Xbox Kinect (2010-2017)
G‘oya qanday tug‘ilgan. Avvaliga Kinect Xbox’ning o‘yin apparatlari uchun tashqi harakat kontrolleri sifatida ishlab chiqilgan. U raqobatchilaridan farqli o‘laroq (Nintendo ning Wii Remote va Sony’ning PlayStation Move), kontroller bilan jismoniy aloqa o‘rnatish zarur bo‘lmagan.
Bu qanday ishlagan. Qurilma kamera, infraqizil nurli proyektor, shuningdek, real vaqtda harakatlarni tanish va tana joylashuvini aniqlash detektoridan iborat bo‘lgan. Nutqni aniqlash va ovozli boshqaruv uchun ichiga o‘rnatilgan mikrofon ham mavjud.
Muvaffaqiyatsizlik sababi. Kinet dastlab sotuvga chjiqqanida ancha qimmat bo‘lgan. Shu bilan birga uning imkoniyatlaridan to‘liq ochib bera oladigan o‘yinlar unchalik ham ko‘p emas edi. Bundan tashqari, Kinect harakatni aniq kuzata olmagan va ular tezkorlik bilan javob qaytarmagan. Tana harakatlarini to‘g‘ri talqin qila olmaganligi sabab oxir-oqibat o‘yinchilarning undan ixlosi qaytgan.
Windows Phone (2010–2015)
G‘oya qanday tug‘ilgan. Mobil qurilmalarning jadal sur’atlarda taraqqiy etayotgan bir paytda, 2010-yili Microsoft o‘z mobil operatsion tizimini chiqardi va Windows platformasida yangi qurilmani sota boshladi.
Bu qanday ishlagan. Windows Phone qurilmasi iPhone’dan farqli ravishda cheklangan apparat imkoniyatlariga ega edi, bu esa foydalanuvchiga mos telefonni tanlashini qiyinlashtirgan. Bu narsa ilovani ishlab chiquvchilarning vazifasini shu qadar murakkablashtirdiki, ularga hatto qurilmaning ichini “to‘ldirish” ga ham imkon qoldirmadi.
Muvaffaqiyatsizlik sababi. Microsoft mobil qurilmalar bozoriga shunchalik kech kirib keldiki, bozorda sezilarli o‘rin egallash unga nasib etmadi. Ilovalar magazini raqobatchilarnikiga qaraganda ancha kam edi, ishlab chiquvchilar esa uni to‘ldirishga unchalik ham zo‘r berishmadi. Omadsizlikda Microsoft’ning muvaffaqiyatsiz marketing kampaniyasi hamda uning Nokia kompaniyasi bilan bir vaqtda chiqarilganligi ham rol o‘ynadi.
3D uy kinoteatri (2010-2017)
G‘oya qanday tug‘ilgan. “Avatar” filmining muvaffaqiyatidan keyin 3D televideniye divanda‘tirib kino olamiga g‘arq bo‘lishning yangi bosqichini tuhfa etishi kerak edi. Biroq kinoteatrlarni “uy arenasi” ga ko‘chirishga urinish muvaffaqiyatsizlikka yuz tutdi.
Bu qanday ishlagan. Texnologiya 3D ko’zoynaklarni taqishni talab qilgan. Biroq aksariyat televizorlar 3D’ni kinozal ekranidagidek ko‘rsata olishga qodir emas edi. Shunga qaramay, televizion kompaniyalar bir necha yillar mobaynida 3D’ni qo‘llab-quvvatlashda davom etgan: hatto Blu-Ray filmlar uchun binoyidek to‘plam ham yaratilgan.
Muvaffaqiyatsizlik sababi. Umuman olganda, tarkibning cheklanganligi, baland narxlar va tomosha qilishning noqulay sharoitlari – shu omillarning bari 3D-televideniyeni ommaviy texnologiyaga aylanishiga to‘sqinlik qildi. 2010-yillarning ikkinchi yarmida sanoat 3D uy kinoteatrlari g‘oyasidan voz kechdi.
Xoverbord (2013-2016)
G‘oya qanday tug‘ilgan. Vaznsiz holatda turadigan transport g‘oyasi uzoq yillar mobaynida filmlardagi ommabop mavzuga aylandi, eng asosiy misol – “Kelajakka qaytib” filmidir. Mazkur g‘oya ixtirochi va muhandislarning tasavvurini shu qadar qamrab oldiki, futuristik ko‘rinishdagi transportni – hech bo‘lmaganda noodatiy ikki g‘ildirakli taxtakach ko‘rinishidagisini hayotga tatbiq qilishga harakat qilishdi.
