Flat Preloader Icon
Iste’molchiga qaratilgan manevrIste’molchiga qaratilgan manevr
17 Oktabr 2023

Iste’molchiga qaratilgan manevr

Telekom sohasida anchadan buyon axborot uchun o‘tgan AKT Haftaligi singari dongdor va kuchli sabablar kuzatilmagan edi. Axir hazilakam ishmi – so‘nggi besh ichida ko‘p gapirilgan “mobil qullik”ning bekor qilinishi nihoyat yuz berdi. Bu holat uyali aloqa bozorida ma’lum sezilarli chegara yuzaga kelishiga sabab bo‘ladimi va natijada erkinlikka chiqqan mijoz uchun raqobat kurashining kuchayishiga olib keladimi yoki yo‘qmi, tez orada bilib olamiz. Hozircha esa nomi kutilmaganda oson va tez ijtimoiy tarmoqlarda yoyilib ketgan xizmatga olib kelgan yo‘lning asosiy bosqichlarini yodga olamiz. Xo‘sh, MNP’ga qanday keldik?

2018-yil may oyi: o‘tkazmalarni ochish kerak!

Hammasi 2018-yil may oyida, davlatimiz rahbari qator vazifalar qatorida MNP joriy etilishini ham nazarda tutuvchi O‘zbekistonda elektron tijoratni rivojlantirish dasturini tasdiqlanida boshlandi. O‘shandayoq bu xabar ijtimoiy tarmoqlarda taqdim qilinayotgan aloqa xizmatlarining yo sifati, yo narxidan norozi bo‘lgan abonentlar faollishining ortishiga sabab bo‘ldi. Shuningdek, yangilik uyali aloqa kompaniyalarning o‘zida ham ko‘proq jonlanishni yuzaga keltirdi. Kompaniya marketologlari mijozlarni saqlab qolish va o‘ziga o‘tkazish strategiyalari ustida bosh qotira boshladi. Biroq, hech qanday aniqlik bo‘lmagani sababli yoz davomida yengil to‘lqinlanish butkul yo‘qoldi: jamoatchilik yanada muhimroq mavzularga chalg‘idi, oxiriga yetkazilmagan korporativ taqdimotlar esa stol tortmalaridan, ba’zi hollarda esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri qog‘oz chiqindilari savatidan joy oldi.

Shu yilning dekabr oyida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi Abonent raqamini mobil aloqa tarmoqlarida ko‘chirish to‘g‘risidagi nizom loyihasini muhokama uchun taqdim qilgan holda, yana tarmoqni tashvishlanishga olib keldi. Yangi yil aksiyalarini o‘tkazishga yo‘nalish olgan marketologlar yana jazavaga tushib qoldi, biroq bunda ham hammasi o‘tib ketdi. Lekin, nima sababdan?

Balki bir oz kutarmiz?

Gap shundaki, mamlakatimizda bungacha MNP joriy etilgan ko‘plab davlatlarda bo‘lgani kabi xizmatga nisbatan ishonchsiz qarashga ega odamlar bo‘lgan va hozir ham bor. Bundan tashqari, mazkur jarayon ishtirokchilarning aytishicha, O‘zbekistonda loyiha muhokamasining birinchi bosqichidayoq MNP g‘oyasi har holda bir nechta aloqa operatori tomonidan qabul qilinmadi.

Bunga bevosita tasdiqni ochiq manbalarda uchratish mumkin. Aytaylik, besh yil muqaddam Unitel sobiq rahbari Dmitriy Shukov muxbirlarga quyidagilarni ma’lum qilgan: “To‘g‘risini aytsam, keng tarqalgan “mobil qullik” nomlanishi mutlaqo noto‘g‘ri. Bizning abonentlarimiz – ongli ravishda Beeline foydasiga tanlov qilgan erkin odamlar. Raqamning o‘tmishdagi ahamiyatini qadrsizlantirgan messenjerlar davrida qanday “qullik” haqida gapirish mumkin?..”

