2017-yilda NCSolutions ekspertlari beshta omilni ajratib olib, undan so‘ng esa ularning qaysilari sotuvlarga ko‘proq ta’sir qilishini aniqladilar. Ushbu omillar quyidagilar:
- kreativ;
- brend;
- targeting;
- qamrov;
- dolzarblik.
2023-yilda NCSolutions tadqiqotni yangilab oldi va alohida ko‘rsatkichlar bo‘yicha avvalgi balans bir oz surilganini aniqladi. Aynan esa: brendning sotuvlarga bo‘lgan ta’siri oshdi, qamroq ta’siri esa kamaydi.
NCSolutions, iste’molchilik mahsulotlari industriyasida reklama samaradorligini oshirish bo‘yicha kompaniya sifatida, raqamli televizion formatlardagi deyarli 450 ta kampaniyaning ishini baholadi va reklama samaradorligining beshta asosiy ko‘rsatkichini taqdim etuvchi 18 ta tavsifnomani ko‘rib chiqdi. Mashinali o‘qitish metodologiyasidan foydalangan holda, NCS qisqa muddatli sotuvlar o‘sishiga asosiy omillarning proporsional hissasini modellashtirdi. Natijalar ARF Audience Science Conference — Reklama tadqiqotlari fondining yillik anjumanida taqdim etildi.
5ta asosiy savdo omili
NCSolutions, reklama kampaniyasining samaradorligiga eng ko‘p ta’sir qiladigan quyidagi omillarda e’tiborini jamladi:
Kreativ
Ushbu omil reklamadagi ijodiy tashkil qiluvchi qismini aks ettiradi. 2017-yilda o‘tkazilgan tadqiqot aniq bir qonuniylikni aniqladi: reklama qanchalik ko‘proq darajada kreativ bo‘lsa, u shunchalik yaxshi natija beradi.
Brend
Uchta tarkibiy qismdan tashkil topgan: bozor ulushi, brendning singishi, xaridorlar sodiqligi va raqiblarga nisbatan ushbu sodiqlikni saqlab qolish qobiliyati.
Targeting
Bu ko‘rsatkich, reklama maqsadli auditoriyagacha qanchalik yaxshi yetib borganini aks ettiradi.
Qamrov
Targeting maqsadli auditoriyaga yetib borishini namoyish qilsa, qamrov – bu brend reklamasi ≪etib borgan≫ insonlarning umumiy soni.
Dolzarblik (yangilik)
Ko‘rsatkich, reklama bilan tanishgan paytdan boshlab xaridni amalga oshirish paytigacha qancha vaqt o‘tganligini namoyish etadi. 2017-yilda o‘tkazilgan tadqiqot, misol uchun, payshanba yoki juma kuni qo‘yilgan reklama dam olish kunlari sotuvlar soniga yaxshiroq ta’sir qilishini batafsil ta’riflamoqda.
NCSolutions 2017-yildagi tadqiqotlariga asosan, kreativ eng ko‘p ta’sir ko‘rsatuvchi omil ekanligi aniqlandi: reklama kampaniyasining samaradorligi unga 49 foizga bog‘liq edi. Ikkinchi o‘rinda – 22 foizga ta’sir qilish darajasiga ega qamrov, hamda uchinchi o‘rinda — 15% ko‘rsatkichga ega brend.
Balans o‘zgarmoqda: 2017 vs 2023
Eng oxirgi hisobot, so‘nggi olti yil beshta asosiy instrumentning reklama kampaniyalariga bo‘lgan ta’sirni o‘zgartirganini namoyish qilmoqda. NCSolutions bosh direktori Alan Maylz ta’kidlashicha, bunga bir nechta sabab bor:
- pandemiya;
- ijtimoiy tarmoqlar va elektron tijoratning shiddatli suratlarda rivojlanishi;
- Z avlodida (1997-2012-yillarda tug‘ilgan insonlar) xaridorlik faolligining oshishi.
Ushbu hodisalar raqamli bozorda muhim o‘zgarishlar ro‘y berishiga olib keldi. Va eng ahamiyatli o‘zgarishlar brend ta’sirida aks etdi. 2023-yilga kelib uning sotuvlardagi ahamiyati 6% ga oshib, 21% ko‘rsatkichga yetdi.
5ta asosiy savdo omili qanday o‘zgardi?
Qamrov omiliga kelganda ham sezilarli o‘zgarishlar ro‘y berdi, biroq kamayish tarafiga. Hozirda uning ko‘rsatkichi 2017-yildagi 22 foizga qarshi 14 foizni tashkil qilmoqda. Reklama ekotizimida tarketing kabi ko‘rsatkichda o‘zgarish bo‘ldi. Uning roli ikkita pog‘onaga oshdi — 9dan 11 foizgacha. Shu bilan bir paytda, dolzarblik avvalgi ta’sir qilish darajasini saqlab qoldi — 5 foiz. Shuningdek, 2017-yildan boshlab reklamadagi kreativning ham savdoga bo‘lgan ta’siri o‘zgarishsiz qoldi — 49 foiz.
