zining muddatli to‘lov xizmatini moliyalashtirishga yo‘naltirishni ko‘zlagan.
«O‘zbekistonda raqamli xizmatlar hozirda juda katta talabga ega, buni biz ishlaydigan bozorlardagi o‘sish ko‘rsatkichlari va shaxsiy tajribamiz orqali ko‘rmoqdamiz: bir yildan sal ko‘proq vaqt ichida xizmatlaridan O‘zbekistonning 10 milliondan ortiq aholisi foydalanadigan ekotizimni barpo qildik. O‘tgan yil davomida qariyb 100 million dollar sof foyda oldik va joriy yilda bu ko‘rsatkichni, jumladan Uzum ekotizimi ichida xizmatlarni integratsiyalash evaziga oshirishni ko‘zlaganmiz.
Bu yil ekotizimda biznes va xususiy foydalanuvchilar uchun yangi yo‘nalish va xizmatlar paydo bo‘ladi. Biz O‘zbekiston bozori va undagi harakatga keltiruvchi kuch sifatida Uzum raqamli ekotizimiga bo‘lgan ulkan qiziqishni ko‘rib turibmiz, va, albatta, mamlakat tarixidagi ilk texnologik yakkashohni yaratgan xalqaro darajadagi professionallardan iborat noyob jamoasiz buning imkoni bo‘lmasdi«.
Uzum texnologik ekotizimi o‘zida e-commerce, fintex va jismoniy shaxslar hamda kichik va o‘rta biznes uchun mo‘ljallangan bank xizmatlarini mujassamlagan: marketpleys, ekspress-etkazish xizmati, an’anaviy va raqamli banklar, BNPL-servis, avtomobil xarid qilish uchun platforma, shuningdek tadbirkorlar uchun ilova. Hozirda ekotizimning barcha tarkibiy qismlari ikkita superappga integratsiya qilish jarayonidan o‘tmoqda – jismoniy shaxslar uchun Uzum va yuridik shaxslar uchun Uzum Business.
2023-yilda – birinchi to‘laqonli faoliyat yilida Uzum ekotizimining oylik auditoriyasi soni (MAU) 10 millionga yetdi, sof foyda esa – 10– mln dollarni tashkil qildi. Bunda, Uzum chakana banking va fintex bloki mamlakatda foyda bo‘yicha yetakchilardan biri bo‘ldi, e-commerce yo‘nalishi esa foydalanuvchilar va buyurtmalar soni bo‘yicha qariyb 150 mln dollarga teng aylanmali O‘zbekistondagi eng yirik onlayn-platformaga aylandi.
«Biz AQSh va Hindistonda FinTech, B2B SaaS, e-commerce kabi bozor segmentlarida faoliyat yuritamiz, shuningdek rivojlanayotgan bozorlarda superapplarga sarmoya kiritamiz. Uzum qulay to‘lov yechimlari va onlayn-savdo platformasini birlashtirish orqali atishi ikki yillik faoliyati davomida hayratlanarli natijalarga erishdi. Ekotizim yuklab olinishi soni bo‘yicha faqat messenjerlar va ijtimoiy tarmoqlardan ortda qoladigan mamlakatdagi top uchlikka kiruvchi ilovani yo‘lga qo‘ydi.
Uzum bugunning o‘zidayoq kuchli tarmoq effektlari va turli vertikallar orasida o‘zaro bog‘liqlikni shakllantirish evaziga asosiy biznes sohalarda (fintex va e-commerce) milliy yetakchiga aylandi. O‘zbekiston – iste’molchilar oflayndan darhol mobaylga o‘tgan (web-brauzer bosqichidan sakragan holda) o‘tgan bozorlardan biri bo‘lib, bu holat bozorni iste’molchilar va tadbirkorlar uchun bank, fintex, e-commerce va boshqa xizmatlarni ekotizimga birlashtiradigan superappni yaratish uchun qulay makonga aylantiradi.
Biz qo‘shni Qozog‘istonda superappni yaratish bo‘yicha Kaspi.kz, Lotin Amerikasida Rappi va Janubiy Koreyada Toss’ning muvaffaqiyatli tajribasini kuzatganmiz hamda zarur qobiliyat, resurslar va mahsulotlarga ega bo‘lgan Uzum ham aynan shu yutuqni takrorlay olishiga va O‘zbekistonda milliy texnologik yetakchiga aylanishiga ishonchimiz komil«.
KPMG xalqaro konsalting korporatsiyasi mamlakatdagi e-commerce bozorini keyingi besh yil ichida 7 karra o‘sish salohiyatiga ega bo‘lgan Markaziy Osiyodagi eng jadal rivojlanayotgan yo‘nalish sifatida baholamoqda. Bunda, 2023-yilda mamlakat yalpi ichki mahsuloti 6 foizga o‘sdi, yaqin yetti yil ichida esa O‘zbekiston bu ko‘rsatkichni ikki martaga oshirishni rejalashtirgan.
Ekspertlar mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish va faol raqamlashtirishga doir imkoniyatlar orasida internet qamrovining katta ulushi, asosan yoshlardan iborat aholi, shuningdek bank va moliya xizmatlarining past (hozircha) mavjudligini qayd etmoqda.
«Yagona platforma va superapp doirasida xususiy foydalanuvchilar va yuridik shaxslar uchun qulay to‘lov yechimlari va moliyaviy xizmatlarni birlashtirish bizga mamlakat uchun noyob bo‘lgan servislarni rivojlantirish imkonini beradi. Internet qamrovi va smartfondan foydalanuvchilar soni oshib borgani sayin onlayn-to‘lovlar bozorining hajmi ham kattalashadi: prognozlarimizga ko‘ra, 2026-yilda bu ko‘rsatkich olti baravar oshadi, e-commerce bozori esa aynan shu davrda – sakkiz-to‘qqiz baravar, fintex – sakkiz baravar o‘sadi. Biz ushbu yo‘nalishlarning har birida qulay va ishonchli yechimlarni taklif qilmoqdamiz, bu orada FinSight Ventures va Xanara sarmoyalari yordamida o‘sish sur’atlarini saqlab qolishimiz mumkin».
Raund yakunlari bo‘yicha investorlar 5 foizdan kamroq to‘plamga ega bo‘ladilar. 2024-yilda Uzum ekotizimi Yaqin Sharq mamlakatlari, Buyuk Britaniya va AQSh jamg‘armalari ishtirokida yana qariyb 200 mln dollarni jalb qilishni rejalashtirgan.
Uzum – o‘zida e-commerce, fintex va jismoniy shaxslar hamda kichik va o‘rta biznes uchun mo‘ljallangan bank xizmatlarini mujjasam etgan raqamli o‘zbek ekotizimidir: marketpleys, ekspress-etkazish xizmati, an’anaviy va raqamli banklar, BNPL-servis, avtomobil xarid qilish uchun platforma, shuningdek tadbirkorlar uchun ilova. Har oy O‘zbekistondagi 10 milliondan ortiq aholi Uzum xizmatlaridan foydalanadi.