Hissiyotlardan tashqari, iqtisodiy xususiyatga ega vajlar ham bo‘lgan. Masalan, top-menejerni qimmatbaho loyihaning moliyalashtirilishi masalasi tashvishlantirgan: “Albatta, buni biz hal qilmaymiz, ammo menimcha, O‘zbekistonda bu pullarni yaxshiroq ishga yo‘naltirish– masalan, chekka qishloqlarni aloqa bilan qamrab olish mumkin. Fikrimcha, elektron tijorat to‘g‘risidagi bahona zo‘rma-zo‘raki aytilmoqda: go‘yoki qolgan barcha muammolar yechim topganu, respublikaning raqamli iqtisodiyotini taraqqiyotdan ajratib turgan yagona narsa – mobil raqamni ko‘chira olmaslik holatidir. Aslida, bunday emas…”

Yuqorida keltirilgan hamda bozor o‘yinchilarining qiziqishi, tizimni o‘z vaqtida ishga tushirish, uning salohiyatli talabga ega bo‘lishi va xavfsizlik masalasi bilan bog‘liq boshqa sabablar MNP tezkor ravishda joriy etilishini istisno qildi.

MNPning (mobile number portabilityingl. mobil raqamlarni kochirish imkoniyati) asosiy tamoyili abonentlarga telefon raqamini almashtirmagan holda tarmoqni ozgartirish imkoniyatini berishdan iborat. Bunda, foydalanuvchilar xizmatlarni yetkazib beruvchi operator bilan shartnoma majburiyatlariga rioya qilgan davr mobaynida raqamni yangi provayder tarmog‘iga ulash bilan bog‘liq muammo bo‘lmaydi. Har holda, nazariyada shunday.

Jahon tajribasi: past ommalashuv

MNP’ni birinchilardan bo‘lib ishga tushirgan mamlakatlar bu mexanizmni o‘zida sinab ko‘rganiga chorak asrdan oshdi: Niderlandiya buni 1997-yilda, Buyuk Britaniya va Gonkong esa – 1999-yilda amalga oshirgan. Rossiyada xizmat o‘n yil avval joriy etilgan. Bu orada J’son & Partners Consulting kompaniyasi ekspertlarining ta’kidlashicha, xizmatning ommalashuvi mobil aloqaning joriy qamrovi, ketish darajasi, prepaid-abonentlar ulushi, shuningdek MNP xizmatini ma’lum davlatda amalga oshirish sxemasi kabi qator omillarga bog‘liq.

Rossiya tajribasidan xizmat ko‘p ommalashmasligiga doir xulosaga kelish va prognoz qilish mumkin: aytaylik, koronavirusgacha bo‘lgan oxirgi yilda to‘rt millionga yaqin foydalanuvchi o‘z raqamini saqlab qolgan holda operatorlarni almashtirgan, bunda eng ko‘p sonli raqam ko‘chishi (~27 foiz) Tele2 tarmog‘iga, eng kam sonli ko‘chish (~19,8 foiz) esa – Beeline tarmog‘iga amalga oshirilgan.

2022-yil yakunlari bo‘yicha Rossiya Federatsiyasida qariyb 255 million SIM-karta ro‘yxatdan o‘tkazilganini inobatga olsak, MNP ommalashuvi 1,5-2 foiz atrofida joylashgan. Aytgandek, xizmat joriy etilishining faol tanqidchilari ham aynan shunga urg‘u bergan.

Vazirlik yangi qoidalarni yozadi

Biroq qattiq (tan olish kerak, ba’zida bo‘rttirilgan) tanqidga qaramay, MNP implementatsiyasi tartib-taomili o‘z navbati bilan kechaverdi. Ehtimol abonentlar istaganidek tez emas, ammo xalqaro tajriba, boshqa davlatlarda to‘plangan xatolar, shuningdek ularning amaliy qismi bo‘yicha turli manfaatdor tomonlarning takliflarini inobatga olgan holda yuz berdi.