Bu qanday ishlagan. Datchik va giroskoplar yo‘lovchi harakati va muvozanatni siljishini belgilab beradi, dvigatellar tezlik va harakat yo‘nalishini tartibga soladi (uning asosiy farqi – xoverbordda kichik motorchalarning mavjudligidadir). Yo‘lovchi oldinga engashgan paytda qurilma dvigatelga oldinga harakatlanish uchun signal beradi. Orqa yurish ham xuddi shu tarzda ishlaydi. Vaznni u yoqdan bu yoqqa tashlagan holda yo‘lovchi harakat yo‘nalishini o‘zgartirishi mumkin.
Muvaffaqiyatsizlik sababi. To‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan harakatni tartibga solish tizimining yo‘qligi ishlab chiqaruvchilarga xavfsizlik standartlariga rioya etmaslikka yo‘l qo‘yib bergan. Arzon qalbaki mahsulotlar paydo bo‘la boshlagan. 2015-yilda chiqara boshlanganidan so‘ng, har qadamda sifatsiz yaratilgan mahsulotlar bosib ketganligi ayon bo‘lgan. Xoverbordlar bilan bog‘liq xavfsizlik masalalari OAV e’tiborini tortgan, bu esa o‘z navbatida ixtironing mavqeiga battar putur yetkazgan.
Google Glass (2013)
G‘oya qanday tug‘ilgan. Smartfonlarning tobora o‘sib borayotgan mashhurligi va odamlarning mobil qurilmalarga tobeligi Google’ga o‘z texnologiyalarini insonlarning kundalik hayotiga uzviy tatbiq etish uchun simsiz aloqa qurilmalarini yaratishga tutki berdi.
Bu qanday ishlagan. Ilk modellar 2014-yilda 1500 dollarga sotilgan. Ular smartfonlarga Bluetooth orqali ulangan, ovozli buyruq orqali boshqarilgan, qo‘ng‘iroqlar va internetga ulanish uchun garnitur vazifasini o‘tagan, ha, ular to‘ldirilgan reallik qurilmasi singari ishlagan. Tovush kuchaytirgichlar yordamisiz to‘g‘ridan to‘g‘ri bosh suyagi orqali uzatilgan.
Muvaffaqiyatsizlik sababi. Birinchidan, ko‘zoynaklar ancha qimmat turgan. Ikkinchidan, atrofdagilarning ruxsatisiz audio va videolarni yozib olish imkoniyati tufayli maxfiylik borasidagi savollar yuzaga kelgan. Ko‘zoynaklarning o‘zi qo‘pol, avtonom ishlash vaqti esa, aksincha, oz bo‘lgan. Asosiysi – foydalanuvchilar uchun qo‘llash yaqqol foydali bo‘lgan jihati topilmagan.
Pono Player (2014–2017)
G‘oya qanday tug‘ilgan. Rok qo‘shiqchi Nil Yangi MP3, iTunes texnologiyalari va umuman, raqamli musiqani tanqid qilgan, CD va vinil bilan solishtirganda siqiq sifatli tovushli musiqa kamchilik deb hisoblagan. Va shu tariqa o‘z pleyerini yaratgan.
Bu qanday ishlagan. Sarqi ranglar uyg‘unligidagi kichik qurilma tashqi ko‘rinishidan iPod’ga o‘xshab ketardi. Qurilmaga sifatni yo‘qotmagan holda audiofayllar sotiladigan musiqa do‘konlari ulangan.
Muvaffaqiyatsizlik sababi. Avvaliga Pono hammayoqda shov-shuv bo‘lgan va omma e’tiborini jalb qilganligi ortidan kraudfanding orqali 6 mln dollar mablag‘ yiqqan. U sotuvda 2015-yilda paydo bo‘ldi, biroq keng jamoatchilik diqqatiga sazovor bo‘la olmadi. Hammani smartfonlarda o‘rnatilgan raqamli musiqa do‘konlari mutlaqo qoniqtirgan. Hech bo‘lmaganda, ulardan foydalanish osonroq edi.
VR-filmlar (2015)
G‘oya qanday tug‘ilgan. O‘yin kinematografiyasida virtual reallik texnologiyalaridan foydalanish fikri 1968-yilda VR’ning eng dastlabki dunyo yuzini ko‘rgan davrlarda mavjud bo‘lgan. Tomoshabin tajribasini yanada teranlashtirish va ko‘rilgan narsadan to‘lqinlanish hissini kuchaytirish imkoniyati kinematograflar xayolini doim band qilib kelgan.