Shunday qilib, beshta omildan ikkitasi o‘zgarishsiz qoldi. Bu, reklamaning muvaffaqiyatini deyarli 50 foizga aniqlaydigan kreativ, hamda dolzarblik.
Qamrov birdagina 8 foiz yo‘qotib, brend ta’siriga joy berdi – endi bu ko‘rsatkich ikkinchi joyda. Demak, endilikda reklama kampaniyasining samaradorligiga eng ko‘p kreativlik va brend ta’sir qilar ekan.
Kreativning ta’siri saqlanib qolmoqda
Reklama kampaniyasidagi kreativ qismi ko‘proq sotuvlar qiladi, sababi ijodkorona yondashuv emotsiyalarga ta’sir qiladi. Inson quvonch, hayrat yoki zavqni his qilganida mahsulotni tezroq eslab qoladi va unga ko‘proq ishonadi.
Shunisi qiziqki, NCSolutions yaqin orada yana bitta tadqiqot o‘tkazgan bo‘lib, u Z avlodi misolida, reklamada kreativning muhimligini yana bir bor tasdiqlaydi. Tadqiqotda ishtirok etgan 52% yoshlar, ularga ko‘ngilochar kreativ reklama yoqishini ta’kidlab o‘tdi. So‘rovdan o‘tganlarning yana 43 foiz hazilona tarzda olingan reklamani afzal ko‘rishadi. Iste’molchilarning ushbu guruhi uchun reklamaning ijtimoiy ahamiyati ham katta rol o‘ynaydi. Agarda kreativ rolik jiddiy muammolarni ko‘tarayotgan bo‘lsa, misol uchun, ekologiya haqida g‘amxo‘rlikning muhimligi kabi, unda u katta ehtimollik bilan yoshlarning e’tiborini jalb qilishi aniq.
Aniqlik kiritishimiz kerak, beshta asosiy omillar tadqiqotining o‘zi auditoriyani avlodlarga ajratmaydi, ya’ni kreativ ulushi 49% da turli xil yoshdagilar uchun amal qiladi. Hissiyotlarga ta’sir universal hisoblanadi, shu sababli ijodiy yondashuv barcha iste’molchilarni jalb qiladi.
Brend ikkinchi o‘ringa chiqmoqda
2023-yilning tadqiqoti ko‘rsatishicha, so‘nggi olti yil ichida brend ulushiga eng ahamiyatli o‘zgarishlar to‘g‘ri keldi. Uning reklama kampaniyalaridagi ta’siri 6% ga o‘sdi va 21 foizni tashkil qiladi. Ammo, umumiy raqamni emas, ushbu ko‘rsatkichning ≪ichidagisini≫ ko‘rib chiqish qiziqarliroq. U uchta qismdan tashkil topadi:
- brendga sodiqlik;
- brendning singish darajasi — kompaniya mahsulotlarini xarid qilayotgan insonlar foizi;
- hamyon ulushi — mijoz, boshqa xarajatlariga nisbatan, brendga qancha sarflashi.
Ushbu uchta tashkil etuvchi qismlar orasida bosh rolni brendga sodiqlik o‘ynaydi. Uning ulushiga 50 foiz to‘g‘ri keladi — summadagi qolgan ikkita omilda bo‘lgani kabi.
Bunda, NCSolutions kompaniyasining tadqiqotlar bo‘yicha katta direktori Brett Mershman ta’kidlashicha, iste’molchilarning sodiqligini oshirish uchun ko‘pincha yillab mashaqqatli mehnat sarflanadi. Bu, keyingi xaridorlar avlodiga ta’sir ko‘rsatish uchun hozirdan o‘ylash muhim bo‘lgan ko‘rsatkich.
NCSolutions tadqiqotining natijalari bo‘yicha tavsiyalar
2023-yildagi tadqiqotining yakunida, NCSolutions, reklama samaradorligini oshirishni istagan kompaniyalar uchun bir qator tavsiyalarni taqdim etadi.
- E’tiborni brendga sodiqlik darajasini oshirishga qaratish.
- Tranzaksiyalar emas, munosabatlarni afzal ko‘rish. Mijoz bilan uzoq muddatli hamkorlikni mo‘ljallash, bir daqiqalik sotuvga nisbatan muhimroq.
- E’tiborni iste’molchining personallashtirilgan tajribasi va hissiyotlariga qaratish. Reklama kayfiyatni ko‘tarishi, hayratlantirishi va zavqlantirishi kerak.
- Ijodiy yondashuvga stavka qilib, raqobatga chidash uchun yuqori darajani belgilash.
- Yangi instrumentlarni muntazam ravishda sinash va mavjudlarini optimallashtirish.
- Z avloddan xaridorlar qismi o‘sib kelayotganini, hamda ularni ijod, yumor va ijtimoiy jihatdan ahamiyatli mavzular qiziqtirishini esda saqlash.
- 2023-yilda trageting ta’siri ham oshganini unutmaslik — so‘nggi olti yilda 2 foiz.