Iste’molchiga qaratilgan manevr

2020-yil kuz mavsumi tartibga solish sohasida ancha unumli bo‘ldi: avvalo 2020-yil 1-oktabrda kuchga kirgan Telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish qoidalariga boshqa operator bilan yangi shartnoma tuzishda raqamni saqlab qolish huquqi kiritildi. So‘ngra tegishli qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 5-oktabrdagi PF-6079-son Farmoniga 24-ilovada aks ettirildi.

Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmoqlari boshqaruvini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 30-oktabrdagi 680-son qarori “mobil qullik” bekor qilinishi bilan bog‘liq normativ-huquqiy hujjatlar qatoriga yakun yasadi.

Chamasi, aynan shu vaqtda MNP mamlakatda joriy etilishini hamma anglab yetdi.

Oramizda qolsin: allaqachon vaqti kelgandi

Iqtisodiy maqsadga muvofiqlik haqida uzoq bahslashish mumkin, ammo biz so‘rovdan o‘tkazgan ekspertlar va iste’molchilarning aksariyati bir fikrda to‘xtadi: taqdim etilgan tanlov huquqidan aslida qancha odam foydalanishi unchalik muhim emas. Asosiysi, bu huquqning ularga taqdim etilishi. MNP mahalliy telekom sohasining rivojlanish tarixida birinchi marta abonentlarni o‘z raqamlarining haqiqiy egasiga aylantiradi. Davlatdan mutlaqo bepul raqam sig‘imini olgach, o‘sha “oltin” raqamlarni o‘nlab million so‘mga sotishdan tashqari, sotib olingan raqamga keyinchalik egalik qilish borasida ham cheklovlar o‘rnatib kelgan uyali aloqa kompaniyalari emas, balki aynan abonentlar. Endi har qanday cheklovlar o‘z ma’nosini yo‘qotdi.

Vaqt yetdi, qani ketdik!

Joriy yil 27-oktyabrda vaqti yetdi: Raqamli texnologiyalar vazirligi (bir o‘ylab ko‘ring-a, MNP muhokamasi boshlangan vaqtdan buyon hattoki tarmoq idorasining nomi ham o‘zgarishga ulgurdi!) “mobil qullik”ni bekor qildi. Muhim e’lon uchun maydoncha ajoyib tanlangandi: ICTWeek Uzbekistan 2023 Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligining oxirgi kuni. Aynan shu yerda tartibga soluvchi Telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi bilan hamkorlikda MNP.uz maxsus saytini taqdim etdi.

Iste’molchiga qaratilgan manevr

Nimalarni eslab qolish kerak: boshlang‘ich bosqichda jismoniy shaxslar o‘zlari tarmog‘iga o‘tishni istagan uyali aloqa kompaniyasi ofisiga tashrif buyurib ariza qoldirishlari hamda ko‘chirilgan telefon raqami mavjud yangi SIM-kartani olishlari kerak (YIDXPda bu tartib-taomil endi yo‘lga qo‘yiladi). To‘rtta GSM-operator bir martalik xizmat uchun narxni 60 ming so‘m qiymatida belgiladi, faqat Humans haqiqiy sharqona bag‘rikenglikni namoyon etgan holda, xizmatni bepul taqdim etishini ma’lum qildi.

Sizlarni qo‘yib yubormaymiz!

MNP amal qilishidan bir necha oy o‘tgach mobil operatorlarning bozordagi ulushi cheklanadimi yoki qarama-qarshi ko‘chirishlan odatiy vaziyatni saqlab qoladimi – buni hali bilib olamiz, ammo ko‘pchilik telekom-menejerlar yo blogerlar bilan tortishish, yoki abonentlari uchun ketish jarayonini turli usullar bilan qiyinlashtirish orqali yaqqol asabiylikni namoyon etmoqda. Tahririyatning ishonchli manbalaridan ma’lum bo‘lishicha, mijozni qo‘yib yubormaslikning keng ommalashgan bahonasi, masalan, uning joriy hujjatlari o‘z vaqtida SIM-karta rasmiylashtirilgan hujjatlarga mos kelmasligi bilan bog‘liq ekan. Shu bilan birga, avvallari bir necha daqiqa sarflangan SIM-kartani yangi pasport yoki ID-kartaga qayta rasmiylashtirish jarayoni ayrim kompaniyalarda 2-3 kungacha uzaytirildi. Bunda foydalanuvchi qo‘l siltab, ishni oxiriga yetkazishga erinishi hisobga olinmoqda. Va bu ushlab qolish va qo‘yib yubormaslik bilan bog‘liq eng oddiy hiylalardan biri.

