Mart oyida Toshkentning qoq markazida barpo etilayotgan A toifasidagi Centris Towers biznes-markazining tantanali taqdimot hamda sotuvlar ofisining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida loyiha g‘oyalari va uning hayratlanarli ko‘lamlari namoyish etildi.
Centris Towers me’moriy majmuasi o‘zida nafosat, funksionallik va ekologiyaga monandlikni mujassam etadi: ko‘p qavatli ansambldagi yettita blok 1000 metr kvadratdan ortiq yashil terassalar bilan obodonlashtiriladi. Bu obyekt atrofida havo tozaligini ta’minlashi bilan qatorda, har bir qavatdagi rezidentlar va mehmonlar uchun qulay muhitni yaratadi
Biznes-markaz Buxoro ko‘chasi, 12-uy manzilida, shahardagi muhim obyektlar va transport magistrallari yaqinida joylashadi. Obyektning umumiy maydoni – 107 ming metr kvadrat bo‘lib, to‘xtash joyi uchun 40 ming metr kvadrat maydon ajratilgan
Avtomobillar xavfsizligini ta’minlash uchun 728ta to‘xtash joyidan iborat 4 qavatli yer osti parking maydoni; bundan tashqari, motosikl va velosipedlar uchun maxsus joylar, shuningdek elektmobillar uchun quvvatlash stansiyalari ajratiladi
Centris Towers ijaraga oluvchilar uchun 4000 ofis ish o‘rinlarini taklif qiladi, shuningdek majmua tarkibida yetakchi jahon brendlarining butik va do‘konlari, kafe va restoranlar, fitnes-zal va avtomobil yuvish joyi kiradi.
Loyihani ishlab chiqishda, ekologik jihatdan tashqari, seysmik barqarorlik, muxandislik, yong‘inga qarshi va texnik xavfsizlikka alohida e’tibor qaratilgan. Biznes-markaz barcha me’moriy standartlar asosida qurilayotgan bo‘lib, eng yaxshi jahon misollari bilan ilhomlangan.
Centris Towers quruvchisi – yarim asrdan ortiq vaqt davomida qurilish sektorining investitsiya kiritish va qurilish kabi ikki yo‘nalishida faoliyat yuritib kelayotgan Koç Construction turk kompaniyasi hisoblanadi. Koç Construction O‘zbekistondagi olti yillik faoliyati davomida “Hilton Toshkent Siti” mehmonxonasi, “Yangi O‘zbekiston” istirohat bog‘i, Prezident maktabi singari loyihalarni amalga oshirib, bozorda ijobiy nufuzga erishgan
Centris Towers 2026-yil oxirida ochiladi va, shubhasiz, O‘zbekistonning yangi ishbilarmonlik markaziga aylanadi. Taqdimot bilan bir vaqtda sotuvlar ofisi ham o‘z ishini boshladi. Shu o‘rinda, respublika va jahon biznesining ilg‘or qatorlaridan o‘rin olgan yuzlab kompaniyalar uchun ko‘chmas mulkni sotish kabi ulkan rejalar ko‘zlangan.
InvestinOz kompaniyasining sotuvlar ofisi rahbari Burak Chomlek The Mag Business nashriga bergan eksklyuziv intervyusida hashamatli loyiha, uni yuzaga keltirgan g‘oya, obyektning iqtisodiyot uchun ahamiyati hamda ofis ko‘chmas mulkiga bo‘lgan talab haqida so‘zlab berdi.
- Ushbu ulkan loyiha g‘oyasi qanday yuzaga kelgani haqida o‘quvchilarimizga so‘zlab bersangiz?
Centris Towers loyihasini yaratish g‘oyasi – Toshkentning yangi ramziga hamda poytaxtning xalqaro nufuzini oshiradigan va iqtisodiyot rivojlanishiga qo‘shimcha turtki beradigan ishbilarmonlik markaziga aylanishdan iborat. Biz eng yuksak jahon standartlariga muvofiq bo‘lishga intilgan holda, A toifasidagi ofislarga bo‘lgan talabni qondirish, sifat va qulaylikning maksimal darajasini ta’minlash uchun har bir detalga alohida e’tibor qaratdik.
- Demak, hozir Toshkentda ofis ko‘chmas mulkiga bo‘lgan talab yuqori?
Ha, albatta. Bunda, gap faqa mahalliy biznesda emas: loyihalashtirish bosqichida bizning strategiya respuboikaga yirik xalqaro o‘yinchilarni jalb qilishdan iborat edi. Biz ularning yuqori darajali ehtiyojlari va talablarini hisobga olishga harakat qildik. Bu yo‘nalishda muvaffaqiyatga erishdik deya ta’kidlash mumkin, chunki hozirda bizga ofis ko‘chmas mulkini ijaraga olish va sotish bo‘yicha yirik jahon kompaniyalaridan ko‘p sonli so‘rovlar kelib tushmoqda. Toshkent va O‘zbekiston uchun Centris Towers ulkan samaraga ega bo‘ladi.