Bu qanday ishlagan. Odam VR-qalpoqni boshiga kiyadi va unig ko‘z o‘ngida darhol videolar ketma-ketligi bilan birgalikda ulkan ekran namoyon bo‘ladi. Agar yon-atrofda sodir bo‘layotgan harakatni 360º gradusda ko‘rish imkoni mavjud bo‘lsa, ba’zida turgan joyda yon-veriga burilishga to‘g‘ri kelgan. Atrofdagi hech narsa odamni filmdan chalg‘ita olmaydi, lekin shu bilan birga u virtual reallik bilan birgalikda harakatlanish imkoniga, albatta, ega emas.
Muvaffaqiyatsizlik sababi. 360º gradusda suratga olish imkonini beruvchi kameralar qimmat va noqulay edi; qisqa metrajli filmlardan pul ishlash qiyin, shu bilan birga VR texnologiyasining o‘zi omma orasida keng tarqalmadi. 360º formatda olingan filmlarni haligacha kinofestivallarda uchratish mumkin, biroq VR-kino bilan shug ‘ullanuvchi kompaniyalar yoki bozorni tark etdi, yoki bo‘lmasa yopilib ketdi.
Juicero sharbatsiqqich apparati (2016–2017)
G‘oya qanday tug‘ilgan. Kremniy vodiysidan chiqqan Juicero startapi dunyoga mayda qadoqlarda chiqariladigan sharbatlarni va’da qilgan edi. Barra, bo‘laklarga kesilgan meva-sabzavotlar aslligiga tekshirilgan holda QR kodli o‘ramga qadoqlangan.
Bu qanday ishlaydi. Juicero firma tomonidan ishlab chiqarilgan paketchalarni 4 tonna bosimdagi kuch bilan siqib, meva-sabzavotlardan yangi sharbat chiqarib ebrgan. Ya’ni, siz odatda mevalarni bevosita sharbat siqqichga solasiz va apparat uning sharbatini siqib beradi. Bu yerda apparat sharbatni to‘g‘ridan to‘g‘ri meva solingan paketchalardan siqadi. Bunday meva bilan to‘ldirilgan paketchalar qadoqlangan holda sotilgan. Mashina chiqarilgan paytda 699 dollar turgan, keyinchalik esa uning narxini 399 dollarga tushirishgan.
Muvaffaqiyatsizlik sababi. Loyiha yo‘lga qo ‘yilganidan ko‘p vaqt o‘tmay, Juicero bajaradigan asosiy ishga ehtiyoj ham yo‘qligi aniqlandi. Kishilar o‘z paketchalarni qo‘lda ham siqishlari mumkin edi. Kompaniya tez orada yopildi – loaqal, odamlarga mashinaga to‘langan pullarini qaytarib berdi.
Buklama smartfonlar (2018)
G‘oya qanday tug‘ilgan. Buklama smartfonlarning dizayni avvalgi yig‘ma telefon modellariga borib taqaladi. Omma orasida keng tarqalgan 2019-yilgi dastlabki flagman model – Samsung Galaxy Fold – o‘rtasidan tik holda joylashgan bukiladigan joyi hamda ustki qismida kichikroq ikkilamchi ekrani bo‘lgan, ochilganida esa telefon planshet singari yirik holda va bir ekranli bo‘lib yoyilgan.
Bu qanday ishlaydi. Organik svetodiodli yupqa panel qurilma ekranigva shikast yetkazmagan holda yopish imkonini beradi. Qo‘shimcha komponentlari: bir nechta batareyka, yupqa platalar va maxsus qismlar – yupqa hamda qurilmaning ko‘p marotaba bukilishiga dosh beradigan darajada qattiq bo‘lishi kerak.
Muvaffaqiyatsizlik sababi. Buklanadigan mexanizm uchun zaruriy murakkab texnologiya va materiallar bunday qurilmalarni boshqa smartfonlarga qaraganda ancha qimmat bo‘lishiga sababchi edi. Ba’zi modellarda buklab yopish paytida burushiq va tirnalgan joylar paydo bo‘la boshladi, ba’zi hollarda esa ekran hatto sinib qolgan. Ixcham shakldagi katta ekran g‘oyasi “an’anaviy” smartfonlardan voz kechish uchun yetarlicha salmoqqa ega sabab bo‘la olmadi.