Iste’molchiga qaratilgan manevr

Tashlab ketilgan operator tomonidan pul mablag‘larini ko‘chirish imkonsizligi, ularni qaytarish tartib-tamoyili, shuningdek bank kartalari va ilovalarda SMS-xabarlashuvning o‘chirilishi – alohida mavzu. Lekin, kompaniyalarning faqatgina oz qismi bunday hiylalardan foydalanayotganini ta’kidlash kerak.

Bir-ikki oydan keyin hisobni boshlaymiz

Boshqa mamlakatlarning tajribasidan ma’lumki, mobil operatorlar abonentlarning boshqa kompaniyalarga o‘tishi statistikasi bilan bo‘lishishni yoqtirmaydi. Zero raqamlar ancha qiziqarli bo‘lishi kerak. Shu bois The Mag tahririyati Research Group CA marketing tadqiqotlari agentligiga MNP tizimi faoliyatining dastlabki natijalari bo‘yicha tahliliy hisobotga buyurtma berdi. Qadrli o‘quvchilar, olingan ma’lumotlarni jurnalning eng yaqin sonlarida sizlar bilan o‘rtoqlashamiz.

Iste’molchiga qaratilgan manevr

MNP.uz – O‘zbekiston Respublikasi hududida GSM standartidagi mobil aloqa tarmoqlaridagi abonent raqamini ko‘chirish xizmati bo‘lib, o‘z mobil raqamini saqlab qolgan holda mobil aloqa operatorini o‘zgartirish imkonini beradi.

Abonentga o‘z raqamini boshqa mobil aloqa operatoriga “ko‘chirish” imkoniyati dunyoning yuzdan ortiq mamlakatida taqdim etiladi, bunda ayrim davlatlarda mazkur xizmat operatorlarning boshqa takliflari ro‘yxatida shunchaki qo‘shimcha xizmat emas, balki majburiyat sifatida belgilangan. Masalan, Yevropa Ittifoqining barcha davlatlarida raqam ko‘chirilishi xizmati majburiy hisoblanadi va bu 2002-yilda “Universal xizmat to‘g‘risida”gi yo‘riqnomada belgilangan. Xizmat sobiq sovet maydonidagi ko‘plab davlatlarda yo‘lga qo‘yilgan: Ozarbayjon, Armaniston, Belorussiya, Gruziya, Qozog‘iston, Moldova, Rossiya, Ukraina va h.k.

2023-yilning oktabr oyigacha mamlakatimiz hududida MNP xizmati taqdim etilmagan, ammo endilikda mobil aloqa abonentlari eng qulay xizmatlar ta’minotchisini, eng jozibador tarif shartlarni va eng yaxshi texnologik yechimlarni o‘z raqamini boy bermagan holda tanlash imkoniga ega bo‘ldilar.

Hozirda respublikada oltita mobil aloqa operatori faoliyat yuritadi, ulardan beshtasi GSM standarti bo‘yicha xizmat ko‘rsatadi: bular Beeline, Humans, Mobi.uz, Ucell va UZTELECOM. Davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yil 1-yanvar holatiga mobil aloqa abonentlarining umumiy soni 31,9 mln, jumladan aholi orasida 26,9 mln odamni tashkil qilgan va bu ko‘rsatkich o‘sishda davom etmoqda.

Hamkorlik yangiliklari