- Sotuvlar bo‘limining faoliyati qanday yo‘lga qo‘yilgan?
Faol ishlar loyiha taqdimoti o‘tkazilgan mart oyida boshlandi. Kuchli jamoa shakllantirilib, rezidentlarni jalb qilish bo‘yicha jadal ishlar olib borilmoqda. Ko‘proq qiziqishni sotuvga qo‘yilgan ofis joylariga qaratganmiz. Joriy bosqichda Centris Towers majmuasida ofis maydonini xarid qilish yoki ijaraga olish – yaxshi investitsiyadir. Bizning asosiy masadimiz – mijozga uning maksimal samaradorligini ta’minlashdan iborat. Invesititsiyalardan keladigan foyda shundaki, ofis ko‘chmas mulkining narxi kelgusida faqat o‘sib boradi.
- Centris Towers ofislarining hajmi haqida gapiradigan bo‘lsak, qavatlarning o‘rtacha maydoni va balandligi qanday?
Centris Towers ofislarining maydoni bitta xona uchun 25dan 500 metr kvadratgacha farq qiladi, shiftlar balandligi – 4 metr. Bu mijozlarga o‘z ehtiyojlari uchun variantlarning keng tanlovini ta’minlaydi.
- Centris Towers tashrif buyuruvchilarga fitnes-klub, byuti-hudud, do‘konlar va butiklar galereyasi va hattoki avtosalonni taklif qiladi. Uni oddiy biznes-markaz emas, yaxlit biznes-park deyish mumkinmi?
Bu o‘z tuzilishi bo‘yicha noyob hisoblangan premium toifadagi biznes-markaz, chunki bu yerda bir nechta g‘oya birlashtirilgan: ham poytaxtdagi yangi me’moriy obida, ham 4000 ish o‘rniga ega ofis ko‘chmas mulki, ham tashrif buyuruvchilar uchun talab etilgan maskanlar galereyasi – bizda lyuks brendlariga mansub do‘konlar, premium toifadagi restoranlarlar, fitnet-zal, yetakchi jahon ishlab chiqaruvchilarining lyuks avtomobillari uchun avtosalon bo‘ladi.
- Ana shu barcha omillar evaziga Centris Towers boshqa biznes-markazlar orasida raqobatni yutib chiqishni ko‘zlamoqda, to‘g‘rimi?
Loyiha eng yaxshi jahon standartlari asosida ishlab chiqilgan. Har bir shaxs uchun qulaylikni ta’minlash maqsadida eng mayda detallarga, jumladan xavfsizlik, obyekt boshqaruvi, texnik xususiyatlar, ijtimoiy ahamiyatga ega obyektlar va to‘xtash joyining mavjudligiga e’tibor qaratilmoqda. Biznes-markaz shahar markazida joylashgan eng “yashil” va ekologik maskanga aylanadi.
Ushbu omillar butun dunyodagi kompaniyalarning ofislarimizga bo‘lgan yuqori talabi bilan birgalikda Centris Towers nafaqat raqobatbardosh, balki o‘ziga xos majmuaga aylanishiga 100 foiz ishonchimizni qayd etmoqda
- To‘xtash joylari bilan bog‘liq muammoni qanday hal qildingiz?
To‘xtash joylariga doir global muammoning chuqurlashib borishi kutilayotgani sababli, reja ana shu prognozni hisobga olgan holda tuzildi. 4 qavatli yer osti to‘xtash joyiga qo‘shimcha sifatida biznes-markaz ijarachi kompaniyalari va mehmonlariga ochiq to‘xtash joyini ham taqdim etamiz.
- Qaysi tarmoqlarga oid kompaniyalar Centris Towers’da joylashadi?
Ishonchim komilki, xizmatlarimizga bo‘lgan talab, ayniqsa bank ishi, moliya, IT va energetika bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalar orasida jadal o‘sib boradi. Ushbu tarmoqlarning tezkor rivojlanayotganini hisobga olgan holda, biz innovatsion va samarali ofis yechimlarini taklif qilishga tayyormiz. Har bir mijoz bilan yakdilligimiz Toshkent iqtisodiyoti o‘sishiga xizmat qilishiga ishonaman.
- Siz referens yoki namuna sifatida qandaydir xalqaro biznes-markazlarni ko‘rib chiqdingizmi?
Loyihani ishlab chiqish bosqichida sifatli loyihalash va ishlanmani ta’minlash uchun turli sohadagi ekspertlar va ustalar bilan o‘zaro hamkorlik qildik. Maslahatlashuvlar o‘tkazib, ko‘mak oldik hamda asos sifatida eng muvaffaqiyatli xalqaro loyihalarning tajribasidan foydalandik. Biz har bir mijozga muvaffaqiyatning yangi sarhadlarini ochib beradigan eng yorqin va nufuzli biznes-markazni yaratishga erishdik.
Reklama huquqi asosida